tungi.ru

Tut pishganda...(uzbxxz.Ru) XIT

Tut pishganda...

Oybek:

- Qishloqlar o‘rtasida futbol turniri tashklil qilindi. Bizni o‘yin soat 8:00 boshlanishi kerak edi, ammo tashkiliy ishlardagi bazi nuqsonlar sabab, 11:00 surulibdi. Havo bulutli salqin bo‘lsada, may oyining odamni holdan toydirib qo‘yadigan dim havosida oynab, ammallab yutib oldik. Hakamning tajribasizligi sabab, bir nechta baxsli vaziyatlar yuzaga keldi. Himoyada ishonchi o‘ynagan bo‘lsamda, asablarimni jilovlab olishga rosa qiynaldim. Bu zo‘riqish o‘yindan keyin ham davom etib, hakam bilan tortishib qoldim. Murabbiyim: izzat, hurmatni saqlashim kerakligini aytib, dashnom bergach, keyingi bosqich o‘yini 19:00 boshlanguncha dam olib kelishimni tavsiya qildi. Tushdan so‘ng, boshqa ko‘ngillilar chiqmagach, yolg‘iz o‘zim mashinaga o‘tirdim...

Uyga qaytar ekanman, allaqanday ko‘ngil ihtiyori bilan, qishloqqa eski yo‘ldan kirib borishga qaror qildim. Biroz naridan, yangi asfalt yo‘l yotqizilgach, tosh yo‘ldan odam oyog‘i uzilib qoldi. Bu yo‘l tekkiz emas, har qadamda o‘ydim chuqurlar, lekin o‘ziga hos fayzi bordek... E-h-ee bu yo‘llarda mening bolaligim o‘tgan, do‘stlarim bilan maktabga shu yo‘ldan yurganmiz, velosaped poygalar qildanmiz, yo‘l chetidagi o‘rik darahlaridan dovchalar terganmiz, lablarimiz gezarib, barmoqlarimiz qorayib, oppoq ko‘ylaklarni rasvosini chiqaraib tutxo‘rlik qilganimizchi!

Negadir bolaligimni eslab bir tutxo‘rlik qilgim keldi. Lekin bir hafta avvalham yo‘lning ikki yoqasini, yamyashil bargali bilan bezab turgan manzaradan, kallaklangan tut daraxlari qolibdi. Pillaqurti boquvchilar kesib ketishibdi. Hafsalam pir bo‘lib ketaverdim, qishloqqa yaqin qolganda ko‘rdimki, qishloq biqinidagi, ro‘j ekilgan keng dalaning o‘rtasini ajratib turgan, yakka qator tutzor hali kesib olinmabdi. Mashinada kirib bo‘lmasdi, piyoda esa biroz yo‘ldan nariroq, ammo bolalikdagi tamni yana tuyushga bo‘lgan ishtiyoqim meni o‘sha yerga yetakladi. Mashinadagi bakalashkani bo‘g‘zini qirqib, biroz terib olish uchun tutqator oraladim.

Voh-voh, rosa qiyg‘oz pishibdi o‘ziyam! Quyoshdan mo‘lroq bahra oladigan tomonidan yurib, navdalarni qayirgancha; qora, oppoq, qaymoqrang, qirmizi-sapsar rang olgan sarhil mevalardan avaylab uzib, lablarimda iz qoldirmasligi uchun ehtiyokorlik bilan chaynagacha, noyob mazzali tamdan lazzat olardim. Shu qatori eng saralaridan terib idishimga yeg‘ib borardim. Ishtiyoqda unisidan cho‘qilab, bunisidan cho‘qilab tutzorni yarmidan o‘tib qolibman. Idishim ham, nafsim ham to‘lay deb qolgandi.

Bir mahal, biroz nardida tut darahti ustida kimdur borligini ko‘rib qoldim. Hayron bo‘lib qaradim, allaqanday qiz tut teryabdi. Qizlar ham tutxo‘rlikka kelibdi shekali deb o‘ylab, qatorni u-bu tomoniga o‘tib qaradim. Boshqa hechkim yo‘q. Ta'jubim oshib, ovozsiz o‘sha tomonga yurdim. E-ha, bu Hoshim akani qizi Nafisa-ku!

