Sirli shaxarcha 2 [ TRILLER ]
Yangilik shu ediki, biz gurux bilan
1 haftaga tog'ga dam olishga ketayapmiz ekan. Bu
yangilik barcha guruxdoshlarimga ma'qul keldi.
Leksi va uning 2 opasi ham bu taklifga rozilik berdi.
Ularni rozi bo'lganini eshitib judayam xursand bo'lib
ketdim. Ertaga tong saxarda biz yo'lga otlanishga
kelishdik. So'ngra esa gurux raxbarimiz to'g'ga olib
borib qo'yishga avtobus buyurtma qildi. Bugun dars
o'tmadik, yo'lga tayyorgarlik ko'rish uchun
barchamiz uyimizga tarqaldik. Do'stim Met bilan
uyga qaytdik. Uyga kirib bu yangilikni Stenliga
yetkizdim. U ham men uchun xursand bo'ldi.
Narsalarimi bitta sumkaga joyladim. Narsalarim
asosan kiyimlarimdan iborat edi. So'ng pastga
tushib Stenli bilan tushlik qildim. Uyda zerikganim
uchun Met bilan biroz ko'chada aylanib keldim. Kech
tushgani uchun ertaroq yotib uxlamoqchi bo'ldim,
lekin qani ko'zga uyqu kelsa. Ancha vaqt Leksini
o'ylab yotdim. Keyin uxlab qolibman, tushumda
Leksini bo'ynidagi tumorni ko'rdim. U o'zidan sariq
qandaydur nur taratar, va meni o'ziga tortar edi.
Qanchalik uzoqlashishga harakat qilsam shunchalik
tumorga yaqin kelar edi. Qo'rqib uyg'onib ketdim.
Tong yorishibdi saot esa ertalabki 7. Shoshilib
o'rnimdan turdimda yuzimi yuvib, o'qishga
shoshildim. Axir xozir yo'lga otlanishimiz kerak
edida. O'qishga yetib kelganimda hamma kelib
bo'lgan edi. So'ngra avtobusga, hamma joyiga o'tirib
joylashdi. Men Met bilan yonma yon o'tirdim, Leksi
esa oldimizdagi o'rindiqga o'tirdi. Avtobus asta
sekinlik bilan joyidan qo'zg'aldi va biz tog'ga qarab
yo'l oldik. Yo'lga tushganimizdan hamma
birdek xursand edi. Tog'ga borish uchun qorong'u
o'rmondan o'tish kerak edi. Lekin bu safar
o'rmondan o'tayotkanimizda yuragim umuman
g'ash bo'lmadi. Chunki biz ko'pchilik edik balki
shuning uchundur. Mana o'rmondan o'tib ham oldik,
endi tekis yo'ldan ketayapmiz. Uzoq uzoqlardan biz
yo'l olgan tog' ko'rinyapti. Tezroq o'sha yerga yetib
olsak edi, yo'l davomida Leksiga bazida ko'z
tashlab qo'yaman. U yo'lga termulgancha jim ketar
edi. Meni nazarimda u nimalarnudur o'ylayapti.
Qiziq u nima haqida o'yledi ekan a a ?! Bu menga
juda qiziq. Lekin bu haqida umuman bilolmasam
kerak. Ancha yo'l yurdik. Endi tog' yaqqol ko'rinib
turibdi. Xavo sovuq, qorong'u ham tushdi. Lekin
shunga qaramay to'xtamasdan yo'lni davom
ettiryapmiz. Endi tekis yo'l tugab, adir boshlangan
edi. Yo'l ham tekis emas, adirli yo'l bo'lgani uchun
chuqur ko'p, avtobusda siltanib ketyapmiz. Saot
tungi 8, manzilga ham yana 1 saotli yo'l qoldi.
Hamma yo'lda charchagan. Ko'pchilik yo'lda uxlab
ketyapti. Men ham charchadim, uxlab qolibman.
