TELEFON... 8-Yakuniy qism...
TELEFON...
8-Yakuniy qism...
- Men yotib qoling demayabman, - asta qo`llarimdan tutib oldi, - Shunchaki do`stona suhbatlashib o`tiramiz, ho`p deng?
- Uzur Maftuna...
Endi qarshimda tuyg`ularini tizginlay olmayotgan ayolni ko`rib turardim. U barmoqlarini barmoqlarim orasiga suqub mushtini tugub oldi. Albatta bu harakatlar do`stning emas, ehtiroslari jo`shib turgan mashuqaning telbanovo harakatlari edi.
- Qarang atrofni jimjitligini, yuragizga vohima soladi! Shunday vahtda sizni qo`yib yuborgim kelmayabdi...
Huddiki bu gap bilan o`zining harakatlariga izoh berayotgandi yoki men qorang`ulikdan qo`rqib u bilan qolishim kerakdek! Uning bu gapidan kulib yubordim.
- Meni qo`rqoq deb o`ylayabsanmi? -dedim.
- Rostini aytsam men o`zim qo`rqoqman! - kutilmagan qiyofasi o`zgardi, qo`llarimni yana qattiq changalladi, - Bunday huzurbaxsh tundan keyin ko`zimga uyqu kelmasligi aniq... Ishonsez hozir uyga yolg`iz kirishdan o`lgidek qo`rqyabman. Yo`q demang tongacha yonimda qoling, iltimos! -dedi yolvorgudek ko`zlari mo`ltirab.
E`tiroz bildira olmadim. U qo`llarimdan tortib uyiga boshladi. Zinadan asta yuqoriga ko`tarila boshladik. Ichki bir ovoz kirma deydi. Bir yomon ish sodir bo`ladigandek, ko`nglim bezovta.
- Maftuna salkam, ikki soatdan ziyod birgamiz. Ehhaaa, qancha suhbatlashdik! - eshigiga ikki qadam qolganda to`xtadim, - Ishonchim komil buyog`iga gaplarimiz qovushmaydi. Yaxshisi men uyga ketaqolay, sen ham kirib damingni olib uhlaaaa! -dedim.
- Anchadan buyon hechkim bilan shunchalik miriqib dardlashmagandim. Hozir yelkamdan tog` ag`darilgandek, shunday baxtlimanki tasovur ham qilolmaysiz. Ishoning bu tasurotlarim bilan uhlay olishimga ko`zim yetmayabdi... - u o`ng qo`limni ikki kafti orasiga olib, yolvorgandek termuldi, - Hozir shunchalik qo`rqyabmanki, sizga qanday tushuntirishga a`qlim yetmayabdi...
- Maftuna nimadan qo`rqasan ahir o`z uying-ku? - dedim, uni tinchlantirish uchun.
- O`zimdagi his-tuyg`ularimni izohlay olmayman! Lekin... - u chap ko`ksini ushladi, - Lekin mana bu yurak, shu chog`da o`z qobig`iga sizmay ketmoqda! Agar shu uyimda, lanati uyimda bir kecha yolg`iz qolsam! Hattoki tirq etgan tovushdan ham, yuragim yorilb ketadi. O`lib qolamanmi deb qo`rqyabman! -dedi.
Endi u meni cho`chita bo`shladi. To`g`ri u go`zal ayol, unga termulganim sayin ko`zim quvnaydi. Ammo qolishim bu noto`g`ri. Qo`l siltab ketvoray desam, uning so`zlari chin bo`lib, tonggacha biror nima bo`lib qolsaya, degan o`y qo`rqitadi.
- Mayli qolaman! Lekin Maftuna suhbatlashmasak unda nima qilamiz?
- Umm... Menda ``SEGA`` degan o`yin aparati bor!
- Eee qo`ysangchi!
- Juda zo`r o`yinlari bor. Bir safar jiyanlarimga olib bergan edim. Menikiga mehmonga kelishganda rosa o`ynashadi...
- Bunday o`yinlardan tez zerikaman!
- Unda sizga to`rt pishirib beraman, ikki qavat yo`q uch qavatli to`rt... Faqat ketib qolmasangiz bo`lgani.
