tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar... 5 - qism

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...

5- Qism...

Nonushtadan so`ng, garmoshkaga o`xshash eliktir isitgichni yoqib, deraza yonidagi kursiga o`tirdim. Kalavani oyog`im ostiga dumalatdimu, qizaloqlar uchun issiqqalpoqcha, to`qishni boshladim. Ko`zlarim deraza oynasida, qo`lim harkatda, hayolimni esa turli o`ylar bant etgan.

Bu yil qish qishligini qilmayabdi, yaxshilab qor yog`ib, havo yanaham sovib ketsa, muddo bo`lardi. Shunda manbu to`qimalarim yaxshi sotilgan bo`lardi.

Hayoli tasavurimda havo sovuganiyu, to`qigan buyumlarim qimatroq narxlarda sotilgani, qo`limga yaxshigina pul tushgani haqida yoqimli o`y suraman!

``Sufee ahmoq qiz! Havo sovib ketsa, bolang kasal bo`lib qoladiyu!``

Birdan yodimga bolam tushadiyu, o`ylarim homligini tushunib o`zimni koyib qo`yaman.

``Hayol surguncha, tezroq ko`proq to`qishim kerak.``

Hash pash deguncha qosh qorayadi. Bu paytda ikkita qalpoqcha va yana bir juf paypoqcha bitqizib ulgurgandim.

Bolamni tagligini alishtirib, qornini to`yg`azgandan so`ng, uhlataman deb o`zimniyam ko`zim ilinibdi. Birdan eshigimni qattiq tappillashidan cho`chib uyg`onib kettim.

- Niyat eshigini och ordono!

Ichim shuv ettiyu, bir lahza ko`z oldim qorang`ulashib ketti.

- Och, ichkaridasan bilaman!

- Hozir...

Shoshib borib eshikni ochdim.

- Assalom alaykum Tamara!

- Nas bosib, shomda uhlab yotibsanmi? - ko`zlari jovdirab ichkariga kirib keldi, - Valaykum... - may isi anqib ketti, - Endi bolang tuzukmi?

- Ha, rahmat ancha tuzuk.

Hamon ko`zi jovdirab hammayerni teksiradi. Atayin tanbeh berish uchun birorta ayibimni izlayotgani turgan gap, alkash kampir.

Deraza yonidagi stulga o`tirar chog`da yuzi yaqqol ko`rindi, aftidan ayibimni topdi shekili, qoshlari chimirildi, mastligi boyiz biroz chayqalib ketti.

- Kalavani gilam ustida dumalatma, ohori to`kiladi. -dedi yerda yotgan kalavaga imlab.

- Kechirasiz.

Tezda olib, chuvalgan ipni qayta o`radimu, to`qigan qalpoqcham ichiga solib qo`ydim. Endi u elektir isitgichni haroratini bilish uchun ushlab ko`rdi.

- Qachon kelding be`tayin? -dedi, sovuqqina ohangda.

- Erta tongda.

- Nega menga uchramading?

- Sizni... Sizni bezovta qilmay degandim.

Yuzida sohta kulgu zohir bo`ldi.

- Oppog`im, sen kirasau men bezovta bo`larkanmanmi?

- Haligi, Tamara...

Unga so`z topolmay qoldim. Shunchaki baqrayib qarab turaverdim.

Juda g`alati kampirda, birorta qarindoshi yo`q yolg`iz turadi. Payg`ambar yoshidan oshgan bo`lishiga qarmay, ismini aytib murojat qilishimizni talab qiladi. Odatda biz tomonlarda bunday keksa ayolga ena, momo yoki buvi deb murjat qilishadi. Bu kampirga esa bu so`zlarni ishlatsangiz haqoratdek qabul qiladi.

Ko`zlari qisilib sukut saqlab turishidan, ijara to`lovi haqida o`zim gap ochishimni istayabdi. Bordiyu tezda ko`zidagi ma`noni fahimlab birornima demasam, battar tutoqadi.

- Tamara, - so`z ochdim, - Ijara haqqini hozircha to`lay olmayman.

- To`lay olmaysan, yoki...

- Yonimda ozroq edi, uyam o`zimga juda zarur.

- Pul hammaga zurur, ayniqsa menga, - yuzi jiddiy tus oldi, - Borini uzataver. So`ng kunlarda seniki tabarruk bo`lib qoldi. - dedi yoqimsiz hiringlab.

``Pul zarurmish, bu rayonda sendanda boyroq kishini topish qiyinov, kampirsho?``

Avzoyi buzala boshlagani ko`rib, no iloj yottoqxonaga kirdim. Nari borsa ikki yuzming so`mdan sal ko`proq pulim qolgan, u ham dorilar uchun asirab yurganim. Ammo hozir Tamaraga biroz uzatib, sal tinchlantirmasam urushdanam toymaydi. Yuz ming ajratdimu olib chiqib Tamaraga uzatdim.