Birdan qattiq silkinishdan uyg'onib ketdim. Guruxde
qizlar biron falokat bo'ldi deb qichqirishar edi. Xich
nima bo'lmapti faqat avtobus baloni yorilibdi. Boshqa
zapas balon ham yo'q edi. Manzilga yetishimizga
atigi yarim saotli yo'l qolgandi xalos. Uzoqdan biz
borayotkan joy ham ko'rinib turibdi. Yaqin
qolganimiz uchun hammamiz maslaxat qildik va bir
qarorga keldi. Endi yarim saotli yo'lni piyoda bosib
o'tmoqchimiz. Axir tuni bilan avtobusda
qolmaymizku. Shunday qilib hamma yuklarini oldi va
avtobusdan tushib piyoda yolga otlandi. Atrof
qorong'u, jim jit . Lekin to'lin oy atrofni yoritib turibdi
va biz manzilimiz tomon oshiqdik. Piyoda yo'lga otlandik, oldimizda
daraxtzor. Shu daraxtzordan o'tsak biz dam
oladigon maskan. Gurux raxbarimiz va avtobus
xaydovchisi bizga yo'l bo'shchilik qilyapti. Men
Leksini oldida ketyapman. Bundan xursandman
chunki u bilan bu qadar yaqin yurmaganman. Yarim
tun ham barchamiz juda charchaganmiz, ozgina
dam olish maqsadida to'xtadik. 5 minut vaqt berildi
dam olishga. Xamma o'tirib dam olyapti, men ham
Leksini oldiga o'tirdim. U menga bir nigox tashlab
qo'ydi. Nigoxida norozilik aks etib turardi. Shu payt
uning telefoni jiringladi va u javob berish uchun
bizdan uzoqroqga daraxtzor tarafga ketdi. Uni
opalari bunga etibor bermadi va bir biri bilan
gaplashib o'tirishardi. Oradan ancha vaqt o'tdi, u
xali hamon qaytmadi. Tanafus tugaganligini yana
yo'lga tushishni aytdi gurux raxbarimiz. Men
Raxbarimizga Leksi telefonda gaplashish uchun
daraxtzor ichiga kirib ketganini va men uni chaqirib
kelishimi aytdim va Leksi ketgan tarafga qarab yura
boshladim. Ozroq yurdim lekin u yo'q. Bor ovozimda
Leksini chaqirdim ammo javob yo'q. Birdan
atrofimdegi daraxlar orasida nimanudur xirillagan
ovozi eshitildi. Sezdimki bu narsa men tamon
xarakatlanyapti. Ovozni eshitib meni vaxima bosdi
axir qorong'u daraxtzorda yolg'iz o'zim edimda.
Leksi qayerga ketganiga aqlim yetmasdi. Birdan
daraxt ortidegi maxluq menga tashlandi, bu katta
qora tusli bo'ri edi. Qo'rqanimdan joyimda qotib
qoldim. Bo'ri menga tashlanyotgan vaqtda nimadur
bo'riga kelib uruldi va bo'ri ancha uzoqga o'lik
xolatda yiqildi. Bo'rini qorniga esa daraxtni shoxi
tiqilgan xolatda yotardi. Bu xodisani umuman aqlim
idrok etolme qoldi, men turgan joyimda toshdek
qotib qolgan edim. Qarshimda esa Leksi turar edi. U
oldimga kelib:
- Tuzukmisan ?! Bu yerda nima qilyapsan ?!
- mmmeeen...
- o'zini bos xavf ortda qoldi, yur ketdik bu yerdan
- Lekin qanday qilib Leksi... Bu nima edi ?
- Bo'ri lekin endi bu yerdan ketish kerak
- Bo'rini ko'rdim lekin unga sen tashlandinku,
qanday qilib bo'riga kuching yetdi ???
- . . . . . . . . . . . . .
- Savolimga javob ber Leksi qanday qilib unga
kuching yetdi ???
- uuufff bo'ldi endi ketdik dedimu, men unga
tashlanmadim. Shunchaki yugurib borib borini
qorniga daraxtni shoxini tiqdim.
- Aldama sen juda tez yugurding, men buni sezmay
ham qoldimu
- Qo'rqaning uchun senga shunday tuyuldi, bo'ldi
endi ketdik yoki o'zim qaytaymi orqaga ???