- Ha mayli, to`rt bilan aldab ko`ndirding! -dedim kulib.
U kaliti bilan eshigini ochdi. Ichkariga kirdik. Oyog` kiyimimni yechib, bir chetga qo`ydim. Kurtkamni ilgakka ildim. U balantposhneli etigini yechib, ichkari honaga yurdi.
- Siz bemolol o`tira turing, men hozir tezda kiyimimni alishtirib chiqaman! -dedi.
- Ho`p!
Yana kresloga o`tirib, telvizirni yoqdim. Kanallarni aylantira boshladim. Ko`rishga arziydigan narsa chiqmadi.
- Maftuna-a-a!
- Labbey... -dedi eshikdan bosh chiqarib.
- Boya aytgan o`yiningni olib chiq? -dedim.
- Hozir, kiymlarimni alishtirib olay.
Orada sal vaqt o`tib, qo`lida karopkaga solingan o`yin aparatini ko`tarib chiqdi.
Maftunani uychi oddiy libsda ko`rib, o`g`zim ochilib qoldi. Endi u qarshimda butkul o`zgacha bir olam bo`lib gavdalanib turardi. Engidagi libosi, nozikkina qomadiga juda yarashgandi. Surmalar suzilgan katta-katta shahlo ko`zlar, uzum-uzun kipriklar, qaldirg`och qanotidek terilgan qoshlar! Chiroyli qiyofasida balqib turgan tabassumi. Jilmaygan gul bargidek lablari yoyilib, marvaritdek tishlari qiyofasiga o`zgacha joziba beradi. Tim qora sochlar, o`ng yelkadan oldiga tashlab olgan. Chiroyli oyoqlar, go`yoki soch tolasidan tortilgan dorda yurgandek, nozik va aniq qadam tashlaydi. Maftuna yoshini 28 da degan edi, biroq uning qomadi, 18 yoshdagi qizlik tarovatini umuman yo`qotmagani shundan ko`rinib turardi. Men tomon yurib kelar ekan. Uning ingichka beli, bo`liq sonlari, qizlarga hos tarang siynalarni hatto egnidagi binafsharang, etgagi tizzaga tushgan ko`ylagi ham berkita olmasdi... Beldan pastiga chippa yoshib turadigan lasina kiygan, boshiga esa to`rt enlik rumol bilan sochlarini salgina yeg`ishtirib olgan! Uning ayollik tarovatini ko`rib nafas olishni unitib qo`yayozdim.
- O`zingiz ulashni bilasizmi? - dedi qo`lidagi aparatni tutqazib.
- Yo`q!
U telvizir oldiga cho`kka tushg`ancha, aparat shunurlarini telvizirga ulay boshladi. Ekranda tasvir paydo bo`ldi. U o`rnidan turib, yoniga chorladi.
- Bu yoqqa keling...
U pultdagi har bir tugmachalr vazifasini tushuntirib, o`yinni qanday o`ynash kerakligini o`rgata boshladi.
- Go`zalim buni qanday o`ynashni bilaman!
Hissiyotlarim tasirida uni ``Go`zalim`` deya erkalaganimni o`zim ham sezmay qoldim.
- Siz maza qilib o`ynayvering. - qo`limga pultni tutqazdi, - Men sizga dunyodagi eng mazali to`rtni tayorlab beraman!
Chehrasi gul-gul ochilib, lablarida tabassum o`ynardi. Ammo yuziga surilib qolgan allaqanday qora bo`yoq izlari chiroyiga soya solib, g`ashimga tegardi.
- To`xta Maftuna. - uning bilagidan tutdim, - Yuzingga qora tegibdi.
- Qayeriga? -dedi yuzilarini artishga chog`lanib.
- Mana-bu yerga!
Qora dog`ni artib tashlash uchun uning yuziga qo`limni teqqazdim. Yuzidagi dog` emas, shunchaki tepamizdagi qandil shulasidan tushayotgan soya ekan! Ammo uning yuziga barmoqlarim tegib, yuzlarida sirpanana boshlaganda u ajib entiktirib ketti. Bosh bormog`imni titrayotgan lablari ustida asta teqqazganimda, ko`zlari ehtirosdan qiyilib ketdi. Shu lahzada o`zligimni unutib qo`ydim.