Biroz yaqin borgach, tomoq qirib qo‘ydimda, unga be'etiboe navda egib tut terishda davom etdim. Menga qarab-qarab qo‘yganini sezib gap tashlagan bo‘ldim:

- Nima qilyabsab?

- Ko‘rmayabsizmi? - dedi, ensasi qotgani yashirib o‘tirmay, labini qiyshaytrib qo‘yarkan. Ajab bu qilig‘ini yoshligidayam qilardi, yoshi katta bo‘lsayan yarashib tushganini ko‘rib zavqim oshdi.

- Ko‘ryabman... - kulib qo‘ydim.

Shu orada ikkimiz ham o‘z ishlarimiz bilan mashg‘ul bo‘ldik. Meni idishim deyarli to‘lgan bo‘lsada ketishga shoshmadim, bu qadirdonga eski adovatim qo‘zg‘ab qoldi. Aytadigan achchiq gaplar shodasini tizgancha fursat kutardim. Ayni damda u be'parvo holatda, yarimlab qolgan shaffof idishini olgancha, bir tut daraxti ustidan ikkinchisi tomon o‘ta boshlagandi. Avvaligisidan ko‘ra bunisining navdalari qalin, mevalaryam ko‘proq, biroq daraxt tanasi ingichka va novcharoq ekan. Shu boyisdan, uning harakatiga mos ravishda daraxtni yuqori qismi qimirlay boshladi. U hadiksirab navdalarni ushlab, biroz cho‘nqaydi. Shu top, qalin barglar ko‘ylagining orqa etaglarini tutib qoldiyu, bir fursat lozimining bog‘ichlaricha ko‘rinib ketdi. Jussasiga mos buksalari, taranglashgan lozim matolari ostida shaklini nanoyish qildi. Buni o‘ziham fahimlab, tezda to‘g‘irlanib olimoqchi bo‘ldi, biroq haraktlari aks tasir qilib daraxt silkinib mevalar to‘kildi. Yoqasini sal ochib ko‘kraklari orasiga qaradi. Yuzidagi ijirg‘anishga o‘xshash ifoda va ko‘ylagini silkib qo‘yganidan malumki, ichiga meva donalari tushib qolibdi. Nigohimni sezidi, noqulay holatidan uyalib menga qarab-qarab o‘zini birmuncha tartibga solib oldi.

''Ha, befarosat!''

Tepadan qaraganda, o‘zini risoladagidek ko‘rayotgandir, ammo pasdan qaragan kishiga...

Uning bolalarcha harakatlariga kulib qo‘ygan bo‘lsanmda, shahvatni qo‘zg‘ovchi holati ko‘zdan qochmagandi. Yaqin kelib u terayotgan daraxtni navdalarini egib, unga yana gap qotdim:

- Meni tanimadingmi?

Ayni damda, ko‘zlarim uning etagi ostidagi tarang sonlarida, bilinar bilinmas ko‘zga tashlanayotgan kindiklarida, lozimining ovi orasida hosil bo‘lgan ichkiyimi bo‘rtmarida edi.

- Tanidim, - shodon jilmaydi, - Ozoda opami sevgilisi, Oybek akasiz!

- Iyaaa... Tentak... Og‘zinga qarab gapir!

- Aaa, men nima dedim?

- O‘sha opang erga tegib, bolalik bo‘lib ketganuuu! Qanaqasiga uni sevgilisi bo‘laman, ahmoq!

- Voy, nega haqorat qilasiz... - qovog‘larini soldi, - Bir paytlar yaxshi ko‘rishardilada, shunga... shunga... aytovdim!

Bir nimalar yodiga tushdimi, birdan so‘zida tutuldi. Meniyam eski yaralarim tirnaldi. Boya yuqorida bu qizni qadrdon, ayni paytda adovatim bor deb edim. Hayron bo‘lmay tarixini eshiting:

Adashmasam besh yillar avval o‘shanda 23 yoshlarda edim. Ozoda esa endigina maktabni tamomlagan paytlar. Yoqtrib qolib, dil izhori qildim. Ko‘ngli bor ekan ro‘yhushlik bildirdi. Shirin damlar boshlandi. Har kuni yo‘l poylash, to‘g‘ri kelganda ko‘z urushtirib o‘tish, to‘y oqshomlariga borib diydor ko‘rishish. To‘qnash kelganda salomlashib, qo‘lchasidan siqib qo‘yish ham meni qanchalik hushnut etardiya! Qanchalar baxtiyor edim...

