tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (7 - Qism...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

RASM

Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - 6 - Qismlar...

(7 - Qism...)

Meni ko`rib spurishdan to`xtadilar. Ular bilan ming hijolatda salomlashdim. O`sha kungi ishimdan ranjigan bo`lsalar kerak deb o`yladim. Biroq ular har doyimgidek samimiy salom alik qildilar.

- Rustam endi tuzukmisan o`g`lim?

- Yaxshi...

- Senga ham rosa ish buyurib, toliqtirib qo`yibman shekili-a?

- Yo`g`ee, nega unday deysiz!

O`sha kuni ochiqchasiga aytgan gaplarim uchun, issig`ida kechirim so`ramasam iliq munosabatlarga putur yetishini yaxshi xis etardim.

- Amma, -dedim yonlariga yaqinlashib.

- Ha, o`g`lim!

- Meni kechiring... O`choqboshida aytgan gaplarim uchun. Yana menhmonlarizni urganim uchun ham kechiring, - ko`zlariga qarashga uyalib boshimni egdim, - Honadonlarimiz boshqa-boshqa bo`lsa ham bir oyladadek yashab ulg`aygan edik. Shunga bo`lsa kerak, hom orzular qilibman... Qizizni baxti boshqa joyda kutayotgan ekan, buni bilmagan edim. Lekin ishoning amma, qizlariz hamon men uchun opam, singlimday ardoqli.

- Ishonaman, -dedilar so`zlarimdan mamnun bosh irg`ab.

- Unda meni kechirasizmi?

- Kechirdim o`g`lim! -dedilar, masum jilmayib.

Ko`ngillaridan nimalar o`tti bunisi menga qorong`u. Lekin bir zum qandaydur hayollarda o`ychan tikib qoldilar.

* * *

Bu olamda inson bardoshidanda chidamli narsa bo`lmasa kerak. Yillar davomida tog`u toshlar ham yemiriladi, po`latlar zanglaydi lekin inson qalbi har qanday musibat, ayrilliqqa dosh beradi. Kunlar o`tgan sayin bu taqdir deya o`zimni yupatib yashashda davom ettim. Inistitutga kirish orzuyimni amalga oshirish uchun yana xolamni yonlariga borib, astoydil imtixonga tayorlana boshladim...

Muhabbatda omadim kelmadi, lekin boshqa har qanday javhada olloh meni omadli qilgan ekan. Xolamning qo`lida ko`pgina qizlar yigitlar tayorlanishardi. Ulardan bazilari 3, 4 martalab kirish imtixonlarini topshirishgan, tuni-kun tayorlanishgan ammo talabalik baxti nasib etmagan. Men ollohimni o`zi qo`llab turgandek, boshqalardan farqli, imtixonda o`zim bilgan savollar tushdi. Natijalar elon qilinganda esa ne baxtki familyam ismim, girant yutib olganlar qatorida edim...

O`sha kunni eslasam, hammon ota-onamning quvonchdan ko`zyosh to`kayotgan chehralari ko`z oldmda namoyon bo`ladi.

* * *

Ish bilan korxonaga ketayotgan edim. To`g`ridan bir taksi ko`chamizga kirib kelayotgani ko`rdim. Mahallamizda o`zi ikkita xovli bor, shuni uchunan kim kelmasin diqqatni tortadi. Mashinani sekinlatib taksida kelayotgan kim ekan deya qaradim. Shirin, uning yonidagi ayol qaynonasi ekanligini bildim. Ammamni ko`rgani kelishayotgandurlar degan hayolga bordim. Ishlarimni bitqazib kechga yaqin uyga qaytayotgandim. Shu paytda Shirin ham eshigi oldiga chiqib turgan ekan. Mashinada men ekanligimni tanidi shekili, kutib turib qoldi. Yonidan be etibor o`tib ketolmay to`xtadim.

- Assalom alaykum, -dedi ko`zlarini yashirgancha mahzum ohangda salomlashib.

