MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (6 - Qism...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...
RASM
Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - Qismlar...
(6 - Qism...)
Ammamni bu gaplaridan keyin, maktubim Shiringa yetib ham bormaganini tushundim. Biroz yurak to`la alam bilan allaqachon mening yuragimdan yulib olib, o`zganiki bo`lishni taqdiriga bitib qo`yishgan, muhabbatim Shirinimga ohirgi bor tikilb qaradimu, ortimga qaytdim. Darvoza hatlab chiqarkanman, Shirinni onasiga nimadur deganini va o`sha gaplari uchun yuziga tushgan kuchli tarsaki jarangini eshitdim. Ortimga o`grilishga esa juratim yetmadi. Shirinni derazasi yonidan, o`tarkanman, uning o`ksinib yeg`layotgan ovozi eshitdim. Shunchalar yig`lardiki, go`yo butun olamni uning ovozi tutib ketgandek. Bu yeg`i ovozini eshitishga bardosh qilishning o`zi azob edi.
Uyga qanday kirdim, bilmayman. Dadam ovozlari keldim. Ular tebranma halinchalakda segaret chekib o`tirgan ekanlar.
- Qattan kelyabsan? -dedilar.
- Buvimlarnikidan. -dedim.
- Shu paytgcha yurasanmi?
- Vaqt o`tganini sezmay qolibman.
- Beymahalda yurishni bas qil, og`lim. Qara ahvolingni! Bor kirib damingni olvol. -dedilar.
- Ho`p dada.
Men hamon karaht ahvolda edim. Dadam bilan huddiki alahlab gaplashgandek bo`ldim. Honamga kirdim, gilam ustiga cho`kkalab o`tirdim. Ko`zlarim derazaga qadallgan. Ollohga nola qilaman, bu bo`layotgan voqealarni hammasi tushim bo`lib chiqishini so`rayman. O`zimni tush ko`ryabman deb ishontirishga urunaman. Hatto gilam ustiga cho`zilib yotib ham oldim. Tezroq uyg`onib olsamu, bu daxshatli tush iskanjasidan qutulsam der edim. Lekin ich-ichimdan his qilaman, bu tush emas... Bu taqdirimga bitilgan qismat... Menga atalgan ayriliq, azobi!
Ayriliq, ayriliq, ayriliq!!!
Bu yaramas so`z bunchalarham azobli bo`lmasa, har eslaganingda yuragingni titratib bitta-bitta chok soladiya!..
``Yo parvardigorim, ojiz bandangga o`zing rahim qil, umidlarim uchqunini so`ndirma...``
Bezovta tun og`ushida qanday tongni qarshi oldim! Buni hatto dushmanimga ham ravo ko`rmayman.
Kunlar o`tadi, Shirinni to`yi yaqinlashadi. Biznikida ham, dasturxon ustida dadam, oyim tez-tez Shirinni to`yi haqida maslahat qilishadi. To`yga bosh qosh bo`lib, Nuriya ammamni yolg`izlatib qo`ymaslik haqida o`ylashadi. Yaxshi niyatda ezgu ishga bosh qo`shishni istashadi. Bir so`z bilan aytganda, to`y daragi, ikki honadonga birdek quvonch ulashadi.
Lekin menga emas. Ichimdan nima o`tadi, faqat yolg`iz ollohu, yolg`iz o`zim bilaman. To`ydan avvalgi har bir marosimni, quvonch bilan o`tqazishadi. Biroq men bu quvonchni tuyaolmayman, aksincha har bir kun bir o`lib, bir tirilaman go`yo... O`zimdan nafratlanaman, chunki yuzimda sohtalik bor. O`zimni bu to`ydan hursanddek ko`rsatishga urunaman. Dardimni ichimga yashirib yuzim kuladi, lekin qalbimda aza!
* * *
Kechki ovqatga o`tirgan edik, Nuriyam ammam kirib keldi. Salom alikdan qilganidan so`ng:
- Aka... - dedi, dadamga murojat qilib, - Bitta yengil mashina gaplashib bersangiz degandim... To`yni ham yugur-yuguri ko`p ekan, hadek taksi chaqirib, kelishini kutish ancha vaqtni olib qo`yyabdi!
