tungi.ru

TELEFON... 4-Qism (Tanlovga)

TELEFON...

4-Qism...

Shuning uchun unga erim borligini aytib yolg`on gapirdim. Ammo yolg`onimni darov sezib qoldi. Endi tomom qo`lida qo`g`irchoqdek o`ynatadi, deb o`yldim.

Biroq bu yigit men bilgan, tanigan erkaklardan anchayin farq qilar ekan.

Chiroyli, husnim sabbabmi, hissiz sobiq erimdan boshqa, shu choqqacha uchragan har qanday erkak menga qo`pol gapirmagan, doyimo oldimda hushmomila bo`lishardi. Bunday hushmomila erkaklar yonidan o`zimni ustunligimni his etardim va ularga bosh egmasdim. Bu yigit esa boshqacha, ko`zlarida olov bor, qarashga ham qo`rqasan go`yo yondirib yuboradi. Mendan yoshi kichik bo`lsada senlab gapirishichi? Birinchi bor, erkakni salobati bosayotgani tuyadim. O`zimni ojizligimni juda kuchli his etardim. So`zlari bilan esa go`yoki chayondek chaqardi! Mutloqo haqiqatni yuzimga aytayotgani boyis unga e`tiroz bildirisha ojiz edim.

O`zimga ho`rligim kelganidan ko`zyoshlarimni tutolmay qoldim. Hiyonatkor ayolligimni yuzimga solib, aytayotgan dakkisini eshitishga ortiq bardoshim qolmadi!

Baqirib yubordim: ``Meni erim yo`q, unga hiyonat qilmadim! Meni hiyonatda ayblamang?``

U ortiq dakki bermadi, shunchaki ketishga taratdutlandi. G`alati juda g`alati hayotimda birinchi bor haqiqiy erkakka duch kelishim edi. Ayol ekanligimni yodimga solib, ko`zlarimni ochib qo`ygan, yuragimni qoplab olgan qora pardalarni shilib tashlayolgan bu inson men haqimda yomon tasurot bilan ketmasligi kerak! Bir shaharda yashasak mobodo yana uchratsam ko`ziga qanday qaray olishim mumkunligidan tashvishga tushdim! O`ylab o`tirmay qo`llaridan tutdim. Sovuqdan muzlagan qo`llar, ammo ichki harorati judayam kuchli bo`lgan qo`llar, ishonsa bo`ladigan haqiqiy erkak qo`llari!

Qo`llaridan mahkam tutib undan kechrim so`radim. Afsus chekayotganimni aydim. Aslida u o`ylagandek ayol emasligimni tushuntirishga urundim. Meni tushundi, u meni tushundi. Ko`zlaridagi qahri yo`qoldi. Qo`limni ohista tutib tasalli berdi va o`rtiga qayrildi.

``Nahot shunday ketaversa?``

Uni yana biroz yonimda qolishini, kuyunib tergashlarini eshitgim keldi. Garchi bu qaytarilmasada. Uni uyimga, bir finjon qahva ichib isinib olishga taklif qildim.

Hursand bo`lib ketdim, biroz o`ylanib turdiyu taklifimga ko`ndi. Uni uyga boshlab kirdim.

- Marhamat...

Uni telvezir qarshisidagi ikki kishilik yumshoq kresloga taklif qildim.

- Rahmat, - u uyumning ichiga razim soldi, - Uyiz shinam va tartibli ekan! -dedi maqtagandek jilmayib.

- Siz bemalol o`traturing, men hozir qahva tayorlab kelaman...

Uni dahlizda qoldirib, oshxonaga o`tdim. Birozdan so`ng qahva tayorlab ortga qaytdim. U telvizirni yoqib olib, futbol ko`rib o`tirardi. Negadur uyimga birinchi bor erkak kishi kelganigami, uning salobati bosib oyoq qo`lim qaltirar. Ayniqsa finjnjondagi qahvani uzatayotganimda qo`lim titrab ketdi.

- Marhamat...

- Zaharlanmaganmi? -dedi to`satdan.

Qahvadan bir ho`plab oldimu, u tomoniga o`tib o`tirdim. U menga bir qarab qo`ydida yana nigohini telvizirga qadadi.

``Qanday ajoyib yigit. Ham kelishgan, ham aqilli!``

Uning qahva finjonini orasiga olvolgan kaftlariga qaradim. Nigoh uzugi yo`q. Demak bo`ydoq yigit!

``Sevgan qizi bormikin?... Albatta bor ahir shunday yigitning sevgani bo`lmasligi mumkun emas!``

Uning sevgan qiziga rosa havasim kelardi.

