tungi.ru

ich 5600605

Chimildiqni aldagan kuyov

Oliygohni uchinchi bosqichini tugatgan yilim

uydagilar majburlab, dadamning do'stining qiziga

unashtirib qo'yishdi. Ushbu nikohga tish-

tirnog'im bilan qarshi bo'lganim uchun,

to'ygacha kelin bilan bir marta ham

uchrashmadim. Kelinni to'y kuni ko'rdim.

Ko'rdim-u, yuragim uni itargandek bo'ldi. Ibo

bilan uyalib turishlari ham, muloyim so'zlashi

ham yuragimda iliqlik uyg'otolmadi. To'y bazmi

tugagach, kelinchak bilan ikkimiz chimildiqda

yolg'iz qoldik. Lekin suymaganingdan keyin

qanday qilib yuraging ursin deya, burilib ham

qaramadim. Tonggacha men ham, u ham

uxlamadik. Ikki chetda bir-birimizga ters

burilgancha o'tiraverdik. Qani endi shu tobda

yonimda bu emas, Hilol bo'lsaydi, jon-jon deb

bag'rimga bosardim, baxtdan sarmast bo'lgan

bo'lardim deya ich-etimni yeyman. Nihoyat, tong

otdi. Nima qilishni bilmay, boshim qotdi. Qanday

qilib bo'lsa-da, yonimdagi kelinchakdan

qutulsam, Hilolaning yoniga qaytsam degan o'y

hukmron edi. - Kechirasan, mening sevganim

bor. Sen bilan yashay olmayman!.. - dedim

yig'lab yuborishdan o'zimni zo'rg'a tiyib.

Kelinchak yalt etib menga qaradi. Uning

ko'zlarida anglab bo'lmas hayronalik zohir etdi.

Umrim bino bo'lib, shu darajada hayrat va alam

bilan tikilgan nigohlarni ko'rmagandim. Shu bois

ham darhol ko'zlarimni olib qochdim. - Shunday

deng, - birozdan so'ng, nihoyat, uning tushkun

ovozi eshitildi. Miyamda yana bu bilan emas,

Hilola bilan birga yashash istagi charxpalakdek

aylana boshladi. - Iltimos, meni to'g'ri tushun.

Senga faqat ota-onamning majburiyati bilan

uylandim. Axir mana shunday bir umr majburlik

bilan yashab o'tolmayman-ku!.. - o'shanda

hissiyotga berilib, bu gaplarim bilan hayotimni

izidan chiqarayotganimni qayerdan ham bilibman

deysiz. Xullas, kelinchak meni tushundi.

Otamning yuragi kasal ekanligini bilgani uchunmi

hamma aybni o'ziga olishini aytib, menga baxt

tiladi. Xursandligimni yashirolmay, unga qaradim.

- Sen-chi?! - deya so'radim garchi unga zarracha

achinmayotgan bo'lsamda, o'zimni achingandek

ko'rsatib. - Meni qo'yavering. Axir sizni

sevganingiz bor, menga esa... Peshonamda borini

ko'raman!.. - Ko'zlari yoshga to'lgan bo'lsa-da,

zo'rma-zo'raki kulayotgani shundoqqina ko'rinib

turardi. Uning gapi bilan o'zimni hafaqon,

jahllangandek ko'chaga chiqdim. "Qani, kuyov

bola, nima bo'ldi?" deya yangalar eshik oldida

kutib olishdi. - E-e, boringlar-ey, - deya jahl bilan

qo'l siltadim. Hammasining tarvuzi qo'ltig'idan

tushgandek bo'lib, dong qotib qolishdi. Keyin

birvarakayiga o'zlarini chimildiqli uyga urishdi. Bir

pasda uydan kimningdir yig'lagan ovozi, yana

kimningdir benomus kelinni ko'rishni istamay

qarg'agani eshitildi. - Bolajonim-a, hammasiga

biz aybdormiz. Agar seni majburlamaganimizda

bunchalik boshing egilmasdi. Bu benomusni esa,

hoziroq uyiga eltib tashlaymiz!.. - bir soat o'tar-

o'tmas, barcha yuklarini yig'ishtirib, kelinni uyiga

eltib qo'yishdi. Garchi vijdonim qiynalib turgan

bo'lsa-da, yelkamdan tog' qulagandek bo'ldi va

o'sha kuniyoq Toshkentga qaytdim. Poytaxtga

qaytishga qaytdim-u, hammasi oshkor bo'lib

qolmasaydi deya vahima ichida yurdim. Oradan

ikki oycha vaqt o'tgan bo'lsa-da, qishloqdan hech

qanday gap-so'z kelmadi. Hammasi tinchib

ketganligiga amin bo'lib, uylanganim uchun

mendan hanuzgacha arazlab yurgan kursdoshim

Hilolaga yorildim. - Nima, siz hali meni deb bir

qizni baxtsiz qildingizmi?! Qanday nomardsiz

o'zi?! Nahot, o'z manfaatingiz uchun bir qizni

sharmanda qilishni o'zingizga ep ko'rgan

bo'lsangiz?! - u gapimni oxirigacha ham

eshitmay, baqira ketdi. Keyin esa: - Bunday

nomardga tekkandan ko'ra, toq o'tganim yaxshi,

- deya mendan yuz o'girdi. Qanchalik yalinib-

yolvormay Hilola meni kechirmadi... Bir qizning

nomini benomusga chiqarib, sharmanda qildim,

ikkinchisidan ayrildim, endi qanday qilib yigitman

deb bosh ko'tarib yuraman deya o'zimni adoyi

tamom qildim. Ishtaham bo'g'ildi, odamovi bo'lib

qoldim. Bir haftada cho'pdek ozib ketdim. Tez-

tez yuragim og'riydigan bo'ldi. Kursdoshlarim

qo'yarda-qo'ymay kasalxonaga yotqizishdi.

Oradan bir hafta o'tib, yelkasiga oq xalat

tashlagan bir qiz kirib keldi. Yaxshilab razm

solsam, bundan olti oy burun o'zim sharmanda

qilgan - Nargiza. O'ziga pardoz berib olgan,

menga kulimsirab turibdi. Yer yorilmadi-yu, yerga

kirib ketmadim. "Ustimdan kulgani keldingmi?!"

deb yuborishdan o'zimni zo'rg'a tiydim. -

Sog'ayib qoldingizmi? - dedi Nargiza menga

qaramaslikka tirishib. Ha degandek bosh

irg'adim. U to'ydan keyin qishloqda yurguligi

qolmaganini, ota-onasi uni nomusli qiz ekaniga

ishonib, odamlarning gap-so'zlaridan uzoq yurgisi

uchun shaharda yashab qolgan akasinikiga

jo'natganini aytdi. Hozir kelgusi yili oliygohga

kirish uchun imtihonlarga tayyorlanayotgan ekan.

Mening kasalxonada yotganimni akasidan eshitib,

uning ishga ketganidan foydalanib, yashirincha

ko'rgani kelibdi. - Endi shaharda qolaman.

Kelajagim uchun o'zim harakat qilaman. Uning

iztirob, g'urur, alamzadalik aks etgan gaplarini

eshitib, yuragimdan nimadir uzilib ketgandek

bo'ldi. To'g'ri, u endi o'z hayotini qaytadan

qurar. Lekin men-chi?! Nargiza meni

kechirarmikan?

Boshqa hikoyalar