- Mana mashina! - dadam, darvozaxonada turgan mashinaga imlab, so`ng meni yelkamga qoqdilar, - Mana Rustam...
Ammam, hadik bilan menga bir ko`z tashlab qo`ydilaru, e`tiroz bildirdilar.
- Aka, Rustamni ovara qilib...
- Eee, qo`ysangizchi singlim, bunaqa gaplarni. O`g`lim sizni qo`l oyog`iz, nima ish bo`lsa tortinmay aytavering. Hamma aytganizni bekamikust bajaradi. -dedilar.
Dadamni mendan fahrlanib, shahsan o`zlari bu ishga yonlab qo`yganlaridan so`ng, ularni so`zlarini qaytarishni o`zimga or bildim. Qarorlarini tastiqlab ammamga yordamchi bo`lishga rozi bo`ldim.
Labimga alamli tabassum yoyiladi. Qiziq! Huddi taqdir ustimdan kulayotgandek-a! O`z sevgilimni to`yiga o`zim bosh-qosh bo`lsam! Umidlari olam-olam bo`lgan yigit qalbi uchun, shunday sinov!!!
``Yo Ollohim o`zing kuch ber, o`zing bardosh ber!``
Bandasiga ming yalin, yolvor beyfoyda. Shuni uchun Ollohdan bardosh so`rab, ko`zlarimni chirt yumdimu, yeng shimarib ishga kirishdim.
Birinchi vazifam, ammamni mashinaga solvolib, eng aziz mehmonlarni uylariga borib taklifnoma berib kelish bo`ldi. Undan so`ng bozor-uchar, osh uchun qozon o`choq, choyqaynatish uchun samavar, stul, stollar sahnani olib kelish. Artistlar, vidochilardan tortib to povurgacha gaplashish, hamma-hamma yugur-yugurlarni, ammamni buyruqlarni bekamikust bajardim.
Oylaviy o`tirib, ertangi kuni boshlanajak nahorgi osh uchun sabzi to`rg`alyotgan edik. Ochig`i bu shodon davrada o`tirish yuragimga sig`madi. Barchasiga qo`l siltab, ko`chaga chiqdim ammo o`z uyimga ham kirgim kelmadi. Halovat istab, yolg`iz qolishim mumkun bo`lgan joyni qidirib uyning orqa tomoniga o`tdim. Rayisni bog`i yoqalab, zovur bo`yiga bordim.
Zovur yoqasini tekislab, Rayisni katta o`g`li sholi uchun, birozgina maydon ochib olgan. Lekin hozir zovurdagi suv ko`payib sholi maydonini ham ko`mib ketibdi. Zovur, kengayib, huddi ko`lga o`xshab qolgan. Biroz vaqt, qurbaqalar qurullashiga quloq tutdim. Qulog`imga yana o`rdak ovozi ham eshitilib qolardi. Yaxshilab qarasam, sholi maydonini chetida bir to`p o`rdaklar yotardi. Bu Qodir novvoyni o`rdaklari, uyi soyni u tomnida. O`rdaklari soyda yurardi. Soy va zovur orasi yaqin bo`lgani sabab, ozuqa ko`proq bo`lgan zovurgan o`tishgan shekili. Odatda induk o`rdaklar boshqa turdoshlariga nisbatan ancha a`qilli bo`lishadi. To`ngda katagidan chiqarilsa, kechga yaqin o`zlari qaytib kelishdi. Bular esa, soydan zovurga o`tib, ortlariga qaytolmay qolishganga o`xshashardi. O`rdaklarga qarab rahmim keldi. Bu yotishlarida, biror daydi itga tayyor o`lga bo`lishlari tayin. Zovur yoqasidan, kattaroq yovvoyi sassiqkapani yulib oldimu, zovur yoqasiga tushib o`rdaklarni suv o`rtasiga haydadim. Ular mendan cho`chib hirrillaganlaricha, oy shulasi yoritib turgan suvda suza boshladilar. Bu o`rdak turi, go`yo tannoz xonimlarga o`xshashadi. Patlarini muntazam tozalab, o`zlarini judayam ozoda saqlashadi. Ularni bor jozibasi, chiroyi oy shulasida ochilishini yanada go`zal ko`rinishlariga guvoh bo`lyotgandim. Ayniqsa ular ichida ajralib turgan oppoq o`rdak, uning patlari go`yoki oy shulasini qaytarib o`zidan nur taratardi... Tavba shu lahzada, barcha dardlarimni unutib, faqat shu oppoq o`rdak haqida o`ylardim. Ayni shu o`rdak sotib yoki tutib olishni istardim...
