Shaxnozaning hayoti. davomi
1012- hikoya.....
DAVOMI
-bo'ldi, yig'lamang! bu kunlar ham o'tib ketadi,
nasib qilsa bu kunlarni ko'rmagandek bo'lib
ketasiz dedi qizga yupanch bo'ladigan mehribon
bir ohangda.
ular mana shu zaylda 4-5 daqiqacha turishdi, qiz
biroz sergaklanib yigitning qo'ynidan chiqdi.
-endi gap bundoq, mani ism Dilshod 93 yilaman
yoshim 24 da, hali uylanmaganman agar
xohlasangiz sizga biroz yordam berman
-qanaqa yordam
dedi qiz ko'zlarini yoshlarini artarkan
-mani ham kvartiram bor bu yerdan biroz
uzoqroqda, baribir hech kim yashamayandi hozir,
o'sha yoqqa boramiz u yerda biroz yashab
turasiz keyin esa sizga birorta ish topib
berarman xo'pmi?
qiz nima qilishni bilmay qolgandi, rozi bo'lay
desa umrida birinchi marotaba ko'rib turgan
insoni, balki aldab uni
qayoqlargadir olib ketar, bormay desa bu yerda
axvol bunaqa har kecha har hil erkakni ko'nglini
xushlashi kerak, eeee nima bo'lsa bo'ldi bu yerda
qolgandan ko'ra o'lganim yaxshi dedi-yu juda
ham aokin ovozda
-mani aldamismi Dilshod ako
-iya, nega aldar ekanman? desi ko'zlari quvnab.
-agar aldasez uvolinga qolasiz aytib qo'yay dedi
qiz ko'zlarini pirpiratib
-nega ishonmidi-a? bu qiz aldaganimda
shunpaytgacha bu yerda og'zingizga tikilib
o'tirarmidim? bo'ling tezroq oladigan
narsalaringizni oling-da, tezroq safar tadorigini
ko'ring.
-Gulnoza oyiga aytib ketmaymizmi? dedi qiz
soddalik bilan
-jinnimisiz u ayolni qo'liga tushgan qizlar qanday
axvolga tushishini bilmaysizda siz, mayli bu
keyingi masala avval siz tezroq oladigan
narsalaringizni oling
-oladigan hech narsam yo'q, bu yerga hech
vaqosiz kelganman
-unday bo'lsa juda soz qani yuring kettik mani
moshinamda ketamiz...
Qiz nima uchun hu bolaga ishonib orqasidan
ketayotganini-yu, Dilshod nega bu qizga
bunchalar mehribonchilik qilayotganini hech
tushuna olmasdi.
Bu taqdirmikan yoki shunchaki tasodif,
tashqarida yomg'ir chelaklab quyayabdi.
ikkovlari mashinaga o'tirishdi to Dilshod o'zining
kvartirasiga yetib kelmaguncha qizga bir og'iz
ham gapirmadi.
-ana yetdik, mana shu domda 4 etaj to'g'ri uy
juda ham saramjon emas lekin yasshasa bo'ladi.
Dilshod qizni kvartiraga joylashtirdi, unga biroz
eskiroq bo'lsa ham bir telefon berdi-da hol
ahvolizdan habar olib turaman eshikni hech
kimga ochmang agar biror narsa kerak bo'lsa
manga tel qilasiz no'merimni mana bu telefonga
saqlab qo'ydim deb qo'lidagi telefonni tutqazdi... ertasi kuni Dilshod ro'zg'or un kerakli buyumlar,
oziq-ovqat va shunga o'xshash kerakli narsalarni
olib Shahnozaning xolidan xabar olgani bordi,
eshik yoniga borib tel qildi telefondan shu qadar
mayin ba yoqimli ovoz eshitildiki Yigitchani butun
vujudini allaqanday begona hislarlar qamrab
olgandek bo'ldi.
-man, man keldim eshikni oching Shahnoz
-aha, xo'p bo'ladi, mana ochyapman.
