tungi.ru

Jinsiy sovuqqonlik sababi nimada? (by Probel)

Er-xotin munosabatlari yaxshi

bo’lishi uchun jinsiy

munosabatlarning ahamiyati

juda katta. Hozirgi zamon

muammolaridan biri – bu

erkakning jinsiy

munosabatlarga bo’lgan

ehtiyojining pasayishidir.

Bu holat ayniqsa, yoshi 30-40

atrofidagi juftliklarda keng

tarqalmoqda. Bunga sabab,

aynan bu yoshda erkaklar

ishga yoki karyera qilishga

berilgan bo’ladilar.

Har bir erkakda jinsiy

ehtiyojini qondirish

muddatining o’rtacha davri

bo’ladi. Bir erkak uchun har

kuni jinsiy aloqada bo’lish

talab etilsa, boshqa erkakka

haftada yoki oyda 1 marta

aloqa qilish yetarli bo’ladi. Bu

faktor asosan ularning

yoshligidan shakllanib kelgan

gormonal salomatligiga bog’liq

bo’lib, unga biroz ta’sir qilish

mumkin, lekin keskin

o’zgartirishning iloji yo’q. Ya’ni

jinsiy aloqaga oyda 1 marta

ehtiyoji mavjud erkakni tabiiy

ravishda har hafta aloqa

qilishga ehtiyojini

uyg’otishning iloji yo’q.

Muhimi shundaki,

turmushning ilk yillarida erkak

qanchalik aktiv yoki passiv

bo’lsa, umr davomida tashqi

faktorlar ta’sir etmasa, bu

ko’rsatkich atrofdagilarga

nisbatan deyarli o’zgarmaydi.

Ya’ni 20 yoshdagi do’stlariga

nisbatan aktiv erkak 60

yoshida o’zining yoshligiga

nisbatan passivroq bo’lgani

bilan, 60 yoshlik do’stlariga

nisbatan baribir aktivroq

bo’ladi.

Ayollarda erkaklardan

farqli o’laroq hayot

davomida yuz

beradigan keskin

gormonal o’zgarishlar

tufayli jinsiy ehtiyoj

doim o’zgarib turadi.

Yuqoridan xulosa

chiqaradigan bo’lsak, erkak

turmushning ilk yillarida

aktivlikni ko’rsatgan bo’lib, bir

necha yil o’tgach birdan jinsiy

ehtiyoji pasayib qolgan bo’lsa,

bunga biron tashqi faktor

ta’sir qilganligi aniq.

Tashqi faktorni izlashdan

oldin, erkak haqiqattan jinsiy

aloqada uzoq vaqt

bo’lmayotganiga amin bo’lish

zarur. Ba’zilar turmush

o’rtog’iga jinsiy sovuqqonlik

ko’rsatgani bilan, jinsiy

ehtiyojlarini boshqa ayol yoki

boshqa usullar bilan

qondirishni davom etayotgan

bo’lishi mumkin. Agar ushbu

holatga shubha bo’lmasa, u

holda yuz berayotgan

passivlikni sababini izlasa

bo’ladi.

Eng asosiy faktor – bu

charchash. Charchov va stress

to’g’ridan-to’g’ri erkakning

jinsiy ehtiyojiga ta’sir

ko’rsatadi.

1. Erkak ish kunlari kamida 8-9

soat uxlashini ta’minlash

zarur;

2. Dam olish kunlari kun

mobaynida ham bir necha

marta uxlash talab etiladi;

3. Ishdan kelganda, kitob

mutoala qilish, yoqimli

teleko’rsatuv ko’rish yoki

boshqa biron

bo’shashtiradigan va asabni

buzmaydigan faoliyat bilan

shug’ullanish lozim.

Yaqin insonni yo’qotish, qattiq

ruhiy zarba olish, ba’zi

jismoniy kasalliklar, moliyaviy

holatning keskin o’zgarishi

kabi holatlar ham jinsiy

ehtiyojni qisqa muddatga

bo’lsa ham o’zgartirib

yuboradi.

Keyingi faktor – ovqatlanish.