- Va`alaykum assalom... Yaxshimisiz uydagilar oyijon, dadajon kuyovbola hammalari omonmilar? - birdan eski hissiyotlar qo`zg`olon qilib, o`zimni tiyolmay, jahil ustida sizlab kinoya qila boshladim, - Ha, bugun yaqinlarni ko`rgani kebsizda? -dedim.

- Hmm! -dedi, bu kabi yumshoq ammo kinoyali ohangda gapirayotganimdan battar noqulay ahvolga tushib.

- Kuyovbola ko`rinmaydi, nima o`ziz keldizmi?

- Hmm...

- Eee yaxshi qimabsizda, uniyam olib kelish kerak edi... - ovozimni sal pastlatdim, - Bir sovuq basharalarini ko`rib qo`ymoqchi edim!

- Unday demang...

- Uzur, yoringizni haqorat qilgan bo`lsam. Bilmay tilimdan chiqib kettdi...

Nima qilsa ham o`shani hamsi haloli, menga esa begona.

- O`zizdan gipiring, o`ziz qalaysiz? Kelinlik martabasi qaynona, qaynota hizmatida bo`lish og`irlik qilmayabdimi?

- Yo`q...

- Ha, siz bunday ishlarni qoyillatiz! -dedim.

- O`ziz yaxshimi? Inistitutga kirib olibsiz tabriklayman, -dedi.

- Ollohga ming shukur kirib oldim... - yana tilimni tiyolmay unga gap tekkaza boshladim, - Kirmasam ham bo`lmasdi, o`zi. Mana o`ziz ko`rib turibsiz zamonni. Agar o`qigan bollardan sovchi kelsa, uyidagilar bittada bervorishyabdi. Endi menam biror qizga sovchi qo`ysam ota-onasi yo`q demas-a?

Shirin yana gunohkordek boshini quyi solgancha yer chizdi. Bir muddat yoqimsiz jimlik, ikkimizni ham bag`riga oldi.

``Seni sevdim, sevildim. Ishqimizni olamga yoymay qalbimizda pinhon tuttdik. Sevgimiz sirlarini ko`ngil mulkiga naqsh aylab, ishqimizga o`zimiz asir bo`ldik... Farishtam, seni noming ila har tonglarim farahbaxsh, tunlarim osuda edi. Yonimda tursangda vaqtni har lahzasida seni sog`inching ila yashash men uchun oli baxt edi... Ko`ksimda, har bir dupurida ismingni takrorlab, seni desa entikib turadigan yurakni ko`tarib yurish oshig`ing uchun ulkan sharaf edi.

Nima uchun? Ishq bilan to`lib-toshayotgan ko`ngillarimizga taqdir shunday g`ariblikni va ozorlarni ravo ko`rdi! Nima bu ishqimiz kamlik qildimi? Biz yanada ko`proq, bundanda ziyoda bir-birimizni seva olmadikmi? Yo`q, to`la ishonch bilan ayta olaman, bundan ortiq faqat ollohni sevganmiz! Shuni uchunan, biz taqdirimiz rozi bolib peshvoz chiqdik!``

- Mayli Shirinxon, -dedim, uzoq cho`zilgan sukunatdan so`ng, mashinaga o`tirar ekanman, - Biznikiga ham kiring vaqt topsez.

- To`xtang! - dedi, yig`lamsiragancha mashina eshigini tutib.

- Ha!

- Begonalardek munosabat! Nega meni avvalgidek sen demayabsiz?

- Tavba... - uning so`zlaridan kuldim, - Kelin bo`lganiz uchun hurmatizni qilyabman, nima bu yomonmi?

- Mayli... - ko`z yoshlarini tutolmay, yuzini yon tomonga burdi, - Ilohim sizni ollohni o`zi asrasin!

Duo qildiyu, bu kinoyali so`zlarimdan bezib uyiga yugurib kirib ketti. Bekorga hafa qilganim uchun o`zimni qoralayman, ammo ikkinchi tomondan ko`ngli og`risa menga kamroq yaqinlashadi. Shunda ikkimiz ham istiroblar olovida ozroq qovrilamiz.

