tungi.ru

...::: FARXOD VA SHIRIN :::... (Tanlov uchun.)

...::: FARXOD VA SHIRIN :::...

Farxod yangi beznesmenlardan ammo 3, 4 safardan buyon ishlari yurushmay, anchagina katta mablag`ga tushub qoldi. O`zini o`nglab olish uchun, qarzlarni yig`a boshladi. Bir tanishi kattagina qarz olgandi-yu, ammo anchadan beri tutquch bermayotgan edi. Shu tashvishda erta tongdan uni qishlog`iga bordi. O`sha qarzdorni uyiga kelib chaqirdi. Ammo u firibgar, uyida bo`lsa ham chiqmadi. Alam bilan ortiga qaytar ekan, bir xonadonning ochiq darvozasi oldida taqqa to`xtab qoldi. Atrofga bir qarab olgach ochiq darvozadan ichkariga qaradi. Biroz narida, nogironlar aravachasida, gulzordagi gullarga humush termulib o`tirgan masuma qizdan ko`zlarini uzolmay qoldi. Bu farishtaday qiz nogoh o`g`rilib u tomon qaraganda. Farxod o`zini huddi o`g`riday xis etib tez ketib qoldi. Ammo o`sha kundan keyin halovatini yo`qotdi, o`sha qizni masum chehrasi bir zum bo`lsada hayolidan ketmasdi...

Bir necha kun, o`sha qarzdorni izlab kelish asnosida, o`sha darvoza oldida to`xtab o`tdi. Bazida qiz xovlida yurgan bo`lardi, bazida esa ko`ra olmasdi. Juda-juda shu qiz bilan gaplashgisi kelardi. Bir qarorga keldi, shu qiz bilan gaplashaman...

Har kuni qayta-qayta shu darvoza oldida o`tdi. Nihoyat qiz xovlida ko`rindi. Farxod asta darvozadan bosh suqdi va ovoz berdi.

- Kechirasiz? -darvozadan ikki uch qadam ichkariga kirdi.

Qiz qo`ng`iroqday, ammo biroz g`amgin oxangda salom berdi.

- Sizga kim kerak edi? -qiz aravachasini biroz g`ildiratib yigit tomonga burdi.

- Mamur akalarni uyi qayerdaligini aytolmaysizmi? -dedi, nima diyishni bilmay qarzdorni uyini so`radi. Aslida o`zi bilsada.

- Keling o`g`lim xizmat? -uy ichidan chiqib kelgan qizni onasi Farxodni, qiz bilan bir og`iz gaplashish rejalarini buzub yubordi.

Ammo afsuslanmay, ko`ksiga qo`lini qo`yib qizning onasiga salom berdi va undan ham o`sha qarzdorni uyini so`radi. Onasi bajonidil ko`rsatib, tushuntirib yubordi...

Farxod qarzdorni uyi oldida turar ekan, agar qarzini qaytarsa nimani boxanasida kelman bu yerga! Shu xayolda ancha turib qoldi. Ertaga kelarman, dedida ortiga qaytdi. Uyiga qaytayotib o`sha darvoza oldida to`xtadi. Yana darvozaga bosh suxdi. Endi qizni qo`lida qandaydur kitob bor edi.

Ovoz, qildi.

- Kechirasiz, yaxshi qiz?

Qiz boshini kitobdan ko`tardi.

- Labbay!

- Kun juda qizdirdida, suv ichib olsam maylimi? -Farxod gulzor ichiga oqayotgan shilangga ishora qildi.

- Ichaqoling! -qiz muloyimlik bilan ruhsat berdi. So`ng aravachasini ortiga burdi. Farxod qiz mandan tortindi deb o`ylagan edi. Ammo qiz, sal naridagi stoldan piyola olayotgani ko`rdi. Farosatli qiz ekan, suv ichishim uchun piyola olib kelmoqchi. Lekin qiz bir qo`lida piyola bo`lgani uchun, ikkinchi qo`li bilan aravachasini boshqara olmay qoldi. Buni darxol sezgani uchun Farxod tez borib qizni aravachasini ortidan yetalab gulzor oldiga olib keldi.