Shu gapdan so'ng men unga boshqa savol
bermadim. Men hali ham karaxt axvolda edim. Biz
guruxga qaytdik va yana yo'lga otlandik. 15 minutli
yo'ldan so'ng biz dam olish oromgoxiga yetib
keldim. Bu bino tog' bag'rida joylashgan bo'lib 2
qavatdan iborat edi. Biz barchamiz 2-qavatga
joylashdik. Leksi bilan xonalarimiz yonma yon.
Charchaganimiz uchun barchamiz xonalarimizga
joylashib, uxlashga yotdik. Lekin xali hamon ko'z
oldimdan bo'lib o'tgan voqialar sira ham ketmas
edi. Bo'lgan voqealarni eslab uxlab
qolibman. Tushimda esa yana o'sha Leksini
bo'ynidagi tumor o'ziga chorlar edi. Tumor o'ziga
shu qadar jalb qilar ediki men beixtiyor unga
yaqinlashar edim. Tumorga juda yaqinlashdim, unga
qo'limi cho'zib ushlamoqchi bo'lganimda Leksi
qayerdandur paydo bo'ldi va meni ortga itarib
yubordi. Qo'rqib uyg'onib ketdim. Allaqachon tong
yorishib saot 10 bo'libdi. O'zimga kelish uchun
yuzimni yuvdim va kiyimlarimi almashtirib pastga
nonushta qilish uchun tushdim. Gurux raxbarimiz,
Mett, Leksini opalari va guruxdegi ayrimlar
nonushta qilayotgan ekan. Negadur ularni orasida
Leksi yo'q edi. Ular bilan salomlashib men ham
nonushtaga o'tirdim. Avtobus xaydovchisi esa
avtobusni tuzatgani ketibdi. Nonushta qilib bo'lib
tashqarida toza havoda biroz sayr qildim. Atrof juda
ham go'zal edi, ayniqsa tog' havosi musaffo. Bir oz
sayr qilib oromgoxga qaytdim. Gurux raxbarimiz va
Mett avtobus xaydovchisiga yordam berish
maqsadida uni oldiga ketayotkan ekan. Men ham
ular bilan yo'lga tushdim. Bir qancha vaqtdan so'ng
biz avtobusni oldiga yetib bordik. Ne ko'z bilan
ko'rayki xaydovchi o'lib yotardi. Biz qo'rqib ketdik
va unga yaqinlashdik. Uning bo'ynida tish izlari bor
edi. Biz ancha paytgacha o'zimizga kelolme karaxt
xolda turdik. So'ng gurux raxbarimiz bu yerdan
tezroq ketish kerakligini aytdi va biz darxol ortga
qaytdik. Gurux raxbarimiz bu bo'rini ishi bo'lsa
kerak dedi. Lekin bo'ri bo'lsa nega aynan bo'yinidan
tishledi. Meni shu narsa o'ylantirar edi. Shu voqeadan so'ng biz zudlik
bilan oromgoxga qaytdik. Yo'ldan ketib borar
ekanmiz ko'zim daraxtni orqasidagi Leksiga tushdi.
G'alati u bu yerda nima qilib yuribdi ??? Daraxtga
yaqinlashsam u yo'q. Xayronman 1 sekund ichida u
qayerga ketib qolgan bo'lishi mumkun. U shunchaki
ko'zimga ko'ringan bo'lishi mumkun emas. Men uni
aniq ko'rdim. Bu yerda qandaydur bog'liqlik bor. Bu
voqeaga Leksi ham aloqador. Shu hayol bilan bo'lib
yo'lda yiqilib ham tushdim. Oyog'imdan ozgina lat
yedim. Lekin qo'limdan ham ko'p qon oqar edi.
Lekin bunga umuman parvo qilmadim. Meni faqat
bitta fikr qiziqtiradi Leksi o'zi kim ??? Oromgoxga
yetib borib to'g'ri Leksini oldiga bordim. U
tashqarida o'rindiqda o'tirgan ekan.
