...::: FARXOD VA SHIRIN :::... (Tanlov uchun.) (2-bet)
yana kelaman! -deb esh tutquchini uchladi.
- Qachon kelasiz? -Past ovozda shivirladi Shirin. Ammo onasidan uyalib yuzi qizardi. Farxod ham eshitib asta ortiga o`grildi.
- Ertaga kelaman!
Farxod mashinada uyga qaytar ekan. Faqat bir narsani tezda bankka borib, kerakli pulni olishni o`ylardi.
O`ylab ham o`tirtmadi, bankdan kridit oldi. Agar bu pullarni vaqtida to`lay olmasa. Ishlari orqaga ketishi, xatto bankirot bo`lishi ham mumkun. Ammo unga bu narsalarni qizig`i yo`q, u faqat Shirinning tuzalib ketishini o`ylardi xolos...
Shirinni bir necha kun aperatsiya tayorlashdi. Nihoyat aperatsiya qilinadigan kun keldi. Farxodni telifoni jiringladi. Opasi aperatsiya boshlanayotganini aytdi. Ammo Farxod haliham kabinetidan chiqib keta olmayabdi.
Yana bir qo`ng`iroq.
Opasidan, aperatsiya boshlanganini aytdi. Askiga olib bugun solig`dan kelishgan. Nihoyat hammasini tugatib endi mashinaga o`tirgan edi. Yana qo`ng`iroq!
Opasidan tabriklab aperatsiya yaxshi o`tganini aytdi...
Farxodning quvonchini cheki yo`q. U kliknikaga yetib keldi. Sabirsizlik bilan uyoqdan buyoqqa yurib, Shirinni palataga olib chiqishlarini kutmoqda edi...
Nihoya hamshira, kelib Shirin ko`zini ochganini palataga olishganini aytdi. Sevinganidan hamshirani cho`ntagiga biroz pul soldida o`zi palatga yugurdi. Shirin iliq tabassum bilan kutib oldi. Hissiyotga berib ketib, Shirinni yanoqlaridan, peshonasidan bir ikki bor o`pib oldi. Hissiyotga berilib, Shirinni biroz uyaltirib qo`yganini keyin sezdi. Ammo bundan har ikkisi ham hafa bo`lishmadi...
Asta kunlar-haftalarga, haftalarlar-oylarga ulanib boraverdi. Duvo bilan el ko`karar deganlariday, Farxod hech qanday talofat ko`rmadi. Aksincha ishlari yurishgandan yurishib boraverardi. Buyog`da Shirin ham asta oyoqqa turib yura boshladi. Avvaliga har bir qadam bosishi qotib qolgan paylariga o`ta qattiq og`riq berar. Shunga qaramay Farxodning ham manan, ham moddiy ko`magi ostida oyoqqa turib borardi. Bir yarim yil deganda hassani tashlab o`zi yuradigan bo`ldi...
Shirin erta tongda turib ko`chalarni supirayotgan edi. Ko`chani boshiga Farxodni mashinasi kelib to`xtadi. Mashinadan tushayotgan Farxodni ko`rib ko`zlari chaqnab ketdi. Farxod oldiga keldi salomlashishdi. Farxod supirilgan ko`chaga qarab jilmaydi.
- Shirin sizga yarashar ekan!
- Nima?
- Kelin bo`lish! -dedi. Shirinni asta yuzi qizardi bu xolatdan chiqish uchun:
- Farxod aka uyga kiraylik nonushta qilamiz! -dedi.
- Ertaga opam bilan kelsak maylimi?
- Sizni tushuna olmayabman?
- Sovchilikka... Avval sizni fikrizni bilay degandim Shirin?
Shirin buni kutmagan edi. Shunga biroz ikkilanib qoldi.
- Shirin sizga bosim o`tgazgim yo`q. Ko`nglingiz boshqada bo`lsa tortinmang aytavering. Sizdan hecham hafa bo`lmayman! -dedi.
Shirin asta jilmaydi.
- Roziman, qolgan ihtiyor oyimda! -dedi.
Farxod Shirinni roziligini olgach tezda ortiga qaytdi...
Bu taklifdan keyin Shirin ko`p oylandi. Negadur ko`nglida qo`rquv bor. Farxodni o`ziga yurak yutib aytmagan bo`lsa ham uni sevishini biladi. Ammo hali oyla qurishga tayyor emasligidan biroz cho`chirdi. Shularni o`ylab onasiga Farxodni taklifini aytdi. Onasi bundan sevindi, albatta bir kun Farxoddan sovchilar kelishini bilardi. Ammo bunchalik tez bo`ladi deb o`ylamagan edi. Chindan ham qizi hali oyla qurishga tayyor emasdi...
Onasi sovchilar kelishiga astoydil tayorgarlik ko`rdi. Yoshi katta qo`ni qo`shnilarni chaqirdi. Nihoyat ertasi kuni sovchilar kelishdi.
