tungi.ru

TIMURXXX ALAMLI XIKOYA

TเเммนนRSтαя N1

..©...

Shifoxonaga yurak xurujini

boshdan ötkazgan 22 yoshlar

atrofidagi qizni olib kelishdi.

Ahvoli og'ir edi. Qiyin

operatsiyadan keyin uni

jonlantirish bölimiga olishdi.

Men amaliyot ötardim shu

shifoxonada. Soham kardiologiya

bölganligi uchun Malika (uning

ismi shunday edi)ning ahvolini

örganishim mumkin böldi. U

juda chiroyli qiz edi. Közlari

betobligidan bölsa kerak,

mungli boqardi atrofga. Uni

alohida palataga ötkazishgach u

bilan gaplashishga urindim. U

unashtirilgan, 15 kundan söng

töyi bölishi kerak ekan. U

qallig'i haqida shunday mehr

bilan gapirardiki, uni qattiq

sevishi sezilib turardi. "Ota-

onasi töyimizga qarshi, u kishi

esa mening kasalligimni bila

turib uylanyaptilar. Bilasizmi,

nima uchun ularni judayam

hurmat qilaman? Chunki ular

har doim bergan va'dasining

ustidan chiqadilar...". Ösha

yigitni körgach özim ham

bunga amin böldim. Ha,

chindan xavas qilsa arzigulik

juftlik.

Oradan bir haftacha ötdi.

Malikaning ahvoli ancha

yomonlashdi. Yigit esa har

kuni uning yonida böldi.

Ba'zan tuni bilan uxlamasdi

ham. Malika kundan-kun sölib

borar, men bu kasallikni endi

davolab bölmasligini bilardim.

Özi ham umri yakunlanib

borayotganligini sezib turar,

köp yig'lardi. Malikaning

palatasiga ularning könglini

kötarish uchun bordim. Eshik

ochiq ekan, qulog'imga

yigitning dardli yupanch ovozlari

eshitildi: "Yig'lama, hammasi

yaxshi böladi. Menga

ishonasanku, tög'rimi? Söz

beraman, kelasi xafta töyimiz

kuni sen oppoq libosda, men

qop-qora kostyumda yonma-yon

ötirgan bölamiz. Hammaning

bizga xavasi keladi". Kirmadim

ichkariga, Xudodan ularni

ayirmaslikni sörashgagina

qurbim

yetardi öshanda. Malikaning

yigit haqida aytganlari yodimga

tushib ketdi. Shu safar ham

va'dasining ustidan chiqish

nasib etsin deb duo qildim...

Töy kuni ham keldi. Afsuski,

ösha kuni tongda Malika

olamdan ötdi. Uning töyi

örniga janozasiga bordim.

Ajabo! Yigit haq ekan, ösha

kuni Malika chindan oppoq

libosda (afsuski, bu kiyim

kafan edi), yigit esa qop-qora

choponda yonma-yon

borishardi. Faqat ... faqat,

hech kimning ularga havasi

kelmasdi...

Boshqa hikoyalar