MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
6 - Qism...
Ishxonadan yarim soatlar avval chiqib, choyxonaga keldim. Ko`nglimdagidek joy xojirlangan, chamasi o`ng kishiga mo`ljal olgandim. Biroq o`n besh kishi keladigan, shunga ayollar uchun alohida joy tayorlatdim. Bunga yana bir sabab, yigitlar bugun ichkilikka murojat qilishladi.
Birin ketin mashinalarda yetib kelishdi.
- Zulaho opa, sizlar uchun alohida joy hozirlatdim, - yonida turgan Odinaxon To`ychiyevnadan biroz hijolat tortib, - Yigitlar beshta, beshta olishadi... Ko`nglizga olmang, may bor joyda ayol kishini bo`lishi no`tog`ri deb o`yladim.
- To`g`ri o`ylabsiz. -dedi, Odinaxon To`ychiyevna mamnun jilmayib.
- Marhamat tortinmanglar...
Ularni joylagach, o`zim hizmatga o`tdim. Yigitlarku, allaqon; oshni tagida qolib ketsin deb, ichkiliklarni qopqog`ini ocha boshlagandi, ularni bezovta qilmadimda, choy olib ayollar o`tirgan xonaga kirdim. Setora hijolat torti chog`i, tezda turib qo`limdan choynakni oldi.
- Yaxshi o`tiribsizlarmi?
- Rahmat, - Zulayho opa hayron so`radi, - Afetsantlar ko`rinmaydi?
- Kamina, Afetsant! Bugun hizmatdaman.
Aslida afetsatlar bor, Sohibnazar akani qizlari Mavjuda va kuyovi Olimjon. Biroq ularni boshqa vazifalari ham bor. Mavjuda idish-tovoqqani nazorat qilsa, Olimjon kavob, somsaga masul. Yana ikki ishchi bor, Sohibnazar akani ayoli Muqaddam opa va o`g`li Qodirjon. Muqaddam opa, oshxonada eriga yordam beradi, o`g`illari Qodirjon esa novvoy, ham do`konga masul. Bitta meni yordamga kelishim, bularni hammalarini ishini yengillatadi.
- O`zi bu dargohni derektir kim? - deb so`radi Zulayho opa qiziquvchanlik qilib.
- Kamina.
- Rosdanmi? -dedi xonim ham biroz hayron bo`lib.
- Ha...
- Yaxshi, - xonim sinchkov nazari bilan atrofga alangladi, - Hafa bo`lmangu, tajribali ayol sifatida bu gapni aytaman. Boya kirganimda ko`rdim va hayolimdan o`tqazdim, bu yerni restoran forma qilib qayta rekanstruksiy qilishiz kerak ekan. Hozirgi holati, qandaydur qishloq tomonlardagi choyxonalarga o`xshab qolibdi...
- Aynan o`shandaqa choyxona... Bizni maqsadim, shoxona tavomlanadigan joy qurish bo`lmagan! - ularni yonidagi bo`sh stulga joylashdim, - O`zim ham qimmat, restoranlarga borib ko`rganman. Yoshi ulug`, yoki oddiy kishilar kam kiradi. Barchasi puldor, olifta yosh yalanglar. Shoxona xonalari bor restoranda, oddiy odam o`zini biroz noqulay sezadi. Oshxona, kafelarda esa hamma narsa tartibli, huddi armiyadagi singari. Bizni choyxona kirgan kishi o`zini erkin his qilishi bilan birga, taomlanib oddiylikdan lazzat olishini istadik. Hozir qish shunga bu yerni fayzini sezmagan bo`lsez kerak. Yozda tashqariga so`rilar o`rnatiladi, rayhonlar, gullar ekiladi. Hovuzchamiz suvga to`ldiriladi, ana unda boshqacha bo`ladi... Huv yo`lni bo`yida masjidni ko`rgan bo`lsayz kerak! Aslida maqsadimiz masjiddan chiqayotgan keksalar bir qo`noq bo`lib, ikki osham osh yeb, chaq-chaqlashib ketadigan bir fayzli maskan qilish edi. Hudoga shukur oshpazimizning bebaxo mahorati sabab har qanday restoran, kafedan ko`ra gavjum va fazli bu yer... Maqtanish emasu, tushum ham shunga yarasha! -dedim.
- Malades, Hudo ziyoda qilsin... -dedilar Zulayho opa, hiyla tasirlanib.
- Men bir oshpazdan habar olib qo`yay! - o`rnimdan turdim, - Sizlar belol, yeb ichib o`tirilar...
Mehmonlar 10, 15 daqiqa, mayda-chudalar bilan ishtaxalarini ochib olguncha oshham tayyor bo`ldi. Suzib dasturxonlarga tortdik. Yigitlarku, hali bemalol ancha o`tiraverishadi ammo ayollar tezda qo`zg`aldilar.
