Baxtga yol
Baxtga yol
Hikoya toqima, noreal voqealik.
- Aziza!
- Hov! Labbay!
- Menga choy damlash shartmas, ishga kech qolayabman. Men kettim.
- Ha, xop. Yaxshi borib keling.
*Men baxtliman. Hudoga shukur. Bu baxtga erishishim esa, ancha qiyin boldi desam yaglishmayman. Agar bir boshidan aytadigan bolsam...
Men bolalar uyida tarbiyalandim, ismim Aziza. Ota-onasiga kerak bolmagan, kòchaga tashlab ketilgan, bir qizcha. Nolimayman, bolalar uyida bolsa ham meni mehirga zor qilishmadi, oqishni, yozishni organdim, maktabda songra kollej da oqidim. Ammo qiyinchilikning hammasi bolalar uyidan balogatga yetib ketkanimdan kegin boshlandi. Birinchisi yashash joyi, undan kegin ish topish asosiy muammolarimdan biriga aylandi. Yashash joyniku topdim, bir xonali domni ijaraga oldim. Lekin ish topishim juda qiyin boldi, kafe restoranlarda ish ogir va yashash joyimga uzoq, yana ish vaqti juda kech tugardi. Bir muddat ishlab bu menga togri kelmasligini tushundim. Yana kochalarda yurib ish qidirishga otdim, "ish bor" nomli telegram guruxlarga hammasiga azo boldim, bazilari bilan yozishdim, kopchiligi kunlik ish taklif qilishar edi. Men esa iloji boricha doyimiy ish, topishni hohlardim va osha guruxlardan kelgan bir elonga kozim tushdi.
*Uy ishlarini bajaradigan, ovqat pishirib biladigan qiz kerak. Uyda yotib ishlashi lozim. Yotoq joyi, barcha qulayliklari bor.*
Elon tagidagi telefon raqamiga qongiroq qildim. Bir erkak kishi ovozi eshtildi, elon boyincha qongiroq qilayotkanimni ayttim, u uy manzili berib kechqurun 6:30 kelishim kerakligini aytti. Men xop deya goshakni qoydim. Biroz qorqtim, hayolimda ayol kishi boladi deb taxmin qilgandim, sababi bundan oldin shuga oxshash elonlarda har doyim ayol kishilar bilan gaplashardim. Yana menga tanish bolmagan manzil, uning ustiga kechqurun borishimni oylab, biroz konglim tortmadi. Kegin dugonam bilan birga borish hayolimga keldi. Darrov dugonam Feruzaga qongiroq qildim, u bilan bolalar uyida juda yaqin dugona edik, unga hammasini aytib tushuntirdim, afsus ishtan chiqolmasligini aytti, u ham kafeda ishlardi va ishi juda kech tugardi. Bormay qoyaqolsammikin deb oylay boshladim, lekin chontagimdagi qolgan pul aksincha borishga undardi. Hali tushlik vaqti, bir gap bolar dedimda, yana bir ikki joylarga kirib ish izladim. Kopchilik dokon sotuvchisi boling, yaxshi ish, oyligi ham yaxshi degan takliflar berardi. Mengaku bu ish yoqardi lekin kop pul aylanadigan yerda janjal kop bolishini bilardim va hisob-kitob ishlarida nonoq edim. Yana biror joyda xato hisoblab pul qarz bolishdan qorqdim, ozimga yetmayotgan pul, yana birovga qarz bolgim kelmasdi. Hullas ancha yerlarni aylandim, bazi joylar yaxshi taklif berishdi, bazilarining oyligi kamroq boldi, bazilari umuman qiyin, menga togri kelmaydigan ishlarni aytishti, charchab uyimga qaytish uchun yol boyida mashina kutib tursam telefonim jirigladi, shosha-pisha raqamiga qaramay goshakni oldim:
- Allo..
- Allo. Assalomu aleykum!
degan erkak ovozi eshtildi.
- Assalomu aleykum! Kim bu?
deya savol berdim
- Ha, kechirasiz, boya, shu raqamdan bir qiz ish sorab qongiroq qilgandi...
- Ha, men qongiroq qilgandim.
deb soatga qaradim 6:45. Voy esim qursin deb ozimni koyi boshladim.