- Piyola men uchunmi? -qiz tomonga qo`l cho`zdi.

- Marhamat! -qiz piyolani yigitga uzatdi.

Farxod piyolaga suv to`ldirib ichar ekan, atayin juda sekin va ho`plab ichardi.

- Qo`lingizdagi qanday kitob namuncha kotta?

- Hazirat Alesher Navoyining Hamsasi...

- Ko`rsam maylimi? -Farxod yana biroz gaplashib voqt cho`zishni maqsad qilgandi.

- Marxamat! -dedi, qiz bir bo`lak qog`ozchani hatcho`p o`rni foydalanib o`qiyotgan betga qistirdi. So`ng Farxodga kitobni uzatdi.

Farxod kitobni varog`lar ekan, hech nimani tushunmay bir ikki jumlani o`qigan bo`ldi. Asta zimdan qizni oyday, ammo masum chehrasiga termuldi. Qiz ham yigit qarab turganini sezib, ko`zlarini olib qochdi. Hayajonini bildirmaslik uchun barmog`larini uchuni o`ynadi.

- Kitob o`qishni yaxshi ko`rar ekansizda? -asta qizga kitobini uzatdi.

- Ha bekor o`tirgandan ko`ra...

- Uyda bekor changbosib yotgan kitoblar bor sizga olib kelib bersam bo`lar ekan... -dedi.

Qiz bu notanish yigitning kutilmagan marhamatidan, biroz hayron qoldi.

- Man ertaga kelaman, kitoblarni albatta olib kelaman! -Farxod qo`lidagi piyolani qizga berdiyu o`zi ketdi...

Uyiga kelib, hamma javonlarni qidira-qidira nihoyat ikkita kitob topdi. Buklangan varoqlarini avaylab to`g`irladi, changlarini tozaladi. Qani endi, tezroq erta kelaqolsa edi. Huddi ertangi imtixonga tayorlanayotgan talabaday yuragi beyhalovat urardi...

Erta to`ngdan korxonasiga bordi. Ishlari ancha to`xtab qolgan. Lekin, bugun hafa emas avvalo hujjatlarni ko`rib chiqdi. Bugun hodimlariga baqirib-chaqirmadi, yaxshi gapirib, biroz ishni oldiga jilitgan bo`ldi...

O`zi esa yana o`sha masuma qizni oldiga oshiqdi. Mashinasi ko`cha bo`shida qoldirib o`zi tor ko`chaga kirdi. Har doyimgiday o`sha xonadan eshigi ochiq, xovliga qaradi. Xech kim yo`q...

O`tib ketdi, yana bugun ham qarzdorni uyini chaqirgisi kelmadi. Asta ortiga qaytdi. Ochiq darvoza oldida turar ekan, bugun qizni ko`ra olmaganidan afsusda...

Birzum hayolga cho`mib, hovlida o`ziga qarab turgan ayolni ko`rmay qoldi. Ayol savolomus nazar bilan boqib turardi. Bu galham o`g`riday ketib qolgisi kelmadi. Ikki qadam qo`yib ichkariga kirdi.

- Assalomu a`laykum!

- Va`alaykum assalom, keling o`g`lim? -ayol xaliham hayrat nazarida qarab turardi.

- Qizingiz ko`rinmaydilar!

- Qizimda nima yumushiz bor o`g`lim? -endi ayolni qiyofasi jiddiylashdi.

- Kitob vada qilgan edim, shuni berib qo`ysayz! -Farxod paket sumkaga solingan kitoblarni, qizni onasiga uzatdi.

Ayolni mehribon chehrasida, mamnunlik paydo bo`ldi.

- Qizim u ichkarida edi, berib qo`yaman. Sizga kattakon rahmat o`g`lim!

- Arzimaydi, uyda yana kitoblar ko`p keyingi gal yana opkelaman. Bo`pti man boraqolay! -Farxod nimalar degani o`zi ham tushunmay, asta ortiga qaytdi.

- Kechirasiz o`g`lim! -ayol Farxodni to`xtatdi.

- Eshitaman!

