tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...

8 - Qism...

Bugungi kunim, huddi mo`jiza o`xshaydi-ya! Ollohim onalarni bejiz mukarram qilib yaratmagan ekan. Ollohimga ming shukur, onamni yod oldim degancha, boshimga yaxshiliklar yog`ilib, ishlarim yurishaveradi!

Onamni sog`inib, tong saharda, hayolan ular bilan suhbatlashayotganimda be`ihtiyor kelin mavzusida so`z ketgandi. Buni qarangki, shu bir kunda taqdirni o`zi ikki qizni ro`paro qilmoqda, bir Setora ikkinchisi Oybahor...

``Rabbim-xamhuma kam pobbayaniy sog`iyro.

(Parvardigoro, ota-onamga marhamat et, ular meni marhamat-la voyaga yetkazganlari kabi)``

Qarshimda o`tirgan, ikki insonni ko`zlaridagi ma`nodan ularning niyatlarimi tushungan bo`lsam, ular skunatimdan meni ko`nglimdagini tushunib olishgandi.

Oraga juda yoqimli sukun cho`kkan edi. Eshikni ochilishi bu skutni buzub yubordi. Oybahor eshik yonida turgancha onasiga murojat qildi:

- Oyijon biror narsa kerakmi?

- Choyni yangilab kelgin, - Odina opa, choynakni olib qiziga uzatdi, - O`zlaring ham yedilaringmi?

- Hmm! Singling bilan yeb oldik...

Oybohorning ota-onasiga munosabati ko`rib, shunday qizlar oramizda borlidan mamnun bo`laman.

Ajoyib qiz, dumyoga keltirgan zotlariga shunday yumshoq ovozida gapiradi, lablaridan chiqayotgan har bir sas qalb tortlarni chertib o`tadi. Ularni ko`ziga tik qarayolmasligini ko`rib, Alijon akaning; Odina opani - ayol qiyfasidagi hur debgan tarifini eslayman!

Telefonimdagi mahsus dastur signal berib, Shom nomoziga oz vaqt qolganidan darak berdi. Devordagi soatga bir qarab olib qo`limni duoga ochdim.

- Domala duo qiling men endi qaytay!

- O`tirsayz bo`lardi?

- Hudo hohlasa boshqa kelamiz!

- Ha, endi dadanging bilan oyingizni olib keling, - domla qo`llarini duoga ochdilar, - Illoohoo omin...

Domlaning duolaridan so`ng o`rnimdan qo`zg`aldim.

- Mayli domlar hudo shifo bersin!

- Mayli Akbarjon yashilik kunlarda ko`rishaylik, - domla oyog`i gipligini unib o`rnida turmoqchi bo`ldi, biroq oyog`i og`ridi chog`i yuzlari burishib, joyiga o`tirdi va hijolat tortib bosh chayqab qo`ydi, - Uzuraaa, kuzatgani chiqolmayman...

- Yo`q, hijolat olmang...

Domla bilan hayrlashib hovliga chiqdim, ortimdan Odina opa kuzatib chiqdi. Darvozadan endi o`tgan edikham, ortimizdan Oybohor shoshib keldi.

- Oyijon... - qolidagi 4, 5 ta jurnalni onasiga uzatdi, - Manabular yodizdan ko`tarildi...

Qo`lidagini onasiga berdiyu, o`zini darvoza panasiga tortdi. Biroq uning yuzi menga ko`rinib turadi. Zimdan menga ko`z tashlayotgani sezib, o`zimni unga e`tibor bermayotganek tutaman.

- Akbar bilasiz ishdan, bir daqiqaga ham ortib bo`lmaydi... Shuni uchun sizdan iltimos qilyabman, manashularni Feruzaga elib bersangiz...

Qo`limga engilz tilida yozilgan, tibbiyotga oyid jurnallarni tutqazdi.

- Ho`p opa...

Odina opa bilan hayrlashib, mashinaga o`tirman. Shu payt Oybohor ham o`zini panadan olib, bir qadam oldimga chiqdi. Uning shu qiyofasini hotiramga muhirlab oldim.

Uyga borib shom nomozimni o`qib olgach, yana choyxonaga yigitlar yoniga shoshaman. Shira-kayf yigitlarni ko`rib ko`nglim hira tortadi.

O`zim ichkilikni yoqtirmayman, birovga quyib berishni esa, umuman yomon ko`ran. Biroq bugun istisno qilib, dasturxonga may qo`yganimdan, ko`nglim g`ashlanib o`zimni koyiman!