* * *

Shirin o`sha kelgancha, bir hafta o`tsada uyiga qaytay demasdi. Buncha uzoq muddat uyida qolib ketishidan, bir gap bo`lganini fahimlash qiyin emasdi. Buni ustiga, ammamni chehrasi ochilmay qolgani, Shirinni bandi qilganday hovlidan tashqariga chiqarmasdi.

Kechki ovqat payti edi, oyim dadamga qandaydur mulla, shariyat haqida gap ochdilar.

``Ming lanat!``

Oyimning ana o`shanda aytgan gaplaridan keyin Shirin taloq olib qaytib kelganini bildim.

O`rinda yotgancha o`zimdan ranjiman. Nima uchun osha kuni uni dilini og`ritdim? Qaysi gunohi uchun! Rahmatli dadasi bergan vadani u bajargani uchunmi yoki dunyoga keltirga keltirgan onasini so`zlarini ikki qilmaganigami? Ko`zida yosh bilan uyiga kirgazib yuburdim-a! U bechorani esa o`z dardi o`ziga yetarli ekan...

Sevgan insoning, u hatto birovni haloli bo`lsada uni qalbingdan chiqarib tashlolmaysan. Chunki bu qalbda uning simosi bor, ismi yozilgan! Balki yurak tubiga yashirish qo`yish mumkundur, biroq batomom yo`q qilish imkonsiz. Shunga bo`lsa kerak, u ozor cheksa men ham qiynalaman, qalbidagi og`riqni men ham tuyaveraman!..

Shirinni turmushidagi notinchlik mening ham halovatimni buzardi. Barchasi tezroq iziga tushini u ham baxtli bo`lishini istardim.

Shirin o`sha kelgancha bir oyga yaqin uyida o`tirdi, keyin qandaydur bir mulla topilib o`z bo`yniga olib ularni qayta nikohlab qo`ydi.

* * *

Dadam mashina qishki mavsumga tayorlab qo`yishimni buyurdilar. Balanserofkada ishlaydigan bitta tanishim bilan Lasettiga balom olgani japchast bozoriga tushgandik. Shu bozorchani biqinida, Nozima opamni turmush o`rtog`i Suhrob akani moykasi bor. Suhrob aka juda bir ajoyib chapani yigit. Ular bilan munosabatlarim a`lo darajada. Shunga salomlashmay o`tib ketishga ko`ngil bo`lmay mashinani yuvdirib olish uchun kirdim.

- Hush ko`rdik Rustamboy hush ko`rdik, -dedilar iliq qarshi olib.

- O`ziz yaxshimisiz Suhrob aka?

- Zo`r, -dedi quchoq ochib so`rashar ekan.

- Uydagilar quda hola, quda buva, Noza opam, jiyanlar yaxshmilar? -dedim, bir boshdan hol so`rab.

- Bizda hammasi OK... - o`rindiqqa o`tirdik, - Rustamboy qay shamollar uchurdi?

- Mashina balonini alishtirgani kelgandim, buryo`la sizni ham suhbatizni olay dedim...

- Ilhom... - niridagi mashina yuvayotgan bolani chaqirdi, - Anovi Lasettini yuvib qo`yilar! -dedi va o`zi naridagi oshxonaga imladi. - Yuring bir piyola choy ustida gaplashamiz...

Suhrob aka bilan uyoq bu yoqdan gaplashib o`tirgan edik. Boyagi bala yugurib keldi.

- Suhrob aka hali Jentira keldi sizni so`rayabdi... -dedi.

- Hee onasini... - Suhrob aka achchiqlanib so`kindi, - Hozir chiqaman!

Jentirada kelgan Shirinni eri ekan. U bolani uncha hushlamaganim uchun yoniga bormadim. Suhrob aka u bilan allanimalar haqida gaplashdi, so`ng kuzatib yonimga qaytdi. Ayni shu chog`da u qayrilishdan aylanib ortga qaytayotgan edi, signal chalib Suhrob aka bilan yana bir hayirlashdi.