``Nega menga shunday yigit uchramagan-a!``

Uni zimdan kuzataman. Menga qaramadi ham, ko`zlarini telvizirdan uzmaydi, qahva ho`plab futbol tomosha qilmoqda.

``Goool``

Futbolda gol uruldi, nazarimda unga yoqadigan kamanda gol urdi. Yuzida tabassum paydo bo`ldi. Oyoqlarini ko`tarib chordana qurib oldi. Chordana qurib o`tirishiga halaqit qildi chog`i, shimini cho`ntagidan telefonini olib yoniga qo`yib qo`ydi. Uning telefonini ko`rgach yuragimga shufha oraladi.

``Suratlarimdan o`ziga ham o`tqazib olgan bo`lsaya?!``

Uning mard ekanliga ishonaman, ammo qo`rquvim sabab ikkilanaman. So`roqsiz telefoni ololmayman, so`ray desam, nafsonyatiga tegib qo`yamanmi deb cho`chiyman.

Birdan men tomonga qarab tikilib qoldi. U hushyor juda juda hushyor. Go`yo meni o`zimdaham yaxshi biladigandek. Bir lahza ko`z uzmay tikildi. So`ng telefonini olib menga uzatdi.

- Mana bir ko`rginchi, senga yoqarmikin! -dedi nimagadur shama qilgandek sirli ohangda.

Jiddiy nigohlarda qarab yana senseray boshlaganidan bildimki nimanidur xoto qildim. Lekin qo`lini qaytarmadim.

- Mumkunmi? - o`zimni hech narsani tushunmagandek tutib muloyimlik bilan telefonini oldim, - Qulfini qanday ochiladi? -dedim.

- Yoqsang bilasan! -dedi.

Tugmachani bosdim, telefonida hech qanday parol qo`yilmagan ekan. Tezda titkilay boshladim. Hayryatki menga tegishli hech narsa uchramadi. Yuragim sezgandi, mard ekanligini bilardim.

- Men bazilarga o`xshab telefonimda sirli narsalar saqlamiman! -dedi kesatib.

Nimaga shama qilayotgani tushundim va birozgina zarda bilan telefonini qo`liga tutqazdim.

- Ruhsatisiz birovni telefonini kovlash, odobsizlik bo`ladi bilsez agar? -dedim biroz dadillanib.

- Hayronman qay biri ko`proq odobsizlik? -dedi.

Niman demoqchiligini darov tushundim. Uyaldim unga qarashga yuzum chidamadi. O`rnimdan turib spalniga kirib oldim.

Yuragim siqaladi bilmadim nima uchun! Lekin uning hamon men haqimda salbiy fikirdaligiga chiday olmasdim. Uzoq o`ylab ko`rib so`ng qaytib chiqib uning yoniga o`tirdim...

* * * * *

ASQAR:

- Ichkariga kirib bordim. Bir kattaroq xona o`rtasidan devor tortib xonani ikkiga bo`lgan. Buni xonalar kichikligidan bildim. Lekin bir kishi uchun yetarlik darajada shinam. Ayol o`ta tartibli va sarishtalik ekan. Xonaning har bir jihoz qulay xolatda joylashtirilgan. Xona xarorati, o`zgacha ifor... Ajib ko`ngilga xotirjamlik baxsh etadi.

U mehmonlik izzatimni o`rniga qo`ygach, o`zi oshxonaga kirib ketdi. Ayolning uy tutishi, ko`nglimga hush yoqdi. O`zimni erkin his etib, telvizir pultini olib uni yoqdim. Futbol Tv ga qo`ydim. Qiziq o`yin bo`layotgan ekan! Biroz vaqt o`tib issiq qahva ko`tarib chiqdi. Boyagi hayajoni hamon bosilmaganmi, qo`llari titrardi. Qahvani olgach, kayfiyatini ko`tarish uchun hazil qildim.

- Zaharlanmaganmi?

G`alati bo`lib tikilib qoldi, u mutloqo hazilimni tushunmadi.

Asta engasha boshlagani ko`rib, finjondagi qahvani yuqoriroq ko`tardim. Bir qo`li bilan ko`ksini yopdi. Ikkinchi qo`li bilan sochlarini yeg`ishtirdi. Hatto finjonga qo`lini tekkazmadi, shunchaki qahvadan bir ho`plab oldi.

Shu payt uni judayam yaqindan ko`rdim. Suratdagidan anchayin latofatli, dilbar. Egnida tizzasigacha tushgan oppoq, mayda gullari bor halat. Yaqinda dushga tushgan shekili, undan hushbo`y ifor taralardi. Sochlarini yoyib olgan. Asta qaddini rostlar ekan, ko`zyoshlardan namlangan kiprik ostidan ko`z qirini tashlab; zahlanmagan degandek miyg`ida jilmayib qo`ydi. Indamay kresloni u tomoniga o`tirdi. Mendan uyalardi, shungami oppoq oyoqlarini tepaga tortib, etaglari tagiga yashirishga urundi. Biroq halatini kalta etagi boyis uddalay olmadi va yonidagi yostiqchani olib tizzasiga qo`yib oldi.