- Leksi u yerda nima qilayotgan eding ??? U
qo'limdegi qondi ko'rdi. Negadur uni ko'zlari o'zgara
boshladi va u darxol yuzini boshqa tarafga burdi.
- Tushunmadim qayerda??? Nima balo bugun chap
tarafing bilan turdimi.
- Bo'ldi bas qil Leksi, ayt o'zi kimsan ?? Bilaman
sen oddiy inson emassan. Xo'sh maqsading
nima ???
- Xa to'g'ri men sizlarga o'xshab oddiy inson
emasman, bo'la olmiman ham. Xich qanday
maqsadim ham yo'q. Faqat tinch yashashni
xoxleman xalos.
- Unda kimsan ???
- Vampirman xa men vampirman. Bor endi shu
gapdi hammaga ayt. Xaydovchini ham men
o'ldirdim. Barchasiga men aybdorman. Leksini
ko'zida birinchi marotaba yosh ko'rdim. Uni kimligini
bilgach esa karaxt axvolga tushdim. Naxotki u ......
Vampir. Bu so'zlarga ishongim kelmasdi.
- Qachondan beri vampirsan ?
U menga manoli nigox tashladida
- Tug'ulganimdan beri.
- Opalaringchi ?
- Ular ham.
Mayli endi kirib biroz dam ol. Keyin gaplashamiz. U
xo'p dedi va o'z xonasi tomon ketdi. Lekin hali ham
o'zimga kelo olmayapman. Naxot men sevgan qiz
odam emas...Vampir. Bu qanday sinov bo'ldi. Uni kimligini bilgach o'zimga kela
olmasdan ancha tashqarida o'tirdim. Kech ham
tusha boshladi. Kechki ovqatni yemasdan xonamga
kirib yotdim. Qani endi ko'zga uyqu kelsa. Saot ham
tungi 2 bo'ldi. Bir payt derazadan kimdur kirgani
sezildi. O'rnimdan turib qarasam bu Leksi ekan.
To'g'risi uni ko'rib xayron bo'ldim. U menga mayus
nigoxi bilan termulib turar edi.
- Bu yerda nima qilyapsan ?
- Sen bilan gaplashib olsek bo'ladimi Erik ?
- Mayli yur tashqariga.
Leksi bilan tashqarida tongacha suxbatlashdi.
Bundan xursand edim, u ham bundan mamnun.
Suxbat orasida u haqida ko'p narsalarni bilib oldim.
Eng asosiysi u ham menga befarq emas ekan. Buni
eshitib o'zimi qo'yarga joy topolme qoldim. Naxot u
ham meni sevsa. Shundan so'ng hayot ko'zimga
juda go'zal bo'lib ko'rina boshladi. Har doim Leksi
bilan birga sayr qiladigon hatto birga nonushta
qiladigon bo'ldik. U ham o'zgara boshladi
oldingidaqa sovuq muomila qilmas edi. Bundan
ikkimiz ham birdek shodmiz. Uning kimligini
bilsamda lekin bu menga muammo emas edi. Kunla
shu zaylda o'tib mana dam olishimiz ham tugadi.
Endi ortga uyga qaytamiz. Ertaga tong saxarda
yo'lga tushamiz. Xozir narsalarni yig'ishtirishga
xozirlik ko'ryapmiz. Mana nixoyat tong. Uyga
ketamiz. Uyga tezroq qaytib Stenliga Leksi haqida
aytgim kelardi (vampirligini emas, munosabatimiz
haqida). Avtobusimiz yo'qligi uchun boshqa avtobus
buyurtma qildik. Yo'lga otlandik. Men Leksi bilan
yonma yon ketar edim. Yarim saot yurganimizdan
so'ng biz buzilib qolgan avtobusni oldiga yetib
keldik. Yerda esa o'sha xaydovchi nimtalangan
holatda yotardi. Qolgan talabalar buni ko'rib baqirib
yuborishdi. Gurux raxbarimiz ularni tinchlantirdi va
biz u yerdan ketdik. Leksi esa menga iltijoli nigox
bilan bu meni ishim emas, men faqat bo'ynidan
tishlagan edim. O'zing ham ko'rgan eding Erik. Buni
men ishim emas uni men nimtalamadim dedi. Uni
ko'rib achinib ketdim, tinchlantirishga xarakat qildim.