- Sizni bir nechabor, ko`rdim. Mamurjonni topa oldizmi?

- Yo`q!

- Manimcha, kechga yaqin kelsayz uylarida bo`lishsa kerak! -dedi ayol. Farxod ayolni bu malumotidan hayron bo`lganini yashirmay ayolga o`ychan nazar tashladi.

- Mamurjonni katta o`g`lini qonida virus bor ekan, o`shanga ular yugur-yugur bilan doyim do`ktirda bo`lishadi! -deb izoh berdi ayol...

Farxod ayolni so`zlaridan keyin, ensasi qotib hayrlashib ortiga qaytdi. Qarzdorni ahvolini tushunishga urundi, bekorga o`shanda shunchalik yalingan ekanda. Ehh bekorga qarg`ab yurgan ekanman deb hayolidan o`tqazdi. O`ylab-o`ylab nihoyat ehson qilib yuborishga qaror qildi...

Ikki, uch kun davomida korxona ishlariga shung`ib ketdi. Ishlari ancha tartibga tushib qolgan, o`zi esa aylanma stulida hayolga berilib o`tirardi.

Bu qiz, negadur hecham hayotlimdan ketmayabdi. Ismini nima degandi. Haya hali ismini aytmadiyu. Yana o`sha qizni ko`rib, ikki og`iz gaplashgim kelyabdi. Boraman oldiga, ``TAP`` etib kaftlarini stol ustiga urdida o`rnidan turdi. Nima olib borsam ekan, shirinlik, gul eee yo`q mani no to`g`ri tushunsachi yarimta ko`nglini og`ritib qo`ymay yana. Hafsali pir bo`lib asta o`rniga o`tirar ekan. Ko`zi stolida turgan qalin miqovali daftarga tushdi. U qizga kitob olib boraman, dedida soatiga qaradi. So`ng shoshilgancha shoshilgancha chiqib ketdi...

Kitob do`konida yurar ekan, kitoblarni ko`pligidan qay birini tanlashga boshi qotdi. Sotuvchining maslahatiga ko`ra 3, 4 ta ommabop, asarlar to`plamini sotib oldi. O`zgacha hissiyotlar va qandaydur qo`rquvda edi. Hissiyotga berilgani yana qizni ko`raman, qo`rquvi esa qiz xovlida bo`lmasich, onasi ichkariga kiritmasachi degan hadikda edi. Ammo darvozadan ichkariga qaraganda, ko`zlari quvnab ketdi. Qiz yana qip qizil bo`lib ochilgan atirgullar oldida. O`sha kattakon kitobini o`qib o`tirar edi. Mayin esayotgan shamol, qizni rumoli ostidan chiqib turgan zulfini uyog`dan bu yog`ga hilpiratar edi.

Farxod ikki bor eshik qoqdi:

- Kechirasiz yaxshi qiz!

Qiz kitobdan boshini ko`tardiyu, tezda chakkasidagi yoshni sidirib tashladi. So`ng mayin ovozda:

- Keling! -dedi.

- Kechirasiz, havo rosa issidida tomog`lar qaqrab ketdi! -dedi yana gulzorga ishora qildi. Lekin gulzorda shilangdan oqayotgan suv yo`q.

Qiz ham asta osmonga qaradi. So`ng jilmayib lablarini kafti bilan to`sdi:

- Marhamat keling! -dedida yana aravachasini ortga burib naroqdagi stol oldiga keldi. Farxod asta ichkariga kelarekan, o`zi aytgan gapidan o`zi kulgusi keldi. Chunki havo biroz bulutli, buni ustiga mayin shaboda esmoqda edi...

Qizga yaqin borar ekan, qiz choynakdagi sovub ulgurgan choydan bir piyola quyib qo`lida ushlab turardi. So`ng Farxodga salom berib, tavoze bilan piyolani uzatdi. Choyni ikki ho`plab ichgach, huddi ko`p yillik qadirdonday qizga tabassum bilan boqdi.

- Choyiz uchun katta rahmat, mana-bu sizga! -qo`lidagi kitobni qizga uzatdi. Qiz biroz ikkilanib turdida asta kitobni oldi. Kitobni zamonaviy miqovasiga bir qarab oldi:

- Yangi sotib oldizmi?

