tungi.ru

..:: CHORASIZ QALB ::.. (Tanlov uchun)

..:: CHORASIZ QALB ::..

Odil, suyuklisini asta quchog`iga bosar ekan. Uni qo`ng`iroq sochlaridan siladi. Shirin uyquda yotgan yorini oyday yuzlariga, mehir bilan boqdi. Beyhos yuzida tabassum paydo bo`ldi. ``Mani malikam`` deb shivirladi. Uyg`otib yubormaslik uchun, juda ohistalik bilan labidan, yanoqlaridan o`pdi. Lekin baribir qizni uyg`otib yubordi. Qiz asta ko`zini ochar ekan, tepasida jilmayib qarab turgan yorini ko`rib, uzun kipriklarini pir-piratdi.

- Uyg`otib yubordimmi, jonim!

- Yo`q! -qiz asta bosh chayqadi. O`rnidan qo`zg`olar ekan, kiyimsiz yalang`och ekani sezdi. Garangsib atrofga qarab oldi. So`ng tayiga to`shalgan, oppoq choyshobni uyatdan qizargan dog`iga ko`zi tushib, ko`ngli g`ashlandi. Tunda bo`lib o`tgan ishlar, hayolida qayta jonlandi. Asta o`ychan qiyofada yorini yuziga qaradi.

- Nega hafa bo`lyabsan jonim! -yigit yana qizni yelkalari, sochlaridan siladi.

- Odil aka, ehtirosga berilib xato qilmadikmi?

- Yo`q jonim biz, xato qilmadik!

- Baribir, xali to`y qilganimiz yo`q!

- Lola san manga ishonmaysanmi?

- Ishonaman Odil aka! -yigit qizni yana bag`riga bosdi.

- Jonim bilibqo`y, mani sandan, sani mandan hechkim ayira olmaydi. Biz baribir birga bo`lamiz, san bunday mayda-chuydalarga etibor berma. Mani sevasanmi?

- Ha! -dedi qiz.

- Manam sani sevaman, qolganini o`ylama! -dedi. Yigit qizni qattiq quchoqlab yotar ekan, bu qiz bilan bir umur birga bo`lishiga ishonchi komil edi...

- Odil aka, o`zimni yomon xis qilyabman, uyga ketaylik! -dedi qiz.

- Ketamiz jonim, san avval yuvinib chiq! -dedi. Qiz choyshobga o`ralib dushga kirdi. Iliqsuv tagida turar ekan, beyvaqt yo`qotgan nomusi uchun biroz ko`zyosh to`kdi. Yuvinib chiqganidan so`ng, yigit yuvingani kirib ketdi...

Bunday kechalar, kun ora davom etardi. Lola toshoynaga qarab o`zini tartibga solar ekan, negadur ko`zlari jimirlab, boshi aylanib ketdi. Endi xonaga kirgan Odil tezda Lolanani oldiga yugurib keldi.

- Nima bo`ldi jonim, ahvoling yaxshimi?

- Qo`yavering qonim kamayib ketgan shekili!

- Yo`q bugunoq do`ktirga olib boraman!

- Ovora bo`lmang man o`zim! -dedi qiz...

Oradan salkam ikki oy o`tdi. Qizni ko`chasi boshida yigini mashinasi turar. O`zi esa asabiy u-yog'dan-bu yoqqa yurardi. Yigit uzoq kutdi, xech qanday darak yo`q. Qayta-qayta qizni telifoniga qo`ng`iroq qiladi. O`chirilgan, asabiylashib mushtuni tugadi. Kechga yaqin begona mashina ko`chaga kirib keldi. Saldan keyin qaytib chiqib ketayotgan edi. Nogoh Odil mashina ichida Lolani ko`rib qoldi. Odil o`zini mashina oldiga tashladi. Mashinasini epchillik bilan tormizini bosgan begona yigit, o`qday otilib tushdi.

- Esing joyida ahmoq! -baqirdi. Odil u yigitga parvo qilmay orqa o`rindiqda o`tirgan Lolani qo`lidan tortib tushurdi.

- Qo`yvoring...

- Manga tushuntir, nega o`zingni olib qochyabsan, nega telifoning o`chiq? -baqirdi Odil.

