tungi.ru

5605: Qastimni oldim davomini davomi

Qastimni oldim davomini davomi

Boshqalar

Siz esa meni faqat

navsingiz yo'lida xo'rak qilib

tashlab ketyapsiz.

- (Nodirning bu gaplardan yuzi qizarib ketdi) Nima? Nimalar

deyapsan? Esingni yedingmi ?

Ha uylanaman dedim-ku,

buncha qo'rqmasang? Bir yilcha

ishlarim bor, shularni tugatib

olay, keyin to'y qilamiz, sabr qil! - Aslida sevgini yo'qga

chiqaradigan ham odamzod

ekan. Yolg'onlariz bilan

ishonchni suv iste'mol

qilishingizga endi kech! Sizdek

nomardlarga ming la'nat! - shu onda pichoqni ko'ksiga qarata

sanchdim... Pichoqni olmoqchi

bo'lib qo'lini cho'zdi, ammo

og'riq kuchlilik qilibmi bilmadim,

tegib qayta o'zini ortga tortdi.

Uni jon talvasasida yerga yiqilishi, xira ovozda "kechir"

degan so'zlari ko'z o'ngimdan

ketmaydi... (Gapirayotib Zarnigor

qattiq yig'ladi)

- Demak... demak sen... uni...

- Ha oyi, men uni o'ldirdim, ayol nomi yarashmaydigan, umuman

insonga xos bo'lmagan ishni

qildim, o'zimcha qast oldim.

Endi katta xatoga yo'l

qo'yganimni angladiw. U pichoq

zarbidan bir marta o'lgan bo'lsa, men vijdon azobida ming bor

o'lib-tirilyapman... Men

shunchalik qabihlik qildim-ki,

uni o'lishini xohlab atayin

odamlar kam keladigan joyga

uchrashishni so'ragandim. Uni tipirchilab zo'rg'a chuqur-

chuqur nafas olishini ko'rib

chidab turolmadim. Nafratim

o'z-o'zidan yo'qolgandek go'yo,

unga rahmim kelib

qilmishimdan qattiq pushaymon bo'ldim va asvalt yo'lga qarab

yordam chaqirgani yugurdim.

Mashina topib odamlar kelaman

deganicha, taxminan oradan

yarim soatlar o'tib ketdi.

Kelganimizda... ko'zi ochiq holda nafas olmay yotardi. Bitta

xiyonat va aldov uchun men uni

joniga qasd qildim oyi, uni

yashashdan mahrum qildim,

gunohga botdim...

- Nega bunday ahmoqlik qilib qo'yding qizim? Axir... axir sen

qabihlik tarbiyasini olmagan,

xokisor qiz eding-ku, nega

o'tkinchi tuyg'u uchun bunday

qabihlikga bording? Nega axir,

nega? - Yig'lamang oyi, ko'z

yoshlarizga arzimasligim

yuragimni battar o'rtamoqda.

Ortiq bu azoblarga chiday

olmayman...Men ahmoqona

qastdimni oldim, o'zimcha undan qast oldim! "Sevgida

hayotimni unga

bag'ishlagandim, uning ham

hayoti faqat men uchun bo'lishi

kerak edi. Menga nasib

qilmagan ekan, boshqaga ham nasib qilmaydi" qa'bilida ish

tutdim. Aslida, katta xatoyim,

undan ayrilganimni

bilganimdan so'ng sabrli

bo'lolmaganim. Agar o'shanda

nafratdan qast olish haqida o'ylamaganimda, unga baxt

tilab sabrli bo'lolganimda yoki

sinfdoshlarim tadbiridagi bo'lib

o'tgan ko'ngilsizlikni sizga

aytolganimda edi... Balki siz

meni bunday qabihlikdan to'xtatib qolgan bo'lar edingiz.

Kun kelib men ham baxtga

yetardim, so'ngan orzularim

qayta jonlanardi, qizingizning

baxtini ko'rib yuzingizda faqat

quvonch bo'lardi. Lekin... ming afsus meni ko'zlarim ko'r

ekanini kech tushundim,

o'tkinchi dunyoda

yashayotganimizni xato

qilganimda bildim. Vaqtni esa

ortga qaytarib bo'lmaydi. Nafrat, jahl, - aqlni o'ziga

bo'ysundirishga urunadi. Bu

hayotda sabrli bo'lgan odam

baxtli hisoblanar ekan...