- Bo`p, bo`pti damini olaver chumooo! -dedi, Suhrob aka unga qo`l ko`tarib qo`yarkan, dimog`ida so`kinib.

Bir-birini ovozini eshitmaydi. Lekin Shirinni eri mashina ichida bo`sada imo-ishorasidan hayralashani bildim. Biroq Suhrob aka qo`l ishorasi iliq hayrlashuvga o`xshasada, tili umuman boshqa so`zlarni aytgandi. Bojalarning bu kabi harakatidan ham hayron qoldim ham kulgum qistadi.

- Suhrob aka, u ham so`kinib hayrlashmadimikin? -dedim kulib.

- Hee onasi...

- Bojalar juda inoq ko`rinasizlar!

- Bu haromini boja deyishga ham or qilaman... -dedi, battar tutoqib.

- Nimaga yaxshi bolaga o`xshaydiyu, doyim qo`li ko`ksida. Avvallari inoq edilar?

- Bilsez edi asli bu hezalak qana insonligini! - yana bir bojani shaniga iliq so`zlarni yo`llab oldi, -Bu hezim, Shirinaxonga; sochingni kesib yonimda MODNITSA bo`lib yur debdi... Ko`chada ayollarni avvati ochilb ketyabdiyu, bu takadan bo`lgan iflos, muslima ayoliga shunaqa debdi... Yana bu haromi takadan tarqaganni og`zini bo`shligina qarang!

- Taloq qilganini aytyabsizmi? -dedim, gaplari manosini tushunib.

- Nima uchun taloq bergani bilasizmi? -dedilar, ko`zlari ola kula bo`lib.

- Yo`q. Nima uchun ekan? -dedim, qiziqib.

- Shirinaxon nomoz o`qigani uchun! Xotinni nomozxonligi, benoz erni nafsonyatiga tekkanmish!

- Astog`firulloh!!!

Suhrob aka bilan ancha gaplashib o`tirib, so`ng uyga qaytdim...

O`sha Suhrob aka bilan bo`lgan suhbatimdan so`ng Shirinni eriga bo`lgan hurmatim umuman yo`qoldi. Biroq nima bo`lsada, o`sha ablah qalbim sohibasi bo`lgan insonni umur yo`ldoshi. Shuni uchunam unga yomonlikni ravo ko`rolmayman. Qo`limdan kelgan esa, insof so`rab Shirinni baxtli qilishiga umid qilib yashashda davom etish.

Kunlar o`tishda davom ettardi, ammo Shirin hamon azobda. Rosdan ham Suhrob aka aytgandek u takda bo`lgan iblis allaqachon bishqa birovga ilakishib olgan ekan. Shirinni sabir toqatni, ojizlikka yoyib uni ho`rlashda davom etardi.

Inistitutda ikki kursga o`tgandim. Paxtadan qaytgach endi rostakamiga o`qish boshlan edi. Inistitutga uydan qatnab o`qirdim. Nayabr oyi o`rtalari kun yomg`irli anchayin sovuq edi. Taksida uyga qaytayotgan edim. Hamma yomg`irdan qochgan ammo bir qiz yomg`irga parvo qilmay yo`l chetida ketib borardi. Uzodan bo`lsa ham qadam bosishidanda taniyman, u qiz Shirin edi.

- Amaki shu qizni olvolaylik, - taksidan to`xtashini so`radim, - Meni singlim bo`ladi...

- Ho`p, -dediyu Shirinni oldiga to`xtadi.

Tezda mashinadan tushdim. Meni ko`rishi bilan o`zi shundog`am yomg`irlab ostiga berkingan ko`z yoshlarini artdi. Ustida yupun halat, puhli jelatka, boshida rumol, oyog`ida esa damashni shippak! Bundan malumki uyida bir ko`ngilsizlik bo`lgan. Men esa uni hijolatga qo`ymaslik uchun hech narsani sezmagandek tutdim o`zimni.

- Shirin...

- Aaaassalom alaykum!