- Jonim sen juda go`zalsan! -dedim beyihyor shivirlab.
Uning ko`zlari suzib, asta yumildi. Bo`saning totli, boliga tashna lablarim, uning lablariga bir sonya tutashdi. U o`zini yo`qotib, jizmini ortga tashladi. Qanday qo`lib ko`tarib olganimni o`zim ham anglamay qoldim. Uning hayajondan entikib boqayotgan ko`zlari, meni umuman es-hushimdan ayirib qo`ydi.
* * *
Tong hali yorishmagan. Torgina yotoq devonda shiftga termulib yotibman, quchog`imga kirib olgan Maftuna boshina yelkaga qo`ygancha sokin nafas olib uhlab yotardi. Men esa go`yo ehtiroslar ehromida tunab qolgan, oshiqdek hamon visol lazzatidan sarhush edim.
``Maftunam bebaho go`zalim!``
Ayol kishi bilan birinchi bor yaqinlik qilganim boyis, vujudim hamon o`zgacha hislar tasirada edi. Ich-ichimdan bu hislarni yanada uzoq davom etishini istardim. Asta sochlarini silab o`ynay boshladim.
``Asalim endi sen menikisan, hech qachon seni qo`yib yubormayman!``
Shu payt qayoqdandur, eshitila ishitilmas ``AZON`` ovozi qulog`imga eshitila boshladi.
``Alloohu akbar!
Alloohu akbar!``
Quloqlarimga ishonmay tokchadagi kichik elektiron soatga ko`z qirimni tashladim. Soat oltidan o`tibdi Bomdod payti bo`libdi. Odat bo`lib qolganmi, beihtiyor ichimda eshitayotganlarimni takrorladim.
``Alloohu akbar!
Alloohu akbar!``
Azonni takrorlayabmanu, butun vujudimni titroq bosadi.
``Laa ilaaha illallooh.``
Azon aytilib bo`lganuncha vujudimni titratgan qaltiroq o`rnini, ahibdorlik hissi egallab olgandi. Afsuslanardim uning uyida qolishga rozi bo`lganimdan. Bir ayolning o`z hislari oldida ojizligidan foydalib qolganidan. O`z shahvoniy nafsinni tiya olmaganim uchun vijdonim ezilardi...
``Bunday bo`lmasligi kerak edi!``
Uni uyg`otib yubormaslik uchun, asta o`rnimdan turdim.
``Ming lanat!``
O`zimni birovning yotoqxonasida, kiyimsiz holatda ko`rib o`zimdan jirkanib ketdim. Pastda sochilib yotgan kiymlarimni yeg`ib, shoshgancha kiyindim. Berigi xonaga o`tib ilgakdan kurkamni olayotgandim. Ortimdan egniga halatini kiygancha Maftuna chiqib keldi.
- Ketyabsizmi?
Uning ko`zlariga qarashga ham botina olmasdim. U menga yaqinlashdi va ikki qadam qolgan qotib qoldi.
- Maftuna kechir meni! - yosh mavjlanib turgan ko`zlariga bazo`r qaray oldim, - Iltimos kechir! -dedim. Bosh so`z aytishga juratim yetmadi.
Oyog`imga kiyib, endi eshikka chiqqandim, allaqanday shiysa singani kabi, charanglagan ovoz eshitildi. Shu zahoti ortimga qaytdim. Mafuna gilam ustida cho`chka tushgancha o`tirar, o`ng qo`lining mushti qonga belangan edi.
- Nima qilyabsan?
Tezda kaftiga rumolchani o`radimu, uni quchoqlab oldim...
* * * * *
MAFTUNA:
- Meni qalbimda ``SEVGI`` deb atalmish tuyg`uning, uchqunlari allaqachonlar o`chib ketganiga, ko`nikib ulgurgan edim. Tasodufan hayotimga kirib kelgan bu inson, qalbimda qaytadan sevgi olovini yoqdi. Yashirmayman uni sevib qoldim. Biroq yaxshi tushunaman u bilan birga bo`lish men uchun ushalmas orzu bo`ladi. Aslida orzu ham qilmasligim kerak, chunki unga munosib ayol emasman!