Shahnoza eshikni ochdi-yu Dilshod uni ko'rib
hayratdan qotib qoldi, endi qizning ko'zlarida
unuman mayuslik yo'q, qarshisida kulib turgan
qizning jamoliga qafagan inson ko'zlari hira tortib
yana qaragisi kelaveradi har qanday erkakni
aqldan ozdiradigan uzun tim qora sochlari,
kulganda jimittakina bo'lib ko'rinadigan o'ng
yanog'idagi xoli hamma xammasi yigitchani aqlimi
olgandi.
-iya, nega kstonada turib qoldiz Dilshod ako,
kiring ichkariga, qo'lingizdagilar og'irdir, nima
qilib ovora bo'lib yuribsiz keling yordamlashaman
deb yigitning qo'lidagi sumkalardan birini oldi.
Dilshod ichkariga kirarkan ivirsib ketgan, narsalar
betartib har yoqqa sochilib yotgan uydan asar
ham topa olmadi, hamma yoq yeg'ishtirilgan,
sarishta, hamma yoq chinnidek yaltilaydi...
-ehe, shuncha ishlarni bir o'zizi qildizmi? nima
qilardiz o'zingizni qiynab? biroz o'zingizga kelib
oling jeyin ish qilish ham qochib ketmas
-birov sizga mani kasal deb ayttimi? man soppa
sog'manku, undan keyin qiz bola bo'lib turib
uylar to'zib yotsa to'g'ri kelmas, dedi qiz
Dilshod olib kelgan narsalarni oshxonaga
joylarkan.
-iya tuxum ham olib keldingizmi? hoz man sizga
ajoyib quumoq pishirib beraman dedi bolalarcha
beg'uborlik bilan.
zum o'tmasdan qiz oshxonaga dasturxon tuzadi,
quymoq va yana allaqanday ajabsanda taomlardan
pishirib olib keldi. Dilshod u pishirgan taomlarni
shu qadar ishtaxa bilan yediki bu xolatdan o'zi
ham hayratd edi, ovqatlanib bo'lgandan so'ng
Dilshod uyning qolgan joylarini yeg'ishtirishga
yordam berdi, yotoqxonadagi ortiqcha mebellarni
mehmonxonaga olib chiqdi, mehmonxonadagi
stullarni oshxonaga toshidi, buzilib qolgan
dazmolni tuzataman deb tok bilan ham
zaryadlanib oldi, hammomdagi ishlamayotgan
issiq suv kranini tuzataman deb sal qolsa butun
kvartirani suv ostida qoldirayozdi xullas
kechgacha uyni ko'ngildagidek qilib chiqdi-yu o'zi
ham o'lardek charchadi. Kechqurungi ovqatdan
so'ng ikkovlari televizor ko'rish uchun
mehmonxonaga chiqishdi Dilshod man xoz deya
qayoqdandir bir dunyo popkorn olib keldi.
televizor ko'rib popokorn yeganni gashti
o'zgacha bo'ladi-da, ular allamahalgacha
televizor ko'rib o'tirishdi, keyin Dilshod qizni
sekin gapga sola boshladi birinchi kuni mandan
begonasirayotgan edingiz, mana endi oradan
begonalik ham birozgina bo'lsa-da uzoqlashdi.
Endi nima bo'lganini aytib berarsiz balki.
-mayli, lekin bu juda ham uzun hikoya, dedi qiz
mayuslik bilan.
-mayli, qancha uzun bo'lsa ham eshitaverman.