``Shu qurib ketgursiz ham bir chiroyli o`tirish bo`ladiku? Bu yigitlar ko`ngliga qarasang, nimalar istamaydi!``

Bemaza-bemaza gaplargayam kulib, yayrab o`tirgan yigitlarga qarab, nohush hayollar og`ushiga tortadi. Bu yigitlar hammasi oylali, hozir uyiga mas-alas kirib boradi. Shayton suvini ichgan erkakni, hech bir ayol ochiq chehra bilan kutib olmaydi. Jufting bunday munosabatiga loyiq ko`rilgan erkak, albat ayoliga undan ortiq javob qaytaradi. Umid qilaman, bu yigitlar urush darajasiga bormaydi, lekin so`kib, qo`pol gapirib ayolini dlini og`ritadi. Hatto indamay kirib yotgan taqdirdayam, undan anqiyotgan may isidan ayolini ko`ngli buzilib, erining ichishiga sababchilarni; may chiqargan, sotgan, quygan, ichirgan hmma-hmmani lanatlaydi. Shu lanatning bir cheti menga ham tegishini o`ylab afsus chekanan!

* * * * *

NIYATXON:

- Tunda tushimga oyim kiribdilar.

Yig`lagancha oyimga aytarmishman: oyijon o`shanda Akbar akamni hech qanday aybi yo`q edi. Siz meni so`zlarimga ishonim, undan bekorga ranjidingiz!

Oyimga qancha so`z aytmay ovozim bo`g`zimdan chiqmasdi. Oyim esa ma`mnun qiyofada ortiga qarab-qarab qo`ygacha, mendan uzoqlashib borardilar...

Bosinqirab uyg`onib ketidim, soatga qaraganimda Bomdod mahalai bo`lgan ekan! Bugun bolanmni dard bezovta qilmay, shirin uyqudaligidan foydalanib tezda niyat qilib tahorat oldim.

Ibodatimni qilib olgach, vaqtdan foydalanib yana to`qishga o`tirdim. Qo`lim harakatdayu, qalbim hamon ibodatda. Ko`zlarimdan yosh quyulab, keladi. Ollohimdan yolvorib so`rayman, bolam tezroq darddan forih bo`lishini. Yelkamni bosib yotgan yuklardan, bo`ynimdagi qarzlardan tezroq qutilishimni yolvorib so`rayman.

Tong yorishguncha yana bir buyumni to`qib bitqazdim, harna bu ham pul bo`ladi.

Bugun Paliknikaga chiqib, bolamni tekshiruvdan o`tqazishim, shundan so`ng natijalarni shifokorimizga jo`natishim kerak!

Vaqtning juda tez o`tib ketgani boyis, narida-beri choy ichdimu, to`qigan buyumlarimni paket haltaga joylab, bolamni adyolchaga o`rab, Paliknikaga shoshildim.

Shuncha shoshilganimga qarmay, navbat ko`payib ketibdi. Qatordagilarni ko`plari grip bilan og`rib kelganlar. Grip virusini bolamga yuqtirib qo`yishdan qo`rqib, chetroqda turgancha navbat kutayotgandim. Yoshi kottaroq, hamshira opa bolamni ko`rib, hol so`rib erkalab qo`ydihamki, bolam bechor ukul qiladi deb o`yladi shekili, dodlab yeg`lay boshladi. Qancha urunmay, yupata olmayman halakman. Ammo injiqvoyimning beymavrud yig`lab qolishiyam bizning foydamizga bo`ldi. Bir keksaroq ayolning iltimosiga ko`ra, bizni navbatsiz kirgazib yuborishdi. Tezda tekshiruvlardan o`tib oldik...

Bugun kunim hayri boshlandi. Paliknikadagi doktir bilan suhbatimiz jarayonida, u bolamga qaragan do`ktirning shogirdi bo`lib chiqdi. Shu boyis tekshiruv natijalarini, do`ktirimizga olib borishga hojat qolmadi. Telefon orqali o`zora gaplashib olishgandan so`ng, doktirimizning tafsiyasiga ko`ra dorilar ro`yhatini yozib berdi.

Ishlarim tez, bitganidan hursand Paliknikadan chiqdim. Endi qo`limdagi to`qigan buyumlarimni, kiyim do`konida sotuvchi bo`lib ishlaydigan tanishimga topshiraman va o`tgan galgi to`qimalarim sotilgan bo`lsa haqqini olaman. Pulni bir qismiga ip olsam, qolgani dori va ijara uchun ishlataman. Shunday hayollarda kiyim do`koniga kirib bordim.

Afsuski o`tgan safargi topshirganlarimdan hech qanchasi sotilmabdi. Arzimagan bir siqim pul bilan qaytib chiqdim. O`ylagan rejalarim amalga oshmayotganidan, yana tushkun kayfiyat churmab oldi.

Boshimda o`sha tashvish, yana o`sha yechimi yo`q o`y hayollar tashvishiga o`ralashib qoldim.