- Nima qilyabsiz?
Yuqoridan men eshitganda dilim yayraydigan, lekin ayni damda hozirgina unitayozgan dardlarni yana yodimga solib, qalbimga ozor berayotgan ovoz eshitildi. Yuquriga qaradim, ekiskavator kavlab do`mbaytirib ketgan tuproq do`nglik ustida Shirin menga qarab turardi.
- O`rdaklarni tomosha qilyabman. O`zingchi, bemahalda bu yerda nima qilyabsan? -dedim.
- Sizni ortizdan...
- Meni ortimdan kelib o`zinga balo ottirib olmoqchimisan? - qattiq do`q ohangda gapirdim, - Erta to`yi bo`ladigan qizsan, birov ko`rsa bir umur yuvsang ham ketqaza olmaydigan dog` tushida shaninga... Bor tezda uyga! -dedim.
- Sizchi?
- Man bilan nima ishing bor... Oyimmisan so`roq qilasan? -dedim, keskinroq dakki berib.
Qadam tovushlari, o`tlar shitirlashi eshitildi. Ko`zdan yo`qoldi, rosdan ketganiga ishonch hosil qilish uchun men ham yuqori ko`tarildim. Biroz nariga yuribdiyu, ammo ketmabdi.
- Nega turibsan bor jo`na?! - u birnima demoqchi, biroq ayta olmaymayabdi, - Menda gaping bormi?
Chamasi bir daqiqa oshiq, mujmallanib turdi va past ovozda:
- Ertaga salonga o`ziz olib boring... -dedi.
Nima uchun bunday dedi, balki ohirgi bor meni ham ko`rishni istagandur. Yoki shunchaki gap topolmay tiliga kelgani qaytarganmidi! Bunisini bilmadim, lekin shu lahzada yuragimni naq uch tig`li nayza teshib o`tgandek bo`lgandi. Qattiq g`azablangandim, onasi sevgilimni to`yida hizmat qilishimga yo`l qo`ygani uchun, qizi esa kelin libosida ko`rib yanada azoblanishini istayotgani uchun. O`sha topda, jahil ustida tilimga kelgan so`zlar shular bo`ldi:
- Sizlar ona-bola, insonni pichoqsiz so`zishni boplar ekansizlar! -dedim, alam bilan.
Shirin bu so`zlarimdan qay ahvolgan tushgan bu menga qorong`u. Men faqat yugurib uyiga ketayotgan Shirinni kuzatib turardim xolos. O`rdaklar esa hamon suv havzasida, bir yerga to`p bo`lib olishgan. Ayni damda, insonlardan ko`ra shu jonvorlar bir-biriga mehirli, muhabbatli ko`rinishardi...
* * *
Ertasi kuni naxorgi oshdan so`ng, yonimga Nozima opam, (Shirinni opa)si keldi.
- Rustamjon, mashinangda Shirinni salonga olib borib, kelgin... -dedi.
- Boshaqa birov olib borsin, meni ishim o`zi boshimdan oshib yotibdi! -dedim, rat etib.