- Opa Shirinxonni ukam Farxodjonga so`rab keldim! -dedi Farxodning opasi.
- Rahmat singlim... Lekin Shirinxon hali yosh buni ustiga o`qishga kirmoqchi edi!
- Ukamni bilasi aqilli tushungan yigit. Shirinxon o`qishni istasa albatta o`qitadi!
- Farxodjonni bilaman lekin... Mayli non sindirib qo`yaylik. To`yni sal nari suraylik... -dedi.
Farxodni opasi ayol nima uchun hijolat chekayotgani tushundi.
- Opajon ko`p kuyunman. Ho`jayinim toparman inson. Ukam ham kam emas. Bizga Shirinxon kerak xolas... Boshqa hech nima kerak emas... -Farxodning opasi hamma ishinni pishitib chiqdi...
* * * * *
Yor-yor sadosi ostida asta to`yxonaga kirib borishar edi. Hammani yuzida tabassum. Bu to`y xuddi ertakka o`xshaydi. FARXOD VA SHIRIN chindan ham ertakni o`zginasi. Kelin dugonalari bizilari hasatda, bazilari havasdan kuzatib turishibdi. To`y kutilganidan ham a`lo o`tdi. Asta to`y nihoyasiga yetti. Yangalar bu ajoyib sevgi tarixini yakuni hayirli tugaganidan xursand ikki yoshni muqaddas chimildiqqa kuzatib qo`yishdi. Ammo bu baxtli yakun emasligini bilishganmikin o`sha chog`da...
Chimildiqqa kirganlaridan keyin o`tirib, hamma amallarni bajardilar. Asta kiyimlar yechila boshlaganda Shirin yig`lay boshladi. Qo`rqayotgandur degan hayolga borib asta erkalamoqchi edi. Shirin o`zini olib qochdi. Bu xoldan Farxod tajublandi.
- Iltimos manga tegmang? -dedi Shirin.
- Shirin qo`rqma endi biz er-xotinmiz!
- Yo`q man qo`rqaman!
- Shirin buni qo`rqadigan joyi yo`q. Mana manga qara man Farxodman, san Shirin biz endi Farxod Shirinmiz! -Farxod har qancha tushunturmasin Shirin tushunmas edi.
Farxod Shirin nima uchun bunday qilayotganini hecham tushuna olmasdi. Tushuntirishlari naf bermagacha chimildiqdan chiqib ketdi. Biroz asabiylashib xovlida yurgan edi.
- Nima bo`ldi ukajon? -opasi ko`rib oldiga keldi.
- Yo`q hechnarsa!
- Hech nima bo`lsa nima uchun kelinimni yolg`iz qoldirib bu yerda o`tiribsan?
- Man Shirinni tushuna olmayabman!
- Hali yangi begona joyga ko`nika olmayotgandur.
- Shundaydur balkim. Lekin umuman oldiga yaqinlashtirmayabdi!
- Hozir o`zim gaplashib ko`ray! -opasi Shirinni oldiga kirib ketdi va bir necha daqiqadan so`ng qaytib chiqdi.
- Ukajon sanga opa emas, do`ktir tariqasida aytaman. Qizlarda chimildiqqa munosabat har-xil bo`ladi. Bazilarida ijobiy, bazilarda salbiy. Shirin ikkinchi toyifaga kirar ekan. Bunga sabab boshidan o`tkazganlari bo`lsa kerak. Faqat sabirli bo`l kelinimga jahil qilma ko`ngliga qara bir kun kelib o`zi tushunib oladi!
- Shunaqasi ham bo`ladimi?
- Bo`ladi ukajonim!
- Baribir tushunarsiz, boshida aytganda boshqa gap edi!
- Ukajonim asabiylashma... Uni sevasanmi?
- Ha!
- Unda uni ko`ngliga qara! -dedi...
Farxod yana asta xonaga kirdi. Shirin huddi yoshboladay yig`lab o`tirar edi.
- Shirin man ablah emasman. Man xotinimga hech qachon zo`rlik qilmayman. Sanga tegmayman! -Asta Shirinni ikkita chakkasidan ushladi. -Manga ishonasanmi?
- Him!
- Mani sevasanmi?
- Ha!
- Istamasang butun umur tegmayman. Faqat mandan qo`rqib yig`lama. Mayli san devonda yot, man pastda yotaman. Bir-birimizni shunib olgunimizgacha, boshqalar oldida er-xotin ro`lini o`ynaylik!
- Ho`p! -dedi Shirin.