- Va`alaykum assalom. Uyga ketyabsanmi?

- Himmm, -dedi bosh irg`ab.

- Chiq mashinaga! - orqa eshikni ochdim, - Men ham uyga ketyabman...

Shirin indamay orqa o`rindiqqa o`tirib oldi. Atayin hijolatda qoldirmaslik uchun unga boshqa bir so`z ham gapirmadim. Taksis ham yoshi kattaroq kishi edi. Albatta yoshgina kelinchakni bu holatga etibor qaratishi, sababi so`rashi mumkun edi. Shuni uchun taksisni chalg`itib, uni turli savollar bilan diqqatini o`zimga qaratdim. Hash-pash degunch uyga yetib keldik. Avval Shirinni esigi oldida to`xtab uni tushirib yubordim, so`ng uyim oldida to`xtab yo`l xaqqini to`lab taksisni ortiga qaytardim. Bu orada Shirin ko`zdan ko`rinmay qolgandi, uyigi kirib ketti degan hayolda men ham uyga kirib ketdim. Oyim ham dadam ham ishda edilar. Kiyimlarni alishtirgch yolg`iz o`zim tushlikka o`tirdim. Negadur tomog`dan hech narsa o`tmas, Shirinni holini so`ragim kelardi. Ko`chaga chiqdim, ne ko`z bilan ko`rayki Shirin darvoza panasida qunishib turardi.

- Shirin! -degancha yoniga yugurdim, - Nega kirmay turibsan?

Darvoza eshigini itardim, qulflangan. Ahir ammam bu vaqtda bozorda bo`lishlari butkul yodimdan ko`tarilibdi.

- Sovqatib qolibsanu! Yur biznikiga...

- Yo`q...

- Qaysarlik qilma, yur uyga! - qo`lidan tutib uyga boshladim, - Hozir uyga kirib ammamga telefon qilamiz...

- Oyimga indamang, havotirga tushmasinlar.

- Ho`p indamaymiz!

Honamga olib kirdim, bechora yomg`irda qolgan qushchadek suvga bo`kkandi. Tezda javondan toza sochiq, qalin sifartipkamni, yangi paypoq olib qo`liga tutqazdim.

- Manashulardan foydalanib o`zinga qarab olgim. Men ungacha choydamlab kelaman!

- Keraymas...

Yuz qiyofasidan iymanayotgani tushunib olishim qiyin emasdi. Shunga ortiq qistovga olmadim.

- Ho`p, - devanni ustidagi adyolni yelkasiga tashladim, - Hozir isib qolasan, lekin oyog`ingni, sochilaringni qurutib ol, yo`qsa shamollab qolasan...

Uni honada yolgiz qoldirib, oshxonaga chiqib ketdim. Choy olib qaytganimda esa, o`rnimga yonboshlab yotib olganini ko`rdim. Meni ko`rib hijolat chekib o`tirib oldi. Yonida turgan sochuq, tizzasida turgan rumolidandan bildimki sochlarini qurutmoqchi bo`lgan. Lekin meni oldimda uyalib, ho`l rumolini yana boshiga o`rab olmoqchi bo`ldi.

- Shoshma... - shikafdan qishki qalpog`imni olib qo`liga tutqazdim, - Kiyib ol buni.

- Yo`q, keraymas!

Rayiga qarab o`tirmay shartta boshiga kiygazib qo`ydim. Bu ishimdan ma`mnun hiyol jilmaydi. Choy quyib qo`liga tutqazdim.

- Ho`plab-ho`plab asta ich, tanang qiziydi, qaragin qaltirashingni bunaqada shamollab qolishing aniq-ku!

- Ho`p. -dedi.

Ko`zim oyog`iga tushdi, hamon uvib ketgan paypoqlarni alishtirmabdi!

