tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (10 - Qism...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

RASM

Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - 6 - 7 - 8 - 9 - Qismlar...

(10 - Qism...)

Qaynonasi chaqaloqni qo`liga olib erkalay boshladi, shu asnoda oylani yana birlashtirishga shama qilib bir-ikkita gap qistirdi. Uning bu ilmoqli gaplaridan, Shirinni jahli chiqib qizarib ketdi, biroq indamadi. Qo`lidagi guldastani qo`limga tutqazib, o`zi mulyomimlik bilan bolasini so`rab qaynonasi qo`lidan oldiyu bag`riga bosgancha mashina tomon yurdi. Mashina eshigini ochish uchun tezgina uni oldiga o`tdim.

- Qani o`tiring, -dedim, eshikni ochib.

- Rahmat... -dedi minnaddorona jilmayib qo`ygancha orqa o`rindiqqa joylashib.

Eshikni yopib ulgurmasimdan, ortimdan ammam yetib keldi.

- Rustam sizlar ehtiyot bo`lib sekin ketaveringlar. Biz Nozima opanglar bilan mehmonlarni olib ortilardan boramiz, - dedilar nariroqda turgan sobiq qudalari ishora qilib.

- Ho`p, bo`ladi...

Ammamni bu gaplari, moydek yoqdi. Shirin bilan yolg`iz qolishga biroz fursat tug`uldi. Mashinani sekin haydardim. Katta yo`lga chiqqanimizda ular o`tirgan mashina bizdan o`zib kettdi.

Oynacha orqali Shirinni zavq bilan kuzataman. U boshini ko`tarmaydi, nigohini yo`rgakdagi bolasidan uzomaydi.

- Shirin...

- Hoo, labbay!

Oynacha orqali, uning ham baxtiyorlik ham mahzunlik qorishib ketgan charos ko`zlariga termuldim.

- Tabriklayman... Senga ona bo`lish judayam yarashar ekan!

- Rahmat...

Boshini yonboshga qayargancha, erkanamo tebranib qo`lidagi chaqaloqqa mehir bilan termuldi.

- Shirin qanday ism qo`ydilar?

- Yuu hali!

- Nega yuu?

Shirin o`ychan, bosh qimirlatdi.

- Hali ism qo`ymadik!

- Buvilarchi, buvilar? - hayron bo`lib kuldim, - Bunaqa paytlarda buvilar shoshib qolishardiyu ism qo`yishga aaa?

Shirin jilmaygancha yelka qisdi.

- Oyim birinchi farzanding deb ism tanlashni o`zimga qoldirdilar...

- Ikkinchi buvisichi? -dedim qaynonasi ko`rgani kelganiga shama qilib.

- Ular... - Shirinni qiyofasi o`zgardi, - Ular Saltanatxon ismini qo`yishmoqchi, ekan! -dedi jahli chiqib labi pirpirab, ovozi qaltirab.

- Unda ismlari Saltanatxon bo`larkanda?

- Yuu! - Shirin qatiylik bilan bosh qimirlatdi, - Bu ismni qo`ymimiz...

- Ihtiyor o`zinda bo`lsa, ko`ngliga yoqqan ismni o`ylab qo`ygandursan? Sir bo`lma menga aytgin qo`shni qiz? -dedim.

Biroz muddat o`ychan, bolasini tebratib o`tirdi.

- Qizimga ismni siz qo`ying desam qanday ism tanlardiz? -dedi kutilmaganda.

- Uuu! - hayolimga birgina ism keldi, - Shirinni qizi Asal bo`ladida; bol, asaldek shirin, sulv qiz! - dedim hazil aralash.

- Asal... - Shirinni yuzi yorishib ketti, labida tabassum o`ynadi. Qo`lidagi chaqalog`ini ohista tebratib erkalatgancha qulog`iga shivirladi, - Asal qizim meni... Eshityabsizmi qizalog`im ismingiz Asal...

Men uni shunchaki so`rayabdi deb o`ylabman. Shirin ismiga Asal mos tushadi deb o`zimga yoqqan ismni aytgandim. Lekin Shirin mutloqo jidday qabul qilgani ko`rib biroz hayron qoldim.