Bir necha daqiqadan keyin ketishimni o`ylaganim uchun ayolga ortiqcha e`tibor qaratmadim. Butun e`tiborim telvizirdagi futbolda va issimayotgan oyoqlarimda edi. Shuni uchun oyog`imni gilam ustidan olib chordana qurib oldim. Qahvani ham atayin ho`plab sekin ichardim. Telefonimni cho`ntagimdan olib yonimga qo`yib qo`ygandim, soatiga qarab turish uchun. Ayol hech gapiravermagach, ko`z qirimni unga tashladim. Uning butun diqqat-e`tibori telefonimda edi.

Biroz hayron bo`ldim, telefonim uni nima uchun bunchalik qiziqtirib qo`yganiga. Yoqib qolmagani aniq, chuni o`zida yangisi bor. O`g`rlab olmoqchi deyish ham haqiqatdan yiroq. Birgina taxmin telefonim ichidagi malumotlar qiziqtirmoqda! Aniq deyolmaymanku lekin nimadandur havotirda, agar o`ylaganim bo`lsa...

- Mana bir ko`rginchi, senga yoqarmikin! -dedim telefonimni unga uzatib.

Bir menga bir telefonga qarab olgach:

- Mumkunmi? - dedi asta qo`lini uzatib.

Telefonni ushladiyu, yana ikkilanish bilan menga qaradi.

- Qulfini qanday

ochiladi? -dedi shivirlabgina.

- Yoqsang bilasan! -dedim.

- Axaaa!

Ko`z qirim bilan nima qilayotganini kuzatardim. U flesh kartaga kirib papkalarni ichiga kirib chiqa boshladi. Undan jahlim chiqdi.

``Buzuqi, hammani o`zingdaqa deb o`ylaysanmi?``

To`g`ri o`ylabman, u o`zidan havotirda ekan. Telefonimni titkilashi boyisi undagi materyallarni o`zimga o`tqazib oldimmi-yo`qmi shuni tekshirib ko`rdi.

- Men bazilarga o`xshab telefonimda sirli narsalar

saqlamiman! -dedim.

Bu gapim rosa tegib ketti chog`i, rangi o`zgarib ketti.

- Ruhsatisiz birovni telefonini kovlash, odobsizlik bo`ladi

bilsez agar? -dedi.

Barcha sharmandaligi yo`qolganiga ishonchi komil bo`ldi, shunga ovozi chiqib dadillashib qoldi.

- Hayronman qay biri ko`proq odobsizlik? -dedim.

Yana bir jirralagisi keldiyu lekin indamadi. Achchiq qilgancha tez-tez yurib nariga xonaga kirib ketti. Shu orada ikki, uch daqiqa o`tti. Qahvani tugatib, endi ketmoqchi edim. Birdan chiqib kelib yonimga o`tirdi. Shashtidan menga nimadur demoqchidek. Bir chuqur nafas olib diqqatimni o`ziga tortdi.

- Nima uchun bunday qilganimni so`ramaysiz? -dedi to`satdan.

- Menga nima qizig`i bor!...

Qo`limdagi bo`shagan idishni qo`liga tutqazdim. Unga qaraganimda ruhi cho`kib o`yga tolib qolgandi. Uning holati ko`rib rahmim keldi.

- Ho`sh Maftuna nimaga o`zizga nojoyiz ishlarni qilib yuribsiz?

- Aaaa! -dedi salgina og`zini ochib.

- Nima, aaaa? - iyagidan turtib og`zini yopib qo`ydim, - O`ziz so`ra dediz so`rayabman! Nima uchun telefonizda beyhayo narsalar saqlab, o`zizga yarashmagan holatlarni suratga olib yuribsiz?

U o`ychan bir necha sonya tikib qoldi. Nigohlaridan sezish mumkun yuragini nimadur ezmoqda, istirob chekmoqda.

- Sizga yuragimni ochmoqchiman! -dedi ko`zlari yoshlanib.

- ``Jin ursin!`` nima deyabsiz Maftuna?

Uning qarashlari vidolashayotgan odamdek ko`rinib ketdi.

- Nega menga? -dedim.

- Chunki sizga ishonaman!

Chunki sizga ishonaman! Bu so`zlarni shunchali dard bilan aytdiki, ortiq unga e`tiroz bildira olmadim.

Davomi bor...

O‘xshash hikoyalar