MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
7 - Qism...
Xonim sumkachasidan telefonini olib, bir necha sonya ekraniga termulib turdi:
- Akbar bir daqiqa, to`xtay olasizmi? -dedi ovozi qaltirab.
- Albatta...
Mashinani asta yo`l chetiga oldim.
Xonim telefonda allaqanday yaqin kishisi bilan gaplashardi. Suhbat avvalidanoq rangi, biroz o`chib ketti. Uni so`zlariga quloq solishni istamasdim, ammo...
Suhbat jarayonida; ahvoli qanday, birinchi guruh qoni yana shunga o`xshash bemor, shifoxona oyid so`zlar ishlatilganidan sezdim gap qandaydur og`ir bemor haqida ketyabdi. Suhbat uzoqqa cho`zilmadi, xonim telefonni qo`ygach, mening borligimni unutib, pastroq ovozda Ollohga shukronalik keltirdi. Shu asnoda peshonasida paydo bo`lgan terlarni, ko`zlarida miltiragan yoshni rumolchasiga artib oldi.
Ayni damda, qarshimda hodimlarini titratib turadigan qattiqqo`l rahbar emas, ojiza ayol turganiga guvoh bo`ldim.
- Tinchlikmi opa?
- Ha, yo`q... - sir boy bermaslik uchun, soxtakor jilmaydi, - Kettikmi?
Mashinani o`t oldirdim, biroq yurishga shoshmadim.
- Kechirasiz opa, istamagandim biroq gaplarizni eshitib qodim... Birinchi guruh qoni kerakligi haqida gap ketti! - ortimga o`gririb opaga qaradim, - Meniyam qonim birinchi, agar kimgadur zarur bo`lsa, beraman!
Birdan yuziga qizillik yugurdi.
- Haa zarur. Jiyanimga qon kerak. Bir yildan buyon, og`ir betob... Qon bersayz minnador bo`lardik!
- Behijolat, yordamim teksa hursand bo`laman... Qachon qayerga borishim kerakligini aytsayz bo`ldi?
Xonim yana telefoni olib, o`sha yaqin kishisi bilan suhbatlashib oldi.
- Akbar, ertaga o`zimizni paliknikaga borib, Feruza Otamurodovani so`raysiz. Nima qilishni, qayerga borishni o`zi tushuntiradi...
- Feruza... Feruzaaa mallasoch o`rta yoshdagi ayolaaa?
- Huddi o`zi!
- Taniman. Bo`ldi ertagayoq uchrashaman...
Mashinani yurg`azdim. Chamasi besh daqiqalar yurib, manzilga yetdik. Shu vaqt davomida, xonim faqat o`ychan qiyofada jim keldi, mashinadan tushishga ham shoshmadilar.
- Akbar, bir omonat bor, shuni ertaga Feruzaga topshirib qo`yasizmi?
- Ha, albatta...
- Unday bo`lsa, hozir olib chiqaman, biroz kutib turing!
Xonim kirib ketganlaridan 5, 6 daqiqa o`tib eshik ochildi. Chamasi 18, 19 yoshlardagi bir qiz darvoza oldida turib qoldi. Omonatni olib chiqdi degan hayolda, tezda mashinadan tushib yoniga bordim.
- Assalom alaykum!
Bu muloyim ovozli, husin-chiroyda onasidan andoza olgan qiz, xonimni o`rtancha qizi! Bir necha yil avval bu honadonda kelgan vaqtimizda guvoh bo`lganmiz, xonimning uch qiz ham hayo-odobda benazir qizlar edilar. Hozirham hayodan ko`zlarini yashirib turgan bu qizni darov tanidim. Qiyofasi o`sha-o`sha, o`zgarmagan biroq ulg`ayib, husniga-husn qo`shilibdi.
``Ismi nima ediya!``
Xonimning har uchala qizlarining ham, noyob go`zal ismlar bor edi. Turmushga chiqqan katta qiziniki Achaniso, eng kenja qiziniki Olamoy. Biroq mana shu o`rtancha qizini ismi yodimdan faromush bo`libdi!
- Vaalaykum assalom! - salomiga alik oldim, - Yaxshimisiz?
Hayo bilan ko`zini yashirib turgan qizga, tik qarashga o`zimda jurat topolmay, zamdan uning qo`liga qaradim. Qo`llari bo`sh; aytilgan omonat nima ekan degan o`yda qizga jilmayib qarab qo`ydim.
- Yaxshi... - uyaldi chog`i ovoziga titroq kirdi, - Haligi... dadamlar, iltimos qilib ichkariga kirishizni so`rayotgan edilar...
``Ooo, yo`q!``
Bu kutilmagan taklifga qanday javob qaytarishga o`ylanib qoldim. Ko`nglimni bir g`ashlik tirnab o`tdi. Ahir qanchondurbu xonadondan yomon xotiralar bilan chiqib ketgandimda, qayta kirishni hecham istamagandim. Biroq qizning hamon javob kutib turishi, noiloj oldinga undadi.
- Dadangiz yaxshimilar?
O`zimni hotirjam tutushga urunib, qizni savolga tutdim.
