tungi.ru

TELEFON 1 - Qism... (Tanlovga)

TELEFON

(Birinchi qism.)

ASQAR:

- Yangi yil kelishiga bir hafta vaqt qolgandi. Havo sovuq lekin yangi yil shukuhi yuraklarni qizdirgan, hamma bayramona kayfiyatda. Og`aynilarim bilan o`tirgan edim. Sinfdoshim, yaqin og`aynilarim orasidagi yagona ayol do`stim Nargiza qo`ng`iroq qilib qoldi.

- Salom, o`rtog` bezovta qilmadimmi?

- Eeee Nargiza! Qandaysan o`zing? Pochcha, o`g`ilchang yaxshimi?

- Rahmat o`rtog`, hammamiz zo`r!

- Malades, doyim zo`r bo`luriylar Nargiza...

- Asqar bo`shmisan?

- Ha bo`shman! Tinchlikni biror yordamim kerakmi?

- Ha kerak. Bugun qizlar bilan, ishxonam kaliktiv bilan bir joyda o`tirgan edik. Harajat meyoridan oshib ketib, taksiga pulimiz qolmadi. Iltimos Asqar uyga tashlab qo`ygin mashinangda!

- Hozir boraman Nargiza, manzilni ayt?

Nargizadan manzilni oldimu, yanlariga oshiqdim. To`rtta ayol, Nargizani inobatga olmasak qolgan uchtasi 28, 32 yoshlar orasidagi ayollar. Lekin bayramga deb shunaqangi pardozlar qilishganki hudi 18, 20 yashar qizlardek gijinglab turishibdi. Gap so`zlariyu, o`zlarini tutishidan kayfiyatlari chog`ligidan bilish qiyinmas ozroq-ozroq olishgan!

Nargiza old, qolgan uchtasi orqa o`rindiqqa joylashdilar.

- Eee hudo... Namuncha kech qopding, kutovrib sovuq o`tib kettiyu! -dedi Nergiza mashinaga o`tirgani hamona, biroz kutib qolganidan nolib.

- Sirayam sovuqqotganga o`xshamisizlar! - mashina yurg`azar ekanman, orqadagi ayollarga ishora qildim, - Ichkaridan qizitadiganidan olibsizlar shekili aaa?

- Yo`qeee! -dedi, yolg`on gapirayotgani uchunan yuzimga qarayolmay.

- Aldama Nargiz. Ahmoqmasman hidi kelib turibdi! -dedim.

- Ozginchaa... -dedi, ahmoqona jilmayib, qo`lida o`lchov ko`rsatgancha.

- Ichgan, chekkan ayolni ko`rishga ko`zim yo`q qadirdonim... - do`stim bo`lgani unchunam jahlim chiqdi, dakki berishga jazim etdim, - Qodirjon akami yuvoshlini nazarga ilmay, istagan ishingni qilib boshiga chiqvolaman deb o`ylasang xato qilasan! Hech yo`q ayolligingni unutmagina do`stim? -dedim.

Nargiza ``Tushunddim!`` deganday birozgina bosh irg`ab qo`ydi. Uyalganidanni yoki sovqatganidan yuzlari qizarib, toki uyiga olib borgunimgacha churq etgan ovozini chiqarmadi.

Ayollardan biri domda turar ekan. Uni yo`l yoqasida, qolgan ikkisini mahallasi boshida qoldirdik. Nihoyat Nargizani eshigi oldiga keldik.

- Rahmat Asqar.

Nargiz hayrlashishga taraddutlanib qo`lini cho`zdi, biroq men unga qarashni ham gapirishni ham istamadim.

- Asqar!!!

- Tush bor uyinga kir... -dedim, salgina qo`pol ohongda.

Nargizani turmush o`rtog`i Qodirjon ajoyib inson, u kishini juda qattiq hurmat qilaman. Hozir Nargizni shunday ajoyib insonni yoniga ichib olgan holatda kirishini o`ylab, Nargizdan nihoyatda jahlim chiqardi.

- Kechir Asqar boshqa qaytarilmaydi o`rtog`...

- Kechirimni eringdan so`raysan! - menga uzatib turgan qo`llarini birozgina kuch bilan siqdim, - Yana bir qultum bo`lsaham ichadigan bo`lsang, qaytib ko`rishganimizda men bilan salomlashib o`tirma ho`mi?

- Ho`p, - homushgina boshini egdiyu, mashinadan tushdi, - Ko`risguncha o`rtog`. Yangi yillaring yaxshi kuvolgin!

- Bo`bti o`zing ham. Pochchani so`rab qo`y, jiyanni o`pib qo`y. Ho`p yaxshi kunlarda ko`rishguncha...