- Akbar mehmondorchilik uchur rahmat... - xonim so`z ochdi, - Oshpazizga minnadorchiligimiz aytib qo`yasiz. Hali bunaqa mazali osh yemagandik. Qo`llari dard ko`rmasin...
- Salomat bo`lilar!
- Biz endi turmasak bo`lmaydi...
Odinaxon To`ychiyevna dastur haqqiga duo qildilar va o`rinlaridan qo`zg`aldilar.
Bu paytda xonimning shafyori, Behruz bir-ikki qadah otib olgan ekan. U ham xonimdan gap eshitib olmasin deya, xarakatini qildim.
- Behruz yigitlar bilan o`tirgandi. Agar ho`p desangiz sizlarni o`zim elitib qo`ysam?
Odinaxon To`ychiyevna yigitlar o`tirgan xonadan kelayotgan, kugu, vag`ir-vug`ur ovozlarga birdan quloq tutib turdiyu jilmaydi.
- Mayli, mayli...
Ayollarga hurmat yuzasidan tezda borib mashinam eshigini ochdim.
- Qani marhamat...
Avval xonim, ortidan Zulayho opa orqa o`rindiqqa o`tirdilar. Setora ham endi o`tirmoqchi edi. Zulayho opa yo`lini to`sdi.
- Setor tiqilishmasdan, oldiga o`taqo asalim!
Setora bir hijolat tortdiyu, orqaga tistarildi. Xonim ikkimiz, tajjublanib Zulayho opaga qarab qoldi. Zulayho opa ayyorona jilmaydiyu ko`zini qisib qo`ydi. Shu asnoda ko`rsatkich barmoqlari bir-biriga urushtirib ``Ikkisini juftlamoqchiman!`` degan ma`noda yonida o`tirgan xonimga imladi. Xonim ham tezda fahimladi chog`i ``Oooo`o`o!`` deb sas chiqardi. Bu paytda Setora bo`layotgan imo-ishoralardan behabar, qizarganchi turardi. Orqa eshikni yopdimu, Setoraga takalluf ko`rsatib, old eshikni ochdim.
- Qani Setoraxon!
Yanaxam qizab, pas ovozda:
- Rahmat... - deya old o`rindiqqa o`tirdi.
Mashina o`rnidan qo`qzg`aldi, qo`lim rulda ammo qulog`im orqada bo`layotgan shivr-shivrda, oynacha orqali qarab qo`yaman. Uzuq-yuluq gaplarni, aniq eshita olmayabman, biroq ko`nglim sezyabdi mavzu Setora ikkimiz haqida bo`layabdi. Aftidan Zulayho opa Setora ikkimizni topishtirish uchun jiddiy bel bog`lagan ko`rinadi. U ham eshitayotganmikin degan hayolda, ko`z qirimni Setoraga tashlab qo`yaman.
U huddi birinchi sinfga kelgan qizchadek qimer etmaydi, boshini hiyol egib olgancha to`g`riga qarab jim o`tiribdi. Lekan qanduydur hayajondaligi shundoq sezilib turibdi.
Setorani bizda ishlay boshlaganiga chamasi, bir yildan oshdi. Shu vaqt mobaynida, u bilan juda ko`p to`qnash kelganmiz. Qiz bolani ko`nglida yigitga nisbatan, biror uchqun paydo bo`lsa avvalo uning munosbati va qarashlarida seziladi. Avvallar ham allanimani sezgandek bo`lardim, ammo bugungidek e`tibor qaratmagan ekanman.
Biroz o`yga tolaman, bo`layotgan vaziyatni o`zimcha tahlil qilaman.
``Ha Zulayho opani bugun, fursatdan foydalanib Setoradan gap ochgani bejez emas ekanda!``
Birdan Zulayho opaga nisbatan ko`nglimda shufha uyg`onadi. O`ylaganlarim rost bo`lsa, mehribon opam, Setorani tuyg`ularini mendan avvalroq sezgan!
``Haa opajonima, meni g`amimni yeyabsizmi yoki Setoranimi?``
Avval oynachadan Zulayho opaga, so`ng Setoraga zimdan nazar tashlayman.
Setora chakki emas, qad-qomadi hushbichim, chiroyda ham uncha-buncha go`zallardan kam emas. A`qli hushi ham binoyidek. Engiliz, Rus tilida ravon gaplasha oladi. Kampuyterda yaxshi ishlaydi. Bir so`z bilan aytganda harqanday yigit uchun idyal juft bo`ladi.
Baxtimdan aylanayki, shunday qizni menda ko`ngli borligini bilaman.