Baxtga qarshi u telifon ishlatmas, zamonaviy davrda birgina aloqa vositasi maktub yozish bo‘lsaya! Yana yetqazish muammosichi!

Jonimga o‘n ikki yoshlardagi maktab o‘quvchisi bo‘lgab qiz oro kirgan edi. Oylasida yolg‘iz qiz bo‘lganigami, haligacha bolalarcha erkalanib so‘zlashlari ketmagan qiz... Ajib jussasida, o‘sprinlik shakl shamoyili sezilib, judayam yoqimtoy qizga aylana boshlagan patylari ekan. Aniq esimda, qay holatda to‘qnash kelganim va maktubimni qo‘shnisi Ozoda opasiga eltib berishini iltimos qilganim. Aql hushi joyida bo‘lgan qiz, allaqanday sirdosh, hayrihohlik bilan yashirib maktubni olib, tezga ishga kirishib ketgandi. Birmuncha vaqtdan so‘ng javob maktubni olib kelganda, bu qizni shunaqangi yaxshi ko‘rib qolgandim.

Oddiy telefon olib, elektron xabarlar almashishga imkonimiz bo‘laturib, bobo, momolarimiz qilgan aloqa vositsidan foydalanish... Buning zavqaini ifoda etishga lo‘gatimdan so‘z topolmayman. Ozoda ikkimiz, bir necha o‘nlab maktublar almashar, sevgimizdam masrur edik. Lekin ohir, bir necha oylik, yozishmarni oqibati bizni noqulay ahvolga soldi. O‘rtada turguvchi omonatgo‘yimiz bizni g‘aflatda qoldirib, avvaliga maktublarimizni o‘qib yurgan bo‘lsa, keyincha boshqa xonimchalarni qo‘lidan o‘tib biz baxtiqarolarga yetib keladigan bo‘lgan ekan. Shundoq qilib ishqimiz qishloqda doston bo‘layozdi.

Zamon shaddat bilan o‘tayotgan bo‘lsada, kichkina qishlog‘imizda qiz-juvonlar shani qattiq tutilar edi. Ozoda sho‘rlik sal qolsa, hech sababsiz badnom bo‘layozdi. Dod deb alamin zahrini menga to‘kdi. O‘qimoqchi, kelajakda o‘qtuvchi bo‘lmoqchi, hech bir iz qoldirmay erta turmusha chiqib ketayotgan qizlardan bo‘lnoqchi emasdi. Ne qarolikki, orzusi usholmadi. O‘n sakkiz yoshli sevgilim o‘sha yili uzoq qarindoshidan kelgan sivchilarga rozilik berib turmushga chiqib bo‘xtonlardan qutuldi. Meni esa omadim chopib institutga kirib bir necha yil qishloqdan uzoqlashib qoldim...

Qiziq bir narsa meni hanuz o‘ylatadi, o‘shanda Ozoda qattiq qarg‘aganmi, bu qizni taqdiri ham birmuncha o‘xshash kechdi. Avvaiga qishloqda sharmandali, gaplar tarqadi so‘ng erta turmush... Tepasida turmaganman tuxmat bo‘lib qolmasin, biroq ship-shigan gaplarni eshitganlarim bor. Nafisa yoshroq paytlari ammasini kichik o‘g‘liga atab qo‘ygan ekanlar. Yoshlar orasidagi farq hech qancha emas, ikkovi ham ko‘rimli ayni yetilib borayotgan davri emasmi, er-xotinday o‘ynashib qo‘yibdi. Yanayam bilmadim asli qanday, lekin fakt shuki erta kuzda shoshilinch to‘y qilishganda qiz 17 to‘lmagan, yigit 18 yoshda edilar.

''Judayam nash-mashali to‘y...''