Ha anchagina mezonlar bo`yicha birga bo`lishimiz uning uchun katta xato bo`ladi! Birinchidan men qizbola emas ayolmay, u esa uylanmagan bo`ydoq yigit. Ikkinchidan yoshlarimiz orasidagi tafovut. Uchunchidan men unga qisqa fursatlarda telbarcha oshiq bo`lib qoldimu, ammo uning tuyg`ularini qay darajada ekanligi, hamon menga mafhum...
Shu onda anglab yetmoqdamanki, inson qalbdan sevgan insoni yonida bo`lgandagina, chinakam baxtga, hotirjamlikka erishar ekan. Kimdur so`rasa, hech ikkilanmay aytaman, men shu lahzada eng baxtli ayolman. Bilaman bu baxtli onalim uzoqqa cho`zilmaydi! Mayli undan yillarni so`ramayman, faqatgina tongacha! Tong otguncha yonimda qolsa, ko`zlariga termulib o`tirsan, kulgusini, zalvorli ovozini eshitsan, yonimdaligini his etsan, men shu kifoya edi. Qolgan umrimda baxtli kunlarimni hotirlab, zinhor o`ksinmay yashagan bo`lardim... Shu ilinjda uni tish-tirnog`im bilan olib qolishga harakat qilardim. Uning qo`llaridan mahkam tutgancha zinadan yuqorilab borardik.
- Maftuna salkam, ikki soatdan ziyod birgamiz. Ehhaaa, qancha suhbatlashdik! - eshikka yaqin qolganda u yana to`xtab qoldi, - Ishonchim komil buyog`iga gaplarimiz qovushmaydi. Yaxshisi men uyga ketaqolay, sen ham kirib damingni olib uhlaaaa!
Ko`zlaridan ko`rib turardim u allanimadan bezovta, sirayam yonimda qolgisi kelmasdi. Unga ayni damda ko`nglimdan nimalar kechayotgani tushuntirishga urundim.
- Anchadan buyon hechkim bilan shunchalik miriqib dardlashmagandim. Hozir yelkamdan tog` ag`darilgandek, shunday baxtlimanki tasovur ham qilolmaysiz. Ishoning bu tasurotlarim bilan uhlay olishimga ko`zim yetmayabdi... - uning qo`llarini kaftlarim oragiga olib o`tinch bilan ko`zlariga qaradim, - Hozir shunchalik qo`rqyabmanki, sizga qanday tushuntirishga a`qlim yetmayabdi...
Yonimda bir daqi bo`lsada qolishi uchun tiz cho`chishga ham tayyor edim.
- Maftuna nimadan qo`rqasan ahir o`z uying-ku? - dedi hayratini yashirmay.
Hamon meni tushunmayotgan edi. Yolg`izlikda uy ham, kimsaiz bir olamdek vahimali bo`lishini tushunmasdi.
- O`zimdagi his-tuyg`ularimni izohlay olmayman! Lekin... - uning ketib qolishidan qo`rqib, tinmay tipirchilayotgan yuragimga yengil musht urdim, - Lekin mana-bu yurak, shu chog`da o`z qobig`iga sizmay ketmoqda! Agar shu uyimda, lanati uyimda bir kecha yolg`iz qolsam! Hattoki tirq etgan tovushdan ham, yuragim yorilb ketadi. O`lib qolamanmi deb qo`rqyabman! -dedim.
Nimalarni his qilayotganimni tushuntirib bera oldim chog`i, bir necha sonya o`ychan termulib turdiyu asta jilmaydi:
- Mayli qolaman! Lekin Maftuna suhbatlashmasak unda nima qilamiz? -dedi qosh uchurib.
- Umm... - hayolimga kelgan fikrni tilimga chiqardim, - Menda ``SEGA`` degan o`yin aparati bor! -dedim shoshib.
- Eee qo`ysangchi!
O`yin fikrini maqul ko`rmay qo`l silatadi.
- Juda zo`r o`yinlari bor. Bir safar jiyanlarimga olib bergan edim. Menikiga mehmonga kelishganda rosa o`ynashadi... -dedim uni qiziqtirishga urunib.
- Bunday o`yinlardan tez zerikaman! -dedi.