Meni qarayotganimni sezdi chog`i, u ham men tomonga salgina qayrilib qaradi. Bir lahzaga nigohlarimiz to`qnashdi. Beihtiyor jilmaydim, uning ham labiga yoqimli tabssum yoyildi...
``Yoo Hudoyim, bu qiz bunchayam latofatli bo`lmasa?``
Ko`nglimda allanima g`imirladi, endi Setoradagi hayajon menga ham ko`chdi.
``Uylansam shu qizga uylanaman, u bilan baxtli bo`laman.``
Ko`nglimda, yoqimli tasvirlar jonlana boshladi. Setora bilan bo`layotgan to`yimiz manzarasi, hayajonli chimildiq, farzandlarimizni dunyoga kelishi, u bilan baxtli hayot kechirishim...
``Shoshma Akbar!``
Tasovurimda shakillangan, orzularimdagi ayol qiyofasida Setorani ko`rmaqdaman, uning ichki dunyosida esa umuman boshqa qiz bor, u Setoradan tubdan farq qiladi. A`qlim Setorani qabul qilmoqda, ammo qalbim emas, u yerda umuman boshqa qiz yashamoqda.
``Oooo Niyatxon, bunchayam bu qalbimni, bandi etgan bo`lmasang!``
Avvalgi muhabbatimdan qolgan asoratlar, Setoraga nisbatan paydo bo`lan uchqunlarni olovlanishiga sirayam yo`l bermayabdi.
Setoraga boshqatdan, boshqa tomondan nazar soldim, endi qarshimda umuman boshqa qiz namoyon bo`la boshladi.
Bir qarashda idyal qizdek ko`rinadi, ammo uning dunyosi bilan mening dunyoyim orasida ulkam farqni sezib olishim qiyin emas. Setora go`zallikni hashamat, ko`radi. Uning soch turmagi, pardaz andozi, qimmat atiri, upalaruiyu uncha buncha qizlarni qurbi yetmaydigon kiym boshlari!
``Shularning barchasi uchun, oyligini qanchasini sarf etar ekan?``
Shu orada, Setorani ko`chasiga kelib qolibmiz!
- Akbar aka, shu yerda to`xtab qo`ying iltimos?
Nihoyat Setoraning ham ovozi eshitildi.
- Ho`p!
Mashinani chetga olib to`xtatdim. Setora orqadagilar bilan hayrlashdi.
- Rahmat Akbar aka!
- Salomat bo`ling...
Mashina yurishi bilan, Zulayho opa kinoy qilib gap ochdi:
- Akbar qizbolaga, hushumad qilib, kuzatib qo`yishniyam bilmasizaaa?
Bu mavzuga shu yerda barham bermasam, ohir-oqibatda Setorani ko`ngli ozorlanadi.
- Hushomad, qilib kuzatib qo`ydim ham deylik! - bizga diqqat bilan quloq tutib turgan, Odinaxon To`ychiyevnaga qarab qo`ydim, - U qiz nima deb tushunadi?
- Vooy qiziqsizaaa Akbar! Biz shunga harakat qilmayabmizmi?
- Siz harakat qilyabsiz opa, men emas.
- Nimaga Akbar, Setora yaxshi qizku?
Negadur Odinaxon To`ychiyevna ham qattiqqo`l boshli g`ilofidan chiqib, oddiy ayol rejimiga o`tib qoldilar.
- Setora yaxshi qiz, ammo uni olami boshqa, meni boshqa. Bizdan Zulayho opam tasovur qilayotgan juftlik chiqmaydi. Qizbolaga hushomad qilish, uni boshini aylantirish, behuda umudvor qilish... Bu meni uslubim emas. Shunday ekan Zulayho opa iltimos boshqa bu mavzuga qaytmang, bekorga bir qizning ko`nglini sindirib qo`yasiz...
- Ho`p, Akbar...
Shu bilan Zulayho opani manziliga elitgunimizgacha ortiq menga savollar bo`lmadi. Ohirgi manzil Odinaxon To`ychiyevnaniki edi. Biroz yurgandik birdan tomoq qirib so`z ochdilar:
- Yoqtirganiz bormi?
Oynacha orqali ularga qaradim, samimiy oddiy ayol qiyofasidalar. Bu menga ancha dadillik berdi.
- Bor... edi, qachondir!
- Hozirchi? -dedilar qiziquvchanlik bilan.
- Yo`q, - yelka qisdim, - Topilib qolsa aytsam, o`ziz sovchi borasizmi?
- Jonim bilan boraman!
Ikkimizam kulib qo`ydik. Bugun xonim juda o`zgacha, mehribon ayol qiyofosida ko`rinardilar. Biroq bemavrud jiringlagan telefonlari muhitni o`zgartirib yubordi.
Davomi bor...
Muallif: -MAJ