Sirli Shaxarcha [ TRILLER ]
O'zimni
tanishtirsam, men ismim Erik.
Bolgariyadanman. Men yoshligimdan sho'x, odamlar
bilan tez chiqishib ketaman. Maktabni tugatib o'zimi
shaxrimdagi eng nufuzli kollejga menejerlik soxasi
bo'yicha kirimoqchi bo'ldim va bunga, 2 yil kollejga
kirish uchun astoydil harakat qildim. Bu 2 yil
tayorgarlikdan so'ng hamma meni albatta o'qishga
kiradi deb o'ylagandi. Imtixon kuni ham keldi, test
men o'ylagandan qiyinroq ekan. Qo'limdan
kelganicha yechdim. Lekin afsus shuncha
mehnatimga yarasha javob bo'lmadi, talabalik
menga nasib etmadi. Bundan to'g'risi juda xafa
bo'ldim, o'qishga qiziqish ham qolmadi. Kunlarning
birida internet orqali o'zim kirolmagan kollej bilan
nufuzi teng kollejga ko'zim tushib qoldi. Bu kollej
ham o'zimizda joylashgan bo'lib chekka o'rmonlar
ichidagi shaxarchada edi. Oldin ham bu o'qish
haqida eshitgan edim ammo u yerga borishga
yuragim dov bermas edi chunki bu o'qish haqida turli xil
bo'lmag'ur gaplar bor, ayniqsa shu o'qish
joylashgan shaxarcha odamdi yuragida vaxima
uyg'otadi. Bu shaxarcha atrofi o'rmon bilan o'ralgan
bo'lib, o'rmon judayam qo'rqinchili va qop qorong'u.
Hatto kunduz paytida ham o'rmonga quyosh kam
tushadi. Bunga baland o'sgan daraxtlar sabab. Bu
shaxarchada kichkinaligi uchun odam kam yashedi.
Aytishlaricha bu shaxarchaga kelgan odamlardi
ko'pi bedarak yo'qolar ekan. Qancha qidirishsa ham
yo'qolgan odamlar topilmas ekan. Ularni qayerga
ketgani sir bo'lib keladi shuncha vaqtdan beri. Lekin
men shu shaxarga borishga qaror qildim va yo'lga
otlanishga qaror qildim. ammo
bu qarorimi ota onam
maqullamadi. Ular mendan ayrilib qolishdan
qo'rqishdi axir u joyga borganlarni ko'pi qaytib
kelmas edida. Ular meni bu yo'ldan qaytarishga
xarakat qilishdi. Lekin men ularni ko'ndirdim, albatta
buning uchun ham menga ancha vaqt kerak bo'ldi.
Ular rozi bo'lganidan so'ng men narsalarimi
yig'ishtirishga kirishdim. Unchali ko'p narsa
omadim, kiyimlar, mayda chuyda narsalar va
noutbuk oldim xalos. Narsalarimi yig'ishturgunimcha
kech ham tushdi va ota onam bilan ovqatlanishga
o'tirdim. Ovqatlanib o'tirar ekanman ularga qaragan
sarim uyimdan ketgim kelmas, ota onami tashlap
ketishga ko'zim qiymas edi. Lekin ketishga
majburman, u o'qishga ayniqsa ko'p yillardan beri
sirli bo'lib ketayotgan o'sha shaxarchaga borishni
istardim. Qandedur kuch meni o'sha sirli shaxarcha
tomon chorlar edi. Mana
men uchun sirli notanish
maskanga ketadigon kunim ham keldi. Lekin
ertalabdan yomg'ir yog'ib havo qora bulut edi. Hatta
shu havo ham yuragimda g'alati xis uyg'otib turibdi.
Endi nonushtaga o'tirar ekanman, eshik qo'ng'irog'i
chalindi. Eshikni ochsam qarshimda yoshlikdan
birga o'sgan do'stim Jek turibdi. U bilan salomlashib
ichkariga taklif qildim. U ham onamdan
ketayotkanimi eshitib kelibdi. U bilan
mexmonxonaga o'tib ancha suxbatlashdi. Suxbat
mobaynida u Bu shaxdimdan qaytishimi, va o'sha
shaxarchaga bormasligimi ko'p marotaba so'radi.
Lekin u ham meni bu shaxdimdan qaytara olmadi.
So'ng u meni o'sha shaxarchaga olib borib
qo'yishini aytdi. Saot 10 larda ota onam bilan
xayrlashdim va do'stim bilan yo'lga otlandik.
Moshinaga o'tirib oynasidan uyimga, ostonada
turgan ota onamga, ayniqsa onami ko'zidagi yoshni
ko'rib meni ham ko'zimga yosh keldi.(shu
paytgacha uyimi tashlab uzoqga ketmagan edim).