Nargizni tashlab yana og`aynilarim yoniga qaytayotgandim. Negadur mashinani tormizi yaxshi ushlamayotgani sezdim.

``Eeeh, ortiqcha chiqim. Kalotka yedirib kettibdi shekili!``

Rulni AvtoServes tomonga burdim. Usta; mashinani ertga olib ketishimni aytdi. Mashinadan xujjatlarni olib AvtoServesdan chiqayotganimdan ortimdan shogirt yigitcha chaqirdi.

- Hoy aka mashinangizda telefoniz qolib ketibdi! -dedi yigur kelib qo`limga MI rusumidagi telefonni tutqazib.

Telefonni ko`rdimu, meniki emasligini tushundim.

- Qayerdan olding?

- O`rindiq tagida yotgan ekan!

- Rahmat senga...

Telefonni olib yo`limda davom ettim.

``Bugun mashinamga kimlar chiqqan edi?!``

Ertalab qo`shni Mavzuda kenayi bilan o`g`ilchasini bohchaga oborib qo`ygandim. Undan so`ng o`rta yoshli ikki er-xotinlarni savdo yarmarkaga olib bordim. Peshindan keyin mashinamga faqat og`aynilarim o`tirgan. So`ng Nargiz va uchta ayol!

Telefon kimniki ekanligini bilish uchun tugmachasini bosdim. Grafik qulflagich paydo bo`ldi ekranda. Telefon ekraniga yontomondan soya tushirib qaradim. Ekran juzasida judayam ko`p, barmoq izidan qolgan dog`lar bor. Lekin yaxshilab qaralsa Grafik qulflagich yuzasida uzulmasdan chizilgan em yozui shaklini ko`rish mumkun!

Tezda qulflagich ustida ``M`` belgisini chizdim. Telefon blok holatidan chiqdi. Avval kantaklar va qo`ngiroqlar bo`limiga kirdim. Menimcha egasi, bu telefonga yaqindagina ega bo`lgan! Kantakda 4 tagina raqam yozilgan. Shulardan uchtasida ayollar ismi, bittasida esa katta harflar bilan ``UJ`` deb yozilgan. Asosan eng ko`p aloqada bo`lgan raqam ham aynan ``UJ`` edi. Telefonni egasiga qaytarish, uni kimligini bilish maqsadida ``UJ`` ga shu telefondan qo`ng`iroq qildim. Afsuski hizmat doyirasida emas ekan.

Kerak bo`lsa egasini o`zi qo`ng`iroq qilar degam o`yda telefonni kurtkamni ichki cho`ntagiga solib qo`ydim.

Qosh qorayib kech bo`ldi. Kechki ovqatdan so`ng oylam davrasida televizir ko`rib o`tirgan edim. Birdan kurtkamni cho`ntagidagi telefon jiringlay boshladi. Telefonni oldim, erkanda ``UJ`` yozuvi bor edi. Telefonni kotrib qulog`imga tutdim.

- Alooo jonim! - u tomondan bir yigitni ovozi keldi, javob qaytarishga shoshmadim. Telefonni mikrofoniga puflab shovqin hosil qildim, - Guli... Guli nima qvosannn eee, ovozing kelmayabdi? -dedi yigit.

``Ha demak telefon Guli ismli qizga tegishli ekan!``

- Allooo! -dedim.

- Kim bu? -dedi.

- Kim keragidi?

- Uzur adishibman! -dedida telefonni o`chirdi.

Qayta qo`ng`iroq qilishini bilganim uchunam, xonamga kirib oldim. O`ylab ko`radigan bo`lsam, telefon Nargiza bilan mashinaga o`tirgan ayollardan biriga tegishli. Telefon qilgan UJ ovozini tahlil qiladigan bo`lsam, yoshi 17, 19 lar atrofidagi bolaga o`xshaydi. Azbaroyi qiziqishim sabab ayolni telefoni titkilay boshladim. Tahmin qilganimdek oshiq yigitcha, ayolni ilintirishga urunib bir necha SMS lar yozga o`ldim kuydim manosida. Buni qarangki ayol ham monelik bildirgan!

Shu orada sal vaqt o`tib yana UJ dan qo`ng`iroq bo`ldi.

- Alooo! -dedim.

- Kimsan? -dedi, to`satdan senlab.

Men shunchaki surishtirib, telefonni o`z sohibasiga qaytarmoqchi edim. Lekin bu notanish so`takni senlab gapirishi nafsonyatimga tegdi.

- O`zing kimga qo`ng`iroq qilyabsan? -dedim telefon o`zimnikidek do`q ohangida.

- Bu no`merni bir tanishim ishlatardi!

- Tanishingni ismi Gulimi?

Yigit skunat saqlab jim bo`lib qoldi.