Havo sovuq, oyog`im allaqachoq sovuqqogan. Taskiga to`lanadigan pulni ekanom qilish uchun, bekatda aftobus kutib turgandim. Bir mahal yonimga qopqora rangli mashina kelib to`xtadi.

``Vooy Hudoyim, bu Akbar akayu!``

Mashinadan tushayotgan kishi, Akbar aka ekanligini ko`rib, butun vujudimni titroq bosdi. Meni ko`rmasligi uchun yuzimni teskari burib, boshqa tomonga qarab oldim.

``Hudoyim, ishqilib meni ko`rib to`xtagan bo`lmasinlarda!``

Unga orqa qilib olgancha, dag`-dag` titrayman. Meni bunday g`arib holatda ko`rmasin deya umid qilaman. Yo`q, u aslida meni ko`rib to`xtagan ekan!

- Niyatxon?

Ilojsiz o`g`rildim, biroq ko`ziga qarashga qo`rqaman.

- Niyatxon, meni tanimayabsizmi? - u men tomonga yaqin kela boshladi, - Akbarman!

- Assa-a-alom ala-a-aykum!

Qarshimda turgan o`ktam yigitning salobatidan, ovozim ham titrab ketdi.

Go`yo oramizda o`tgan hamma nohush gap-so`zlar unutgandek, hech narsa bo`lmagandek! Yuzida avvalari yuraghmga cho`q solgan, ko`rganda qandaydur inson qalbida, o`ziga nisbatan ishonch, yaqinlik tuyg`ularini uyg`ata oladigan, nim tabassum balqib turardi. Zarracha yolgo`n, riyo yo`q o`sha qadirdon, ko`zlar.

``Tushimmi o`ngimni, nahot qarshimda u?``

- Va`alaykum assalom! - ular menga yanada yaqinlashdi, - Sizni ko`rib davrov tanidim, o`sha-o`sha o`zgarmabsiz!

``Siz esa, ancha o`zgaribsiz! Men ko`ngil qo`ygan, mardikor yigit ediz! Endi esa...``

Egnilaridagi qimmat kiyimlari, soch turmagi! Huddi beznesmen yigitlarga o`xshab ketibdilar. Bir vaqtlar qilgan nohaqligim sababmi, yoki salobati bosib qoldimi. Tilim qurg`ur sira aylanmaydi. Hurmatsizli qilmay deb, javob o`rnida salgina jilmayib bosh qimirlatib qo`ydim.

- Aftobus kutyabsizmi? - jilmayib yanada yaqin keldi, - Bolangizmi?

- Hmm!

Bu ojizgina labimdan chiqqan sas, har ikki savolga javob bo`ldi.

Ular yanaham yaqinlashib keldi. Oramizda yarim qadam qolganda, dimog`imga mulla kishilar sepib oladigan, mushkning uncha o`tkir bo`lmagan, yoqimli isi uruldi. Endi ularni yonimdaligini chinakam his qildim. Meni shu qadar kuchli hayajon qamrab oldi. Tobora oyog`imdan mador ketib borardi, o`z jismimni bazo`r ushlab turardim. Agar bolam qo`limda bo`lmaganda, allaqachon o`zimni tashlab yuborgan bo`lardim.

Lekin shundayam hayolimda bitta fikr aylanardi; hudo ko`rsatmasin o`zimni yo`qotib qo`ysam tutib qolarmikinlar?

- Ruhsat bering?

Ular bolamni qo`llariga olmoqchi ekanliklarini ko`rib, bolamni yanaham qattiq quchoqladim.

Endi ular ruhsatimsiz, bolamni yuzini sovuqdan to`sib turgan, adyol chetini ko`tardi. Bir necha sonya o`zgacha mehir bilan termulib qoldi.

``Kechiring, bolajon inson ekanligizni unib qo`yibman!``

Hozirgina bolamni qizg`anganim uchun biroz afsuslandim. Ahir hammadan kutsamda, Akbar akamning qo`lidan yomonlik kelishiga ishonmayman.

Yuzlarini ko`tarib, menga boyagidek jilmayib qarab so`radilar:

- O`g`ilmi qizmi?

- O`g`il! -dedim pichirlab.

Barmoqlari bilan bolamni yuzini siladilar va biroz jiddiylashib:

- Sovqatib qolibsizlaru! - qayrilib, mashinalarini orqa eshigini ochdilar, - Qani o`tiring, o`zim olib borib qo`yman!

Rat etishga hozirlanib aftobus yo`liga ko`z tikdim. Qancha urunmay, Akbar akaning taklifini rat etishga ojizligimni tushundim. Istar, istamay asta mashinaga o`tirdim...

Davomi bo

O‘xshash hikoyalar