- Xa, unda raqamdan yaglishmabman, uzr ishdan kechroq boshadim hozir yetib boraman ketib qolmang xop?
deya tez tez gapirdi, men sal ozimni bosib:
- Xa, hechqisi yoq, men ham endi bormoqchi edim hozir moshinaga minaman...
deb javob qildim, u esa:
- Qayerda turibsiz? Manzilingizni ayting, ozim olib ketaman, moshina qidirib ovora bolmang
deb qoldi, men sal oylanib, mayli pulimni ham tejab qolaman, ish sharoyitini ham korib kelaman dedim ozimga-ozim:
- Sizni ovora qilib qoymaymanmi?
Deb savol berdim, u bolsa:
- Ovorasi bormi, manzilni ayting xozir yetib boraman
Deya javob qildi, men unga turgan joyimni va qanday kiyimdaligimni, ismimni ayttim va goshakni qoydim, 10-15 daqiqa otib yonimga bir qora moshina kelib toxtadi, kech tushkani uchun, yana moshinalarni ajrata olmaganim uchun, qaysi rusmdagi moshina ekanligini bilmadim, moshina old yon oynasi ochilib, ichkaridan:
- Aziza! Otiring!
Degan ovoz keldi, men moshina yoniga yaqinlashib ochiq turgan oynadan qaradim va koz oynak taqqan, yoshi chamasi 40-45 atrofidagi amakini kordim va:
- Assalomu aleykum!
Deya yana bir bor salomlashdim u esa:
- Valeykum assalom Aziza! Marxamat Otiring!
Deya moshinaning orqa orindigiga ishora qildi, men sal qorqib moshaga otirdim. Moshina ornidan qozgaldi biz yolga tushdik, yol boyi biz tanishdik u yoq bu yoqdan gaplashdik, ish beruvchining ismlari Farxod ekan, juda ochiq kongil, samiymiy inson ekanlar men esa qorqib yuribman, biroz yol yurib bir hovliga yetib keldik, anchagina hashamatli ekan Farxod aka meni ichkarga boshladi, uyi bilan tanishtirdi, oylaganimdek ancha kattagina hovli ekan.
- Endi Azizaxon, mana uyimni kordingiz, ish masalasiga kelsak, boya aytkanimdek ayolim raxmatli olamdan otkan, bu ham kamlik qilgadek oglim avto halokatka uchrab mana 4 oydan beri yoshakka mixlanib qolgan, umirtqa pagonasidan jaroxat olgan, oyoqlari ishlamaydi, doktorlar doyimi davolash otqazib oyoqqa turgizsa boladi deyishti, sizning ishingiz esa faqat uyini supurish, idish-tovoq, ovqat qilish hullas ayol kishi qiladigan ishlar. Oglimga kelsak kun oradan doktor kelib davolash ishlarini olib boradi, shuning uchun ham menga bir qiz kerak degandim, uyda bir odam doktorga eshik ochib, uni kuzab qoyishi kerak, bu eng asosiy sabablardan biri, meni tushundigiz deb oylayman. Men 2 oycha oglim yonida boldim, kegin davolash xarajatlarini qoplash uchun ishga chiqishga majbur boldim, ozimni korxonam bor, lekin bari bir ishga borib turishim kerak. Umuman olganda shu, xosh nima deysiz Azizaxon? Rozimisiz? Deya menga savol nigoxi bilan yuzlandi, men sal dovdirab qoldim. Kegin ozimni qolga olib:
- Oylab korsam maylimi?
deb soradim, Farxod aka esa:
- Mayli, oylab kòring, ertaga aniq javobini ayting faqat, xop?
- Ertaga...?