- Shirin, rostdan hozir Asal ismini qo`ydingmi? -dedim qizalog`ini Asal deb atay boshlanidan hayratimni yashirmay.

- Yo`q, men emas, - jilmaydi, - Bu chiriyli ismni siz qo`ydiz-ku! -dedi.

- Hazillashmayabsanmi?

- Um-um! - kulib bosh chayqadi, - Mutloqo jiddiy!

Mashinani chetga olib to`xtatib, ortimga o`grildim. Qalbimni shunday bir ajib tuyg`ular qamrab olgandiki, bu tuyg`ularni tariflashga ojizman.

- Nima bo`ldi! - Shirin tajjublandi, - Nega to`xtadiz?

- Sizlarga to`yib qarab olay... -dedim.

Shirin salgina o`zini noqulay his qilib, boshini egib nigohini berkitti. Ikkisiga ham qarab ko`zim to`ymaydi, bu ikki inson jonimdanda aziz ekanliklarini his etaman. Ikkisini ham bag`rimga bosgim keladi.

- Shirin!

- Labbe! - dedi boshini biroz ko`tarib.

- Asalxonni qo`limga olsam maylimi?

- Hmm, - deya chaqalog`ini biroz yuqori ko`tarib menga uzatdi.

- Shoshma, - negadur o`rindiq ustidan olayotganda tushurib yuborishdan qo`rdim, - Yoninga o`taman!

Mashinadan tushib orqa o`rindiqqa o`tirdim. Shirin asta Asalxonni qo`limga tutqazdi.

- Bismillaxir roxmanir roxim... - qo`lim titrab, huddi jonimni tutib turgandek chaqaloqni qo`limga oldim, - Shirimni Asali... Jajjiginam o`zimni. Jannat bo`ylaring!

Asta bo`ylaridan hidlab, go`yo jannat eshigidan bosh suqqandek, ruhim yengillashdi, dilim yayradi.

- Asalim o`zimni, bunchayam shirin bo`lmasanga-a! Ollhim onang qalbini bir parchasidan, eng pokiza hislaridan yaralgandek benihoyat chiroylisan mittivoy! O`zimni Asalim!

Uni asta qo`limda tebraib erkalayman. Negadur men uchun juda aziz va suyukli ekanini butun vujudim bilan his etaman. Undan ham onasidan taralalib turadigan, ilohiy muhabbat ifori qalbimga kirib borayotgandek tuyuladi. Unga qaraganimsayim mehrim oshadi, erakalagim qo`limdan qo`ygim kelmaydi.

- Asalim, ko`zlarin munchayon onangnikidek charos bo`lmasaya?

Chaqaloqning mo`nchoqdek ko`zlariga bir zum tikildim. U ham menga qiziqib qaraydi. Qorachiqlari qopqora, kiprikchalari uzun-uzun huddi Shirinimning ko`zlaridek. Boshimni ko`tarib Shiringa qaradim. Labida nima tabassum, lekin ko`zlaridan shashqator yosh oqib yuzini yuvmoqda.

Yosh mavjalanib turgan ko`zlarga qarab huddiki, sohibasi qalbiga nazar tashlagandek bo`ldim. Qalb oynasida onalik baxti bilan yetishilmagan muhabbat istirobini shundoqqina aks etib turardi.

- Shirin yeg`lama, ko`z yoshlaringni ko`rsam ezilib ketaman!

Asta barmoqlarim bilan ko`zyoshlarini sidirdim.

- Endi hech qachon yeg`lama, ahir ona bo`ldingku! Shu mittivoy, ko`zyoshlaringni emas baxtiyor ona ekanligingni ko`rib ulg`aysin!

- Ho`p...

Jilmaydida, qolgan ko`zyoshlarini o`zi artib oldi.

- Barakallaaa! - pichirlab, yana bir ona bo`lgani bilan tabrikladim, - Barokallohu laka fil mavhubi laka va shakartal vohiba va balag`a ashyddahu va ruziqta birruhy. - dedim jilmayib.