Uyimdan uzoqlasha boshladi, lekin xali ham men
uchun qadrli maskandan ko'z uzolmas edim. Uyimdan ancha uzoqlashdim
lekin yuragimi bir parchasi uyimda qolib ketgandek
edi go'yo. Yo'lda Jek bilan suxbatlashib borar
ekanmiz u meni manzilimga olib borib qo'yib ortiga
qaytishini aytdi. Ancha yo'l yurdi 5 saotcha chamasi
kegin barga kirib tushlik qildi va yana yo'limizi
davom ettirdi. Oradan ancha vaqt o'tganiga
qaramay yomg'ir tez yog'ar to'xtashni o'rniga
tezlashardi. Mana nixoyat shaxarchaga ketib
kelishimizga ozgina qoldi. O'rmondan o'tib olsak
uyog'i shaxarcha. O'rmonga kirib borar ekanmiz
yuragim g'ash bo'lishni boshladi. O'rmon ichida
yomg'ir shiddat bilan yog'ar edi. O'rmon xaqiqatdan
ham qo'rqinchili, qop qorong'u edi. Qancha yursek
ham o'rmonni oxiri yo'q edi go'yo. Birdan moshina
matori o'chib qoldi Jek qancha xarakat qilmasin o't
olmas edi. Moshina matori qiziganligi tufayli
yo'limizi vaqtincha davom ettira olmadi. Tashqarida
esa shiddat bilan yo'mg'ir yog'ar shuning uchun
moshinadan tashqariga chiqa olmas edik. Yomg'ir,
qorong'ulik yuragimi vaxima egalladi. Tezroq shu
lanati o'rmondan chiqib ketishni istardim. Jek ham
asabiylasha boshladi. Men esa faqat moshina
oynasidan tashqarini kuzata boshladim. Ajabo
bizdan sal nariroqda uy ko'rindi. Negadur bu uyni
endi payqadim. Uy xilvatli, tashqaridan juda
qo'rqinchili ko'rinar edi. Uyini kuzata boshladim. Uy
atrofi jim jimjit. Uyni 2 chi qavatidagi deraza orqali
kimdur bizga qarab turganini sezdim. Yuragim
g'alati bo'lib ketdi, naxotki ajalimiz yetgan bo'lsa.
Yana xavotirda o'sha derazaga qaradim. Xich kim
yo'q endi. Birdan osmonda chaqmoq paydo bo'ldi va
yomg'ir o'z o'zidan to'xtadi. Atrof ozgina bo'lsa ham
yorishdi nazarimda. Birdan moshinamiz ham o'z
o'zidan o't oldi. Ajobo bu qanday sir sinoat. Men bu shaxarchaga kelib bir
uyga joylashdim, yana bu uyda osiyodan kelgan
Steni degan yigit ham bor edi( u kecha kelgan ekan
bu uyga). Ijara narxi ham yomon emasdi. Biz turgan
uy 2 qavatli bo'lib, meni honam 2 qavatda. Honam
keng, shinam o'zimga ham ma'qul keldi. Stenidi
xonasi ham 2 qavatda joylashgan yo'lakni oxiridegi
xona edi. Bu uy judayam hashamatli emas, lekin
unchali xarob ham emasdi. Xar holda yashasa
bo'ladi. Men xonamga narsalarimi joylashtirib
pastga mexmon xonaga tushdim. U yerda Jek
qahva ichib o'tirgan ekan. Men tushganimdan so'ng
u men bilan hayrlashib ortga, uyiga ketdi. Men Steni
bilan juda yaxshi chiqishib ketdim. U bu yerga shu
shaxarga qiziqib qolgani uchun kelibdi. Bu shaxarni
sirlarini o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi ekan. Bir zumda
kech ham tushdi endi yotib uxlash kerak, ertaga
kollejda birinchi o'qish kunim. Steniga xayrli tun tilab
xonamga kirdim va qattiq charchaganimdan uxlab
qoldim. Mana nixoyat tong otdi, men kutgan va orzu
qilgan kun bugun. Pastga tushsam Steni nonushta
tayorlagan ekan, oshxonada nonushta qilib kollejga
yo'l oldim. Steni esa uyda qoldi. Kollej bilan uyimiz
orasi unchali uzoq emasdi. Piyoda 10 minutli yo'l.
Kollejga kelib o'zim o'qidigon guruxga yo'l oldim.