Shahnoza esa bir boshidan boshidan
kechirganlarini oqizmay tomizmay so'zlab bersi,
o'gay onasi va Dastonning qilmishlari,
qaynonasining tuxmatlari, otasiga yetarlicha
e'tibor berilmagani va shu sababli axvoli kundan
kunga og'irlashib borganini hamma hammasini
gapirib berarkan qizning ko'zlari beixtiyor
yoshlana boshladi, Dilshod esa uni yupatib bu
kunlarning hali hammasi o'tib ketishini, hali
Daston ham qilgan barcha ishlari uchun javob
berishini takidlab qizga ancha dalda berdi. Endi U
qizga o'zgacha mehr bilan boqa boshladi, u
kundan kunga qizga ipsiz bog'lana boshlagandi,
uning suhabatisiz o'tkan kuni unga zerikarli
tuyuladigan bo'lib qolgandi oradan bir qancha
vaqt o'tdi bu orada qiz bir tikuvchilik sexiga
ishga ham kirib oldi, endi u avvalgi uquvsiz
Shahnoza emasdi endi u tamomila o'zgargandi
o'ziga bo'lgan ishonchi kundan kunga oshib
borardi, kundan kunga ochilib xusniga xusn
qo'shilib borardi, uki ko'rganlar bir marta
turmush qurgan qiz demasdi, bu yoqda Dilshod
ham avvalgi salbiy odatlarini tashlagandi endi u
umuman har-xil yeg'ilishlarga qo'shilmas,
kechalri diskotekaga borib yarim tungacha
sang'imas, hattoki sinfdoshlariga ham kamdan
kam qo'shilardi. U vaqt bo'ldi deguncha
Shahnoza bilan gaplashishga urinardi. Qiz ham
Dilshodga tobora o'rganib uning yuragida ham bir
paytlar yo'q bo'lib ketgan tuyg'uni qaytdan
uyg'otib yuborgandi garchand qiz "man sizga
mos emasman, munosabatlarimiz bu qadar jddiy
tus olmasin," deyishiga qaramasdan Dilshod
baribir undan ko'ngil uzib ketolmasdi.
oradan bir qancha vaqt o'tdi qilichini
yalong'ochlab qosh ham kirib keldi, bu safargi
wish kuda ham ajib bir holatda keldi dekabrning
ilk kunlaridanoq qor yog'di, ilk qor baribir
boshqacha bo'ladi, maktab bolalar sinfdosh
qizlarini qor bo'ron qiladimiyey, kimdir sevgan
qiziga qorxat yozadi kimdir do'stiga qorxat
yozadi hullas hamma birinchi qordan foydalanib
jimaldir qilishga harakat qiladi shu asnoda
Shahnozaning telefoniga bir sms kelib tushdi Sms
da quydagi habar bor edi:
Dunyoda baland bir tog' bor deb eshitganman
xuratingiz mana shu tog'dek baland bo'lsin, mana
shu tog'ning yonida juda ham uzzzzzuuuun yo'l
bor deyishadi umringiz mana shu yo'ldek uzun
bo'lsin, mana shu yo'lning ikki chetida son-
sanoqsiz archalar bilan to'lgan archazorlar bor
ekan savobingiz ham mana shu archalar singari
ko'p bo'lsin, mana shu tog'ning etagida sof va
musaffo buloq bormish qalbingiz mana shu
buloqdek sof va toza bo'lsin birinhi qor bilan
baxtimga doiomo sog' va omon bo'ling AZIZIM! Shahnoza bu Smsni o'qib yuragi qalqib ketdi,
uning vujudini allaqanday iliwlik qamrab olib shirin
hayollarga berilib qoldi va javob xabarimi
yozishga chog'landi biroq nima deb javob
yozishga hayron edi va sher yozmoqchi bo'ldi
Sevgilim Sir Saqlab Sevardim Sizni,
Sog'inch Sinovida Sinardim Sizni.
Sevgim Sababini So'ylayin Sizga,
Sevgingiz Sovg'adir Sevgilingizga.
Sizga ham birinchi qor muborak bo'lsin, siz ham
oila a'zolaringizni baxtiga doiomo sog' va
salomat bo'ling, barcha qilgan yaxshiliklaringiz un
mingdan ming rahmat Dilshod aka!!!
Dilshod Smsni o'qidi-yu jek pot yutgan odamdek
zursand bo'lib ketdi, xursandchilgi ichiga
sig'masdan raqsga tushvorgisi kelardi.