- Tamara iltimos, meni tusuning, shundan boshqa ilojim yo`q.

Pulni olib zarda qilgancha cho`ntagiga soldi.

- Ilojini qilish kerak, - jirkinib tatarchasiga so`kinib oldi, - Qachongacha ortingdan yuraman-a?

- Tushuning ahir, ertayu kech qo`lim-qo`limga tegmay to`qiyabman. Ammo ijara haqqi qimmat, qurbim yetmayabdi...

Ko`ngli yumshar deya, o`tinch bilan termuldim.

- Yoningga ijarachi qo`yay, bu xona qimmali qiladi desan, sen; yo`q to`lay olaman dedingmi? - ko`zlari olaydi, - Endi nima bu tomosha?

Bo`g`zimga bir nima tiqildi, beihtiyor ko`zim yoshlandi.

- Ahir usha ijarachiz erkak kishi bo`lsa? Qanday qilib erkak kishi bilan bir xonali kvartirada yashayman?

Alamimdanmi ovozim bir parda ko`tarib ketti.

- Jirrillama ko`p. Undan ko`rasi ayt, ijara haqqini qachon to`laysan?

- Ertaga manabu sotilsa, qo`lizga olib kelib beraman.

- Buning qancha turadi? -dedi, bir juft paypoqchani qo`liga olib.

- Hammasi 50 ming, atrofida!

- Eeee yer yutsin seni! - og`zidan may isi anqib, tupuk sachrab shang`illadi; - Men bilmayman, jalpli qilasanmi, o`g`irli qilasanmi, ertagacha muhlat... Hech bo`lmasa yarmini bo`lsayam top, tushundingmi?

- Hop...

Haqorat qilsada, tishimni-tishimga qo`yib chidadim. E`tiroz bildirishim befoyda, baribir o`zini aytganidan qolmaydi.

- Harakatingni qil, - o`rnidan turib eshik tomon siljidi, - Ha, elektr isitgichni o`chirib qo`y! -dedi chiqib ketarkan.

- Tamara bolam shomollab qoladi! -dedim.

Insof berdi chog`i, bolam yotgan tomonga bir qarab qo`ydiyu indamay chiqib ketti.

Tamaraning vajohatidan, oyoqlarimdan mador ketib, devon chetiga omonat o`tirdim.

Jahlim chiqadi, ammo kampirdan hafa bo`lishga haqqim yo`q. U uy egasi, ayni damda u haq, aslida kelishuvga roya etmayotgan meni o`zim.

Tunov kuni, kasalxonaga ketayotganimda Tamara; keyingi oyga qarzing 200 dollarga yetadi, harakatingni qilib qo`y, deb og`ohlantirgan edi. Ikki kundan so`ng qorzim 200 dollar bo`ladi. Uning yarmi esa 100! Menda bor jamg`armamni to`plasam, beshdan biri bo`lmaydi. Sotadigan narsalarim qolmadi hisob, tilla taqinchog`larim hatto ortiqcha kiyim-kechaklarim, payavzallarimgacha eski bozorda arzimagan narhda sotilib ketti. Endi navbat nimaga keldi.

Uyning har tomoniga nazar tashladim, so`ng o`rnimdan turib shikafga yaqinlashdim. Oshiq-moshig`ida omonat ilinib turgan eshigi ochdim. Qo`lga ilinadigan poltoyim va etigim, eski qutichada jezdan yalalgan arzon taqinchoqlar. Qutichani qo`limga oldim biroq ochganim bilan foydasi yo`q, mo`jiza sodir bo`lib jez oltinga aylanib qolmaydi.

``Poltoyimni sotaymi yoki etigimni? Eskirib yotibdiyu, kim ham olardi. Oldiham deylik, keyin qishdan qandoy chiqaman?``

Hafsalam pir bo`lib, qaytib kelib joyimga o`tirdim.

``Shucha pulni ertagacha qanday topaman? Kim beradi? Yagona qarindoshim tog`ammi? Ikki dunyoda, bermaydi... Balki najot dugonalarimdan bo`lar? Boshimga tashvish tushganda, dalda berish o`rniga, g`iybat qilganlar qanday dugona bo`lsin. Biror eshikni qoqib qarz olsammi? Yo`q u ham baribir qarz, uniyam qaytarib berishim kerak bo`ladi.``

Hayolimga bemani o`ylar kela boshladi.

``Tamara aytgandek yo`l tutsam nima bo`ladi. Hechnima, ahir qanchadan qancha ayollar shu yo`l bilan shohona hayot kechirishyabdiyu!``

Ilojsizlik, ojizlik bir daqiqaga bo`lsada, o`zimni-o`zim nopok yo`lni to`g`ri deb ishontirishga undadi.