Oradan yarim yil o‘tgan bo‘lsayam, hamon e'tirozlar, nomurosa gaplar shu oyla atrofida aylanadi. Avvaliga chillasi chiqgunicha kelin kuyovnikida o‘tirishdi, so‘ng bola ichkiyov bo‘lib tog‘asini uyiga ko‘chib kelishdi. Kiyov bolayam dordan qochkanlar hilidan ekanmi, yashash turishda bir maqsad yo‘q, eski matizni minib ko‘cha daydigan... Bir qarasa o‘yin xonalarda yana bir qara tik-tokda video qilgan... Qizgina esa o‘z uyida ham qiz ham kelin, ota onalar topganiga yayrab yashamoqda. Ehh mazza, mazza beyuzlarga mazza!!!

Uzoq cho‘zilgan jimlikni tut daraxtiga qistrib qo‘yilgan telifon ovozi buzdi. U birdan taraddudlanib qoldi, biroq daraxt ustidan tushib olish oson ekanmi!

- Olib beraymi? - dedim.

- Ha, malol kelmasa... - mamnun jilmaydi, - Rahmat...

Telifonni uzatar ekanman, ekrandagi yozuvga ko‘zim tushdi.

"Zahro''

Aftidan dugonasi. Suhbatlariyam qalin dugonalarga hos, kinoya-piching bilan boshlab, achchiq kesatiqlar bilan tugadi. So‘ng selfi kadirlar oldimiye. Bir nimalar yozdimiye.

- Anovi tarmoqlarda eringni o‘xshamagan vaynlari aylanib yuradi... Senam bir go‘rmisan deyman?

Gapimga parvoham qilmay, yelka uchirib qo‘ydida, telifonni lippasiga qistrib zavq bilan tut yeya boshladi. Uning ishtaxa bilan yeyishini ko‘rib qitmirligim tutdi.

- Qoyil ishtaxang zo‘rku! Nima tutga boshqorong‘u bo‘lganmisan?

- Aaaa! - dedi, so‘z ma'nosini anglamaganday ko‘zi jovdirab.

- Qorinda bolacha bormi, deyman?!

Uyalib duv qiardiyu ''Yo‘q!" deganday bosh chayqab yuzini boshqa tomonga burdi. O‘rnida boshqa qiz bo‘lganda ikki dunyo bunday munosabatda bo‘lmasdim, ammo bu salomniyam ravo ko‘rmagan hayosizga hayo qilishni joyiz ko‘rmadim. Yana o‘tmishdagi hoyinligi uchunam, ruhan ezib bir humoradan chiqib olishim kerakda.

- Ha, senlar go‘r bo‘larmiding, qanaqa er-xotinliging xalqqa malunku!

So‘zimni tasirini yanayam oshirish uchun, ovoz chiqarib kulib qo‘ydim. U esa titrab, ovozi bo‘g‘ilib terz javob qaytardi:

- Siz... Siz nimaga men bilan bundan gaplashyapsiz? - lippasidagi telifon, sirg‘alib o‘t-o‘lanlar orasiga tushib ketti, u esa buni sezmadi ham, - Kimsiz o‘zi siz? Nimaga meni hayotimga aralashyabsiz?

- Bir paytlar senan aralashganding-ku!

- Aaaa... Qachon? Qachon? Hizmatga tuhmatmi!

Ovozini balantlabib, qo‘rqoq oldin mush ko‘tarar qabilada, jirrilab ketdi.

- Ochir ovozini zirapcha! Hozir onang... - negadir beihtiyor so‘lib yubordim, - O‘shanda har ikkimizdan, hizmatinga mukofoni olardingku, kasofat... Nega hiyonat qilib maktublarimizni yashrincha o‘qiding, qo‘shni holalaringa berding?

Aybi borligini tushunib tursada, yoshiga hos o‘jarlik bilan, bir lahza g‘azabli boqib turdida:

- Ajab qilibman! - dedi.

''Ajab qilibman!'' bu so‘zni zalvori shunaqa og‘ir keldiki! Miyamga bir nima urulgandek bo‘ldi. Oniy lahzadagi g‘azab meni, u o‘tirgan daraxt navdasini ushlab siltab tortishga undadi.

Ko‘zimga navdalarni mahkam ushlagancha "Oyijon...Oyijon!'' deb yig‘layotgan masum qiyofali qiz ko‘ringach shashtim tushdi. Be'ihtiyor yerga cho‘kka tushdin. Asta g‘azabim so‘ndi, o‘ylay boshladim.