- Mani tinch qo`ying Odil aka!

- Nima, nima uchun sabab? -bey ihtiyor Odil Lolani siltab tashladi.

- Qizni qo`yvor? -begona yigit Odilga yaqinlashdi. Odil uni ko`kragidan itarib:

- Sana aralashmaaa!

- Jamol aka aralashmang o`zim! -dedi Lola. Begona yigit joyida to`xtadi.

- Ha, o`zingga Jamol aka topvoldingmi?

- Ha, nima qilibdi. Biz Jamol akam bilan bir birimizni sevamiz! -dedi, Lola jilmayib huddi Odilni ustidan kulganday.

- Onangni... -Odil qo`lini ko`tardiyu, sevgilisini qattiq sevgani uchun tarsaki urushga qo`li bormadi.

- Uring... Uring... Urolmaysiz! -Lola hiringlab kuldi.

- Kulyabsanmi, ustimdan?

- Yo`q!

- Mani sevardingku? -Odil yana avvalgiday Lolani ko`zlariga termuldi. Ko`zlar aldamaydi, Lola shuni sezib ko`zlarini pastga oldi. Asta jilmayib, lablarini Odilni qulog`iga cho`zi.

- Biz shunchaki vaqt o`tkazdik xolos! -dedi.

Odilni ko`zlari g`azabdan olayib, labida istehzoli kulgu paydo bo`ldi.

- Nomusingni manga bag`ishlab bo`lgansanu, endi qaysi o`zini eeeerkeyman degan sanga uylanadi? -Odil Jamol tarafga o`grildi. Jamolni ko`zlarida hayrat, Lolaga qarab turardi. Lolani yuzi qizarib, boshi egildi. Ammo uyalib turganini sezdirmay yana shirin tabassum qildi.

- Jamol akam hammasini biladi, baribir mani sevadilar, manam Jamol akamni jonimdan ortiq sevaman! -dedi.

- Buzuqi, hali afsus qilasan!

- Manaaa hech qachon! -yana jilmaydi.

- Qarab tur, bir hafta ichida sandanam yaxshisiga uylanib olaman. Keyin it bo`lib yalinsanham kechirmayman. Sevgimni oyog`osti qilganing uchun, butun umir qarg`ab o`taman! -dedida hamyonida saqlab yuradigan Lola ikkisi tushgan rasmni oldida, to`rtga bo`lib Lolani qo`liga berdi.

- Qarg`aysizmi yo`qmi manga baribir, man sizni o`rtiq ko`rmasam bo`ldi! -dedida mashinaga o`tirdi. - Jamol aka ketdik! -dedi.

Odil ularni ortidan g`azab bilan termulib qolar ekan: Nahokti shu mani Lolam bo`lsa deb o`ylardi. Loladan ko`ngli ozib ketdi. Jahlini bosolmay mashinasini baloniga bir-ikki tepdi.

- Bu dunyoda sandanda jirkanch qizham bormikin...? -deb baqirgisi keldi...

* * *

Qadrim sezib yig`laysan hali,

Armonlarga do`st bo`lib jonim.

Unutaman xuddi sen kabi,

Osongina ketaman kechib.

Erkalayman o`zga bir yorni,

Bo`sa olib, bag`rimga quchib.

Sog`inasan, hali men kabi,

Termulasan javobsiz xatga.

Yosh to`kasan ,,ESTALIK UCHUN``

Deb yozilgan eski suratga.

Jilmayaman, xuddi sen kabi,

Kulib yorga yoqib yashayman.

,, Bitta oshka nafi tegar`` deb,

Suratingni yoqib tashlayman.

Ovunasan, hali men kabi,

Bo`lolmadik sen bilan birga.

Yig`lay, yig`lay so`ngra na iloj,

Tan berasan zorg`a taqdirga.

Men yashayman, xuddi sen kabi,

Sevmasamda bo`lib unga vafodor.

Sen bermagan mehirni izlab,

Chala topsam bo`lib baxtiyor.

Sen yig`laysan, hali men kabi,

Xonangda jim qamalib olib.

Men kulaman, xuddi sen kabi,

Tuyg`ularni qilib-la ermak.

Sen qolasan ortimdan jimib,

Qaytar dunyo ekanda demak.