- Nega jim bo`lib qolding toybola? -dedim kamsitgandek.

- Momilangni to`g`irla!

- Isming nima qatta turasan yigit? -dedim yoshbolaga momula qilgandek.

- Nima ishing bor? -dedi unga qilayotgan momilamdan jahli chiqib.

- Meni ismim Asqar 95 yilman Qo`qondanman! Nega sen o`zini tanishtirmaysan yoki qizbolamisan? - Man erkayman, og`zinga qarab gapir ho`pmi?

- Ho`p erkay, qizboladay nozlame, savolga javob ber? - masqara qilib ustidan kulib gapirdim, - Tanishingni ismi Gulimi?

- Ha ismi Guli nima edi? -dedi yanada jig`ibiyron bo`lib.

- Sen Gulini qayerdan taniysan? -dedim.

- O`zing Guliga kim bo`lasan? -dedi, yigitcha ham dahanaki janga kirishib.

- Farosaning ishlaganda kimligimni fahmlagan bo`larding...

Yana bir muddat jim bo`lib qoldi.

- Yigit biror joyda ko`rishsak bo`ladimi? -dedim.

- Nimaga?

- Yuzma-yuz ko`rishsak senga bir nechta savolim bor edi!

- Telefonda aytasa bo`lmaydimi? -dedi.

Yigitni ovozida biroz, qaltiroq sezildi. Demak cho`chiyabdi.

- Sen iflos, bir insonni jufti halolini yo`ldan urib, bugun uni oylasini buzilishiga sabab bo`lding. Ustingdan jinoyi ish ochildi. Endi yigit istaysanmi yo`qmi hali yuzma-yuz ko`rishamiz. Ana o`shanda 420 modaning a va b bandlariga binoan, odil sud oldida javob berasan! -dedim.

- Akaaaa, qasam ichaman men Guli bilan ko`rishmaganman, hatto uni tanimayman ham biz shunchaki telefonda gaplashganmiz, hosol...

Kulub yuborishdan o`zimni bazo`r tiydim. Yigitcha esa chippa-chin ishondi chog`i, batafsil tushuntira boshladi. Guli bilan tanishganiga 10 kun bo`lgani. Hyotta uchrashmagani, shunchaki telefonda tanishib bir-ikki bor gaplashgani. Oylasi borligini bilmaslini. Hullas ayibni Guliga yuklab, o`zini esa begunohligini qasam bilan isibotlashga urina boshladi.

- Erkay bo`lib Guliga ehtirosli SMS yozib uni yo`ldan urdingmi? Endi erkay bo`lib javobiniyam berasan! Tez orada ko`rishamiz yigit...

Telefonni o`chirdim. Yigitchani ko`ngliga g`ulg`ula solib qo`yganim uchun tuni bilan uhlamay chiqishini o`ylab, yomon mazama qilvordim. Shu qaynoq ishtiyoqda telefonni titkilashda davom ettim. SMS larni o`qib chiqgach. Aylanib Galeriyaga kirib qolibman...

* * * * *

MAFTUNA:

- Anchadan buyon oyligimdan chimdib-chimdab, tejab-tergab qimmatroq telefon unchun pul yeg`ib yurar edim. Yaqindagina MI 4X rusumidagi telefon egasiga aylandim. Shundan keyin telefonim doyimiy hamrohimaga aylandi. Hamkasiblarimni maslahatiga ko`ra Telegiramda sahifa ochdirib oldim. Bu menga yangi bir olam bo`lib tuyuldi. Guli tahallusi ostida, bu yangi olam hududiga ilk qadamlarimni qo`ydim. Shunday qilib yaxshi tushunib-tushunmasamda telegaramda sayr qilish yoqimli mashg`ulotimga aylandi...

Tunda uyqum qochib yana Telegiram bog`iga virtuval sayrga chiqdim. Istar-istamas beyhayo materyallar joylab boriladigan sahifalarga oralay boshladim. Qalbdagi eski tug`yonlarni qo`msab ketganim sababmi sahifani tark etgim kelmadi. Video lavhalarga bir ikkita izoh qoldirdim. To`satdan guruhdagilar etiborini torta boshladim. Yigitlar tomonidan yozayotgan ehtirosli, ramantik yozishmalar ovozli habarlari meni birozgina shoshirib qo`ydi.

Majburan qurulgan oyla! Mehir-shavqatdan mosvo er bilan o`tgan 4 yillik umir. Farzand ko`rolmasligim malum bo`lgach, oyladan eski bir buyumdek irqitib tashlanishim. Bularning barcha-barchasi menga erkak zotiga nisbatan nafratni uyg`otgan edi.

Davomi bor...

O‘xshash hikoyalar