"Nimalar qilyabman, o‘n yosh kichik kelinchakka nega jahil qilyabman. Yomonlik qilgandir, lekin o‘shanda yosh bo‘lganku! Fitratida bor muhabbat, boshqa juflik hislarini bilishga qiziqish uyg‘otib, maktublarimizni o‘qishga undagandir. Baliki o‘zi istamay boshqalar qo‘liga tushgandir! Harqalay o‘shanda sababini gaplashib ko‘rmaganmizku!''

Negadur avvalari bunday teran o‘ylab ko‘rmagan ekanman.Boshimni ko‘tarib unga qaradim. Qo‘rqib ketgan ko‘zlari, to‘la yosh, hiq-hiq yig‘lardi.

''Men faqat gapirmoqchi edim, bunday g‘azab bilan qo‘rqitishni mqasad qilmagandim-ku!'''

- Kachir...

Uning g‘azabli ko‘zlariga nishon bo‘ldimu, dosh berolmay orqa qilib o‘tirib oldim. Bir necha daqiqa o‘yga toldim, o‘sha damlarni esladim. O‘shana bu qizcha shunaqangi yoqimtoy, maktublarimizni yetqazganda ko‘zlari sirdosh, hayriho, nigohda boqib turardi. Nahot o‘sha ko‘zlar endi g‘azab bilan boqsa-ya? Dilimdan oqib chiqayotgan so‘zlar, be'ihtiyor tilinga ko‘chdi.

- Biz uchun qanchalik aziz eding. Balki ishonmassan, seni shunaqa yaxshi ko‘rardim. Biror nina so‘rasang, ishon hech orinmay olib berishga tayyor turardim. Agar bir tasoduf tufayli Ozoda bilan ikki daqiqa gaplashib qolsak, bir daqiqasi albatta ajoyib singilchamiz sen haqingda bo‘lardi. Biz uchun muhabbatimiz elchisi eding. Opang qayta-qayta "Pulizi ayamay meni qiyomatli singilchamni, rozi qilib qo‘ying!'' der edi... Ehh qaniyda o‘shanda ishonchimizga hiyonat qilmaganigda edi, - birdam tin oldim, o‘rnimdan turib ketishga chog‘landim, - Ozoda achchiq ko‘z yosh to‘kib, shaniga bo‘layotgan bo‘xtonlarga chidolmay titrab turishi sira yodimdan o‘chmaydi. Sen o‘sha istirobni o‘ndan birini bo‘lsada his qilib ko‘rgin degandim. Fursatdan foydalanib qalbingga ozor bergim keldi... Lazzat olmadim, aksincha pas ketganimdan afsusdaman... Uzur...

Qo‘limdagi idishni qayerga tushganini qidirib atrofga alanglar ekanman uning, mungli ovozini eshitdim:

- Oybek aka, kechiring!

Unga qarab, ayibdorlik hissi cho‘ktirib qo‘yganini, ayni damda ko‘zkardagi ajib iliqlikni payqadim.

- Mayli qo‘y... - jilmayib qo‘l siltadim, - Aslida bu taqdir! Kel shu yerdagi gaplar shu yerda qolsin, bir birimizdan hafa bo‘lib yurmaylik ho‘p!

- Ho‘p...

U taraddudlandiyu, yerda sochilib yotgan idishini ko‘rib, sevimli o‘yinchog‘ini suvga oqizib yuborgan qizchaday hursunib qo‘ydi.

- Qo‘y hafa bo‘lma, - tezda idishini olib, qo‘limdan tushib ruj poyalariga tiralib qolgan idishimdagi mevalarni uning idishiga solib to‘latdim va bir chekkaga qo‘ydim, - Ana hammasi joyida...

- Rahmat...

Pastga tushushga taraddudlanar, oyoq uzatar, biroq tirab tushushga arzurli butoq topolmasdi. Bu kulguli ahvoliga, o‘ziyam jilmayb qo‘yardi.

- Yordam kerkmi?

- O‘zim...

- Eh, judayam tannoz bo‘lib o‘sibsanku!

- Aaa!