- Yo`q uyda bor edi! -dedi. Bu qiz manga achingani uchun, kitob olib kelibdi deb o`ylamasin degan niyatga yolg`on gapirgandi. Lekin negadur yolg`on gapirgani uchun ko`ngli g`ashlandi. Tez bu dilni hira qiladigan vaziyatdan chiqish uchun gapni boshladi.

- Hali ham o`qib tamomlamadizmi, bu kattakon kitobni? -dedi. Qiz yo`q ishorasi bilan bosh qimirlatdi.

- Adashmasan bu kitobda 5 ta doston yozilgan?

- Ha!

- Siz qay birini o`qib tugatdiz?

- Layli Majunu, Toxir va Zuhroni o`qib tugatdim!

- Juda tasirchan, ekansiz! Boya kirganimda yig`lab o`tirgandiz. Sizni qay bir qahramon taqdiri bunchalik yig`latti?

Qiz, asta jilmaydi, ammo sal uyalganidan yuzi qizardi.

- Farxod va Shirin!

- Farxod va Shirin? -o`zini ismini bu qizni lablaridan eshitgani uchun yuzida tabassum paydo bo`ldi. - Farxod yaxshimikan yo yomon? -dedi.

- Yaxshi ammo!

- Ammo? -deb qizni so`zini takrorladi.

Qiz asta yelka qisti:

- Hali ohiriga bormadim, bu ilohiy muhabbat tarixini? -qiz juda ajoyib tarif berdi.

- Ohirga borganizda so`zlab berarsiz?

- Ohiri, malum-ku, fojiya bilan tugaydi! -qiz hursunib qo`ydi.

- Deyarli tanish bo`lib qoldik, lekin ismizni bilmayman? -dedi.

- Siznikichi? -dedi qiz.

- Avval siz aytaqoling? -dedi Farxod.

Qiz qo`lidagi, kitobga biroz termuldi so`ng:

- Ismim Shirin! -dedi.

- Tasodufni qarang, maniki Farxod! -avvaliga ikkisi ham buni hazilga olib, biroz muddat jilmayib turishdi.

- Mening ismim chindan ham Shirin! -dedi qiz.

- Meniki ham, rostdan Farxod! -dedi.

Endi qizni qiyofasi jiddiy tus oldi, bu oshirib yuborilgan xazilday qabul qilgandi. Farxod buni darxol sezdi. Orqa cho`ntagidan Pasportini oldi:

- Mazah qildi deb o`yladiz-aaa? -qizga Pasportini ochib shaxsi yozilgan yerini ko`rsatdi.

- Abdullayev Farxodjon! -qiz pichirlagancha ism-familyani o`qir ekan. Botinib Farxodni yuziga qarab qo`ydi. So`ng uyalib ketdimi, yuzi qizardi. Pasportni qaytib berar ekan, Farxodni barmoqliri Shirinni barmog`lariga tegdi. Shirin beyhos pastga tushurib yubordi. Aravachasini biroz orqaga olgan edi, oyog`idagi bir poy shippagi yechilib ketdi. Farxod tezda Pasportini yerdan olar ekan. Asta qizni bir poy shippagini qo`liga oldi. Deyarli bir tizzasini yerga qo`ygancha engashdi. Qizni jonsiz oyoqlarida asta ushlab shippagini kiyg`azdi. Qiz bu kutilmagan iltifotdan hayajonga tushib, atrfga alanglardi.

- Oyog`iz qimirladi? -Farxod birdan bir parda yuqori ohangda gapirvordi.

Qiz asta bir tutam, zulfini eshib qulog`i orqasiga qistirib qo`yar ekan:

- Sal qimirlaydi! -dedi mahzum ohangda.

- Kechirasiz Shirin, bir narsa so`rasam ko`nglingizga olmaysizmi? -dedi, yana qizni noziklashib ketgan oyog`chasidan ohista ushlab.

- So`rang!

- Avvaldan... Yo keyin bo`lganmisiz! -Farxod endi bir qo`li bilan ikkinch oyog`idan ham ushladi.