U shoshilib tashqariga chiqdi, tashqarida hamon
laylak qor guppilab urayotibdi, osmondan
quvlashmachoq o'ynagandek bir birini quvib
tushayotgan oppoq qorlar zum o'tmay yerga
oppoq gilam misoli to'shalardi, Qor beg'uborlik,
soflik va musaffokik ramzi, qor dildagi ginalarni,
g'am g'ussalrni unutilishiga yordam beradi, xozir
ham tabiat ana shunday xodiasani boshidan
kehirmoqda oppoq qor tabiatdahi barcha
ifloslikalrni yuvib, butun zaminni oqlikka
burkayapti, qiziq xozir Shahnoza ham mana
shunday manzarani guvohi bo'lyabdimikan, yo'q
dedi yana o'ziga o'zi u xozir ishda man borib uni
mana shunday go'zallikdan bahramand qilmasam
ko'nglim joyiga tushmidi!
Dilshod mashinasiga o'tirib qizning ishxonasi
tokon yeldirdi, ishxona eshigidan kirib borarkan
qoravulning "xoy, qayoqqa? bu yoqqa mumkin
emas" degan gaplariga ham parvo qilmasdan
sexning tikuvchilik xonasiga kirib bordi, xonada
hamma ayollar kimdir nimalarnidir tikyabdi, yana
kimdir mashinasiga ip o'rnatyapti, bir chekada
O'tirgan Shahnoza oynadan tashqariga mayus
nigohlari bilan boqib shirin hayollar bilan
o'tirardi, Xonaga begona erkak kirganimi ko'rgan
qyollar qiy-chuvni avjiga chiqarishdi
kimdir "bu kelishgan bola qaysi omadi kulgan
qizni oldiga keldikan?" desa yana kimdur "
tashqaridahi anu oq Malibu shu
yigitchanikimakan?" derdi yana allakim "ha, mani
ham shunaqa mashinasi bor yigitim bo'lganda jon
derdim" deydi...
Bu xolatdan Dilshod g'alati xolatga tushib qoldi,
Shahnoza yigitni ko'rib yuzi duv qizarib ketdi,
nima qilishni bilmay o'tirgan stulidan tobora
pastga sirg'anib tushaberdi. Buni ko'rib
Dilshodning ham qoni jo'shib ketdi.
sekin astalik bilan qizning oldiga yurib boraverdi,
qizga yaqinlashgani sari Shahnozaning rangi
qizarib stuldan pastga qarab sho'ng'iyverdi.
Yigit qizning oldiga borib uni bilagidan ushlab
turg'azdi-da,
-yuring sayr qilib kelamiz, bu yerda o'tirib zerikib
ham ketgandirsiz dedi allaqanday shijoatli ovoz
bilan:
Qiz ham bir so'z demasdan yigitning irqasidan
ergashdi ana qiy-chuv, ana qarsak "birov
yashabor o'g'il bola, haqiqiy yigit shunaqa
bo'ladi" desa yana kimdir "voy, Shanoz,
tushmagurey, bu pismiq zimdan ish qiladiganlar
xilidan ekanku-a?" derdi yana kimdur
"uyalmasdan shu yergacha kelibdi, xozirgi
yoshlarga ham hayronsan," deb zamonni
yominlab ketdi, ikkovini qo'l ushlashib
kelayotganini ko'rgan qorovul ham ularga
ortiqcha gap gapirmadi, "omading bor ekan
yigitcha, shunday qizni ilintirib olibsan, baxtli
bo'linglar qo'ldan chiqarmagin" deb qo'ya qoldi.
ikkovlari mashina oldiga kelganda qiz arazlagan
bo'lib lablarini burib gap boshladi:
-o'ling, uyatdan o'ldirdingizkuu, bir marta tel
qilganingizda o'zim chiqib turardim shu yerga,
endi ko'rasiz gap so'zlarni.