Dovdiradim men, songra:
-Xop, qogiroq qilaman
deya Farxod aka bilan hayrlashmoqchi boldim:
- Kech bolib qoldi, qayerda yashaysiz ozim olib borib qoyaman
deb qoldi, men esa bu gapni eshitib xursand bolib:
- Kechirasiz, sizni ham ovora qildimda
Deya javob qildim, Farxod aka jilmayib:
- Hechqisi yoq, tortinmang
Deb uydan chiqib moshina tomon yol boshladi, men ich-ichimdan ozimdan uyalib, ularga ergashdim. Biz moshinaga otirdik, men manzilimni ayttim va yolga tushdik, yol boyi gaplashib kettik, Farxod aka yomon insonmasligiga yana bir bor ishondim. Hazil aralash hayotini aytib berar, meni ham bazida gapga solib turar, hullas u inson bilan zerikish mumkinmas edi. Gap bilan bolib uyimga kelganimni ham sezmay qoldim, Farxod aka bilan hayrlashib, uyimga kirdim, ust boshimni almashtirib, dushka yol oldim, chomilar ekanman hayolimda Farxod akaga nima javob qilishni oylardim, shu payt oylik masalasini sorashni unutkanim esimga tushti, qongiroq qilsammikin? Deb oyladim, lekin bir tarafdan, osha uyda yashashimni, ovqatlanishimni hisobga olib, deyarli olgan oyligim ozimga, ijara puli tolamasam, oziq ovqatimga pul ketmasa, deb qongiroq qilish fikridan qayttim. Ammo qorquv bor edi, bolalar uyida tarbiyalanganimni bilishmaydi, agar bilib qolishsa "Bu qizning yaqinlari yoq ekan" deya meni har kuyga solishmasmikin? Degan savol miyamda aylanaverardi. Lekin Farxod akaning gaplashishi, ozini tutishi buning aksini korsatardi. Mayli nima bolsa bolar, borib ishlayman, agar sal nojoyi gaplar bolsa tezda ketaman, deb ozimga soz berdim. Dushtan chiqib, sochlarimni quritib, uxlashga yottim soat ham hash-pash deguncha 22:13 bolibti.
Ertalab telefon budilnigi, meni uygotti, soat 7:00. Ornimdan turib yuz qollarimni yuvib, sochlarimni tarab sal ozimga qarab oldim, nonushtaga tuxim qovirib yeb oldimda, uyni yigishtirishga kirishtim, shu bilan soat 11 larga qaradi. Farxod akaga telefon qilishim kerakligi esimga tushib, telefonni qolimga olganimda, Farxod aka ozi menga qongiroq qilayotkan ekan, goshakni kotarib:
- Assalomu aleykum! Farxod aka.
Deya salomlashtim, Farxod aka esa:
- Valeykum assalom! Azizaxon.. yaxshi dam oldingizmi? Xosh javobingiz qanday? Ishlashga rozimisiz?
Deb savollarga komib tashladi, men esa roziligimni ayttim va oylik masalasini endi soramoqchi edimki, Farxod aka:
- Ha yaxshi, unda kechqurun uyigizga boraman, narsalaringizni yigib, tayorlanib otiring.
Deb meni gapimni boldi, men esa:
- Xop..
Deya oldim xalos. Songira goshakni qoydim va kiyimlarimni, narsalarimni taxlashni boshladim, uncha kop narsam yoqligi uchun tezda tugattim. Tushlik qilib olib, uy egasiga qongiroq qildim va boshqa uyga kochib ketayotkanimni ayttim. Uy egasi sal hafa boldi. Keyin kechgacha vaqt borligi uchun bozorga yol oldim, tish pastasi, sovun, shampun deganday mayda-chuyda narsalarni sotib oldim. Uyga keldim sal otib uy egasiham kelib men bilan hayrlashdi, ijarada turgan kunlarimni hisoblab pullarini va uy kaliti berdim, kech ham tusha boshladi, Farxod aka qongiroq qilib kelib turganligi aytti, men narsalarimni olib uydan chiqib kettim va moshinaga narsalarni joylab Farxod aka bilan, uylari tomon yol oldik. Biroz yol yurib, mening ishxonamga, aniqrogi Farxod akaning xonadoniga keldik, Farxod aka meni ichariga kiraverishimni aytib ozlari yuklarimni olib ortimdan uyga kirdilar.
- Mana Azizaxon, yetib ham keldik, ozigizni uyigizdagidek xis qilavering, uyirng xonagizni korsataman
Deb yuklarni kotargancha oldimga tushim bir eshik oldiga toxtadi va eshikni ochib:
- Bu sizning xonagiz, meniki sal nariroqda, bu esa oglimning xonasi
Deb mening xonadan sal nariroqdagi xonani korsatti, yuklarni ichkariga qoyib:
- Ha, esim qursin, oglim bilan tanishtirmabmanku sizni
Deya oglining xonasiga meni boshlab bordi va eshikni ochib, chiroqni yoqti:
- Davron Oglim? Mana men aytkan qiz, ertadan uyimizda ishlaydi, ismlari Aziza
Deya menga yuzlandi, men esa:
- Assalomu aleykum!