- Unda sizga to`rt pishirib beraman, ikki qavat yo`q uch qavatli to`rt... Faqat ketib qolmasangiz bo`lgani? - dedim, uni qolishi uchun hamma narsa qilishga yayyor edim.
- Ha mayli, to`rt bilan aldab ko`ndirding! -dedi kulib.
Uning shirinlikni yaxshi ko`rishini, boya kafega borganda bilgandim. Ichkariga kirdik. Uni uyimga yana tashrif buyurishi, ayni kamtikni to`ldirgandek bo`ldi. Birinchi bor uyimga uh tortib emas, yuzimda tabassm bilan kirdim.
- Siz bemolol o`tira turing, men hozir tezda kiyimimni alishtirib chiqaman!
- Ho`p!
Uni kresloga taklif etib o`zim, yotoqxonamga kiyimlarimni alishtirib olishga kirib ketdim.
- Maftuna-a-a!
Uning ajib hislati borligini ilg`agandim. U ismlarni qisqatmasiz, egasiga yoqadigan ohanda talafuz qilar ekan. Ayniqsa mening ismimni; ``Maftuna!`` deb aytganda, qalbim allanechuk bo`lib ketadi.
- Labbey...
Kiyimlarimni kiyib ulgurmaganim uchun, eshikdan faqatgina bosh chiqarib unga qaradim.
- Boya aytgan o`yiningni olib chiq? -dedi.
- Hozir, kiymlarimni alishtirib olay.
Tezgina uychi liboslarimni kiydimu, shikaf ustida turgan o`yin aparatini olib uning yoniga shoshdim. Yoniga yaqinlashar ekanman, butun hayolim oshxonada. Unga qanday dezayndagi tortni tayorlash haqida bosh qotirardim.
- O`zingiz ulashni bilasizmi? - dedim aparatni unga uzatib.
- Yo`q! - dedi bosh chayqab.
Aparat shunurlarini telvizirga uladim. Telvizir ekranida jiyanlarimni sevimli o`yini tasviri paydo bo`ldi. Pultlarning simlari o`rindiqqacha yetmagani boyis, uni yonimga chaqirdim.
- Bu yoqqa keling...
O`rnidan turib yonimga keldi. Ekrandagi o`yinni jiyanlarimga qo`shib bir necha bor o`ynab ko`rganim uchun, kinopkalarning vazifalarini yaxshi bilardim. Shuni uchun o`yinni qanday o`ynashni ularga ham tushuntira boshladim.
- Go`zalim buni qanday o`ynashni bilaman! -dedi u jilmaygancha. Bilmay aytdimi yoki erkalab! Lekin uning ``Go`zalim`` deya murojat ettishi, meni judayam sevintirib yubordi.
- Siz maza qilib o`ynayvering. - hushomadini munosib taqdirlab, mazali tort tayorlab berish uchun, oshxonaga shoshildim, - Men sizga dunyodagi eng mazali to`rtni tayorlab beraman!
- To`xta Maftuna. - kutilmaganda qo`limdan tutib qoldi, - Yuzingga qora tegibdi. -dedi.
- Qayeriga?
Oynaga qarab olmoqchi edim, ammo u qo`llarimni qo`yib yubormadi.
- Mana-bu yerga!
Uning barmoqlari taftini avval yuzlararimda, so`ng lablarim ustida sirpanayotgani his qildim. Erkalashidan qalbim jilla entibib ketti. Yuzimga uning nafasi uruldi, qulog`im ostida lablari shivirladi.
- Jonim sen juda go`zalsan!
Yuragim hapqirib vujudimni ajib titroq bosdi. Qo`llari belimdan quchib o`zi tomon tortdi. Bo`sa olmoqchi ekanligini sezdim. Biroq negadir unga e`tiroz beldirolmasdim, uni ranjitib qo`yishdan qo`rqardim. Bo`sa... Uning lablarini his ettdim, allanechuk jismim modorsizlarib ketti. Baquvat qo`llari avval belimdan quchdi va ohista ko`tarib oldi... Uning nigohlarida sevgini ko`rdim. Muhabbatla boqayotgan nigohlari shikasta dilimga nogahoniy iliqlik, halovatbaxsh havaslar soldi. Yotoqxonaga olib kirayotganda ham unga monelik qilgim kelmadi. Erkak hidini tuyib entikib, jismimni unga topshirib qo`ydim.