1. Uch oy muddat davomida 2

kunda bir tansiq ovqatlar bilan

tamaddi qilish zarur. Bedana

tuxumi, qo’y go’shti, mol

go’shtidan tayyorlangan

jarkob, dimlama, osh, manti

kabi milliy taomlar ayni

muddao;

2. Xamir ovqat, makaron, non

va non mahsulotlari kabilar

miqdorini kamaytirish lozim;

3. Shirinliklardan ko’ra ko’proq

meva va sabzavotlarni yeyish

maqsadga muvofiq bo’ladi.

4. Yong’oq, xandon pista,

bodom, yer yong’oq kabilarni

har kuni yeyish tavsiya etiladi.

5. Turshak va pomidor

spermotozoidlarning miqdori

va sifatiga ijobiy ta’sir

ko’rsatadi.

Spermatozoidlarning

ko’payishi natijasida jinsiy

ehtiyoj ham ortadi.

Yana bir muhim faktor –

erkakning psixologik holati.

1. Erkak jinsiy ehtiyoji

pasayganligi sababini o’zida

ko’rmasligi lozim. Buning

uchun xotini jinsiy

munosabatlar sustlashib

ketayotganiga urg’u

beravermasligi ma’qul. Jinsiy

passivlikka oddiy charchov

sabab bo’lishi mumkin, lekin

ayolining gaplaridan so’ng

erkak siqilib sababini jinsiy

ojizligida, deb bilishni

boshlaydi. O’z erkakligiga

ishonchini yo’qotgan erkakni

jinsiy aloqaga undash undan

ham qiyin bo’ladi.

2. Er-xotin munosabatlarida

jinsiy aloqaning o’rni kamayib

ketayotgan bo’lsa, bunga

farzandlarning kech uxlashi,

ayolning charchab qolishi yoki

boshqa er-xotinga bog’liq

bo’lmagan faktorlarga erkakni

ishontirish lozim. Erkak unda

muammo borligini

anglamasin.

Erkaklar uchun bu juda

nozik masala ekanligini

unutmaslik lozim.

Aloqaga ayoli undab

turganida javob bera

olmagan erkak befarq

ko’rinsa ham, aslida

juda qiynaladi.

3. Romantik kechalar, go’zal

ichki kiyimlarni bu davrda

chetroqqa surib qo’yish kerak.

Xotini ajoyib romantik tun

uyushtirganiga qaramay, jinsiy

ehtiyoji uyg’onmagan erkak,

ichida qattiq siqiladi va

erkaklik kuchiga bo’lgan

ishonchi yanada pasayadi.

Undan tashqari bunday

kechalarning natijasi bir

martalik bo’ladi, xolos,

muammo negiziga ta’sir

etmaydi.

Ushbu tavsiyalarni doimiy

ravishda amalga oshirgan

holda ham erkakning jinsiy

ehtiyojini o’zgarishiga kamida

3 oy talab etiladi.

Shu 3 oydan so’ng ham

erkakda passivlik davom

etaversa, u holda biron jinsiy

infeksiya yoki boshqa tibbiy

muammo borligiga shubha

qilsa bo’ladi.

Bir erkakdagi aktivlik

yoki passivlikni bilish

uchun uni boshqa

erkak bilan

solishtirmaslik muhim.

Erkakninig jinsiy

ehtiyojini o’zgarishini

faqat o’zining bundan

oldingi bo’lgan aktivligi

yoki passivligi bilan

solishtirish lozim.

Undan tashqari

turmushning ilk 1-3

oydagi jinsiy aktivlik

normal ko’rsatkich

emas. Asal oyi

o’tgandan so’ng davom

etgan jinsiy

munosabatlardan

erkakning jinsiy aktiv

yoki passivligini ko’rsa

bo’ladi.

Erkakda jinsiy passivlik yuz

berganida befarq bo’lish kerak

emas. Ayoliga kerak bo’lmagan

holda ham, erkakning kuchini

qaytarish lozim. Erkaklik

kuchini yo’qotib borayotgan

erkakning o’ziga bo’lgan

ishonchi, hurmati pasayib

ketaveradi. Shunda u

yonidagilarga qo’pollik, jahl va

asabiylikni namoyon qila

boshlaydi. Eng yomoni, jinsiy

ojizligi sababini xotinidan

izlasa. Xotini sababchi emas

ekanligini yuqoridagi

faktorlarni bartaraf etibgina

bilish mumkin.

Boshqa hikoyalar