Lekin qo`ymadilar ``Sen ishonchlisan!`` deb. No iloj bu safarham ko`ndim. Shirinni salonga olib borish, u yerdan olib kelish men uchun chinakam azob bo`ladi deb o`ylagan edim. Yo`q, aksincha bu meni foydamga hizmat qildi. Shirinni va dugonasi sinfdoshim Sanamoyni o`tqazib salonga olib bordim. U yerda, ular tayyor bo`lguncha soatlab kutdim. So`ng uyga olib keldim.
Farishtadek Shirinni oppoq libosda ko`rib, azoblanmadim. Yo`q endi unga chin dildan baxt tilab, bu qismatga ko`nikishga urundim.
Soat chamasi 14:30 larda Shirinni sinfdoshlari yani bizlar uchun kaliktiv boshlandi. Barchamiz yoshmiz, bir sinfda o`qigan (34 ta) bollar, qizlar. Bu to`yda, go`yo bitiruv oqshomini nishonlayotgandek rosa o`yin kulgu qildik. Anig`rog`i mendan boshqa hamma o`ynab kuldi toki kuyov tomon kelmaguncha. Soat 18:00 larda kuyov bir to`da, olifta jo`ralari bilan qiy-chuv qilib tashrif buyurishdi. Kuyov qancha chaqirmasin, Shirin sahnaga chiqib o`tirishni istamadi. Bizni odatga ko`ra, u to`g`ri qildi ham. Yana odatlarga ko`ra, bizni og`il bollar izzatini bilib chetga chiqishdi. O`rnilarini kuyovni jo`ralari egalladi. Kelinni dugonalari va kuyovni jo`ralari bitta-bitta so`zga chiqib tabriklashar, so`ng davrani qizdirib o`yin tushushardi. Men yana boshqaruvchilikni o`z zimmamga olib o`chaq boshiga ketdim. Stulda o`tirib, uzoqdan ularni kuzataman.
Bir olifta, qo`liga shanpan olvogan o`zini ko`rsatib o`rtada jipanglaydi, shanpan ichadi. Qo`lini keng yoyib sinfdosh qizlarimizga shilqimlik qiladi. Iflosga qaraganim sari asabim buzula boshlardi.
Men o`tirgan joydan, hammayoqni birdek kuzatish mumkun edi. Chap tomndagi uyning, derazasi shundoq ko`rinib turardi. Honaga bir to`p qizlar kirib olishgan. Shirinni yonida parvona bo`lishib, uniga turli maslahatlar berishardi. Shirin esa, anchadan buyon uy to`rida tik oyoqda turgancha, zimdan xovlidagi shodiyona rivojini kuzatardi.
Bu yoqda, boyagi oliftani yoniga yana ikkitasi qo`shilgan. Endi uchta bo`lvolib tobora o`zlariga erk berishar, hammaninig g`ashimni qo`zg`ashardi. Orqa tomonimda G`ulom oshpaz. Uni yonida yordamchisi samovar qaynatayotgan Iqbol alkash. Ikkisi ham allanimalar haqida ming`irlashib gaplashishadi. Go`yo o`zlaridan boshqa hechkim yo`q, to`y bo`layotgani sezishmasdi ham. O`zlaricha hasratlashib yarimtani zakiska bilan ermaklab o`z ishlarini qilishardi.
Negadur ularga havasim keldi. Ko`ziga dunyo sonyasayin torayib borayotgan, men kabi oshiq qalbini ezib yotgan g`amlarni, shu mayho`rlar aritar degan hayolga bordim!
O`choq boshiga bo`z parda tutilgan edi. Parda ortiga, mayho`r oshpaz va yordamchisi yoniga o`tdim. Stol ustidagi shiyshadan bir piyola quydimu, achchiqni-achchiq kesar degan umidda jig`ildonga joyladim. Lekin o`zim kutgandek naf sezilmadi. Achchiq tamdan, og`zim bemaza bo`lib, ichim qizigani qoldi. Yana pardani bu tomoniga, o`tib stulga o`tirdim. Shu paytda qayoqdandur ammam ham paydo bo`ldilar, o`shpaz bilan qachon taom pishishi haqida nimalarnidur gaplashdilar so`ng tepamga keldilar.