- Paypog`ingni alishtirmbsanu? -dedim, o`z sog`lig`iga beyporvoligidan jahlim chiqib. Ayibdorday ko`zlarini olib qochdi. Qarshisiga chordan qurib o`tirib oldim. Asta oyog` kaftlaridan ushladim. Uyalib oyog`ini tortib olmoqchi bo`ldi. Bir qarab qo`ydim. Ko`nglimda zarracha yomon niyat yo`qligini, ko`zlarimdan ko`rdi shekili oyog`ini tortib olmadi. Asta paypoqlarini yechib tashladim va sochuqqa artib qurita boshladim. Yuqoriga qaraganimda ko`zlaridan miltirab yosh oqardi.

- Ko`zyoshlarni yeg`ishtir, Shirin... -dedim.

- O`zi oqyabdi, - pichirladi, - To`xtaolmayabdi!

- To`xtat bo`lmasa oyog`ingni qitig`liman! -dedim, uni kuldurish uchun oyoq kaftlarini qitiqlab.

Mahzun bo`lsada uziga tabassum, yugurdi. Naridagi paypoqlarni oldim.

- Shirin menda qizbolani paypog`i yo`q edi. - jilmaydimda poypoqlarni paketidan olib, oyoqlariga kiyg`aza boshladim, - Lekin yangi paypoq, bo`laveradimi?

Rozi ekanlgini bildirib kiprik qoqdi. Paypoqlarni kiyib olgach oyoqlarini yuqori tortib, adyol tagiga berkitti. Qo`lidagi piyolani boshatgani, yuziga qizil rang yug`urgani ko`rib sal bo`lsada havotirim aridi.

- Piyolani ber, yana choy quyib beraman! - choy quyib qo`liga tutqazim va devonni bu tomoniga chiqib unga qarshi o`tirib oldim, - Kel Shirin hasratlashamiz! Qo`shni qiz, qo`shni bola bo`libmas, bugun aka va singil bo`lib hasratlashamiz! -dedim.

- Nimani?

- Hamma narsani bir boshdan, ho`sh kelishdikmi? - bu gapimga ko`ngandek jilmayib, kiprik qoqdi, -Nega bu ahvolda uydan chiqding? Yoki ering birornima qildimi?

- Yo`q o`zim, oyimni sog`ingandim! -dedi.

Yolg`on gapirayotgani uchun ovozida qaltiroq turdi, ham ko`zlarini yashirdi.

- Sen umuman yolg`on gapirolmaysan, shuni uchun ko`zlaringni yashiryabsan!

- Buni mendan so`raman?

- Mendan uyalyabsanmi?

- Yo`q, lekin...

- Qarshimda akam turibdi deb tasavur qil, ho`sh akangga nima degan bo`larding?

- Men... - biros so`z aytolmay o`ylanib qoldi, - Ular meni...

- Urdimi?

- Yo`q... -degancha yig`lab kaftlari bilan yuzini to`sdi.

Ortiq soroqqa tutmadim.

- Shirin sen yotib damingni olaver, istasang mayli yig`lab ham olishing mumkun ko`ngling bo`shaydi. Men ko`chada bo`laman, oyinglar kelayotganlaridan senga habar beraman, xozircha bu o`rin sening ihtiyoringda...

Shirnni yolg`iz qoldirib chiqib ketdim. Ko`chda devor tagida uyoqdan bu yoqqa bemano yuraman. Hayollarimni esa Shirinni tashvishi bant etgan! Hayolimda turli o`ylar g`ujg`on aylanadi. Nima uchun Shirin istirob chekishi kerak! U nomard nenga shunday masuma ayolini qalbiga ozor beraveradi? Nima uchun, men sevganchalik sevmaydi, ardoqlamaydi? Ichimda shayton gij-gijlaydi... Sharta borib ko`ksiga pichoq urgin deydi... Rahmon esa bu gunoh deydi!

Qani edi bir dumalab sehirgar bo`lib qolsam. Mayli o`sha eri bilan bo`lsin, faqat Shirinni baxtli ekanligini ko`rish uchun qo`limdan kelgan hamma ishni qilardim. Afsuski o`y hayollar boshqa hayot boshqa. Ko`ngil qurg`ur hammada har-xil shakillangan. O`zimga taskin beraman, baxtga yetishish oson emas, unga yetish uchun albatta sinovlardan o`tish kerkan. Balki o`sha ablah Shiringa olloh tomonidan yuborgan sinovdim!