Qiz o`zini ojiz ko`rsatmaslik uchun, o`zini majburlab asta jilmaydi.

- 8-Sinfda o`qiyotgan edim, umurtqamda disk churrasi paydo bo`lgandi. Davolandim, ammo bora-bora shunday bo`lib qoldim! -dedi.

- Shirin hozir necha yoshdasiz?

- 16... -dedi qiz.

``Ey hudo, namuncha yosh? Bechora qizga o`zing sifo ber`` Farxod bir lahza, achinish hissi bilan hudoga nola qildi.

- Do`ktirga uchrab turibsizmi? -dedi.

Shirin biroz sukunatdan keyin:

- Ha... -deb javob berdi.

Yo`q mani aldayabdi ``Eh ota onalar, shunchalik toshbag`irmisiz?`` deb yubordi ichida. So`ngra atrfga qaradi, eskirib ketgan uylar ``qaysi ota-ona bolasini majruh bo`lishini istardi, faqat yetishmovchilik sababdur, qizni ko`rish ilinjida kelaveribmanu oylaviy ahvoliga etibor bermabman!`` orada o`zini ham koyib ketdi. So`ng asta o`rnidan turdi:

- Hudo hohlasa tuzalib ketasiz, man ertaga yaxshi Nevraherurg olib kelaman! -dedi.

- Do`ktir olib kelasizmi?

- Ha, ertaga albatta olib kelaman. Ko`rushkuncha Shirin! -Farxod asta darvoza tarafga yurdi.

- Ko`rishkunch... Farxod aka! -Shirin ham eshitar-eshitilmas shivirlab qo`ydi...

Farxod ketgach, anchadan buyon uy ichida kuzatib turgan Shirinni onasi chiqdi. Asta qizini boshini silab:

- Qizim bu yigit kim, sanga nimalar dedi?

- Bilmadim oyijon, ertaga do`ktir olib kelaman dedi?

- Nega olib keladi, kim o`zi?

- Hayronman oyijon, ismi Farxod ekan menga shunisi ayon!

- Farxod... -onasi ensasi qotdi.

- Ha... Farxod hujjatida shunday yozilgan...

Ona bola, uzoq termulib qolishdi Farxod ketgan eshikka qarab, ikkalalarini ham hayollarida turli savollar.

"Nega?"

"Nim uchun?"

"Kim u?"

Balkiy pok niyatdadur!

Farxod o`sha kuniyoq, ishga kirishdi. Jarroh bo`lib ishlaydigan, opasini o`rtaga qo`yib. Shirinni kasaliga davo topa olaishi, mumkun bo`lgan har bir Nevraherurgga bordi. Lavzi harom bo`lmasligi uchun, yalindi-yolvordi. Nihoyat boshqa viloyatdan topdi...

Ertasi kuni, Shirin do`ktir kelishiga ishonib, kun bo`yi ko`cha eshikka termulib o`tirdi. Farxod kelmadi, balki manga rahmi kelib shunchaki aytgandur. Kun ham qoraydi kelmadi, aldamasa ham bo`lardi, biroz dili og`ridi...

Shirinni onasi ko`tarib arang joyiga olib kirgan edi. Onasiga rahmi keldimi, yo o`kinib kettimi yig`lab yubordi.

- Balki vaqti bo`lmagandur qizim? -qizini ko`nglini juda yaxshi tushungani uchun, qizi nima uchun yig`lab yuborganini sezgandi.

- Yo`q oyijon unga yig`lamyabman! -Shirin onasidan yashira olarmidi... Shu payt ikkalalari ham jim bo`lib qoldilar.

- Oyijon darvoza taraqlayabdi? -dedi.

Onasi derazadan qarab suyunib ketdi:

- Qizim do`ktir bilan kelyabdi! -dedida ularni boshlab kelish maqsadida hovliga chiqib ketdi. Shirin tezda ko`zidagi yoshlarni sidirib, o`zini tartibga solib oldi.

- Salom Shirin! -Farxod tabassum bilan xonaga kirib keldi.