Farxod pastga to`shak to`shab bitta yostiq qo`yib yotib oldi. Jaxli chiqayotganini bildirmaslik uchun tezda uxlashga harakat qildi. Shirin ham o`tirib-o`tirib ohiri uhlab qoldi. Bir necha kun shu ahvol takrorlandi. Tunlar zerikarli o`tmasligi, hissiyotlar bezovta qilmasligi uchun Farxod har-xil kitoblar olib kelib Shirinni o`qishga kirishga tayorlay boshladi. Kun degani ham asta o`tib boraverar ekan. Farxod so`ramas lekin, Shirin o`zi aytar degan maqsadda umid bilan kutardi. Ammo bir lahzaga bo`lsa ham undang ko`ngli sovumas. Aksincha toboro unga bog`lanib borardi...
Mana bugun to`ylariga ham bir yil bo`lyabdi. Shirin osh qildi, o`ziga oro berdi. Ammo ha deganda Farxod kelavermas edi. Qo`l telifoni o`chirilgan, soat ham o`ng ikkidan oshgan. Havotirga tushib qoldi. Nihoyat soat tungi ikki dan oshganda Farxod kirib keldi. G`irt mas oyog`da zo`rg`a turardi. Shirin ham qo`rquvga, ham hayratga tushgandi. Shu choqqacha hech qachon Farxodni ichib kelganini ko`rmagan edi.
- Shirin hali uxlamadingmi?
- Sizni kutdim!
- Kutganing bilan nima o`zgarardi?
-...! -Shirin ayib o`zidaligi bilgani uchun gapirishga jurati yetmadi.
- Shirin biz er-xotinmiz... Ammo begonadaymiz. Shirin mandan qo`rqib turibsan to`g`rimi?
- Unday demang...
- Sezib turibman qo`rqyabsan. Ichib olib manga tashlanadi deb qo`rqyabsan. Bilib qo`y man ablah emasman. Man xotinimni yaxshi ko`raman. Man ablah emasman! -dedida ko`ksini yerga berga berib yostiqni quchoqladi. Yana bir necha bor:
- Man ablah emasman! -deb takrorladi va zum o`tmay uyquga ketdi. Shirin asta erini paypog`larini yechdi. So`ng pastga uni yoniga gilam ustiga yonboshladi. Nozik barmoqlarini Farxodning panjalari orasiga tiqdi. Farxod hech nimani bilmay uhlardi. Shirin bir yildan buyun, erini qanchalik qiynab kelayotganini bir-bir hayolidan. Har narsani chek-chegarasi borligini o`yladi. Bu ketishda Farxoddan ayrilib qolishi mumkunligini o`ylaganda esa, daxshatga tushdi.
- Endi hammasi o`zgaradi! -deb shivirladi...
Tong otganda Shirin yana o`z ishlarini qilishda davom etdi. Kun peshinga yaqinlashganda Farxod o`rnidan turib chiqdi.
- Shirin!
- Labbay! -Shirin hamma ishini tashlab erini huzurida paydo bo`ldi. Farxod biroz boshini changallagancha o`tirdi.
- Shirin kecha sani xafa qilib qo`ymadimmi?
- Yo`q!
- Ortiqcha gapirib yubormadimmi?
- Yo`q!
- Nazlimda bir nimalar degandayman. Agar bilmay hafa qilgan bo`lsam uzur!
- Aslida... -Aslida mani kechring degisi keldiyu ayta olmadi.
Erini ishga kuzatdi. O`zi esa chinakam xotinlik vazifasini bajarish uchun tayorgarlik ko`ra boshladi...
* * * * *
Farxod kechki ovqatdan keyin. Biroz telvizir ko`rdi. Negadur Shirin ko`rinmay qoldi.
- Shirin... Shirin! -ovoz berdi. Hargal labbay deb paydo bo`ladiga Shirin yo`qdi. Uyog`-bu yog`ni qaragan bo`ldi. Asta yotoqxonaga kirar ekan qotib qoldi. Yotoqxonaga pardalar tutulgan, huddi to`yi kunidagiday. Shirin esa ichkarida, boshiga yopinchiq yopgancha kutib o`tirar edi. Farxod bu chorlov ekanligini darov angladi. Asta Shirinning yoniga borib o`tirdi. Shirin mamnun kutib oldi. Sekin asta muqadas chimildiq amallarini bajardilar. Asta kiyimlar yechildi. Mana Farxod intiq kutgan kun keldi. Endi o`z yorini beymalol suyib erkalashi mumkun. Birinchi kechalari juda totli o`tdi. Shirin hato qilganini tushunib biroz afsus chekdi. Chimildik u o`ylaganchalik qo`rqinchi emas, aksincha yoqimli ekan. Farxod uchun ham bu qovushishning ahamyati katta. U shuncha sabir qilgan evaziga Shirinni butun qalbini o`ziniki qilib oldi va bu kurashda g`olib chiqdi...