(Ma`nosi: Berilgan narsada Alloh seni barakali qilsin. Beruvchiga shukp qilishngni, farzanding voyaga yetishini va itoatli bo`lishini nasib etsin.)

Shirinni ko`zlari chaqnab sevinchdan yeg`lab kafti bilan yuzini to`sdi va ovozi qaltirab pichirlagancha javob qaytardi:

- Barokallohu laka va boraka `alayka va jazokallohu xoyron va rozaqakallohu mislahu av ajzalallohu savobaka. - dedi.

(Ma`nosi: Alloh senga baraka berib, seni barakali qilib, yaxshiliklar ila mukofotlantirib, uning mislicha rizqlantirsin yoki savobingni to`laligicha qilsin.)

Bir on bir-birimizga muhabbat ila boqdik. So`ng Ikkimizning ham nigohimiz Asalxonga tikildi.

- Quvonchim mening...

Shirin qo`llarini cho`zib mehir bilan qizining yuzlarini sladi. Shu asnoda asta yelkamga boshini qo`ydi...

* * *

Mana oradan uch yil o`tibdi. Bu orada qancha voqealar bo`lib o`ttiya! Shirinni qayona-qaynotasi ko`p bora ularni yarashtirmoqchi bo`lishdi. Shirinni ko`ch-ko`ronini tashlab ketishgandan so`ng uch oy o`tar-o`tmas, o`g`illari boshqa bir o`zlariga munosib oyla qiziga uylab qo`yishgandi. Lekin yangi oylani umri uzoqqa cho`zilmadi. Kiyovto`ra yangi hotinni olib, olloh bergan baxtni qadirga yetmagani tushib yetti chog`i Shirin bilan yarashishga rosa urundi. Lekin o`zi aytgan so`zlar o`zini boshiga to`qmoq bo`ldi. Shirinni taloq qilgan vaqtda juda qattiq gapirgan ekan, ``Bolani tan olmayman, haromi mendan emas deb!`` bu so`zlarni uchun ammam ikki dunyoda kechirmasliklarini aytib Shirinni ham, nabiralarini ham bermadilar...

Shu yillar davomida bu ko`ngilni hira qiladigan voqealardan tashqari quvonchli kunlaram ko`p bo`ldi. Asalxonni yuragani ko`rdim, tillari chiqqani eshitdim. Mittivoy hash, pash deguncha uch yoshga to`lib qolibdi. Shirin qanchalik ajoyib ayol bo`lsa, qizini ham o`ziga o`xshatib tarbiyalamoqda. Yaqinlariga mehir-muhabatli, shirinso`z, odobli. Ko`rishganda ikki qo`lini ko`ksiga qo`yib chuchuk tillarida egil salom beradi. Yosh bo`lsada judaham odobli qizaloq bo`lgan. Butun oylamizni mehrini qozonib olgan, ayniqsada dadamni. Bobo deb talpinsa moydek erib ketadilar. Ohirgi oylarda biznikiga juda ko`p o`ynagani chiqadigan bo`lib oldi. Hatto dadam biznikiga kirib, chiqishi onson bo`lsin deb, darvozi kichik eshigini tag qismiga ochib yopaganda bo`yi yetadigan qilib tutqich o`rnatib berishdi...

* * *

Haftaning juma kuni shu kun do`stim Avazning to`yi. Men unga kuyovjo`ra bo`laman. Shuni uchun u bilan birga edim. Saunaga kirib chiqqanimizdan so`ng, masjidga juma nomozini o`qigani bordik. Masjiddan chiqqach esa ikki, uch soatlarda qayta ko`rishishga kelishib oldikda. Avazni sartaroshxonada qoldirib, o`zim biroz muddat dam olvolish uchun uyga qaytdim. Uyga yaqinlashib qolgandim, shu payt Shirin bizni uydan qizchasini yetaklagancha chiqib kelardi. Meni ko`rib to`xtadilar. Asalxon menga qo`lini silkidi.

- Amat-t-i!