- Assalom a`laykum Farxod aka! -dedi. Farxod birinchi bor Shirinni bundayin ochiq yuz bilan jilmayishini ko`rdi.

Ammo xonaga kirib kelgan, oppoq xalatli kishi Shirinda qo`rquv xissini uyg`otti...

Do`ktir Shirinni tekshirdi.

- Do`ktir nima deysiz?

- Uka vaxliroq, ko`rsatmabsilarda qizni qiynabsiz? -dedi do`ktr, Farxodga qarab. Onasi biroz hijolat bo`lib:

- Do`ktirlar, kech bo`ldi degan!

- Tibbiyot kundan kunga rivojlanmoqda, bekorga aytilmaydi tez tez kelib turing deb, sizlar to`xtab qolgansiz! -do`ktir ham chindilgan kuyinib gapirardi.

- Do`ktir endi nima qilaylik? -Farxod ortiqcha gap so`zlarga nuqta qo`ydi.

- Endi klinikaga yotqizamiz, toyyor turasizlar ikki haftadan keyin, Germanyadan mutahasis kladi! -dedi.

Onasini rangi o`chdi.

- Do`ktir uka, qanchaga tushadi?

- Chetildan mutahasis keladi opa har qala oz emas... 5000 $!

Bu katta summani eshitib, Shirinni ham, onasini han, nafasi ichiga tushib ketdi.

- Bo`pti olib boramiz, qachondan yotqizamiz kilinikaga? -dedi Farxod.

- Ertadan qolmasin! -dedi do`ktir.

- Ho`p!...

Farxod do`ktirni kuzatib, qaytib keldi. Onasi nima deyishga hayron edi.

- O`g`lim bizda buncha mablag` yo`q! -dedi.

- Uyog`idan xavotir olmang... Ona... Sizni ona desam maylimi? -dedi.

- Mayli o`g`lim! -biroz esankirab qoldi.

- Ona... Shirinni dadalari bilan maslahatlashib olsam?

Ayol biroz o`ychan skunatda qoldi.

- Farxod aka... Dadam olamdan o`tgamlariga besh yil bo`lgan! -dedi Shirin.

- Bilmabman kechring ona... Mana man sizga o`g`il bo`lib oldizda turaman!

- Marhamatiz uchun katta rahmat o`g`lim... Lekin ota-onayz!

- Ota onam olamdan o`tib ketganlar. Opam va pochchami qo`lida katta bo`lganman. O`z beznesim bor havotir olmang. Mayli ona man uyga qaytay ertaga kelaman! -Farxod xayirlashib uyiga ketdi...

Farxod ketganidan keyin, Shirinning ko`ziga uyqu kelmadi. U ham sevinar, ham qo`rqar.

Sevinchi boyisi, nahot yana avvalgiday yura olaman!

Qo`rquvi esa, yana kasalxonaga borishi. O`sha xilor xidi bosgan xonalar. Oppoq xalat kiygan do`ktr, xamshiralar, qancha-qacha dardman kishilar. Bularning hamma-hammasi Shirinning qalbiga qo`rquv solar. U yana o`sha ``endi yura olmaysan`` degan so`zlarni qayta eshitishdan qo`rqardi. Lekin Farxodni samimiy qiyofasini ko`z oldiga keltirar, bu esa uning yuragini tinchlantirib qo`rquvini aritar edi...

Onasi bomdod nomozini o`qish uchun turganidan keyin Shirin ham o`tirib oldi. Diqqat bilan onasining ibodatiga qulog` solib o`tirar edi. Onayi zor, eng ezgu tilaklar, ko`zida yosh bilan. Notanish yigitning haqqiga duvo qilardi. Hammasini eshitib turgan Shirin ham qo`llarini duvoga ochdi. Ohirida qizining dardiga shifo so`rab ibodatini tugatdi...

- Assalom a`laykum oyijon ibodatiz qabul bo`lsin.

- Aytganing kelsin qizim. Nega vahli turib olding?

- Uyqum kelmadi! Oyijon halizamon Farxod aka kelib qolishadi. Oppoq ko`ylagimni olib bering!

