tungi.ru

TELEFON... 6-Qism...

TELEFON...

6-Qism...

U o`rnidan turdi.

- Maftuna men endi ketaman. Uzoq o`tirb qoldim! -dedi.

- Shunday ketaverasizmi?

O`rnimdan turib, unga biroz yaqinlashdim.

- Yo`g`ee, ustimga kurtkamni kiyib olaman! -dedi kulib.

- Yo`q men buni nazarda tutmadim!

- Tushundim nima nazarda tutganingni. Men shunchaki kayfiyatingni ko`tarmoqchi edim! -dedi ko`zini bir qisib.

- Haaa! - hazilini manosini tushunib, jilmaydim, - Meni unitvormang-a? - dedim uning samimiy boqishlaridan allanechuk entikib.

- Sen yurakdagi sirlaringni ishoib, yelkamga ortib qo`yding. Endi istasam ham seni unutmasam kerak...

- Sizdek do`stim bo`lishini istardim? -dedim do`stlik rishtalarini bog`lashga umid qilib.

- Yaxshi...

Umid qilgandimu, biroq kutmagandim. U qo`lini cho`zdi. Sevinchim ichimga sig`may ketti, tezda qo`llaridan tutdim.

- Endi do`stimsiz-a? -dedim ko`zlariga qarab, hamon ishongim kelmay.

- Ha... - uning chehrasiga samimiy tabassum yoyildi, ikki qo`llab yelkalarimdan tutdi, - Do`sting sifatida yana bir maslahatim. Sen yoshsan, go`zalsan hali hayoting oldinda. Unutvor. Yomon hotiralarga o`ralashib qolma. Yolg`izlikni o`zinga hohroh qilma. Hali tenging uchraydi. O`shanda uni etagidan mahkam tut. Turmushga chiq, oylali bo`l. Mana ko`rasan olloh farzandlar beradi. Hali eng baxtli ayol bo`lasan. Sen baxtli bo`lishing kerak Maftuna...

Bunday niyatlardan so`ng o`zimni tutolmay uni quchoqlab olibman. Bu kutilmagan harakatimdan mendan ko`ra u ko`proq hijolat tortdi. Ohista yelkalarimdan tutib, o`zini nari tortdi.

- Maftuna sayr qilib kelmaymizmi?

- Hozirmi? - bu taklifdan biroz hayron qoldim, - Soat bir bo`layabdiku?

- Nima bo`libdi? - jilmaydi, - Biroz tozza havoda aylanib kelamiz! -dedi.

- Rostdanmi?

- Rostdan, - jilmaygancha yelkalarimni salgina silab qo`ydi, - Bor kiyin, kechki shaharni bir aylanib kelamiz!

- Ho`p bo`ladi...

Sipalniga kirdimiu, shikafimni ochdim. Tezda kiyindim. So`ng oyna qarshiga o`tirib pardoz qilib, o`zimga qarab oldim.

- Mana tayyorman!

- Men ham tayyorman, yur...

U jentelmenlikni unutmadi. Eshikni qulflab zinadan tusha boshladik. Yonimda ishonchli hamrohim bor. Shuni his qilganim boyis, hech narsadan cho`chimasdim, havotirlanmasdim. Meni tushuna oladigan, to`g`ri maslahat beradigan inson bilan do`stlashganimdan, bundan shunchalar baxtiyor edim! Asta qo`llarimni qo`llari orasidan o`tqazib oldim. Shu holatda ko`chaga chiqdik. U shu yaqin atrofda ochilgan tungi kulub yaqinidagi tuni-kun ishlaydigan kefega borib kelishni taklif qildi. Men rozi bo`ldim. Juda sekin qadam tashlab, yo`l chetida suhbatlashib borardik. U qiziq-qiziq voqealar aytib berardi. Men esa jimgina unga yelkamni suyagancha tinglardim. Kafega yetib borganimizda qiziq voqea sodir bo`ldi. Unda ham, menda ham pul yo`q ekan. Ammo u kafega kirib bittadan tort bo`lagi va issiq qahva olib chiqdi. Tashqarida skamekada o`tirib yedik-ichdik. So`ng shu zayl ortga qaytdik.

- Sevganingiz bormi? - so`radim yo`l-yo`lakay, - Sevgan qiziz!

- Senga shu qiziqmi? -dedi.

- Ha, judayam... -dedim unga o`zimni yaqin tutib.

- Bor edi! - yeka qisgancha, - Endi yo`q! -dedi.

- Nega?

- Erga tegib ketti!

``Shunday yigitni tashlab, boshqasini istab ketgan qanday tentak qiz ekan o`sh?``

- Bunga qanday yo`l qo`ydiz? Nahotki uni ushlab qololmagan bo`lsayz? -dedim kuyunib.

