tungi.ru

Kimda xato? (tanlovga)N1 (2-bet)

edi. Nihoyat quyosh chekindi, yulduzlar birin ketin charaqlay boshladi, o'sha kuni qishloq osuda tun qo'ynida orom olardi. Osmon to'la yulduz. Yangi yetilgan kungaboqarlar sarg'ayib turgan oyning nimrang shu'lalaridan olmazor xisobsiz kumush sirg'alas taqqan edi.

Kech soat 21:00 da Shoxrux anhor ustida qizni kuta boshladi, lekin undan hadeganda darak bo'lmadi. U ko'prikdan o'tib kallaklangan majnuntol tagida biroz o'tirdi, soat ham o'nga yaqinlashib qoldi, qishloq esa doimgidek jim-jit, ko'chada hech kim ko'rinmasdi. Tekis oqayotgan suv ichida yarim kulcha oy mo'ralab turardi. Shoxrux uni poylab turib, tosh otmoqchi bo'lib qo'lini ko'tardi, ammo otmadi. Oyning ichida Durdonaning jilmaygan ko'zlari ko'ringanday bo'lib ketdi. Yigitcha tikilib qoldi. Oydan u o'tirgan joygacha uzun soya tushib turardi. Tolmikin? Shu savol xayoliga keldi-yu, shoshib orqasiga o'girili. Shunday uning tepasida ko'zlari lovillab Durdona turardi.

-cho'chib tushdingizmi?- so'radi u jilmayib.

Shoxrux sakrab o'rnidan turdi.

-ayam uxlashlari bilan chiqdim.

-rahmat, dedi sevinib, kelganing juda yaxshi bo'ldi, ancha qo'rqqan edim.

-men ham... Hech yolg'iz chiqmaganman kechqurun. Ko'p kutdingizmi?

-yo'q, hozir keldim, dedi yigit ham uni ranjitmaslik un

-juda yaxshi.

Ikovlari jim qolishdi. Kun bo'yi ancha gapni o'ylab qo'ygan Shoxrux hozir nima deyishni bilmasdi. Durdona ham uyalganidanmi, yo hayojonlanganidanmi, jim edi. Bu jimlik ancha cho'zildi.

-aylanamizmi? Nihoyat tilga kirdi yigitcha.

-kech-ku juda ham!

-birmasga maylimi?

Durdona jilmaydi.

-mayli.

Shoxrux sekin uning tirsagidan ushlab turishiga yordamlashmoqchi bo'ldi.

-kerakmas dedi qiz va qo'lini bo'shatib oldinga tushdi.

-Durdona!..

-hm-m...

-siz... Yo'g'e, sen... Sen juda chiroylisan.

-qayoqda? Nahotki? Durdona hayron bo'lib qoshlarini chimirdi, keyim o'z savolidan o'zi uyaldi shekil, boshini egdi.

-ha, juda chiroylisiz...

-Iyi nega sizlayapsiz?

-o'zim ham xayronman, tilim o'zimga bo'ysunmay qoldi. Kecha uchrashganimiz esingdami? Xuddi shu joyda tiqilib qolmen deb qo'rqitib yuborgan eding, o'shandayoq hayron qolgan edim. Siz... Sen o'zgarib ketibsan.

-siz ham dedi sekingina Durdona.

-yo'q, men o'sha-o'shaman.

-men ham.

Shoxrux uning bu gapini o'zicha tushindi.

"o'psam-chi?" xayol qildi.

"o'psam indamasmikin?" u sekin qizning qo'lidan ushlab to'xtatdi.

Qiz ham to'xtab unga o'girildi.

-bilasanmi? Negadir yuragim g'alati hisiyotlar og'ushida qoldi. Nazarimda men... Men sevib qoldim. Eshityapsanmi? Sevib qoldim.

Durdona unga tikildi. Shu payt yigitcha uning chap yuzidan Cho'lp etib o'pib oldi.

-nima qilyapsiz? - qiz shunday dedi-da, bir siltanib qo'lini bo'shatdi va bilagi bn ko'zlarini yashirdi. Shoxrux qo'rqib ketdi. " Ketib qolsa-ya" lekin qiz ketmadi. Faqat bir-ikki qadam undan uzoqlashib to'xtadi.

-yaxshi emas... Sevishmasdan turib shunday qilib bo'ladimi?

-bo'ladi, shunday deb yana uning qo'lidan ushladi. Qiz tisarildi.

-to'xtang, Durdona, to'xtang! Gaplarim rost, hazilashmadim. Birinchi marta shunday qilishim. Yaxshi ko'raman sizni, eshityapsizmi? Yaxshi ko'raman.

Qiz nima qilishni bilmasdi. U bunchalik tez shu gaplarni eshitishni kutmagan, shunday bo'ladi deb o'ylamagandi. Shoxrux uning jim turganini ko'rib, yelkasiga qo'lini qo'ydi. Issiq, yoqimli nafasi dimog'iga urildi.

-nega indamaysan? Yoki yigiting bormi? Uyalma aytaver!

Qiz jim edi. U boyagidek o'zini olib qochmas, qimirlamasdi. Birdan u titray boshladi, keyin qiynalib yutindi. Yigit xavotirlanib unga qaradi. Uning ko'zlari jiqqa yosh.

-nima bo'ldi, Durdona? Xafa qilib qo'ydimi?

Qiz boshini tebratdi.

-unda nega yig'layapsan?

-O'zim shunday... Qachon ketasiz?

-bilmayman, atigi 3 kun qolmoqchidim, nimaydi?

- Ketmang!

-Shoxrux sevinchi ichiga sig'may uni bag'riga bosdi.

O‘xshash hikoyalar