Snifxona 1 qavatda ekan, kirdim. Va ko'zim oxirgi
o'rinda o'tirgan qizga tushdi. Ajabo qanday go'zal
bo'lmasa bu xilqat. U
qiz juda ham go'zal edi. Oppoq
yuzli, sochlari tim qora, ko'zlari ham qora edi. Bir
necha soniya undan ko'z uzolme qoldim. U xonaga
kirganimga parvo ham qilmadi. Bir nigox tashladida
menga so'ng boshqa qaramadi. Lekin o'sha bir
nigohi yuragimga olov yoqdi, unga oshiq bo'ldim.
O'qituvchi meni qolgan guruxdoshlarimga
tanishtirdida borib joyimga o'tirishimni aytdi. Xona
15 ta talabaga moslashtirgan, shuning uchun ham
o'tiradigon o'rindiqlar ham 15 ta edi. Men bilan 15 ta
talaba bo'ldik. O'qituvchi dars o'tishni boshladi,
vaqti vaqti bilan es hushimni o'g'irlagan o'sha
go'zalga pinxona nazar tashleman. Lekin u bunga
umuman etibor qilmasdi. Meni o'ziga jalb qilgan
yana bir narsasi uni bo'ynidagi tumor edi. Tumor
romb shaklida bo'lib, sariq qanaqadur toshdan jilo
berilgan edi. U xich qaysi talaba bilan gaplashmas
faqat orqa o'rindiqdegi 2 ta qizga bazida o'tkir nigoxi
bilan qarar edi. Dars tugagandan so'ng, guruximdan
bir yigit bilan do'stlashdim. Uning ismi Met edi. U
bilan tez chiqishib ketdik. Uning uyi mening uyimga
yaqin joylashgan edi. Shuning uchun biz darsdan
so'ng uyga birga qaytdik. Metdan o'sha aql
hushimni o'g'irlagan o'sha qiz haqida so'radim.
Uning aytishicha u qizni ismi Leksi bo'lib talabalar
bilan umuman gaplashmas, o'sha 2 ta qiz yani
o'sha 2 ta qiz uning opalari ekan. Faqat o'shalar
bilan gaplashar ekan. U qizga bo'lgan qiziqishim
orta boshladi. Shu suxbat davomida uyga ham
yetib keldim, Met bilan hayrlashib uyga kirdim. Uyda
Steni bor ekan. Xonamga kirib kiyimlarimi
almashtirib, onamga tel qilmoqchi bo'ldim. Go'shakni
onam oldi, ancha suxbatlashdi judayam sog'inibman
onajonimi. Suxbat orasida onam mendan Jek ham
sen bilan birgami, xaliyam uyiga bormabdi deb
so'rab qoldilar. Yuragimga xavotir oraladi. Onam
bilan xayrlashib go'shakni qo'yganimdan so'ng
o'ylanib qoldim. Jek unaqa bekordan yo'q bo'lib
qolishi mumkun emas edi. Kecha uyiga yetib borgan
bo'lishi kerak edi. Nega bormagan ??? U
qayerda ??? Bu yerda bir sir bor edi go'yo. Vaxima
bilan paski qavatga tushdim. Stenli mexmonxonada
televizor ko'rayotgan ekan. Unga bor gapni aytdim.
U ham bu ishga qiziqib qoldi. Biz uni o'sha qora
o'rmondan izlashga qaror qildik. Saot kunduzgi 2,
biz o'sha qora o'rmonga qarab yo'l oldik. O'rmon
ichiga ozgina kirdik. Atrof jim jit, tiq etgan tovush
yo'q. Birdan yana yomg'ir yog'a boshladi, Stenli
ortga, uyga soyabon olib kelish uchun ketdi. Men uni
shu o'rmonda kuta boshladim. Yomg'ir birdaniga
jiddatli tus oldi, uzoqdan ko'zim o'sha o'rmon
ichidagi bexalovat uyga tushdi. Men o'sha uy tomon
yura boshladim. Qanchalik qo'rqsam ham bu uy
shaxarchadan yaqinroq edi. Yomg'ir to'xtashini
o'sha uyda kutishga qaror qildim. Mana uy oldida
turibman, va eshik qo'ng'irog'ini bosdim. Eshik qo'ng'irog'ini bosganimdan
so'ng ichkaridan qadam tovushlari eshitildi va eshik
ochildi. Ichkarida 50 yoshlar atrofidagi bir ayol turar
edi. Men undan yomg'ir to'xtaguncha shu yerda
o'tirishga ruxsat so'radim. U bajonidil dedida meni
ichkariga taklif qildi. Men ichkariga kirdim. Uy ichi
nim qorong'u, deraza oynalari qora pardalar bilan
to'silgan, uyni ichi nixoyatda pokiza va hashamatli
edi. Tashqaridan bu uyni ichi bunchali hashamatli
deb o'ylamagan edim. Xonim meni mehmon xonaga
taklif qildi va u qahva olib kelish uchun
mehmonxonadan chiqib ketdi. Men mehmonxonani
zimdan kuzata boshladim. Mehmon xona devolida
qandaydur shaxslarni chizilgan partretlar bor edi.