- Rustam. Stullardan habar olib turibsanmi?
Huddiki, hizmatkorga ish buyurgandek gapirganlari yoqmadi. Birozgina jahlim chiqib yuzlariga boqdim.
- Havotir olmang!
Aroq hidini sezdilar chog`i, sarosimga tushib yonimga o`tirdilar.
- Ichib oldingmi?
- Ha, bir qultim...
- Yaxshimas, hali mashinada ancha yurasan-ku?
Ammam ayollarni kuyovnikiga tashlab kelishim, to`y tugagach uylariga oborib qo`yishim kerakligini yana bir qancha mashinada bajarish kerak bo`lgan ishlarni sanay boshladilar.
- Menga ham rahim qilsayz bo`lardi, amma! -dedim, gaplarini bo`lib.
- Rustam ahir... - birdan hushyor tortdilar, so`zlarim ma`nosini tushundilar, - O`g`lim, agar sen bo`lmaganingda nima qilardima? -dedilar, yumshoqlib bilan yelkamni silab.
Endi avvallardagidek arslonim deb erkalashlarga, erib ketmaydi bu yurak. Ammamni yumshoq so`zlari riyokorlikdek ko`rinardi. Ichib olganimga bo`lsa kerak, bezbetlarcha dilimdagi so`zlarni tilimga chiqardim.
- Men bo`lmaganimda hozir vijdoniz qiynalmayotgan bo`lardi, amma! -dedim.
Ko`zlarimga qaradilar, men ham nigohimni uzmay ko`zlariga tikildim. Nigohlarim bilan ularni yengishga urundim. Uddasidan chiqdim ham, ammam endi ko`zimga qaray olmay, ayibdordek nigohlarini olib qochdilar. Gap topolmay, qolganlaridan tilarida shukuronalik aytib pichirladilar. Biroq yuzlaridagi ifodadan vijdonlar qiynalayotganini sezib olishim qiyin emasdi. Ikkimiz ham davrada o`ynayotganlarni tomosha qilib uzoq jim qoldik. Narida bir ayol imlab chaqirdi. Ammam asta o`rinlaridan qo`zg`alar ekanlar, men tomon salgina engashdilar:
- Rustam. - yengil hursinib, past ovozda pichirladilar, - O`g`lim agar yana bitta qizim bo`lganda, seni o`zim kuyov qilardim! -dedilar.
Bu gaplaridan battar yuragim kuydi, alamdan be ihtiyor ko`zimda sovuq yosh ilindi. O`zimni qo`yarga joy topolmay, o`rnimdan turib ketdim.
- Katta qiziz Nozima opam va Shirin, bir-birlaridan qanchalar farq qilishadi? Agar sinchliklab tekshirilsa, hatto egizaklar ham bir-birlarida keskin farq qilishadi, buni o`ziz ham bilasiz! Aytinchi agar yana bitta qiziz bo`lganda, u huddi Shirin qizizga o`xshagan bo`lishiga o`ziz ishonarmidiz? - ko`zlariga qarab dilimdagi so`zlarni qaytardim, - Yo`q amma yana o`nta qiziz bo`lganda ham hech biri Shiringa o`xshamasdi... Iltimos bu yolg`on hayol bilan meni aldashga urunmang! -dedim.
Bu so`zlarimdan keyin ammam ham haqligimni tushungandek jim qoldilar. O`rnimdan turib, bor alamimni mushlarimga jamladimu, anchadan buyon hammani asabimni buzib, o`rtada qiyshanglayotgan oliftalar yoniga oshiqdim. Qanday borganimni qanday urganimni bilmayman hammasi juda tez sodir bo`ldi. Avaz do`stim meni tortqilayotgan vaqtida kuchli g`azabim jilovini tutib o`zimga keldim, shundagina jahil ustida kuyov jo`ralaridan uchtasini yerga qulatganimni bildim.
Bu oliftalar qilig`i, hatto kuyov tomondan kelgan boshqalarga ham yoqmagan shekili janjalga aralashmadilar.