- Biroz mazalari qochgandi, shukur hozir yaxshilar! - qiz qo`llarini oldinga cho`zib, meni dadasini xonasi tomonga yo`naltirdi, - Akaa, siz tortinmay ichkari kiravering, dadamlar shu yerdalar... Men...
Qizni ohirgi so`zlari eshitilmadi, u oshxona tomonga shoshib ketti. Bir lahza unging ortidan qarab qoldim. Yana nohush xotiralar qurshab oldi. Shu kayfiyatda asta zinadan ko`tarilb, eshikni chertib, ruhsat so`rab ichkariga kirdim. Domla kresloda kitob o`qib o`tirardi. Men kirganim hamoni, qo`lidagi hajmi katta kitobni yopib chetga oldi. O`rnidan turmay o`tirganidan hayron bo`lib salomlasharkanman, ko`zim avval stol chetidagi dorilarga, devrga suyalgan bir juft qo`ltiq tayoqqa, so`ng domlani gipslangan oyog`iga tushdi. Quyuq salom-alikdan so`ng gipsga ishora qilib so`radim:
- Tinchlikmi, domla?
- Shu deng Akbarjon, parashut ochilmay qoldi...
O`z hazilidan o`ziyam zavqlanib kuldi. Shu bilan suhbatimiz yuqori kayfida davom etti. Domla men bilan avvalgi Alijon domlaga sira o`xshamas edilar. Nihotda hazl-mutoyibaga usta bo`lib ketibdi, hatto meni ham kuldirardi.
``Ha, anchadan buyon uyda o`tirib, suhbatdoshga muhtoj bo`lib qolibdilar!``
Devordagi soatga qarab qo`yaman, o`n daqiqadan oshdi. Domla tinmay gapirayotgani uchun so`zini bo`lib, ketishga ruhsat so`rashga istihola qildim.
Shu payt eshik ochilib, boyagi qiz qo`lyuvgich ko`tarib kirdi.
- Dadajon qo`lizni chayib olasizmi?
- Ha, keling ona qizim, - domlar bir chiroyli duolar qilganch qo`lini chayib olarkan, yumshoqlik bilan so`radi; - Ovqatingiz tayyormi qizim?
- Tayyor dadajon.
- Barakalla ona qizim, - domla men tomonga imladi, - Qizim mehmonni qo`llariga ham suv quyvoring!
- Yo`g`eee, shartmas... - noqulay holatga tushdim, - Uzur domla. Odina opa; omonatim bor, bir kishiga berib qo`yasiz degan edilar, shuni olamanu qaytaman. Ko`p qololmayman vaqtim tig`izroq! -dedim o`rnimdan qo`zg`alib.
- Shoshmang Akbarjon... - domla shashtimdan qaytarib, qo`limdan tutib oldi, - O`tiring... O`tiring...
- Domla ahir...
- Qayoqqa shoshasiz, ozib-yozib keibsiz... Mana Oybohor, qo`ling o`rgulsin manti pishirgan. Birga-birga tanovl qilamizda!
``Yodimga tushdi, qizning ismi Oybahor edi!``
Bir domlaga, bir qiziga qarab oldim. Domlani shashtini zo`r, taklifi beyg`arazligini ko`rib, ko`nishdan o`zga ilojim qolmadi.
- Akaa qo`lizni tuting?
Boyadan berib yonida qo`lyuvg`ich tutib turgan Oybahorga havasmand nigohda bir qarab olib yengimni shimardim.
- Rahmat...
Qo`limni sochuqqa artib, qo`liga tutqazar ekanman, behos qo`limdan uslab oldiyu, o`zi hayajondan titrab ketdi. Nigohim unga tushi. Hiyol jilmaygan chog`ida, yuzida kulguch paydo bo`lishini endi ko`rishim edi. U ham kiprik ostidan, bir lahza botinib ko`z tashlab qo`ydi.
``Oybahor, ismi jismiga monand qiz bo`libdi! Qaysi baxtiyor yigitning, xonadoniga beka bo`lar ekan-a?``
Hayolimdan shu so`zlar o`tdi. Lekin qalbimda bu qizga nisbatan akaning, singlisiga bo`lgani kabi tuyg`ulardan ortig`i yo`q edi.
Oybahor bir zumda dasturxon tuzadi. Laganda manti kelganda, Odina opayam kelib erini yoniga o`tirdi, biroq qizlari o`tirmay chiqib ketdi. Oling-olingdan so`z, bitta-ikkita manti yegan bo`ldim. Domla esa chaynalish bilan barovarida, umuman menga qizig`i bo`lmagan voqealar haqida gapirar va zavqlanib kulardi. Hurmat yuzasidan, o`zimni uni qiziqib tinglayotgandek turardim, u kulganda jilmayib qo`yardim.
Ayni damda, Alijon akani tinglashdan ko`ra, Odina opa kuzatish menga anchayin qizqroq edi. Uning qattiq qo`lligini bilganim uchun, oyladaham u damenat bo`lsa kerak deb o`ylardim! Yo`q aksincha, eriga itoatkor, o`ta namunali ayol ekan. Domla gapirayotganda chur etgan ovozi chiqmasdi, huddiki o`zini, qirolni yonidagi kanizidek tutardi. Ochig`i uning, oylada haqiqiy ayol maqomidaligi ko`rib, unga nisbatdan hurmatimni ming qad, oshdi.