Sabirligim esa albatta bu sinovlardan o`tadi, binga imonim komil. Chunki Shirinimda etiqod mustaxkam...

Oradan ikki soatlar vaqt o`tgach taksi kirib kelayotgani ko`rdim va uyga kirdim. Shirin devonda endigina ko`zi ilingan ekan.

- Shirin... -dedim, asta devonni qimirlatib.

- Vooy! -degancha ko`zlarini ochib, o`rnidan turdi.

- Ammam kelishyabdi...

Negadur qo`rqandek yutunib qo`ydi.

- Chiqasanmi yoki chaqiraymi?

- Yo`q, o`zim chiqaman...

Darvoza yoniga yetganimizda birdan to`xtadiyu, bo`ynimdan mahkam quchoqlab oldi. Shirin men uchun farishtadek, shuni uchunam u hamon birovni hamsi bo`lganligi sabab, men quchoqlashga qo`lim bormadi...

Qulog`im oldida piqqilab yig`lagan ovozi jarangladi. Yupatish uchun tilimga so`z kelmaydi. Bir muddat quchib turgach asta qo`yib yubordi va pichirladi:

- Ular meni taloq qildilar...

- Qo`y hafa bo`lma. Ahir birinchi marta emasku! Balki jahil ustida tilidan chiqib ketgandur-a?

- Yo`q, bu safar jiddiy. -dedida darvoza hatlab chiqib ketdi.

Ortidan chiqmadim, ammamni achinarli qiyofalarini ko`rgim kelmadi. Har qalay bu oylani musibati, bizniki ham...

* * *

Suhrob jahil ustida bojasini takadan bo`lgan degandi. O`shanda bu haqorati sal bo`lsada inson sifatida g`ashimga tekkandi. Ichimda bo`lsada, inson uchun bunday haqoratni ishlatish nojoyiz deb bilgandim. Lekin endi aytaman takadan bo`lgan degani u uchun maqtov bo`lgan ekan, aslida bunday insonlarni yashab yurgani o`zi insonyat uchun isnod...

U odam qiyofasidagi mahluq, aytgan gaplardan xabar topganimdan so`ng uni chavaqlab tashlash hissi uyg`ondi. Qay bir inson o`z farzandidan tonadi! Ollohim Shirinxonga eng oliy martaba, onalikni ravo ko`ribdi. Buni eriga yetqazganida esa u iflos o`ynab kuladigan davrida bola ortiqchaligini aytib, Shirinxonni qornidagi zurriyodini oldirib tashlamoqchi bo`libdi... Shirin qattiyan rat etgandan so`ng, ming taloq debdi!

Ammam yig`lagancha onamga bu gaplarni aytayotganda, tasodufan eshit qolgandim. Bu gaplarni eshitganimdan so`ng, anchagach a`qlimga sig`dirolmay, hazm qilolmay yurdim. Ammam eng to`g`ri qarorga keldi, Shirin ajralish uchun ariza berdi va qonunan ajralishdi.

Meni bir savol o`rtaydi, udumlar inson baxti uchun hizmat qilmas ekan, unga amal qilish kerakmi? Otalarimiz niyat qilib beshikdagi chaqaloqni unashtirib qo`yishadi. Yaxshi niyatda qilinadi albatta, lekin o`sha yigit yoki qiz ulg`ayganda kim bo`lishini hechkim bilmaydiyu! Shirinni dadasi, o`rtog`ini o`g`liga unashtirib qo`ygan lekin u bola ulg`ayib kim bo`ldi. U yaramas o`g`ilbola boshqasiga uylanib ketaveradi. Shirinchi endi u, kun sayin kattalashib borayotgan qorni bilan nima qiladi?

Shu kabi o`ylardan bazida boshimda og`riq turadi...

* * *

Yozgi tatilga chiqqandik.

O‘xshash hikoyalar