-men, gap-so'zlardan qo'rqmayman agar
qo'rqqanimda siz bilan bu yerda turmasdim deb
qizning qo'llarini mahkam siqdi, qiz
uyalganidanmi hayo qilganidanmi darov gapni
bishqa yoqqa burib yubordi
-voybuuuuu, qaren qo'llariz yaxlab qolibdi keling
isitib qo'yaman deb yigitning qo'llariga "kuh,
kuhlay" boshladi bu endi haqiqiy romantika desa
ham bo'ladi.
osmondan beg'ubor qor parchalari uchib
tushmoqda, hamma yoqni oppoq gilam bilan
qoplagan qor parchalari hali beri tinay demasdi.
endi manga farqi yo'q nima bo'lsa bo'ldi shu
qizga uylanaman, deb niyat qildi Dilshod o'ziga
o'zi.
ertasi kuni ertalab nonushta payti Dilshodni
uylantirish masalasi yana ko'tarildi har safarshu
masala ko'tarilganda Dilshod doimo o'zini olib
qochib yurardi bugun negadir o'zini olib
qochmadi.
-Bo'pti, uylansam uylanaveraman lekin man faqat
man aytgan qizga uylanaman. dedi g'ayrioddiy
shijoat bilan.
-iya, o'g'limizga aql kirib qolibdimi-a? onasi
-ha, aql kirgani rost bo'lsin dedi Nigoraxonim
yuzida allaqanday mamnunlik ifodasi bilan.
-xo'p, u qiz kim? ota-onasi qanaqa odamlar?
nima ish bilan shug'ullanadi. -u qiz g'irt yetim uning ustiga bir marta
turmushga chiqqan. 99 yil mandan besh yosh
kichkina to'g'ri bu qiz bizning oilaga umuman
to'g'ri
uman silarga u qizni olib beringlar deb
majburlamayman, sizlarga rahmat mani shu
darajaga yetkazdilar, pul desa mana pul deb
so'raganimdan ham ziyoda qilib bergansilar,
akamlarga ham rahmat mani shunchalik qo'llab
ana net kafelargacha ochib berdi, qisqasi hech bir
tengdoshimdan kam qilib o'stirmadilaring, mana
25 ga qarab ketyapman tagimda Malibu buning
uchun sizlardan minnatdorman lekin agar mana
shu qizni manga olib bermasalaring mayli
Gorskidagi domji manga beringlar man sizlardan
boshqa hech narsa so'ramayman uy joyga ham
mashinaga ham davogarlik qilmayman biroq man
u qizdan boshqasiga uylanmayman faqat mani
to'g'ri tushuninglar oyijon, adajon faqat mani oq
qilmanglar bilaman xozir noqobil farzandni ishini
qilyapman lekin mani ham to'g'ri tushuninglar
mana man bor gapni aytdim dedi Dilshod yuziga
jiddiylik yugurtirib.
Bu gaplarni tinglab o'tirgan Nigoraxonimning
ko'zlaridan beixtiyor tirqirab yosh oqib ketdi,
o'g'lining ichida shuncha dardi borligi, bir qiz
uchun har narsaga tayyor ekanligini bilib
o'g'lidan faxrlana boshladi.
-dadasi qarang o'g'limiz kap-katta bola bo'lib
qolibdi dedi ko'zlaridagi yoshni artarkan
-ha, man buni haliham yosh bola deb yurgan
ekanmanda, yashavor ota-o'g'il, jinnivoy qaysi
ota o'z o'g'lini oq qiladi? ichingda shuncha
darding bor ekan vaqtliroq aytsang bo'lmaydimi?
nima biz sanga yomonlikni ravo ko'rarmidik? u
qiz bechorani ham qiynab hali Gorskidagi
kvartirada saqlabosanmi? bir o'zini yolg'iz-a? ha
bola-ya, ha bola hech aqling kirmadi-da, mayli
san aytgan qizni olib beramiz lekin keyin bizga
ortiqcha gap qiladigan bo'lsang sani umuman
kechirmaymiz, bo'pti bo'ladigan ish bo'libdi
o'sha qizni xoziroq olib kel, bugun shu masalaga
yakun yasaymiz...
Dilshod ota-onasidan bunday gapni kutmaganligi
sababli o'zida yo'q xursand edi, darov
Shahnozaga tel qildi:
-alo, Shahnoz
-alo, assalomalekum, labbay Dilshod ako
-kvartiradamisan?