Shu payt domla fikrlarimni o`qiyotgandek, oylasi haqida gap boshladi:
- Odinaxon bilan oyla qurganimizda 22 yoshda edim. Ish desa sizdek ko`zim yonib turardi... - jilmayib, ayoliga o`zgcha mehir bilan qarab qo`ydi, - Akbarjon sizga bir sirni ochaman! Aslini olganda, bu darajaga yetib kelishimda, opangizni hissasi beqiyos...
Domlaning bir lahza o`yga tolib qolganidan. Ko`nglimda - ``Demak Odina opa, moliyaviy ko`mak berar ekanda!`` degan fikr o`rmalab o`tdi.
- Bilasizmi Akbarjon, erkakni bir mashina deb olsak, ayol uning tezlik qo`shish richagi... Ayol o`zining mehir-muhabbati, oqilaligi, donoligi bilan turmush o`rtog`ining bosqichma-bosqich tezlanish olib borishiga hissa qo`shadi...
Domla so`zlarim mag`zini chaq degan ma`nona, ozroq tin oldi.
Ichimda bir shumlik qo`zib, domlani mot qilish uchu, ``Aftomat karopka bo`lsachi!`` degim keldi. Biroq eringing tarifidan, mastona ko`zlari chaqnab ketgan, Odina opani ko`rib tilimni tiydim.
- 26 yil! Shu yillar davomida biror marotaba sen-menga bormabmiz! - domla qandandur shirin damlarni yodga oldi chog`i, jilmaygancha o`y surib qoldi. - Bir-biridan ajoyib uch farzanli bo`ldik. Ollohga shukurlar bo`lsin, qizlarimizdan ko`nglim to`q, barchasi oyilariga tortgan?
- Beyqiyoslikda padarlari!
Odina opa ham ikki og`iz so`z bilan erini ko`klarga ko`tarib qo`ydi. So`ng o`z baxtilari sarmas chayqalib kulib qo`yishdi.
To`g`risi, ajrashib ketishgan ota-onamni o`ylab, bu ikki insonga havasim kelib ketti.
- Hamma yigitgaham siznikidek, oyla nasib qilsin domla... -dedim, havas bilan.
- Yo`q-yo`q! - domla ko`rsatgich barmog`ini yuqori ko`tarib, tez-tez qimirlatdi, - Bunday ayol harkimga ham nasib etavermaydi... Faqat Olloh suygan bandasigagina, samodan bir hur tusurib, uni biror ayol jismida, suygan bandasiga ro`baro qiladi!
``Ooohaa! Domla ayolizi shunchalar qattiq suyar ekansizaaa?``
Shu payt bir narsani anglab yetdim. Ayolni qanday qolibga solish erkakning o`z qo`lida ekan! Har bir erkak, ayoliga shu domladek, muhabbat ila qarab, tariflagandeb ardoqlasa ekan, har qanday ayol farishta qiyofasini hech qachon yo`qotmasa kerak!
- Akbarjon hozir necha yoshdasiz?
- 25 yoshdaman!
- Uylanmagansiz-a?
- Nasib qilsa shu yil!
- Aaaa... hali qallig` tayyor deng?
- Aa-yo`q, - bu mavzudan biroz hijolat tortib, boshimni quyi soldim, - Hozircha izlayabman.
- Akbarjon onangiz hayotmilar?
- Ollohga shukur, dadam ham, oyim ham hayotlar!
- Unday bo`lsa, bir kun ikkalarini olib mehmonga kelsayz, Odinaxonni o`zlari yaxshi qizlarni ko`rsatishadi... - domla Odina opaga qarab oldi, - Odinaxon opangizni, ikki jiyanlari, mendayam yaxshi-yaxshi qiz jiyanlarimiz bor! Hudo bilsin, taqdir nasib qo`shsa qarindosh bo`lib ketarmiz a nima dediz Akbarjon?
Domla, boyagidek ko`tarinki kayfiyatda kulib qo`ydi.
- Taqdir haq, balki domla! - bu taklifdan ko`nglim allanechuk ko`tarilib. - Lekin... Biz qishloqda tursak, sharharliklar odatda, qishloqqa qiz uzavermaydilar... -dedim.
- Yo`q... yo`q... yo`q, - domla keskin imkor qildilar, - Yaxshi tushungan, solih yigit bo`lsa, hech bir ota-ona rat etmaydi. - yonida o`tirgan, Odina opaga qaradi, - Yaxshi kuyov bo`lsa biz ham yo`q demasdik, to`g`rimi onasi?
- Ha, yaxshi kuyov bo`lsa!
Ulaning bu gapidan butun badanim jimirlab ketti. Hazil qilib aytdimikinlar deb, domlaga so`ng Odina opaga ko`z tashladim. Erining bu taklifini maqullab jilmayib turgan ayolning ko`zlaridagi ma`noni o`qib olish qiyin emasdi.
Davomi bor...