Biz uyga ham yetib keldik. Uyga kelganimizdan
so'ng Stenliga Leksi bilan munosabatimizi so'zlab
berdim. U buni eshitib juda xursand bo'ldi. Uyga
kelganimga xich qancha vaqt bo'lmasdan Leksidan
qo'ng'iroq bo'ldi. Go'shakni ko'targanimda Leksi
faqat yig'lar edi. Zudlik bilan Leksini uyiga bordim.
Ichkariga kiriboq ne ko'z bilan ko'rayinki Leksini
onasi polda yotardi. Uning ko'ksiga esa pichoq
tiqilgan edi. Vampirlar o'lsa tanasi qorayib ketar
ekan. U ham huddi shunday edi. Buni ko'rib qo'rqib
ketdim. Leksi va opalari faqat yig'lar edi. Uni
tinchlantirishga harakat qildim va uni honasiga olib
chiqdim. U faqat yig'lar umuman gapirmas edi.
Unga tinchlantiruvchi uqol qildik va u uyquga ketdi.
Onasini esa opalari bilan o'rmon ichkarisadan
chuqur kavlab ko'mdik. Ular juda alamzada,
judayam vaxshiylasha boshladi. Ular bilan uyga
qaytdik. Mexmonxonada o'tirsak Leksi uyg'ongan
ekan. Uni ko'rib qo'rqib ketdim. Ko'zlari qizarib
ketgandi u ham alamzada. U menga parvo qilmadi
va opalariga qarab
- Bunaqa o'tirishdan foyda yo'q, onamizi shu
axvolga solgan shu lanati shaxardan qasd olamiz.
- To'g'ri aytasan, onamizi o'chini olamiz. Qotilni
topib boshiga itni kunini solamiz.
Bu gaplarni eshitib yuragimda vaxima paydo bo'ldi.
Oldingi Leksidan asar ham qolmagandi. Uni o'rnini
esa yovuz, alamzada Leksi egallagan edi. Naxotki
endi men sevgan Leksi yo'q.
- Erik sen uyga ketishing mumkun
- Leksi men sen bilan qolaman
- Yo'q Erik bu ishga seni aralashtira olmiman, bu
oylamizi qasdi.
U bilan hayrlashib uyga qaytdim. Kechki ovqat
tomg'imdan o'tmadi. Stenliga xayrli tun tilab
xonamga borib yotdim. Ertalab kimningdur
qichqirganidan uyg'onib ketdim. Ko'chada baqir
chaqir, to'palon ko'tarilgan edi. Kiyimimni kiydimda
ko'chaga chiqdim ne ko'z bilan ko'rayinki ko'chada
chavaqlab ketilgan o'liklar yotardi. Bu xodisani ko'rib qo'rqib
ketdim. Ko'chada to'palon ko'tarilgan, hamma yo'qni
militsiya bosgan. O'liklar atrofi tasma bilan o'rab
tashalgan. Bu albatta Leksini ishi ekanligini bilib
turardim. Lekin bunday vaxshiylik qiladi deb sira
ham o'ylamagan edim. Zudlik bilan 3 ta tez yordam
moshinasi keldi va hamma o'liklarni olib ketdi.
Militsiya esa to'plangan olamondi tarqatish bilan
ovora. Shu voqeadan so'ng ko'p odamlar uylaridan
tashqariga chiqme ham qo'yishdi. Lekin bu voqealar
har kuni sodir bo'lar edi. Har kuni kimdur o'ldirilar
edi. Shundan so'ng men Leksini uyiga bordim lekin
uyni ichida xich kim yo'q edi. Eshik oldida uni
kelishini kechki paytgacha kutdim, lekin undan
darak bo'lmadi. Noiloj uyga qaytdim. Ertasiga ham
indiniga ham bordim. Lekin Leksi hich qayerda yo'q.