``Astog`furullo... Yo`q, hech qachon, ota-onam yuziga oyog` bosmayman. Tilanchilik qilsamda, shanimni bulg`lab, tanamni sotib kun ko`rmayman. Bundan ko`ra o`lganim yaxshi.``

Negadur o`zimdan jirkanib kettim, o`zimga ho`rligim keldi. Ko`zlarim hira tortdi, shu chog`da dod solib yig`lagim kelardi. Ammo chidashim kerak, matonatli bo`lishim kerak, bolam uchun.

``Eee Rabbim, o`zingdan o`zga mehribonim yo`q. Yomonlarga, yomonliklarga, fahshlar elituvchi yo`llarimni o`zing harom qil... Ojiz, ilojsiz bandangni o`zing asra!``

Qani edi shu payt yonimda onam rahmatli bo`lganlarida edi. Onamni esab, bir lahzaga onasidan ko`zlarini olmay, qo`llarini tepaga ko`tarayot bolamga termulib qoldim.

``Quyoshim meni, borlig`im!``

Engasib uning yanoqlaridan o`paman, jannat bo`ylaridan iskadim. Huddi meni yupatmoqchidek qo`lchalari yuzimni slab o`tadi. Bolamning moviy ko`zlarida; oyijon yig`lamang men siz bilanman, degan ma`noni uqaman.

Bolamga uzoq vaqt termuldim termulganim sayin, o`zimni ko`p narsa qodir insondey his etib boraman.

``Oying hammasini uddalaydi, oying irodali. Jonim meni!``

Shu payt allanima ``To`p`` etib yerga tushdi. Qarasam boya qo`limga olgan, quticha pastga tushib ichidagi jez baldoq, jez zanjir, bilak uzuk, 4, 5 dona arzon uzuklar sochilib ketibdi. Ular ichida yana bir oddiy mis simdan yasalgan zanjir yotardi. Hayajon bilan uni qo`limga oldim.

``Akbar akani sovg`asi-ku!``

Bir juft oqqushlar tasvirilangan medalyoni bor. Ikki yeridan uzulgandi, butunlash uchun ip bilan bog`lab qo`ygandim.

Bu zanjir oddiy misdan yasalgan. Ammo men uchun bebaxo. Bir vaqtlar bu zanjirni Akbar aka, ko`z nurini, mehrini sarf etib tuni bilan uhlamay, men uchun yasagandi.

``Rahmat Akbar aka, meni baxtiyor qildiz... Muhabbat ramzi bo`libdi... Ishoning bu zanjir bo`ynimda turibdimi, bilinki yuragim sizniki!``

Shu so`zlarni aytishga jurat etgan men edim, ammo pok sevgisiga qanday javob bergandim.

Sevimli qushlarim bu oqqushlar, vafo sadoqat timsoli. Lekan menda bormi shu sadoqat, vafo? Hamon esimda, ko`z oldida, bu zanjirni bo`ynimdan yulib uloqtirgan edim!

``Kechiring Akbar aka!``

Qo`llarim titrab, zanjirni asta bo`ynimga taqdim, ko`zlarimdan achchiq yosh quyulib keladi.

``Endi bu zanjirni, doyim bo`ynimga taqib yuraman!``

Alamimdan yig`lay-yig`lay uyquga yotdim.

* * * * *

AKBAR:

- Hammada bo`lgani kabi, bizni ishxonyam laqab qo`yishdek yomon odatdan hola emas. Bazilarni ko`rinishi, boshqasini fel-atvori yoki biror kasbiga qarab laqab qo`yishadi. Laqab ham 2, 3 turga bo`lnadi maqtuov, kamsitish, erkalash ma`nosida. Masal uchun; Odinaxon To`ychiyevnani ``Geniral`` deyishadi. Bunga sabab qattiq qo`lligi. Tursunni esa ``Mijg`ov``, Qorovilni ``Pismiq``, Setorati ``Olifta!`` bu laqablarni egalari oldida ishlatish, haqoratlashgek gap. Mansur ``Qaysar``, Javlon ``Rassom``, Hikmat ``Master`` bularniki esa ishlariga qarab qo`yilgan laqablar. Zulayho opamniki ``Oppog`oy!`` bu laqab erkalash ma`nosida qo`yilgan.

Meni ortimdan ``Afetsant`` deya kamsitmoqchi bo`lishadi. Bunga sabab, ishdan bo`shadim deguncha choyxonamda dastyorlik qilaman. Shu yo`l bilan o`zimda kibir, ma`nmanlik hislatlari shakkilanib ketmasligini oldini olaman.

Boshqalar buni tushunmaydi, ularni nazlida choyxona egasiman, qo`limda besh nafar ishchim bor ammo o`zim o`shalardanam past darajada ish qilaman! Bazi ishxonadagi yigitlar tez-tez choyxonaga ulfatlari bilan oshlashgani kelib turishadi, shun atayin o`zim hizmatda bo`lishimni so`rashadi. Ularga choy, non-osh olib kelganimda esa, ichlarida huzurlanib kulayotganlarini sezaman. Ular tushunhshmaydi, men bu ishni fahir bilan bajarayotganimni!

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar