MUHABBAT JILG'ALARI... Bir juft oqqushlar 2-qism
MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
2 - Qism...
Begona qo`l boshimni siladi.
- Tavba, tavba... Sizga nima bo`ldi, nega yeg`laysiz? - meni ovozimdan bolam uyg`onib, u ham yeg`lay boshladi, - Ana bolangizni ham uyg`tvordiz!
Onaxonni bolamga qo`l uzatayotgani ko`rib, undan avvalroq bolamni bag`rimga oldim. Uni yupatishga urunib, o`zim ham yupandim. Onaxon yana hol so`raydi, lekin meni hayolimni boshqa o`ylar bant etgan.
``U erkak, nechun menga bunchalik surbetlarcha munosabatda bo`lmasa? Yoki o`tmishimdan xabari bormikin? Yo`q, men bu insonlarni birinchi bor ko`rib turubman, ular ham meni! Ablah hechkimim yo`qligini bilib, buni himoya qiladigan yo`q, istagan ishimni qilsam bo`ladi deb o`yladim? Haa.. haaa u aynan shuday o`ylagan... Ey Hudo, nega vujudim buncha titraydi, nega undan bunchayin qo`rqyabman?
Bordiyu yana menga zo`rlik qilsaya! Unda nima qilaman, qo`limdan nima keladi! Meni kim himoya qiladi! O`ylashgayam qo`rqaman... Yo Rabbim, o`zingdan o`zga mehribonim yo`q, yomonlarga, tuhmat toshini otguvchilarga o`zing insof ber, ularning qalbidan yomonliklarni hayda Ollohim...``
- Niyatxon meni eshityabsizmi?
Onaxon boyadan beri allanimalar haqida gapirib yotgan ekanlar, men o`z hayollarim bilan ovora ularni eshitmabman.
- Ha... - bosh irg`adim, - Eshityabman! -dedim, biroq nima deganini bilmayman.
- Rozimisiz qizim?
- Nimaga!
- ... - u jilmaydi, - Kelinim bo`lishga!
Bir necha sonya bir-birimizga termulib qoldik. Tasavurimda o`zimni uning kelini o`rniga qo`yib ko`rdimu, shu lahzada o`zimni uning nomard o`g`li quchog`ida, ko`rdim.
``Yo`q, hechqachon!``
O`z hayollarimdan, o`zim seskanib ketdim. Nima qilay, bu ayolga nima deb javob qaytaray!
Yagona najodim shu ayolning o`zidan, ko`zimda yosh bilan uning qo`llariga yopishdim.
- Jon holajon, - yolvorgudek bo`lib yanildim, - Bu shashtizdan qayting!
- Nima uchun? - hayratlandi, - O`g`lim sizga yoqmadimi?
- Nimaga! Nega... Chunki kutganim borrr!
- Bolangizni dadasimi?
- Haaa!
- Unday ekan boshidan-bosh aytmadizku?
- Uyaldim, - yanaham qo`llariga yopishdim, - Iltimos o`g`lingizga ayting, mendan umid qilishmasin... Iltimos jon holajon!
- Hop aytaman!
Onaxonning so`zlaridan tichlandim, ammo biribir ko`nglimdagi qorong`ulik yorishmadi. Hayotda mahluq-u, onasi qoshida farishta niqobida yuradigan erkakdan har narsani kutish mumkun! Tuni bilan shularni o`ylab ko`zyosh to`kdim. Qo`rqaman juda-juda qo`rqman. Uyga qaytyabman lekin hamon o`sha qo`rquv iskanjasidaman, hatto oyoqlarim ostidagi yerni hist etolmayabman.
Yo`l yoqasida ketib borarkanman, allaqanday nigoh meni taqib etayotgandek tuydim. Ortimga o`grildim. Ko`plab odamlar. Birdan yo`l patrul hodimi yonida, menga yonbosh turgan yigit tanish ko`rindi. Biroq ko`zyoshlarimni artib, to uni yaxshi tanib olaman degunimcha fursat o`tib ketti. U mashinasiga o`tirib ketib qoldi.
``Akbar aka! Yo`g`eee, o`xshar ekan holos... Akbar aka hozir qishlog`ida bo`lsa kerak, balki uylangandur, ha uylangan! O`zidek ajoyib ayoli, hatto farzandi ham bordur!``
Bir vaqtlar, qalbim darvozasini chertib kirib kelgan insonni hotirlar ekanman qalbimni allanechuk sokin tuyg`ular egalladi...
* * * * *
AKBAR:
- Qarshimda bir qo`li belida, ko`zlari qisilib bosh chayqab Zulayho opani turardi. Qarashlaridan sezdimki, bir necha daqiqadan buyon meni kuzatib turibdilar.
- Voy-vooo! - ko`zlari olayib kulumsiradi, - Akbar munchayam sevmasangiz!
- Kimni? -dedim tajjublanib.
- Mana bunida! - mashinamga imladi, - Temirga mahliyo bo`lib meni sezmadizaaa?
Ha o`ylaganimdek, izzattlab opajonim, ularni payqamaganimdan jahli chiqibdi. Lekin o`zimni hech nimani tushunmagandek tutushga harakat qildim.
- Sevmay bo`ladimi opa! - pultni bosib, mashimanni qulflab qo`yar ekanman u tomonga yurdim, - Bu jonnonni, qalbi kalitiga egalik qilish uchun bir qop pul to`lashga to`g`ri kelganini bilasizmi?
Atayin kalitni yuqoriga otib, qo`limda o`ynadim.
- Haaa o`lsin-a-a... temir-tersak! - avtomobilni jonon deganim yoqmadi chog`i, qoshlari tutashib bir jirkinib qo`ydi, - Yigitga... Yor... Yarashadi... Ukajonim, dilbar yor... Allaqanday temir emas... Qancha pulga kelgan bo`lsa ham! -dedi so`zlarni dona-donalab zaharhanda ohangda talafuz qilib.
Zulayho opa bilin munosabatlarimiz juda iliq. Shunga yarasha opa-uka ruhiyatida suhbat quramiz.
- Eh-h-h opaginam! Jon derdimuuu, ammo o`sha yarashadigan yor topilmayabdida! -dedim.
- Sizdek yigit topilmayabdi deb turgandan keyin! - yuzida boyagi arazi yo`qolib, o`rnida qitmirona tabassum zohir bo`ldi, - Topib beraymi yaqinginadan? -deya kotiba qizimiz Setoraga shama qilib qosh uchurdi.
- Ishxonadanmi?! - munosib javob qaytarish uchun, o`zlariga imladim, - Ishxonada meni didimdagi ham chiroyli ham mehribon, yurakdan sevishga, ezozlashga loyiq bittayu-bitta ayol bu o`zizku opaginam... bilmaysizmi?
- Men-a-a? -dedi kulib.
- Hada... - chupur uh tortib hursindim, - Afsuski siz ham shoshilib mendan o`n yil avval tug`ulib olgansiz! Buyam yetmagandek Umar pochchaga turmushga chiqib olibsiz!
Yoshi 33, 34 larga chiqib ulgurgan, birozgina to`lachadan kelgan, biroq hushro`ygina, ochiq ko`ngilli Zulayho opaga, bu hazilomus so`zlarim yoqib tushdi.
- Hushomadniyam olasiz-a, - so`zlarimdan shodlanib handon kulgancha, do`stona qo`ltiqlab oldi, - Akbar, ajoyib yigitsizda!
- Onam shunday tuqqanlarda opa! - o`zimdan g`urulangandek qaddimni rosladim, - Lekin buni birovga aytmang, ho`pmi? -dedim.
- Hazilkashe, - erkalagandek yelkanga yengil shapatiladilar, - Akbar, yana boyagi gaplarimni ko`nglizga olmang... Shunchaki pochchayzga o`xshab, mashinaga juda ko`ngil qo`yvormang deymanda!
Opani eri Umar aka 40 yoshlardagi taksi haydovchisi. Ikki yil avval Zulayho opa tanishtirib qo`ygandi. O`sha-o`sha Umar aka bilan aloqalarim bor, o`ziyam ko`ngli keng, hazilkash, quvnoq inson. Biroq Zuhra opa kinoya qilib aytganicha bor, vaqtining katta qismi mashinasida o`tadi. Ammo men uni ayblamagan bo`lardim. Nima qilsayam oylasi uchun, harakat qiladi.
Tez-tez choyxonamizga kelib turadi. Bazan bozorlik qilganda, osh uchun oliynav guruch kerak bolib qolsa, Umar aka doyim hojatimizni chiqarib keladi.
- Opa do`stimmisiz dushmanmi? -dedim, gap kelib qolganda.
- Akbar, nima deganiz bu?! -dedilar biroz ranjigandek bo`lib.
- Bizniyam ko`ksimizga shamol tegib, temir ulovli bo`libmiz. Do`st bo`lib suyunish o`rniga, boyadan beri koyiysizaaa!
- Voy-voyaaa, ko`ngli nozik ukamaa! - ayibdorona jilmayib, bosh chayqadi, - Yomonlik tilarmidim sizga, opa bo`lib qayg`uramanda. Boya o`zizni bir chetdan ko`rganizda edi, nima uchun bunday deganimni bo`lardiz!
Hursandligim uchun, o`zimga bilinmadi. Lekin aytgan mashina haqida aytgan so`zl, manmanlik, maqtanchog`likni o`zi edi.