-ha, tichlikmi?
-ha, tinchlik, qimirlamay tur xoz yetib boraman
-xo'o'o'p! Dilshod go'shakni qo'ydi-yu tashqariga otildi,
zum o'tmasdan Gorskiga yetib borib qizni
chaqirdi va birgalashib uyga qaytishdi. Yo'lda
Dilshod qizga bo'lib o'tgan voqealarni gapirib
berdi.
-iya, qandoq bo'larkan, man haqimdagi bor gapni
aytingizmi?
-ha, aytdim san siqilma, ota onam mani tog'ri
tushunishdi, nasib qilsa bu yog'i yaxshi bo'ladi.
ikki sevishganlar yurak yutib Nigoraxonim va
Karimjonlarning oldiga kirib borishdi
-assalomalekum, dedi qiz juda ham muloyimlik
bilan, dastlab Karimjon so'ng Nigoraxonim
salomga alik olishdi.
-qizim yaxshimisiz? bu jinni bir o'zingizni yolg'iz
uyga qildirib kvartiraga tashlab ketibdi,
yolg'izlikda qiynalib qolmadingizmi? dedi
Nigoraxonim onalarcha mehribonlik bilan
-yo'q, xolajon qiynalmadim Dilshod akam
yolg'izlatib qo'ymadilar, hamisha xolimdan
xabardor bo'lib turdilar.
-xaa, demak gap bundoq dedi Karimjon yuziga
nim tabassum yugurtirib: endi bu kishi
Dilshodbekni oyilari ismlari Nigora xolajon emas
oyijon deb chaqirasiz bugundan keyin. Mani esa
Dadajon deb chaqirasiz, shu kundan boshlab siz
mana shu uyda yashaysiz bu uyda maning gapim
hali 2 bo'lmagan shuning uchun ham man to'yga
roziman qo'ni-qo'shni nima deydi, qarindosh-
urug' qanday gap gapiradi buni manga zarracha
qizig'i yo'q. bugundan boshlab siz maning eeng
kenja kelinimsiz bahorga chiqib to'y, manga
o'g'illarim baxtli bo'lsa bo'lgani, har bir ota ona
eng avvalo farzandlarini baxtini o'ylaydi deb
qizning oldiga bordi-da peshonasidan o'pib
qo'ydi.
Shahnoza uchun bu kutilmagan voqea bo'ldi,
nima qilishni nima deyishni bilmay qoldi, tim qora
ko'zlaridan yosh sizib chiqa boshladi buni ko'rgan
Karimjon xazilashib
-obbo', shu qanona bilan kelinning tuptog'i bir
joydan olinadi seyishgani rostga o'xshaydi Nigor
qara kelining ham o'zinga quyib qo'ygandek,
qizim ham darovda ko'zidan yoshini ayamaydi,
oyijoniz ham shunaqa hamma qo'li bo'shaganda
yeg'lasa Nigorni yig'lashdan qo'li bo'shamaydi
Karimjonning bu xazili oraga ajib bir tabassumni
olib kirdi...
Shahnoza endi rosmana kelin sifatida
Dilshodlarning uyida yashay boshladi, o'zini
tutishi, xayosi, odamalar bilan muomalasini ko'rib
Nigoraxonimni kelinidan ko'ngli to'q edi.
Shahnoza bu uyga o'zgacha fayz olib kirgandek
bo'ldi, uy ishlari, ovqat, kir-chirlarni hamasini
Shahnoza yelib yugurib bajarardi endi bu safar
majburlikdan emas o'zi xohlagan xolatda, zavq
bilan bajarardi.
-xoy, Shahnoz, eeey dedi oshxonada ovqat
suzayotgan Shahnozaga past tovush bilan
Dilshod
-ha, nima disiz dedi Shahnoza ham ko'zlarini
pirpiratib
- yangi no'mer oldim
-hmm, eski nomerizda qizlar bilan gaplasholmay
qoldizmi?