- O`zimni Asalim... -degancha Shiringaham e`tibor bermasdan Asalni yoniga engashdim, - Biznikiga o`ynagani chiquvdizmi?

- Haaa! Bobom bilan o`ynagani chiquvdim bomom kelishmadi! -dedi, bolarcha o`kinib.

- Men keldimu, men bilan o`ynamisizmi?

- Oyim! - salgina qovog` solib, tepasiga Shiringa qarab qo`ydi, - Oyim meni uhlaysan deyabdi!

- Asal qiz oyisini aytganini qilayu! Yoki siz Asal qiz emasmisiz?

- Asal qizman, - ko`zlarini pirpiratib, boshini quyi soldi, - Bobom bilan o`ynagim kelib yootodi... -dedi hafa bo`lgancha.

- Vooy o`zimni Asalim... - qo`lchalaridan birin-birin o`pdim, - Boboyz juma nomozidan chiqib, ishga ketib qoldlarlarde... Ammo Asal qizimga berib qo`ygin deb jumaqand bervordilar...

Masjiddan chiqaverishda shirinlik sotishadi. Vahti beymahal jiyanlarim bo`lmasa Asalxon uymizga chiqib tutgani uchun jumaqand deb har jumda shirinlik olib kelishni dadam ham men ham odat qilgandik. Shu kuniham 2000 so`mga ikkitagina barmoqdek keladigan shirinlikni olvolgandim.

- Mana Asalim, bu sizga! - bittasini Asalga, ikkinchisin boyadan berib tepamizda jilmaygancha sassiz Asal bilan suhbatimizni tinglab turgan Shiringa uzatdim, - Mana bunisi Asalimni oyisiga!

- Qizim amakizga nima deyish kerak?

- Yahmat amati!

- Azrimiydi Asalim...

Erkalab peshonasidan o`pib qo`ygach qaddimni rosladim. Shirin qizchasiga qilayotgan e`tiborimdan, mamnun jilmaydi. Bir lahza bir birimizga tikildik.

Yoshligimizdan odatimizga aylanib qolgan xursand, quvnoq damlarimizda salomlashish uslubimizga ko`ra kaftimi yuqori ko`tardim. Shirin asta oyoqlari uchiga ko`tarildiyu, ohista kaftini kaftimga urdi.

- Assalom alaykum! - deya quvnoq ohanda, salomlashdi.

- Va`alaykum assalom...

Qo`ynimdagi joynomoz, boshimdagi do`ppiga bir qarab qo`ydi.

- Ibodatiz qabul bo`lsin!

- Rahmat...

Shirin nigohlarim qarshisida, birozgina o`zini noqulay sezib atrofga alangladi. So`z topishga qiynalgandek, og`iz juflab birornima demoqchi ham bo`ldi.

- Biznikiga chaquvmidilar? -dedim behafsala bir-birimizga termulib turavermaylik deya suhbatga chorlab.

- Ha bugun, birozgina ishlarim bor edi, - qizchasini boshini silab, - O`ynab o`tirsin deb, Asalni holamga qoldirib chiqqandim!

- Yaxshi qilibsan, bu dono qizing bilan odam zerikmaydi! - uyqusi kelib, turgan qizchasiga qaradim, - Mittivoyni uxlaydigan vaqti bo`lib qolibdi chog`i?

- Hmm!

- Yaxshi unda uylaringa kiraqolilar...

- Ho`p, - hayrlashgisi kelmayabdiyu, lekin ilojsizdeb yengil hursindi, - Qizim amakinga hayir degin...

- Hayy amati...

Asal qo`l siltadi. Shirin esa go`yo ko`zlari bilan hayrlashayotgandek, qizchasini yetaklagancha asta uylari tomon yurishdi.

- Aytgandek Shirin!

- Ha...

- Avaz to`yiga taklif ettimi?

- Ha, Avazjonni o`zlari oyimga taklifnoma tashlab ketibdilar...

- Borasanmi?

- Yuu, - ikkilanib bosh chayqadi, - Bormasam keray!

- Nega ahir? Kelinni opasi Nodiraxon yaqin duonangku! Buni ustiga Avaz ham begona emas, necha yillik partadoshing... Qolaversa kelinni ham kuyovni ham uylari bir mahallada o`n qadamli masofada bo`lsa! To`y tomosha qilib, kngil yozgani bormaysanmi? Yo`q dema, o`zim olib borib, o`zim olib kelaman...

- Qaydam... - hohish bildirgandek ma`noli kiprik qoldi, - Oyim kelsinlarchi ruhsat bersalar boraveraman!

- Ho`p! Unada sen tayorgarlik ko`rib turavergin, chamasi bir yarim soatcha dam olvolay o`zim chiqib ammamdan ruhsat so`rab beraman... -dedim.

- Ho`p...

Ular uylariga kirib ketishdi. Men ham uyga kirdim. Onam tushlikni tayorlab kutib o`tirgan ekanlar. Ular bilan yana eska mavzu; meni uylanishim haqida bizor suhbat qurgan bo`ldik. Menga yoqmaydigan suhbat mavzusiga tezroq barxam berish maqsadida narida beri ovqatlandimu, dam olishim kerakligini boxona qilib xonamga qochdim.

Devonda cho`zilib, chamasi yarim soatlar atrofida mizg`ib olibman. Avazni telefon qo`ng`irog`idan so`ng, o`rnimdan turib harakatni boshladim. Kiyinib taranib olgunimcha ham biroz vaqt o`tdi.

- Oyi bitta duo qiling, do`stimni to`stini yaxshi o`tqazib kelay! -dedim, ketish oldidan.

- Tuuf... Tuuf... Tuuf... Ko`z tezgmasi, kuyov desa kuyov bo`lgidek yigitsana o`g`lim! Eeeh senam qachon uylanasana?

- Oyi shu mavzuni ochmang, - qo`limi duoga ochdim, - Duo qiling, kech qolyabman!

- Amin, hudoyim o`z panohida asrasin. Avazjon bilan Sevaraxon ham baxtli-soatli bo`lishsin... Ilohim o`rtog`ing yonida o`tib senga ham yuqsin balam, o`sha to`yda qizlarni ko`rib meni ham uylab qo`ying deb kelgin amin...

- Amin... Eeeh onamaaa!!!

Onamdan duo olib chiqib to`g`ri Shirinni eshigini qoqdim.

- Shirinnn! Ammaaa... Kim bor!

- Kelaver Rustam...

Eshikni ochib ichkariga kirdim. Ammam surida o`tirib Asalga olma artib berayotgan ekanlar. Salomlashib so`ri chetiga omonat o`tirdim.

- Amati olma yeysizmi?

Asal likopchadan bitta olma bo`lagini olib menga uzatdi.

- Bersayz yeymanda Asalim! - og`zimni ochdim, Asal olam bo`lakchasini labimga qistirdi, - Ooh- ooh-ooh... O`zizdek asal olam ekanuuu! -dedim olma bo`lagini chaynab.

- Yana yeysizmi?

- Bo`ldi Asalim qolgani o`ziz yeyaqoling!

Ammam nabirlari bilan bolalarcha iliq munosabatimizdan mamnun kuzatgancha kuldilar.

- Kuyovboladek kiyinib olib, to`yga ketyabsizmi Asalxonni amakisi?

- Ha, amma bugun kuyovjo`ralik martabasi zimmamga yuklangan! -dedim, atrofga alanglab zimdan Shirinni izlab.

- Ha durust...

- Amma Shiringa to`yni ko`rsatib kelsam degandim, ruhsat berasizmi?

- Ihtiyor o`zida! Borgisi kelsa boraqolsin, biz Asalxon bilan uyda o`tira turamiz...

Ammamdan ruhsat olganimdan xursand bo`ldim.

- Qani o`zi?

- Shirinnn! - uni chaqirdilar, - Uyda mashina tikib o`tirgandi...

- Huu labbey!

Shirin bir zumda ostonada paydo bo`ldi.

- Ammam ruhsat berdilar. Bo`l tez kiyin, to`yga boramiz!