Bir zumda xonim qo'lida qahva bilan kirib keldi va
mendan bu o'rmonda nima qilib yurganimi so'radi.
Men unga shunchaki o'rmonni tomosha qilib
yurganimi va birdan yomg'ir yog'ib yuborganini
aytdim (unga Jekni izlayotganim haqida aytmadim).
Suxbat orasida uni 3 ta qizi bilan shu uyda
yashashini bilib oldim. Bu ayol 50 yoshda bo'lsa
ham lekin yuzida bir dona ham ajin yoki tirish yo'q
edi. Yuzi nixoyatda tekis edi. Xonimni kuzatar
ekanman ko'zim uning bo'ynidagi tumorga tushdi.
Bu tumordi men sevib qolgan qiz Leksida ko'rgan
edim. Birdan tashqaridan eshik ochilganini va uyda
oyoq tovushlari eshitildi. Uyga kimdur kirganini sezib
yuragim g'alati bo'lib ketdi, lekin xonim bunga
umuman etibor bermadi. Ichkariga birin ketin men
bilan bir guruxda o'qidigon Leksi va uning 2 opasi
kirib kelishdi. Naxotki Leksi shu uyda yashasa ???
Leksining 2 opasi men bilan salomlashishdi va
qarshimdegi o'rindiqga o'tirishdi. Leksi menga bir
o'tkir nigoh tashladida u ham biz bilan o'tirdi. Leksi
onasiga: Bu yerda u nima qilyapti dedi (uning ovozini
birinchi marotaba eshitishim edi) ovozi juda yoqimli,
qanaqadur o'ziga jalb qilar edi. Onasi bo'lsa
xushmuomila oxangda adashib qolganimi aytdi. Ular
bilan ancha suxbatlashdi, xonimni aytishicha bu uy
merosdan merosga o'tar ekan. Suxbat davomida
Leksi boshqa gapirmadi lekin yana gapirishini juda
ham xoxlardim. Tashqarida yomg'ir tindi va
xonimga uyga qaytishimi aytdim. Xonim adashib
qolmasligim uchun shaxarchaga qadar Leksi meni
kuzatib qo'yishini aytdi, bu gapdan judayam xursand
bo'lib ketdim. Bu men uchun kutilmagan tuxfa bo'ldi.
Lekin Leksi onasiga norozi oxangda nigox tashladi
va eshikni qattiq yopib tashqariga chiqib ketdi. Men
ham xonim bilan xayrlashib tashqariga chiqdim.
Tashqarida Leksi turar edi va biz shaxarcha tamon
yo'lga tushdi. Yo'lda ketib borar ekanmiz, u menga
umuman parvo qilmas huddi uni oldida o'zimi
yo'qdek xis qilar edim. Shaxarchaga yetib
borishimizga ham 5 minutli yo'l qoldi. Unga pinxona
nazar tashlar ekanman birdan qanaqadur chuqurga
qoqilib yiqilib tushishimga bir baxiya qoldi. Shunda
Leksi qandaydur tez harakat bilan meni qo'limdan
tutib qoldi va meni yiqilishimga yo'l qo'ymadi. Ajabo
uni qo'li nixoyatda mayin va juda sovuq edi. Buni
sezganimi bildi va qo'lini mendan tortib oldi. Shundan so'ng biz yana yo'limizi
davom ettirdik, u men shaxarchaga kuzatib qo'ydi.
U bilan hayrlashmoqchi bo'lib ortimga qaraganimda
u qayergadur g'oyib bo'lgan edi. Mana uyimga ham
yetib keldim. Ichkariga kirganimda Stenli meni
ko'rib xursand bo'lib ketdi. Naxotki qaytding ?
Qayerda eding ? O'rmonda Seni yo'qligini ko'rib sen
ham izsiz g'oyib bo'lgansan deb o'ylagan edim.
Xayriyat tirik ekansan deb men bilan quchoq ochib
ko'rishdi. Negadur kayfiyatim yo'q, xonamga kirib
ozgina dam olmoqchi bo'ldim. Dam olar ekanman
ko'z oldimdan Leksi o'tdi. Naxotki u o'sha uyda
yashasa ? U o'zi kim ? Degan savollar bilan uxlab
qolibman. Juda charchagan ekanman ertalab 6 da
turdim. Pastga tushib Stenli uyg'ongunicha
nonushta tayyorladim va u uyg'ongach birga
nonushta qildi. Keyin esa men Met bilan o'qishga
ketdim. O'qishda meni ajoyib yangilik quvontirdi. (Davomi bor)....