Atrofga qaraganimda, eng birinchi ko`zim ammamga tushdi. Bu ishimni qoralab boshchayqab turardilar. Ostonaga chiqib hangu-mang bo`lib turib qolgan Shirinni ko`rdim. Lekin sal qolsa to`yni janjalga aylantishimni o`ylab, uni oldida uyatdan boshim egildi. Yana ona, mushtlarini ko`rsatdilar. Dadam esa nechundur indamadilar. Avaz men o`zi bilan tashqariga olib chiqdi. Meni uyni orqa tomoniga, boshqa birovni bo`shab yotgan yer maydaoniga boshladi. Uning ortidan o`sha tomonga borganimni bilaman, to`satgan kelgan musht zarbidan ko`zlarim tinib, yerga o`tirib qoldim.
O`tirgan joyimda Avazni oyog`idan chalib yeqitib ustidan bosib oldim. Lekin u o`zini himoya qilmay qo`llarini erkin ikki yonga tashlab olgani ko`rib, qancha istasamada menga tushurgan mushti uchun javob qaytara olmadim.
- Yaraman aybim nima? -dedim, ilojsiz ustida turib.
- Mehmonlarni nega urding? -dedi.
- Eee onasini... unaqangi izzatini bilmagan mehmonni! -dedim, so`kinib.
Shom tusha boshlagan, atrofga qorong`ulik o`z pardasini keng yoyib borardi. Ikkimiz ajriq ustida o`tiribmiz. Huddi yonimda Avaz emas, uni qiyofasida keksa bobosi o`tirgandek! Qilgan ishim qanday oqibatlarga olib kelishiyu, bundan kimlar aziyat chekishi haqida vazhonlik qilardi.
- Bas qil! - ortiq uning so`zlarini tinglashga toqatim qolmadi, - Iltimos meni tinch qo`ygin? -dedim.
- Do`stimni taniyolmayabman! Mo`min-qobil Rustam qani?
- U yo`q... -dedim.
- Bu bezbet, alkash, urishqoq to`ng`iz qattan keldi? -dedi.
- Avvaz asabga tegama o`rtoq, bunaqa kinoyalaring bilan! O`zi shundog`am yonib turibman! -dedim.
- To`g`ri bugun juda o`t-olovsan! Sabab nima? - yelkamga qo`l tashlab, yuzimga termuldi, - Pismiq, Shirinani yaxshi ko`rarmiding?
- Ha...
U hiringlab kuldi.
- Bilasanmi, hizir shu lahzada qancha bola sendek kuyib o`tiribdi?.. -dedi.
Avaz Shirinni o`shiqlari ko`p bo`lganiga shama qildi.
- Rostdan ular juda ko`p, lekin o`rtoq Shirin shuncha oshiqlari ichidan faqat menga ko`ngil bergandi... -dedim.
- Yugurganniki emas, buyurganniki, deb bekorga aytishmaydi. Taqdirimizni oldindan belgilab qo`ygan zot, Shirinani seni taqdiringga bitmagan... Shunday ekan o`rtog`, o`zini qo`lga ol, taqdirga tan ber, o`zingni kulguga qo`yma! Senga do`stona maslahatim... - Avvaz bo`ladigan gaplarni aytdiyu, yelkamga ohista qoqib o`rnidan turdi, - Eeeh... Kiyimimni rasvo qilding! -deb achiqlanib qarab qo`ydi va kiyimlarini qoqqancha meni yog`iz qoldirib, to`yxona tomonga o`tib ketdi.
Men o`sha yerda chamasi, yarim soatga yaqin o`tirdim. Bu paytga kelib tun, anchayin hiralashib meni o`z bag`riga olib ulgurgandi. Artislarni ovozi o`chib, yigitlarni qiy-chuvsi hamma yerni tutib ketdi. Eshik yonida turgan oppoq limuzin, tinimsiz signal chalgancha asta yura boshladi. Ichida esa oppoq libosli qo`shni qiz, yonidagi yori bilan...