- Buyam bir qiziqishda, - o`zimni oqlagan bo`ldim, - mashina uzoq yillik orzuyim edi.
- Sizam orzu deb... ha mayli, - ortlariga o`grilib mashinaga bir lahza termuldi, - Zo`r buyursin, yaxshi yaxshi kunlarizga minging, ilohim!
- Rahmat opa!
Uch, yildan buyon birga ishlaganimiz sabab, Zulayho opa bilan juda yaqin bo`lib qolganmiz. Bir-birimiz, fel-atvorimizni yaxshi bilamiz, zo`r suhbatdomiz. Zulayho opani ko`pgina ijobiy hislatlari huddi onamni eslatdi. Ayniqsa dilidagi tiligaligi, halol, rostgo`y inson uchun hurmatim, o`zgacha.
Suhbatlashgancha bino ichkarisiga kirib bordik. Kiraverishdagi yo`lakda marketing bo`yicha masul kishi Mansur aka, Jovlon dezayner, Hikmat usta, kotiba qiz Setora va og`aynim ishlab chiqarilgan materyallar sifitiga masul bo`lgan Tursun. Hammalari allanimani muhokamasi ustida edilar.
Avtomobil olganimni eng birinch Turunga aytgan edim. O`sha kundan buyon ``Do`st qachon yuvamiz? Qachon ziyofat qilib berasan?`` deya holi jonimga qo`ymayotgan edi. Bugungi sanada, bitta choyxona vadasini bergandim. Meni ko`rgani hamoni handon kulib imladi:
- Do`st vadaaa?
- Okee! - dedim nimani nazarda tutayotganini tushundim.
Tursun qarsillatib qarsak chalib, hammani e`tiborini o`ziga qaratdi.
- Bugun ziyofat bor, hechkim uyiga ketib qolmasin!
U tantanovor e`lon qilib yubordi. Bazilar nimani sharofatiga deganday, hayron bo`l qolgani ko`rib uning so`zini oldim.
- Bugun kechga ``Cho`ng`ara`` guruchiga qo`lbola osh buyurtirib qo`ydim, bir oshlashib o`tiramiz, hammalariz borselar hursand bo`laman!
Savolomus qarab qolishgani ko`rib, tashqariga imo qilgancha, ``Mashina oldim!`` deya qo`shib qo`ydim.
Ishxonamdagi ko`p hmkasiblarim - choyxonamiz oshpazi Sohibnazar aka tayorlaydigan oshni mazasini ko`rishgan, tarifini eshitishgan. Shuni uchun halitdan, ishtaxalari ochildi chog`i hursand bo`lishdi.
- Akbar ayollargachi?
Yonimda turgan Zulayho opa, Setorni yoniga tortib, qitmirona qosh uchurdi.
- Ayollarga ham!
- Unda o`ziz olib ketasda, chaq-chaqlashib ketamiz! - jilmaygancha, Setora bilan oramizda o`t yoqmoqchidek, oshkora imo-ishorlar qilib, - Setor, borasan-a asalim?
Setora ham gapni ma`nosini tushungandek lov etib qizardiyu, uyalgandek bosh egib, rozilik bergi. Qarasam hazil-hazil bilan Setorani ham meni ham, noqulay ahvolga tushirib qo`yadigan. Endi gap mavzusini o`zgartirmoqch edim. Birdan hammalari eshik tomonga olazarak ko`z tashlab tipirchilab qolishdi. Derektor o`rinbosari Odinaxon To`ychiyevna to`g`ri biz tomonga kelardi.
(Ohaa bu xonim!
Odinaxon To`ychiyevna; derektor o`rinbosari lavozimida ishboshqarsalarda, norasmiy ravishda birinchi darajali shahs sanaladi. Boshqauv to`laligicha u xonimning qo`lida. Ayol bo`lsalarda, juda qattiqqo`l inson. Qo`l ostidagi har qanday hodim zir titrab turadi. Shuni uchunam ishxonadagilar u xonimga ``GENERAL!`` deb laqab qo`yib olgan!)
- Assalom alaykum!
Hamma qatori, salomlashib qarshilariga peshvoz chiqdim. Muloyim ovozda alik oldilar. Negadur yuzida u xonim uchun judayam kamyob bo`lib ketgan, samimiy tabassum paydo bo`ldi.
- Akbarjon! - u kishini ismimga ``jon`` qo`shib murojat qilishlari, notabiy tuyulib atrofdagi hammaning nigohini biz tomonga tortilishiga sabab bo`ldi. - Muborak bo`lsin? -dedilar.
Ko`pchilik oldida, boshlig`dan bundayn e`tiborni sira kutmagandim.
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-
Hikoyani ogirldim Ohiriga yetqazib qoyishimni hohlaysizlarmi)