Mana Leksini ko'rmaganimga ham 1 oy bo'ldi. 1
oydan beri Leksini qidiraman u hich qayerda yo'q
lekin qotilliklar hali ham sodir bo'layotgan edi. Uni qancha qidirdim hamma harakatlarim befoyda
ketdi. Shaxarchadagi vaxshiy qotilliklar boshqa
davlatlarga ham tarqala boshladi. Shaxarga
qo'chimcha madad kuchlari yuborila boshladi. Bir
kuni Leksini uyiga bordim yana xich kim yo'q. Uyni
orqa tarafidagi eshikdan uyni ichiga kirdim.
Mexmonxonaga o'tganimda stol ustida ovqat
qoldiqlari turardi. Demak kecha Leksi bu uyga
kelgan. Uyni bir boshidan ko'zdan kechira
boshladim. Leksini xonasiga kirganimda ko'zim
qandaydur daftarchaga tushdi. Daftarda
kimlarningdur ism familiyalari yozilgan edi. Amin
bo'ldimki bu o'ldirilgan va o'ldirilishi kerak bo'lgan
odamlar. Chunki o'ldirilgan odamlarni chiziq bilan
o'chirib qo'yilgan edi. Bugun tunda o'ldirilishi kerak
bo'lgan odam men bilan bitta uyda yashedigon Stenli
edi. Naxotki bugun bizning uyda qotillik yuz bersa
nega aynan Stenli, bunga umuman tushuna
olmadim. Leksini xonasidan chiqib, pastki qavatga
tushganimda dimog'imga qo'lansa xid urildi. Bu xid
judayam jirkanch edi. Xid kelayotkan tarafga qarab
yura boshladim. Bu xid yer ostidagi xonalardan
birida kelar edi. O'sha xona eshigi esa qulf edi.
Qulfni ochib ichkariga kirdim. Ne ko'z bilan ko'rayki
xona chirigan o'liklar bilan to'la edi. Bu o'liklarni
hammasi bo'ynidan tishlangan. Bularni ko'zdan
kechirar ekanman ko'zim do'stim Jek ga tushdi. Uni
izlab topolmaganimi sababi uni ham o'ldirgan ekan.
Bu xodisani ko'rib yuragimda sevgini o'rnini nafrat
egalladi. Axir bu begunox odamlarda nima ayb qilgan
ediki ularni shu axvolga solishsa. Bu voqealardan so'ng Leksiga
bo'lgan nafratim daqiqa sayin ortib borar edi.
Demak bugun bizni uyga keladi va Stenlini o'ldiradi.
Stenli o'lishini bilib unga yordam bera olmasligim
men uchun xaqiqiy azob edi. Mana 1 yildan buyon
Stenli men bilan birga. Shu vaqt oralig'ida u menga
chinakam do'st bo'la oldi. Lekin bugun u...... buni
o'ylash daxshatli. Zudlik bilan uyga qaytdim. Uyga
qanday kelganimi ham sezmay qoldim. Uyda stenli
qaxva ichib o'tirgan ekan. Unga qaragan sarim
yuragim azoblanib bormoqda. Yo'q buni shunday
qoldirib bo'lmaydi. Uydan chiqdimda palitsiyaga bor
gapni aytdim. Ular uyimizni nazoratga olishdi lekin
Stenliga bu haqida aytmasligini qattiq tayinlashdi.
Mana tun ham bo'ldi. Deraza oynasidan qarasam
hamma joy sokin. Saot tungi 11 biz uxlashga yotdik.
Stenli ham o'z honasi tamon yurdi. Uyimiz
nazoratda ekanligini o'ylab xotirjam uxlab qolibman
lekin adashgan ekanman. Tushumda yana o'sha
Leksini tumori meni o'ziga chorlayabdi. Lekin bugun
unga shu darajada yaqin keldim. U o'zidan
qandaydur vaximali ovozni o'zidan tarqatdi va
shunda cho'chib uyg'onib ketdim. Saotga qarasam
tungi 2. Ko'nglim bir falokat bo'lganini sezib turar
edi. Yugurib Stenlini xonasi tamon bordim. Lekin
Stenli javob bermadi. Eshikni ochib kirdim. Polda
esa Stenli qonga belangan xolda yotardi. Naxotki
madad kuchlari hich nima qila olmagan bo'lsa.