- Hayronman shu siyohingga, buyerda nima qilyabsan?

Boyagi savolimni takroran aytganimdan o‘shanday tajublangan bo‘lsada, birmuncha quvnoq kulib javob qaytardi:

- Tut tergani kelovdim... Nega hayron bo‘lasiz?

- Sen majnun yoki o‘g‘ilbola emassanki bu tabiy ko‘rinsa! Bir necha oylik kelinchak, yana hilvat yerda yolg‘iz o‘zing! Ho‘sh, nega hayron bo‘lmasligim kerak?

- Eey... - harakatdan to‘xtab, yana joylashib oldi, - anovi Zahro bilan kelayotgandik. Yo‘lda gap talashib tortishib qolsak bo‘ladimi, arazlab buvisini uyiga kirib ketvordi, menam "eee boree" dedimda o‘zim kelaverdim... Ahir avvaliyam kelardik-ku! Huu, o‘rimdan so‘ng bu yerda mol, qo‘y boqardik... Aaa, qolaversa qishloq yaqin bir baqirsam eshitilsa! Qanday haf bo‘lishi mumkun?!

Atrofga qaradim, haqiqatda qishloq yaqin qattiq aksa ursa eshitliadi. Ammo rosa darahtlar gurkuragan fasl, yer chetidagi teraklar qalinlashgan, ro‘j poyasi balant o‘sgan, quyuq tut barglari. Haqiqat shu; tabiyat biz turgan yerni odamlar nigihidan shunaqangi ihotalab olgandiki, o‘n qadan naridagi odam bizni payqashi dargumon.

- Qara, - qo‘lim bian ishora qilib, yuqoridagi mulohazalarimni, misollari bilan ko‘rsatdim, - Tentak qiz, hafsizman deb buncha ishonib qolma, o‘rim boshlansa odam ko‘p bo‘lar, ammo hozir yerga, ro‘jga ishlov beradigan vaqt emas, bu yerda hechkim bo‘lmaydi... - hayolimga bir qitmir o‘y keldi, - Ha, agar kimdir bo‘ldiham deylik!... Seni buyerdaligini bilmagan holatda tut yegani keldim... O‘n besh daqiqadan beri yolg‘izmiz-a? - so‘zim ma'nosini anglashu uchun, biroz to‘xtaldin, - Aytginchi biror falokatli holatni yuzaga kelishi uchun yetarlicha fursat emasmi?

- Ha... Lekin unday bo‘lmaydiku! Siz yomonlik qilmaysiz...

- Albatta... Bordiyu hozir meni o‘rnimga boshqasi kelib qolgandachi! Aytaylik fermermi, o‘g‘llaridan biri, traktrchi, ishchisi, suvchisi kim bo‘sayanda... Tasavur qil kayfi bor yoki hirsi kuchli. Uyat bo‘lsayam aytaman, senam har qanday erkakni vasvasaga solib qo‘yadigan darajada hushro‘y qizsan...

Ochiqcha etirofimdan, esankrab bir on ko‘zi jovdirab qoldi. Men ko‘pam etibor bermay so‘zimda davom etdim:

- Ha, baqirib kimnidir chaqirarsan, ular eshitmasachi? Eshitdiham deylik yetib kelgunicha jazavadagi erkakni qo‘lidan talofatsiz chiqa olasanmi? Chiqdingam deylik, yordamga kelgan kimsa bu sharmandali xolatni o‘lgunicha sir saqlab shaninga dog‘ tushurmasligiga kafolat bo‘ladimi? Ho‘sh o‘zini, shanini qanday himoya qilasan?

Savolim uni qizartirdi, uyaldi bir muddat skutdan so‘ng allaqanday quvlik bilan javob qaytarmoqchi bo‘ldi:

- Manabu qurolni ko‘ryabsizmi? - sadafday terilgan tishlarini ko‘rsatdi, - Kimni bo‘lsayam bir parcha etini yulib olishga yaraydi. Etidan ayrilgan, harkinmi qanday istagi bo‘lsayam so‘nadi, bildizmi...

Kulib, quvlik bilan gapirishga urungan bo‘lsada. Qiyofasida boshqacha ifoda zohir edi.