* * *
Cho`ntagimda telefonim, tinmay jiringlayotgan ekan. Qarasam dadam!
- Labbay dada!
- Tezda mashinani kalitini olibkelgin.
- Ho`p.
Tezda o`rnimdan turib, usti boshimni tozalashga kirishdim. So`ng, dadamni yonlariga chopdim.
- Kalitni ber. Oying, ayollarni o`zim tashlab kelaman. Sen esa shu yerda qol... -dedilar.
- Ho`p dada! -dedim, o`zimni hotirjam tutishga harakat qildim. Dadamga ichki hissiyotlarimni ko`rsatmadim.
Mashinalar birin-ketin kuyovniki tomon ketishdi. Hash-pash deguncha, atrof jim-jit bo`lib qoldi. Ichkaridan, to`yga bosh qo`shganlardan bir nechata mahalla faollari yana idish-tovoqlarni yuvayotgan ayollar ovozi kelib turardi.
``Shirin sen yo`q xonadoning, menga begonaday tuyulyabdi!``
Ichkariga kirishni istamay, o`zimni chetga oldim. Bu bezovta yuragimni tinchlantirib bo`larmika! Uyni orqa tominiga yurdim. Avvalgi safar biroz muddatga yuragimga halovat baxshida eta olgan, o`rdaklarni yana ko`rgim kelardi. Raysni bog`i yoqalab o`sha o`rdaklar suzgan zovur tomon kettim.
Tuproq do`npa ustiga cho`kdim. Afsus bugun qadirdon o`rdaklarim yo`q ekan!
Bu tun mening qalbim kabi mahzun bo`lmasaya! Tun skunatiga quloq tutaman, go`yo u ham oy va yulduzidan ayrib qolgandek nola chekmoqda. Lekin tun nolimasa bo`ladi, uning holi menikidan tuzukroq, chunki uni qora tunlarini yorib turguvchi o`z oyi va milyonlab yulduzlari turibdi. Meni yuragimni esa, borgan sayin ayriliq deb atalmish yovuz tuyg`u, armon chodiriga o`ramoqda! Endi bu yuragimni yorutguvcha, unga hamroh bo`lguvchi quyoshim yo`q. Ayriliq sahrosida, yolg`iz qolib ketgan sayyohga o`xshayman. Ko`ngilda zarracha umid yoki ilinj ham qolmagan.
``Men sendan, ayrildimmi?``
Nohot bu chin bo`lsa! Yuragim yana nola qilishni boshlaydi. Qaroqlarimni sensizlikning sovuq yoshlari achishtiradi! Oy aksi o`rtasida, hista chayqalib turgan suvga tikilaman.
Oydin ko`lda oq o`rdak,
O`polmadim bo`ynidan,
Qanday tortib olaman
Endi birov qo`ynidan.
Ilinmadi, bu ko`lga
Men-da tuzoq qo`ygandim,
Zolim sayyod bo`lsam ham,
Oq o`rdakni suygandim.
Sohillardan so`rasam,
Jilmayadi suv yuzi,
Yer yuzida bittadir,
Shu o`lkaning shu qizi.
Endi bo`ldi, bariga
Siltayurman qo`limni,
Bosib ketsin nilufar
O`rdagi yo`q ko`limni.
``Jin ursiz!``
Negadur ko`zim tinib ketdi. Boshimda qattiq og`riq turdi, tanam go`yo o`tta yona boshlagandek. Isitmam chiqayotgani seza boshladim. O`rnimdam turib, uyga qaytdim. Honamga bazo`r yetib borganimda, isitmani zo`ridan bezgak turib, ko`zlarim atrofni hira ko`ra boshlagdi. Devonimga cho`zildimu, shu yotgancha uch kun o`rindan turolmay isitmalab yotdim. To`rtinchi kun tongda sog`lom tanada uyg`onibman. Yuvinib taranib ko`chaga chiqdim. Ko`cha supurayotgan Nuriya ammamni ko`rib, hijolatdan boshim egildi.
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-