Men savollar yog`diraverdim. U sokinlik bilan javob qaytaraverdi. Gaplashib uyga yetib kelib qolibmiz.

Biz sayrga sarf etgan fursat juda oz bo`ldi. Lekin u bilan o`tgan har daqiqalarim mening hayotimdagi eng yaxshi, qalbim hotirjamligida, baxtiyorlikda o`tgan damlarimdan biri boldi...

U hayrlashish fursatini kutayotgani seza boshladim. Yuragim yana bezovta. Undan sira ham ajralgim kelmaydi. Hozir u ketib qoladi va men uyimga yolg`iz qaytib kiraman. Huddiki uyim meni yutib yuboradigandek tuyulardi!

- Maftuna sayr yoqdimi senga?

- Judayam yoqdi, - uni qo`yvorishni istamay bilaklaridan qattiqroq tutdim, - Sizdan sira ajralgim kelmayabdi, do`stim! -dedim.

- Lekin Maftuna men uyga qaytishim kerak.

- Tongda ketarsiz, buguncha menikida qolaqoling?

- Birovni uyida yotib qolishga odatlanmaganman! -dedi, jahli chiqqandek, ketar tomoniga qarab.

- Men yotib qoling demayabman, - asta qo`llaridan ushladim, - Shunchaki do`stona suhbatlashib o`tiramiz, ho`p deng?

- Uzur Maftuna...

Hamon uni qo`yib yuborishni istamayman. Uning barmoqlari orasiga, barmoqlarimni suqub mahkam changallab oldim.

- Qarang atrofni jimjitligini, yuragizga vohima soladi! Shunday vahtda sizni qo`yib yuborgim kelmayabdi...

U kulib yubordi.

- Meni qo`rqoq deb o`ylayabsanmi?

- Rostini aytsam men o`zim qo`rqoqman! - uni qo`llarini yanada qattiq siqdim, - Bunday huzurbaxsh tundan keyin ko`zimga uyqu kelmasligi aniq... Ishonsez hozir uyga yolg`iz kirishdan o`lgidek qo`rqyabman. Yo`q demang tungacha yonimda qoling, iltimos!

Javobini kutmay uning qo`llaridan tortib, uyga boshladim. Ammo bu kechani yakuni qanday tugashini o`ylamagan ekanman...

* * * * *

ASQAR:

- Maftuna bir qarashda, baxtli ayolga o`xshaydi. Ishi bor, uyi bor, chiroyi bor. Ammo shunga yarasha dardlari ham bor ekan.

- Hammasi shu! - deya so`zlarini yakunladi, istirbga to`la nigohlar, alamli tabassum bilan tikildi, - Hammasi shu, sizga yuragimni shundog`ligicha ochdim... -dedi.

O`ylanib qoldim. Shuncha sirini, faqatgina menga ishongan ayol. Bunga sabab meni o`ziga yaqin bildi va qandaydur ruhiy madat bera olishimga ishondi. Men esa ishonchning masulyatini his qilgan holda, uning dardiga malham bo`laoladigan so`zlar topishim kerak! Lekin buni qanday uddalashga hayron edim. Chunki hali o`zim ham yoshman, hayotiy tajribam kam! Nari borsa 20 gayaqin kitoblar o`qiganman. Shulardan 2, 3 tasigina badiy kitoblar. Diniy bilimim ham yuqori emas. Bilmadim bu ozgina tajriba, bilim bilan uning dardiga malham surishga aqlim yetarmikin?

``Ollohim o`zing mada ber!``

- Maftunaxon! -deya gapni uzoqdan boshladim.

- Hoo, labbay! -dedi pichirlagancha ko`zlari multirab.

- Ayol kishidan yosh so`rash odobsizlik aaa?

- Hmm....

Tajjublanib qaradi. U tomonga surib tinmay etagini changallab, titrayotgan qo`llarimdan tutdim. Albatta bu yomon ko`ngilda emas, meni ruhan his etishi uchun.

- Lekin sizdan so`rayman yoshiz nechada?

- 28! -dedi o`ylab o`tirmay.

Nargiz unga opa deb murajat qilganidan, 30 yoshlarda deb tahmin qilgandim. O`shanda deyarli unga e`tibor bermagandim. Ammo hozir u yonimda. Qizlardek qomati, yoshlardek qiyofasidan qo`rqmay aytaman, har qanday inson bir qarashda 20 yosh beradi. Men o`zim Nayabrda 23-yoshga to`lib, 24 ni qarshi oldim. Biyalagik jihatdan undan anchagina kichik ekananman.