-eeeee, qanaqa qizlar, undan ko'ra nomerimi
yozib ol
-ayturing xotiramda saqlanib qoladi
-998903600301 eslab qoldingmi? kechga tel
qilaman hana serial ko'rgani kirib ketsang
o'ldiraman, bugun aylangani chiqamiz, bo'ptimi?
-yo'q, bugun oyijon bilan hevarga boramiz kiyim
tiktirgani
-injiqlik qilma, borasan bo'lmasa qara o'zinga.
-bo'lmasa nima qilasiz?
-o'ldiraman yaramas san gap qaytarishi qayerdan
o'rganding?
-nima hali shunaqami? oyiiiiii, oyijooooon
-iya, jinni bo'ldingmi san qiz? bo'ldi o'chir,
o'chir ovozingni, mani gap eshitishimni
xolavosanmi?
dedi Dilshod o'zining ovozidan o'zi qo'rqqanicha.
ichkari uydan esa Nigoraxonimning "xo'o'v qizim
nima gap tinchlikmi?" degan ovozi eshitildi "ana
endi o'lding Dilshod" deb yigitcha o'zini
oshxonaga urdi, zum o'tmay oshxona eshigi
oldida Nigoraxonim paydo bo'ldi
-nima gap qizim, iyeeee, ha san nima qivosan bu
yerda? dedi holadenikdan nimalrnidir qidirvotgan
o'g'liga qarab
-mmmman, manmi?
-ha, san nima bu yerda sandan boshqa ham
odam bormi?
-ha, man, man
-hmmmm, nima san dedi Nigoraxonim qoshlarini
chimirib
-abed qilgani keldim, nima endi ovqatlangani uyga
ham kelib bo'lmaydimi? yoki uyga kelish uchun
ham mahalladan spafka, uyga kiriah haqida
ruxsotnoma qildirishim kerakmi?
-voy, bu bolani qaranglar avvalari ertalab chiqib
ketgacha yarim tunda zo'rg'a kirib kelarding endi
esa uydan ketging kelmaydi-ya
-oyijon, o'g'liz aylangani boramiz devoti, yo'q
bugun oyijonim bilan chevarga boramiz desam
iya hali san mani aytganimni qilmaydigan
bo'ldingmi deb achhiqlanyabdilar, hoz oyimni
chaqiraman desam chaqirur deydi deng dedi
Shahnoza shahlo ko'zlarini suzib.
-iya, xoy o'zingdan qo'shmasdan gapir, qachon
man aylanishga boramiz dedim san jinni bo'lib
qolibsan, o'zi oyi bu kelgandan beri man bilan
hech kimni ishi bo'lmay qoldi, mana shunaqa
ekanda dedi arazlagan bo'lib
eeeeeh qachon katta bol'asizlar-a? yosh boladan
battarsizlar mayli yuringlar dadanglar ham kutib
qoldi birga ovqatlanib olaylik... Qaxraton qishning zahri ketib o'lkaga bahorning
ilk oftoblari yoyila boshladi, qaysidir o'lkalardan
qaldirg'ochlar uchib kela
boshladi, daraxtlar ham sekin asta qaytdan kurtak
chiqarib atrofga o'zgacha xusn bag'ishlay
boshladi, osmonda ulkan ayzberklarga o'xshagan
juda ham kotta bulutlar samo daryosida suzib
borardi.
qushlarning quloqqa xush yoquvchi navolari
butun olamnintutgandek edi, ariq lablaridagi
chuchmomayu yalpizlar, otqulog'u jambillar,
hidlari odamga shunaqangi ajib bir xush kayfiyat
beradiki buni so'z bilan tariflash juda ham qiyin.
3-mart kuni to'y, bu habardan butun Nursux ahli
xabardor, hamma yosh kelin kuyovlarga baxt
tilagan, barcha bo'lajak to'y marosimiga
tayorgarlik ko'rayotibdi, to'y kuni butun mahalla
xizmatda bo'lishdi, yoshlar xizmatda kattalar
izzatda, naxorgi oshga ham