Deb salomlashtim, Davron aka esa nogironlar aravachasida kompyuter oldida ishlab otirardi, biz tarafga ogrilib:
- Valeykum!
Dedi xalos, Farxod aka menga jilmayib:
- Etibor bermang, avto xalokatdan kegin shunday kayfiyati sal tushkun.
Deb qulogimga shivirladi va ogliga qarab:
- Mayli oglim ishlaringni tugatib oshxonaga otkin ovqatlanamiz
Shu bilan Farxod aka bilan, xonadan chiqib kettik, Farxod aka oshxona, mexmonxona, vanna, xojatxonalarni korsatib uyni yana bir bor korsatib chiqti. Oshxonaga kelib otidik:
- Farxod aka, qanday ovqat qilay?
Deb soradim, ular:
- Azizaxon ovqat qilish shartmas, boya pitsa zakaz qigandim xozir kelib qoladi.
dedilar, men biroz hayron boldim, kelishim bilan ishlarni aytib tashlasalar kerak, ulguramanmikin deya hayol qilgandim. Shu payt oshxonaga Davron aka keldilar, Farxod aka:
- Keldingmi oglim? Axvoling qanday? Hech qayering ogrimayabtimi?
Davron aka:
- Yaxshiman dada, bugun nima ovqat?
Deb soradilar, men sal bezovta boldim shunda Farxod aka jilmayib:
- Buguncha oshqozonimizni pitsa bilan aldaymiz. Rozimisqn oglim?
Davron aka:
- Mayli dada, menga farqi yoq.
Deya javob qildilar, sal otib eshik qongirogi chalindi, men endi ornimdan turmoqchi bolganimda:
- Siz otiravering Azizaxon, men ozim. Pitsa keldi shekilli.
deb orinlaridan turib chiqib kettilar, men Davron aka bilan yolgiz qoldim, nima deyishni bilmay ikkimiz ham jim otirardik, kop otmay Farxod aka qollarida pitsa va kola bilan kirib keldilar va stolga qoyib:
- Xonimlar va janoblar! Qani oldik
Deya ozlari boshlab berdilar, men, Davron aka ham pitsaga hujum qildik, men stakanlarni olib koladan hammamizga quyib chiqtim. Bir-birimizga organishni boshladik shekilli, qiziqarli suxbatlar, xangomalar boldi. Hash-pash deguncha pitsqni ham kolani ham tugattik, soat ham 22:05 bolib qolibti. Men turib stol ustini yigishtirmoqchi bolganimda, Farxod aka yana men ozim deb, kirishib kettilar:
- Azizaxon siz xonagizga borib dam oling, ertadan ishigizni boshlayverasiz
dedilar, men xop deya oz xonamga kirib eshikni ichkaridan qulflab, biroz turib qoldim, narsalatimni joylashyirish umuman yodimdan kotarilibti, 10-20 daqiqacha narsalarimni joylab, kiyimlatimni almashtirib xona ortasidagi divanga ozimni ottim va uyquvga kettim.
Budilnik ovozidan uygonib kettim, soat 6:30. Yana uxlashni xoxlasamda birinchi ish kunimdan Farxod akaga yomon korinmay dedimda ozimni majburlab ornimdan turdim, tezda kiyimlarimni almashtirib, yuz qolimni yuvish uchun vannaxonaga yugurdim:
- Shoshilmang Azizaxon!