Yugurib tashqariga ko'chaga otildim. Tashqarida
ancha uzoqda palitsiya xodimlari turar edi ular
qo'lidan xich nima kelmaganiga afsusda. Meni
ko'zlarim g'azabga to'lgan edi chunki bugum 2 chi
do'stimdan xam ayrildim. Bu naqadar azob. Bugun
undan o'ch olaman, endi o'zim undan qasdimni
olaman. Xozi uni uyiga boraman va uni yo'q
qilaman. Uyga kirdimda oshxonadagi o'tkir pichoqni
oldim va Leksini uyi tamon yo'l oldim. Bugun uni
xayoti tugedi yoki meni. Leksini uyiga borganimda u
yerda xich kim yo'q edi. Uni xonasiga kirdim va uni
kuta boshladim. Saot tungi 23:00 da uyga kimdur
kirganini sezdim. Demak u uyiga kelgan. Qadam
tovushlaridan bilinib turar ediki uni opalari ham u
bilan birga. Kimdur men turgan xona tomonga
kelayotkani bilinib turardi. Qadam tovushi juda yaqin
keldi va eshik ochildi. Eshikdan esa Leksi kirib keldi.
U qora kiyim kiygan bo'lib yuzidan vaxshiyligi bilinib
turar edi. U meni ko'rib joyida to'xtadi va :
- Bu yerga nega kelding ?
- Sen bilan gaplashib olishim kerak Leksi.
- Xo'sh gapir, maqsading nima ?
- Nima uchun Stenlini o'ldirding, u senga nima
yomonlik qilgan edi ?
- Stenli meni izimga tushgan edi, shuning uchun uni
yo'limdan olib tashladim.
U meni oldimga shu darajada yaqin keldiki yuzlari
yuzimga tegib turar edi.
- Men seni sevaman Erik
- Sen sevasanmi Leksi, senda yurak yo'q. Sen
vaxshiysan
U shunaqangi qo'rqinchili kuldiki uning kulgusi xali
xamon yodimdan chiqgani yo'q.
- To'g'ri men vaxshiyman xo'sh vaxshiy bo'sam
nima qilibdi
- Sen begunox odamlarning qonini to'kyapsan bunga
seni xaqqing yo'q
- Menga aql o'rgatma nima qilishni o'zim bilaman,
xoxlasam xozir seni ham yo'q qilaman Erik.
U vaxshiy qiyofada menga yaqinlasha boshladi, men
orqaga tisiraldim va devorga borib tegdim. Xich
qayerga qochishni esa endi iloji yo'q edi. U yaqin
kelib menga bir oz tikilib turdida :
- Alvido Erik
- Alvido...
Shu payt unga kastyumim ichiga berkitgan
pichog'imi tiqdim. Pichoqni aynan uning yuragiga
sanchgan edi. U shu darajada qichqirdiki opalari
ham xonaga yetib kelishdi. Leksi esa qoraygan
xolda polga yiqildi. Opalari men tomon
tashlanyotkan vaqtida orqadan ularga qarata o'q
uzildi va ular ham polga yiqildi. Shu paytda madad kuchlari yetib kelib Leksini
opalariga qarab o'q uzgan edi. Bu voqealar shu
darajada tez bo'ldiki men karaxt axvolga tushib
qoldim. O'zimga kelib, es xushimni yig'ib olganimda
esa Leksa va opalari polda yotar edi. Ularni tanasi
qorayib ketkandi. Leksini opalariga ham har
extimolga qarshi ko'ksiga pichoq tiqib qo'yishgan
edi. Biz murdalarni pastki qavatga, mehmonxonaga
olib tushdik. Politsiya xodimlari murdalar ustiga va
mehmonxonaga beniz sochishdi. Leksiga qarab
unga achinib ketdim. Bizga uydan tashqariga
chiqish buyurildi va uyga o't qo'yib yuborishdi. Uy
yonib tugagunga qadar biz uyni kuzatib turdik. Uy
yonayotgan vaqtda atrofdan daxshatli ovozlar
eshitila