Ishonqiramay onasiga qaradi, ammam esa so`zlarimni tastiqlab ishora qildilar. Shirin sevinib ketdi.

- Hozir birzumda tayyor bo`laman...

Aytgandek hechqancha vaqt o`tmay, ostonada eginaga etagi uzun hovorang ko`ylak kiygan malika paydo bo`ldi. Unga qarab, yuragim entikib ketadi. Meni Shirinimni ollohim, husni malohatda bekamukust yaratgan. Farishtam chiroyi ortiqcha pardaz andoz muhtoj emas. Ko`zgu qarshisida soatlab o`tirmaydi ham, shunchaki bir qarab olsa kifoya chiroyi oydek bo`ladi qoladi...

- Amma kuyovjo`raman, shunga sal kechroq qaytishimiz mumkun. Siz sira ilhaq olman, Shirinizga gart yuqtirmay qo`lizga topshiraman!

- Senga ishonaman o`g`lim...

Shirin bilan to`yxonaga yo`l oldik. Kelin bo`layotgan qizning xonadonida qo`shiq yangray boshladi. Kelinni sinfdoshlari uchun kaliktiv dasturxoni yozilgan ekan.

Avaz do`stim uylanayotgan u baxtli qiz o`zlaridan to`rt hovli naridagi mahalladoshi bo`ladi. Kelin bo`layotgan qizning opasi esa o`zimiz bilan bir sinfda o`qigan qiz. Shularni hisobga olgan holda Shirinni kelinni uyiga dugonasi yonida qoldirib, o`zim do`stimni yonig ketdim.

Uyog`i odatlarimizga binoan davom etaverdi. Kaliktiv bazmi tugagach biz kuyov navkarlar qizning honadoniga kirib bordik. O`sha yerda yangi oylaga shariy nikoh o`qildi. So`ng qonuniy nikoh shartnonasi tuzish uchun mashinalar o`tirib, shahar markaziga otlandik. Bu orada hiyobonda biroz sayr qilib suratga tushishga ham ulgurishdi. Keyin kuyovni honadoniga qaytdik. Kelin, kuyov sahnadan o`z o`rinlariga joylashgandan so`ng, ota onalar va yaqinlar birin-birin tabrik uchun chiqishdi. Nihoyat navba kuyovjo`ra bilan kelinni dugonasiga keldi. Yani men va Yulduz isimli qiz...

Yulduz ikkimiz do`stim, uning umr yo`ldoshini, eng ezgu tilaklar bilan qutlab so`ngra bitta qo`shiqqa o`ynab davrani qizdirib berdik. Uyog`i esa yuqori temptda davom etaverdi. Yulduz judayam o`yinchi qiz ekan. Qo`shiqqa qarab o`yin uslubini o`zgartirishi, anchayin dadilligi ayni menga par tushardi. Davrani qizdirish uchun ham uni qayta-qayta o`yinga taklif qilaverdim. O`ziham sho`x, shaddodgina birgina imo qilsam kifoya, o`rtaga chiqib olaverardi. Har safar o`yin tushayotganimda ko`zim ayvonchadagi bir to`p qiz, juvonlarga tushardi. Ular orasida Shirin ham bor albatta. Uning yuzida tabassum, bioq ko`zlarida rashq olovi yonadi. Atrofdagilarga sezdirmaydi, biroq meni qizg`anayotgani ich-ichdan his qilaman. Bu ishimga qanday munosabat bildirishini bilgim keladi. Shu umidda to`y tugashini kuta boshladi. Ammo aksiga olgandek to`y ham uzoq cho`zildi. Bu ora to`yxonada kelin, kuyovni yaqinlari, kuyovjo`ralar va bir nechta kelinni dugonalari qolishdandi xolos. Shirin turgan ayvoncha allaqachon bo`shab ulgurgan, u esa kelinni onasi, opasi o`tirgan stulga o`tib meni sabir bilan kutardi. Nihoyat do`stimni chimildiqqa kuzatgach, biz ham uyga ketishimizga yol ochildi. Bir ikkita qitmir o`rtog`larim ezmalik qilib, birnimalarni rejalashtira boshlagandan so`ng, issig`ida hayrlashdim. Shirinni olib ko`chaga chiqdim.