Deb Farxod aka oldimdan jilmayib chiqib qoldi, qorqib kettim:
- Kechirasiz Farxod aka, uyxlab qolibman
Deb boshimni egib yuzimni olib qochtim, Farxod aka esa:
- Hali ertaku, nimaga uxlab qoldim drysiz? Menga etibor qilmang, tong saxar turib oladigan odatim bor, kam uxlayman
Farxod akaning bu gaplaridan kegin, sal ozimni bostim va vannaxonaga kirib kettim, yuz qolimni yuvib tezda oshxonaga yugurdim, Farxod aka osha yerda ekanlar, tezda choy-poy va nonushta tayorlab stolga qoydim, Farxod aka oglini uygotib nonushtaga chaqirdi, hammamiz otirib nonushta qildik, Farxod aka ishka kettilar, Davron aka esa xonamda bolaman dedilar. Men uy ishlariga kirishdim, supur-sidir, changlarni artish, idish-tovoqlar bilan ovora bolib tushlik vaqt yaqinlashkanini sezmay qolibman. Tushlikka nima ovqat pishirishni sorash uchun Davron akaning xonasiga kirdim, u kompyuter oldida ishlab otirardi:
- Davron aka! Uzr bezovta qildim, tushlikka nima ovqat qilay deb soramoqchi edim...
Davron aka men tarafga ogirilib:
- Shorva qiling, dadam kelmaydi ikkalamizga yetadigan bolsin.
Dedilar men xop deb, xonadan chiqib ovqatga undadim. Biroz vaqt otib ovqatim tayyor boldi, Davron akani tushlik qilishga chaqirdim ular keldilar biz birga otirib ovqatlandik, gaplashtik, Davron aka ham dadasiga oxshagan samiymiy inson ekanlar. Ovqatlanib bolgach, idish tovoqlarni yuvayotkanimda Davron aka:
- Aziza! Siz sportga qiziqasizmi? Shugillanib turasizmi?
Deb qoldilar, men biroz oylanib:
- Albatta qiziqaman, lekin muntazam shugillanmaganman, nimaga sorab qoldiz?
Dedim, Davron aka jilmayib:
- Yuring sizga bir narsa korsataman...
Deb oldimga tushib yol korsatti, men izlaridan bordim, ular bir kattagina xonani ochib meni ichakiga undadi, men u xonani garaj deb oylardim. Davron aka chiroqni yoqtilar va koz oldimda sal kam fitnes zali paydo boldi, har hil mash qiladigan uskunalar, gantellar hammasi bor edi, mening ogzim ochilib qoldim, Davron aka jilmayib:
- Yoqtimi Azizaxon? Agar bosh vaqtiz bolsa bemalol kelib shugillanavering. Men kop vaqtimni shu yerda otqizardim afsus endi buning iloji yoq. Uskunalar ham chang bosib qoldi, agar xoxlamasangiz majburlash yoq.
Men hayratimni zorga toxtatib:
- Yoq, unaqa demang, albatta shugullanaman.. raxmat sizga Davron aka
Dedimda ozimda yoq xursand edim, avval kochalarda shunday fitnes zallarini korib rosa shugullangim kelardi, endi esa bu imkoniyat menda bor edi. Davron akaga qayta qayta rahmat ayttim, ular bolsa:
- Sizga yoqqanidan hursandman! Mayli sizga halaqit bermay, biror nima kerak bolsa xonamda bolaman
Dedilarda oz xonalariga kettilar, men tezda bu mini zalning shanglarini artib tozalab chiqtim. Uydagi ishlarni tugatib kechki ovqatga undadim Davron aka osh qiling deb aytkandilar. Kechqurun Farxod aka ham ishdan keldilar biz yana birgalashib ovqatlandik, Davron aka mini zalni korsatkanini aytti va Farxod akaga qarab:
- Dada, endi Azizaxon uy yumishlaridan bosh vaqtlari mini zalda shugullanishi uchun bir sport kiyimini olib bermasangiz bolmaydi.
Dedilar men yoq shartmas deyishimga qaramay Farxod aka:
- Shu ham muammomi? Gap yoq oglim yaxshi oylabsan, Azizaxon sport bilan ham shugullanish kerak, ertaga men bilan birga ketasiz bozorga tushib ozim sizga hamma kiyimlarni olib beraman
Dedilar, men xursandligimni yashira olmadim, ertasi kuni aytkanlaridek ozlari bilan birga olib kettilar bozordan menga ozlari sport kiyimini tanlab sotib olib berdilar va mrni uyga tashlab ozlari ishka ketti. Yangi kiyimlarimni Davron akaga kiyib korsattim, ular kompyuterdan bir ikki mashqlarni korsatti. Hullas bu oylaga ishka kelganimdan hech ham afsus qilmadim. Lekin hayotim bunday bir tekis ketmasligi malum edi...