* * *
Hech narsani o`ylashni istamasdim. Shunchaki u yonimdaligidan baxtli edim. Tuni bilan uhlay olmadim, uni quchoqlagancha yelkasiga bosh qo`yib, ko`zlarimni yumub yotordim...
Tonga yaqin edi, birdan u bezovtalanib qoldi.
``Allooh, Allooh!`` deya pichirlardi. Oradan birov qavt o`tdi. Meni uhlab yotibdi deb o`yladimi, bezovta qilmaslik uchun asta o`rnidan turdi. Ko`zlarimni ochdim. U judayam tashvishda, shoshilinch kiyimlarini kiyardi. Menga e`tibor ham bermay yotoqxonani tark etti. Tokchadagi telefonimni oldim, soat endigina oltidan oshibdi. Indamay ketib qolishidan tashvishlanib, tezda o`rnimdan turib egnimga halatimni kiydimu, ortidan ergashdim. U rostdan ham ketmoqchi ekan, qo`limdagi telefonga qarab, uning raqamini olib qolmadim degan fikr keldi.
- Ketyabsizmi? -dedim.
Unga yaqinlashar ekanman, qiyofasini ko`rib qo`rqib ketdim! Ko`nglimdan joy olgan, men uchun hechkimga o`xshashi bo`lmagan yigitdan asar ham qolmagandi.
Uning nomusli boquvchi, olov yonib turadigan ko`zlarida endi boshqacha - ayibdorlik, gunohkorlik tuyg`ularni aks etib turardi. Uning bu holini ko`rib beihtiyor yeg`lab yubordim.
``Nimalar qilib qo`ydim?!``
- Maftuna kechir meni! - ayibdorona nigohlari jovdirab, hasta ovazda shivirladi, - Iltimos kechir!
``Nimalar qilding Maftuna? Jodugar, razil!``
Yig`lagancha o`zimni qarg`ay boshladim. Men beboho insonni uchratdim, biroq yurak istaklarimga quloq tuttib uni yo`qotib qo`ydim. U uyimda qolishni istamagandi, men majbur qildim. O`zimni sevdiray deya yonida ming tusda tovlandim, oqibada zino qilishimizga imkonyat yaratdim... Uni ko`nglini ovlasam, baxtiyor qilaman deb o`ylabman. Biroq uning qalbi pokligini, etiqodini sindirib qo`yishim mumkunligini inobatga olmabman. Zinoning gunohidan qo`rqib, istirob chekoyatganini ko`rib o`zimdan nafratlanib ketdim. Jismimni ko`tarolmay oyoqlarim holsizlanib cho`kkalab qoldim. Men hech, qachon u bilan ushrashmasligim kerak edi! Alam qilardi, qattiq alam qilardi. Shunday insonni bir kechalik huzurni deb shu ahvolga solib qo`yganim alam qilardi... Ko`zim gilam ustida yotgan telefonimga tushdi.
``Barchasiga, barsasiga manashu telefon sababchi! Shu lanati telefon bo`lmaganda men u bilan ushrashmas edim!``
Ichimdan amal, g`azam qaynab keldi. Mushtimni tug`ub bor kuchim bilan telefonga musht urdim. Telefon ekraniga qo`shilib, suyaklarimning ham g`isirlab sinb ketganini his qildim. Ammo qalbimdagi og`riq sabab, tanamdagi og`riqni sezmadim.
- Nima qilyabsan?
Birdan u ortiga qaytib keldi. Yonimga cho`kka tushgancha, qo`lilarimdagi jarohatni bog`lay boshladi. Endi qo`limni qattiq og`rig`idan uvullab yubordim. U asta bag`riga boshdi...
- Kechiring... -dedim, bazo`r pichirlab.
U hechnarsa demadi, yanada qattiqroq quchib og`ir hursinib qo`ydi.
Uning ko`ksiga yuzimni bosdim. Nigohlarim tizzalari orasida, ekrani parchalanib yotgan telefonimda edi...
TAMOM...
Muallif: -MAJNUN-