Endi nima qilaman?.. (Real hikoya) (2-bet)
novcha kishi Akbaraliga ajablanib qaradi…
* * *
Bo‘ldi qiziq hangomalar.
Tez orada ayon bo‘ldiki, Mansur aka deganlari xuddi shu olti sotix yerni to‘rt kishiga sotgan ekan. Aslida yer… Mansur degan odamga tegishli emas ekan.
Mansur aka deganlarini topib bo‘lmadi.
Aytishlaricha, aldanganlardan bittasi militsioner yordamida uni bir amallab topibdi. Ammo Mansur aka deganlari:
– Men senga yer sotmaganman! – deb turaveribdi. – Sotadigan yerim ham yo‘q! – debdi keyin.
Shunda tilxatni ko‘rsatishibdi.
Mansur aka deganlari ilonning yog‘ini yalagan ekan.
– Bu notarius tasdig‘idan o‘tmagan, bir pullik ahamiyati yo‘q, – deb turib olibdi