Oylar o`tib Shirin xomilador bo`ldi. Bu davirda Shirin erkatoy qizga aylandi. Farxod g`amxo`r otada. Bu yoqimli sinov davridan ham o`tib oldilar...
Farxod tug`ruqxona oldida, bir nuqtada termulgancha turar. Fikri xayoli, bor diqqati Shirinda edi. Hozir uni ko`zi yoriyabdi. Do`ktrlar tug`ush og`ir o`tishi xaqida o`goxlatirishgan. Shuning uchun qo`rquvda, faqat tangridan madat so`ramoqda. Nihoyat hammasi tugagani haqida xabar berishdi. Tug`ish jarayonida Shirin ancha qiynalibdi. Shunga qaramay ona ham, bola ham sog`lom ekanligini aytishdi.
Lekin ikki, uch kungacha ko`rsatishmas ekanlar. Shunga qaramay Farxod hech qayerga ketmadi. Bir yarim kun eshik tagida turdi. Do`ktirlar uning sabriga yoki sadoqatiga qoyil qoldilarmi. Ko`rib chiqishga ruxsat berishdi. Xonaga kirar ekan, kravatda yotgan Shirin va jajji qizalalog`ini ko`rib suyinib ketdi. Shirinning iliq tabassumi u ko`nglidagi havotirini aritdi.
Asta qizalog`ini qo`lga olar ekan. Shiringa minnadorchilik bildirdi va peshonasidan o`pib qo`ydi.
- Mani asal qizim. Huddi onasingiz o`zi!
- Yo`q dadasining!
- Yarmi onasi, yarmi dadasi, mani jajji Shirinim!
- Farxod aka ism tanlaymizmi?
- O`zing tanlagan ismlar bormi?
- Ha! Zuxra?
- Zuxra Fotimani egizi-ku?
- Yo`q, qizimiz erta tongda tug`uldi. Ayni Zuxro yulduzi ko`ringanda!
- Qizim sizni ismingiz Zuxra! -Farxod qizini qulog`iga shivirladi.
- Balki qizimham, manga o`xshab o`z Toxirini topar?
- Balkim! -Farxod asta qiziga mehir bilan boqdi...
TAMOM.
Ikki hafta oldin KINOTIATR telikanalida Premyera Farxod va Shirin haqida kino qo`ydi ko`rgan bo`lsangiz kerak. Anonslar ketayotganda juda qiziqdim. Ammo kinoni ko`rganimdan keyin hafsalam pir bo`ldi. Man o`zgalarni mehnatini yerga qorish niyatidan yiroqman. Shunchaki Farxod obrizi yoqmadi. Yigit har ikki gapni birida ``MAN ERKAYMAN`` deyaverdi. Ammo o`zi beyburd hezimkashni ishini qilardi. Shunga qaramay ohirigacha ko`rdim. To`g`risi ohirida falokat bo`ladi deb o`ylagan edim. Ammo yaxshilik bilan tugagani manga yoqdi. Ohirida Shirin obrizini yaratgan qiz FARXOD VA SHIRIN dostonini o`qiganini aytdi. Uni shu gapidan keyin manam halovatimni yo`qotdim. Intirnetdan topdim, ammo telifonga qarab o`tirish ko`zni toliqtirib yubordi. Ertasi kuni qallig`imning uyiga chiqdim. Bo`lajak qaynonam hovlida kir yuvayotgan ekanlar. Salomlashib bo`lgach qaynonalarini javonlaridan bir ikkita kitob olib turishni so`radim. Hujraga olib kirdilar, kitoblarni ko`pligini. Darov Hamsani qidirishga tushdim. Topdim ham, ammo ko`zim to`yman yana ikkita kitob oldim. USTA VA MARGARITA, MUQADDAS & TILLA UZUK so`ng ortimga qaytdim. Avval ham Hazrat Alisher Navoyining Hamsasini o`qiganman. Ammo asosiy etiborni Layli va Majnunga qaratgan edim. Bu eng zo`r doston deb o`ylagan edim. Lekin 3 kun davomida FARXOD VA SHIRINNI o`qib adashganimni tushundim. Bu dostonlarni bir biridan ustun qo`yib bo`lmar ekan. Erinmay mag`zini chaqib o`qib tugatganimdan so`ng o`ylab qoldim. Man ham o`zimning Farxod va Shirin hikoyamni yozaman deb. Ammo bu oson kechmadi. Deyarli bir hafta tunda bir-ikki soatlab yozishib juda ko`p oylashimga to`g`ri keldi...
Hozir ko`chada anig`rog`i orqa tarafdagi bog`daman. Havo bulutli sal yupun kiyinibman etimni junjuktiryabdi. Lekin havo biram toza ilhomim kelyabdi. Lekin uxlashim kerak soat ham 00:40 bo`pti...
Hullas hikoyam yoqadi degan umiddaman...
TAMOM.
Muallif: -MAJNUN-