- Ho`p bo`ladi, qizalog`im! -onasi hursad bo`lib ketdi. Chunki qizi Farxodni kelishiga chiroyli kiyinib olmoqchi ekananligini allaqon sezgan edi...

Endigina nonustaga, o`tirishgan edi. Ko`cha eshik taraqladi. Onasi boshini ko`tarib, oynadan qaradi.

- Qizim Farxodjon kelibdilar! -degancha shoshib chiqib ketdi.

Shirin joyida o`tirar ekan. Hayajondan yuragi entikar, ko`zlarini eshikdan uzmas edi.

Farxoda asta uy ichiga kirdi. O`zi bilan faraxbahsh tongning, iliq nafasi olib kelganday, Shirinning qalbida o`zgacha bir muhit paydo bo`ldi.

- Assalomu a`laykum Farxod aka!

- Va`alaykum assalom, Shirin qalaysiz?

- Yaxshi! -Shirin xonaga kirgan onasiga bir qarab qo`ydi.

- Ona tayyormisizlar ketamiz, mashinani tor ko`chaga olib kirdim. Yo`lni to`sib qolmasin! -dedi Farxod.

- Ha tayyor! -onasi Farxod nimani nazarda tutgani sezib darov Shirinni ko`tarishga chog`landi.

- Maylimi! Agar Shirin ho`p desalar o`zim mashinaga olib chiqaman! -dedi.

Onasi avval qiziga so`ng Farxodga bir qarab oldida:

- Mayli o`g`lim! -dedi.

Farxod asta Shiringa yaqinlashdi. Shirin bir qo`lini ko`tarib, Farxodni yelkasiga qo`ydi. Farxod bir qo`lini Shirinni yelkasidan, ikkinchisini tizzalari tagidan o`tgazib, yengil harat bilan ko`tarib oldi. Asta xovliga chiqar ekan, qo`lidagi Shiringa ko`z tashlab qo`yardi. Uzun qora sochlari, chiroyli taralgan. Egnidagi oppoq libosi o`ziga juda yarashgan. Farxodning narzida, Shirin huddi falaklarda uchib yurgan malakday. Unga botinib qarashning o`zi katta gunohday bo`lib tuyuldi...

Hammalari mashinaga o`tirishdi. Farxod ortiga o`g`rilib, asta jilmaydi.

- Manabuni olib qo`ying, dori darmonga ishlatasiz. -dedida bir dasta paketga o`ralgan pullni uzatdi.

- Yo`q, rahmat o`g`lim kerag emas!

- O`g`lim deysizu rat etasizmi? -Farxod pullni uzatib turaverdi.

- Ahir o`g`lim! -onasi hijolat tortib pulni oldi. - Keragi yo`g` edi. Shirinxonni nafaqa pullarini (nogironlik nafaqasi) yig`ib qo`ygan edim!

- U pullarga Shirinning o`zlariga ishlatarsiz. Qani duvo quling yo`lga chiqishimizdan avval! -Farxod ortiqcha gaplarga nuqta qo`yib qo`lini duvoga ochdi.

- To`leyiz baland bo`lsin. Birni bersangiz mingni oling... -onasi uzoqdan-uzoq duvo qildi...

Kliknikaga yetib kelishdi. Shirinni shinam xonalardan biriga joylashtirdilar. Farxod o`zi yugur-yugur ishlarni to`g`irlab bo`lgach xonaga kirdi.

- Ona, Shirin endi man ketishim kerak!

- Ketasizmi? -Shirin tajublandi.

- Tez-tez kelib turaman. Shirin siz qo`rqmang opamdan iltimos qildim halizamon kelib qoladilar...

- Opangiz?

- Opam ham jarroh, faqat o`zimizda Paliknikada. Iltimos qilgan edim o`z xisobidan tatil oldilar. Sizga opam qarab turadi! -dedi.

Onasi yana biroz hijolat tortdi.

- Opangizni ovora qilibsizda o`g`lim!

- Yo`q hijolat tortmang, opam juda yaxshi ayol bir og`iz aytgandim yo`q demadi. Har qal o`z kaspida. Mayli man yana kelaman! -deb esh

O‘xshash hikoyalar