Ko`nikasan, hali men kabi,

Tizzanga jim boshingni qo`yib.

Ko`z yoshlaring qizigan cho`g`day,

Goho oqar yuzingni o`yib.

Sen yig`laysan, hali men kabi,

JILMAYAMAN, XUDDI SEN KABI...

* * *

Lola orqa o`rindiqda ketar ekan. Qaytib orqaga qaramaslikka urunardi. Qo`lida qolib ketgan, to`rtga bo`lingan rasmni kaftiga qo`yib qayta tiklashga urunardi. Rul boshqarib ketayotgan Jamol oynacha orqali Lolaga qaradi:

- Lola shuni to`g`irlikcha tushuntirib bo`lmasmidi? -dedi.

- Jamol aka, Odil akamni felini bilaman... -dedida ko`zidagi ikki tomchi yoshni artib oldi...

Odil so`zida turdi, ikki hafta bo`lmay Dilbar isimli hamshira qizga uylandi. Baxti kulib Dilabr oqila, mehribon rafiqa bo`lib chiqdi. Odilga onalarday g`amho`r, hamshiraday shirinso`z. Odil Dilabrni sevmasada, mehir berishga Dilbarni baxtiyor etishga xarakat qilardi. Taqdir ularni eng ajoyib juftlik qilib, hayot yo`llarini tutashtirdi...

Oradan ikki oy vaqt o`tdi. Odil ishxonasidan, kech chiqgan bo`lsada uyiga oshiqardi. Suyukli Dilbari uchun sirinlik olishniham unutmadi...

- Salom Dilbarim! -deya uyga kirib keldi. Dilbar salom berib, xurmat bilan Odilni qo`lidagi kastumini oldi. Bergan shirinligi uchun minnadorchilik bildirdi.

- Biroz kech qoldim, ovqatingni suzaver! -dedi. Dilbar darov ovqat suzib keldi birgalashib ovqatlanishdi...

Odil zimdan Dilbarga qarab, kayfiyati yo`g`ligini sezdi.

- Dilbar kel yonimga o`tir! -dedi. So`ng qo`lini Dilbarni yelkasidan oshirib, asta quchoglab oldi.

- Kayfiyating yo`q, ishing joyidami?

Dilbar biroz sukut saqlab keying gapirdi:

- Bugun birinchi aperatsiga kirdim, Jamol Usmonivichga assesentlik qildim!

- Yaxshi o`ttimi aperatsiya?

Dilbar yana biroz sukut saqlab turdi, so`ng:

- Yo`q, beymor ko`tara olmadi!

- Ha... Afsus yaxshi bo`lmabdi. Ko`p siqilma, tangrini irodasi!

- Bechora, miyasida o`simta bor edi. To`rt, besh oydan beri azobda yashayotgandi!

- Yoshmi, qarimi?

- Yosh edi, 21 yoshli qiz!

- Afsus juda erta ketibadi, xudo rahmatiga olgan bo`lsin! -Odil o`tirgan yerida yuziga fotiha tortdi. Oraga yana skunat cho`mdi, Odil telvizirni ovozini biroz balatlatib termulib o`tiraverdi. Dilbar nimadur, demoqchi bo`lib tez-tez qarab qo`yayotganini sezib qoldi. Yana telvizirni ovozini pastlatdi...

- Manga birornima demoqchimisan?

- Haligi, o`sha qiz...

- O`lib qolgan qizni aytyabsanmi?

- Ha, o`sha qiz...

- Nima gap gapiraver...

- O`sha qiz, sizni tanishiz ekan!

- Qanaqasiga???

- Aperatsiya tugagaganda, qizni qo`lida manabu surat qolibdi! -dedida, to`rga bo`lib, keyin kiliklab yamalgan suratni orqa tarafi bilan Odilga uzatdi.

Odil suratni qo`liga olar ekan, rasimiga qaramay:

- Ismi nima edi? -dedi titrtoq ovozda.

- Ismi... Ismi... Loolaaa!

Odil suratni o`girdiyu, yuragi titrab, ko`zlaridan yosh chiqib ketdi...

(TAMOM)

Muallif: -MAJNUN-

Sher Muallifi: ???

Boshqa hikoyalar