- Sizdan kichik ekanman. Sen deb murojat qilsam sizga noqulay emasmi? -dedim.

Avval unga qanday murajat qilishni aniqlab olishim juda muhim edi.

- Yo`q! - jilmaygancha bosh chayqadi, - Senlashiz yoqdi!

- Rostdan-a?

Uzoq vaqt yolg`iz yashagan. O`zi xon, o`zi sulton bo`lib. Senlab murojat qilganimda. Yigit kishi oldida, o`zini bir pog`ana zayifroq sezib ayolligini his qilayotgandur, balki shunga sensirashim yoqqandur! Hayolimga kelgan o`ylardan kulib yubordim.

Shu choqqacha olgan hayotiy tajribam va oz-moz bilimimga tayangan holda gap boshladim. To`g`ri unga faqat achchiq haqiqatlarni gapirdim. Lekin yaxshi dori shirin bo`lmasligi aniq-ku!

U esa jimgina har-bir so`zimni imkor etmay tingladi.

O`zim ham xatolardan holi, mukammal inson emasman. Shunga so`zlarimni yakunlaganimdan so`ng qariyalardek nasihatgo`ylik qilvorganim o`zimga erish tuyilib ketti...

``Endi ketishim kerak!``

Bugungi kunimdan o`zim mamnunman, chuni bir insonni hayotini yaxshi tomon o`zgarib ketisiga sabachi bo`lishim mumkun. Shunday hush kayfiyatda soatga qaradim. Vaqtni tez o`tishinich allamahal bo`lib ketibdi.

- Maftuna! - o`rnimdan turib u bilan hayrlashishga hozirlandim, - Senga nima bo`ldi?

So`zlarim tasir qilib kettimi. Rangi oqarib, peshonasini ter bosibdi.

- Hechnima! -dedi bo`ynini sal bir tomonga qayirib.

- Ranging oqarib, terlab ketding?

- Aaaa! - peshonasidagi terni artib oldi, - Negadur boshim og`riyabdi! -dedi holsizgina ohongda.

- Shoshma senga suv beraman...

Oshxonasiga kirib, jumrakdan bir finjon suv quyib chiqdim.

- Ichvol... - deya unga tutdim.

- Rahmat!

- Xona isib ketti-a?

Isitish tizimi zo`r ishlar ekan. Xona juda isib, o`zimni ham damim qayta boshlagandi.

- Bunga sabab xonani kichigli! -dedi kichikkina, shinamgina xonasiga ishora qilib.

U suvdan ichgandan keyin, yuziga qon yugurdi. Ahvoli yaxshiligini ko`rib o`rnimdan turdim.

- Maftuna men endi ketaman. Uzoq o`tirb qoldim!

- Shunday ketaverasizmi?

U ham o`rnidan siljidi. Lekin ``Shunday ketaverasizmi?`` deganda aniq nimani nazarda tutganini uncha tushunmadim. Shunga hazil qilib talmovsiradim.

- Yo`g`ee, ustimga kurtkamni kiyib olaman! -dedim kulib, egnimdagi futbolkamga ishora qilib.

- Yo`q men buni nazarda tutmadim!

U mendan do`stona munosabat ilinjida ekanligini, tushungandek bo`ldim.

- Tushundim nimani nazarda tutganingni. Men shunchaki kayfiyatingni ko`tarmoqchi edim! -dedim boyagi hazilimni izohlab.

- Haaa! - ko`zlari chaqnab, labida tabassum o`ynadi, - Meni

unitvormang-a?

Samimiyat bilan yelkasiga qo`l qo`ydim.

- Sen yurakdagi sirlaringni ishoib, yelkamga ortib qo`yding. Endi istasam ham seni unutmasam kerak!

Bu javobimdan yanada sevinib ketdi.

- Sizdek do`stim bo`lishini istardim! -deya jilmaygancha tikildi.

Uning chehrasida barh urub turgan ishonchni ko`rib uning do`stlik taklifini rat etolmadim.

- Yaxshi...

U tomon qo`limni cho`zdim. Nozik barmoqlari bilan kaftimni siqib oldi.

- Endi do`stimsiz-a? -dedi, quvnoq ohangda.

- Ha...

Nozik qo`lini ohista tutib turar ekanman, unga mehrim tushgani his qilardi. Endi uning kelgusi taqdiriga beyfarq bo`lolmasdim. Yangi yil arafasi. Do`stligimni o`rtaga qo`yib chin yurakdan ham nasihat ham tilak manosida unga madad bo`ladiga so`zlarni aytib niyatlar bildirdim. U shunchalik tasirlanib kettiki, hatto o`zi ham sezmay qoldi meni quchoqlab olganini!

Davomi bor...

O‘xshash hikoyalar