- Shirin seniyam rosa kutirib, kech qoldirvordim-a?

- Ha, rosa kech qoldik, oyim urishadilar endi!

- Qo`rqma o`zim aytaman, -dedim uni tinchlantirish uchun.

- Asloo oyimni yonlariga bora ko`rmang!

- Nega?

- Ichib olgansiz! - yengil uh tortdi, - O`zi nega ichdiz-a?

- Shanpanski ichdim holos. Yana bu yaxshilik uchun!

- Tavba... Topgan boxanayzni qarang!

- Bohona emas rost, yaxshilik uchun ichdim... Abilhakim bilan Vohobni bilmaysanda, ikkovi ham ichib olsa g`irt egov, qittir yigitlarga aylanib qoladi. Yaramaslar shanpanski ochib, nafsonyatga tegadigan gaplar bilan hammani ichishga mujburladi. Avazga ham ichkizdirmoqchi edi, no iloj do`stimni chimildiqqa sarhush kirgazmaslik uchun uni hissasini ham ichib qo`ydim...

- Shunday bo`lsaham bekorga ichibsiz! Bilasizu mast odamdan qo`raqaman...

- Kechir Shirinim... Lekin qo`rqma, salgina kayfiyatim chog`dur, biroq mast emasman!

- Ko`rdik mast emasligizni! - kinoyali qilib kuldi, - Yulduzxon bilan rosa o`ynadilar!

- Ko`rdingmi uni? Zo`r qizaaa?

- Hmmm! Rosa bir-birilarga mos ekansizlar!

- Shunday deb o`ylaysanmi?

- Hamma gapirdi!

- O`sha hamma nima dedi?

- Bir-birga uzukka ko`z qo`ygandek mos ekan, deyishdi...

- Sen esa ularni fikriga qo`shilding-a?

- Hmm!

- Eee sho`ring qurqurlar, - ular ustidan kuldim, - Hech biringiz qaysi uzukka, qaysi tosh mos kelishini bilmaysizlaru, ammo zargarlikka davo qilasizlar... O`sha zargarlikdan be habar hammani gapi menga qiziq emas, chunki menga o`yinchi qizlar yoqmaydim!

- Unga nega uni o`yinga taklif qildiz?

- Eeeh Shirinim... Aslida Yulduziyam Oyiham ko`zimga ko`rimmidi. Yulduz bilan o`ynagan bo`lsamda butun hayolim, boshqa insonda edi, nahot shuni sezmadingmi?

- Gavharxonda bo`lgan hayoliz buni sezdim! - zarda qilgandek yuzini ters burib, - U bilan ham bir marta o`ynadiz-ku?

- Sen to`y tomasha qildingmi o`zi yo meni kuzatdingmi?

- O`rtadan chiqmaganizdan keyin ko`zim tushadida!

Farishtam uni bunday holatda birinchi bor ko`rishim. Qizlar bilan o`ynaganim shunchalar alam qilyabdimi, hozir hissiyotlarini boshqa olmay so`roq savol qilmoqda.

- Shirin mening o`z gavharim bor uni, qalbim to`rida asrayman. Uzugumga faqatgina shu gavhar yarashada qolgan Gavharlaru, Yulduzlari his etmayman ham... Senga o`sha qalbimdagi sirli gavhar egasi kimligini aytaymi?

O`ziga shama qilganimni tushundi va boshini quyi soldi. Bir muddatlik skunatdan so`ng, atrofga olazarak boqib pichirladi:

- Oyim rosa urushadilar, juda kech qoldikda!

- Tashvishlanma...

Samoga boqaman, tun oydin, lekin oy tevaragida unda-bunda bulutlar suzub yurar edi. Yonimda Shirinni borligi uchunmi, tun ham sirli tuyuladi. Birozgina shanpan ichganim uchun

O‘xshash hikoyalar