- Sodda bo‘lma! Hirs, har qanaqa erkakka ayiqni kuchini beradi. Nahotki quturgan erkak seni nozik jussangni jilovlab og‘zini berkitib, osongina ishini bajarib ketishini tushunmasang?

U jimgina termulib qoldi, ko‘zlari mendayu lekin hayoli emas. Ajab, ichidagi bir g‘alayon, istirob avval lablarini titratdi, so‘ng kipriklarini pir-piratdi. Mijjasida yosh halqalandi, ovozi mungli bo‘g‘ilib shivirladi:

- Bilaman...

''U biladi!"

Uning shu birgina so‘zida, qismatidan darak olam-olam ma'no, ovoz ohangida hechkimga aytomagan otashin dardning taftini his qildim va hammasi tushundim.

- Eringmi?

Javob o‘rnida asta bosh qimirlatib qo‘ydi. Hayot qizig‘a, bazida o‘zingni oqlash uchun milyon so‘z ayt birovni ishontira olmaysan. Bazan esa yurakdan aytilgan bir so‘z va bir imo, kifo qiladi.

- Bo‘ldi, tushginda uyinga jo‘na. Seni ketqazib menan hotirjam uyimga qaytay, - uni chalg‘itib gapni kulguga burdi, - lekin musichadek yaxshi joylashib o‘tiribsan, qolgin kelsa tushmey qo‘yaqol...

- Juda odamni ustidan kulakansiza?

- Hafa bo‘ldingmi shunga! Yo senam izzatalabmisan?

- Yoq nega... Yaqin olib gapirakansiz!

- Yaxshi ko‘rganlarim bilan shunaqa momila qilaman!

U g‘amgin jilmaydi. Ayni damda tut daraxtidan tushishga urunar biroq, oyoq qo‘yadigin joy topolmas, yonidagi daraxtga qaytib o‘tishni eplolmasdi.

- Shashting pastku! - qaltirayotgan oyoqlariga qarab kuldim, - Iyaaa! Oyog‘ing nega qaltrayababdi?

- Boya qo‘rqitib yubordizda!

- Daraxni silkitganimdami yoki yovuz erkaklar haqida gapirganimdami?

- Har, ikkalasiyam...

- Yo tovba... Yaxshiyam chiyabo‘ri haqida gapirmadim!

- Voooy, - birdan hushyor tortdi, - bu yerda chiyabo‘ri bormi?

- Bir, ikki yildan beri ko‘payib qoldiku... Kechasi ovozini eshitmisanmi?

- Haa... Eshitganman!

Yuzida qo‘rquv ifodasi zohir bo‘ldi. Bu meni yanada jo‘shtrib yubordi. Bo‘rilar haqida bir nechta voqealarni aytib biroz cho‘chitib qo‘ydim.

- Shunaqa gaplar... Ha, qo‘rqsang chiyabo‘ridan qo‘rq. Ammo boyagi erkaklar haqidagi fikrlarim biroz bo‘rtib ketdi. O‘shanday voqealar yot ellarda bo‘ladi, bizni odamlar u darajada razillashib ketmagan harqalay!

- Yo‘q siz to‘g‘ri aytdiz, - u yana titrab, boshini ekkancha pasroq ovozda so‘zladi, - Men o‘shandayi bilan yashayabman...

Bu sarob bo‘lgan umidlar, qizlik orzu hayollarining toptalgan chizgisi. Ozodam sho‘rlikning ko‘zgudai aksidek.Yuziga qarab rahmim keladi. Uni yupatgim, eri haqida iliq so‘zlar aytgim keldi. Bir ikki bor gaplashgan, ko‘cha kuyda qo‘l berib ko‘rishgan edim. Hali yoshligin, husn tarovatdayam bir-biriga moslini, albatta baxtli bo‘lishini aytdim. Qo‘shib chatib maqtagan bo‘ldim.

- Bas qiling... Bas... - maqtovim uni battar ranjitdi, titratdi g‘azablandi, - Yo‘q fazilatlarni yopishtrmen. Yonimdagi odamni kimligini juda yaxshi bilaman... Iltimos menga boshqa u haqida gapirmen...

Har oylani o‘z siri bor. Tashqaridan risoladagidek ko‘rinsada,

Boshqa hikoyalar