tungi.ru

eR XOTIN JINSIY ISHLARI

Jinsiy aloqaning sifati uning

ko'rinishiga yoki turlariga bog'liq

deyishadi. Haqiqatdan ham

shundaymikin?

Jinsiy aloqa haqidagi ko'plab

kitoblarda uni takomillashtirish yo'llari

ko'rsatilgan. Aloqaning turlicha ko'rinishi, har xil

holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va

hokazo. Ushbu maslahatlarni yig'sa 1000 dan

oshib ketadi. U maslahatlarga amal qilgan

juftliklarda esa negadur muammo yo'qolmaydi.

Bu muammolarga:

-Ayolning uyalishi;

-Ayolning lazzatlana olmasligi;

-Erkakning aloqani tez tugatib qo'yishi;

-Aloqaga erkak va ayolning befarqligi;

-Jinsiy ojizlik va boshqalar kirishi mumkin.

Juftliklar jismoniy munosabatlarini yaxshilash

niyatida har xil yo'llarni izlaydilar. Tajriba

kamligidan shubha qilib do'st-dugonalardan

maslahat oladilar, ba'zilar kitob va videolarga yuz

o'giradilar.

Natija bo'ladi, lekin 1 oy o'tgach yana eski holat

va eski muammolar.

Nega?

Chunki erkak va ayol o'z jinsiy munosabatlari

bilan bog'liq muammolarni faqat jismoniy

muammolarda deb o'ylaydilar.

Aslida unday emas. Jinsiy munosabatlar

to'g'ridan to'g'ri ruhiy munosabatlarga bo'gliq.

Agar eri-xotin orasida ruhan to'liq yaqilnlik bo'lib,

mehr va muhabbat kuchli bo'lsa, jinsiy

munosabatlarda muammo yuz bermaydi.

Faqatgina salomatlik tufayli

bo'ladigan muammolar bundan mustasno, albatta.

Sizning oilangiz va munosabatlaringizni sizchalik

hech kim bilmaydi. Va minglab olimlarning tavsiya

etgan holatlari sizga ma'naviy va jismoniy

tomondan aslo to'g'ri kelmasligi mumkin. Do'st-

dugonalarning fikri esa undanda zaif bo'ladi.

Ayollar "semirib ketdim, erimga yoqmay

qoldim"deb o'ylaydilar, ozish yo'llarini izlaydilar,

chiroyli ichki kiyim sotib oladilar, xullas jismoniy

ko'rinishiga ahamiyat bera boshlaydilar. Erkaklar

esa, "tez tugab qolmoqda", yoki "tajribam kam"

deb, kitob va videolardan to'g'ri yo'l izlaydilar

yoki undan yomoni do'stlari bilan

maslahatlashadilar. Natijada jinsiy aloqaning

ko'rinishi va holatlari o'zgarishi ro'y beradi xolos.

Muammoni hal qilish yo'li esa bu emas. Muammo

munosabatlarda. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or ishlari

bilan band bo'lgan ayolning jisniy aloqaga

qiziqishi qancha bo'la oladi? Kechqurun farzandi

uxlaganda uning eng katta niyati yotib miriqib

uxlab olish emasmi? Yoki ro'zg'ori but bo'lishi

harakatida yurgan erkakning fikri-hayoli moliyaviy

muammolarda bo'lib, jinsiy aloqaga faqatgina

jismoniy ehtiyoj sifatida qaray boshlagani

zerikarlik emasmi? Bu muammolarning birgina

ko'rinishi xolos, hamma oilada ular turlicha

bo'ladi, lekin ta'siri aynan jinsiy munosabatlarga

tegadi.

Shunday ekan, avallambor er-xotin jinsiy

munosabatlari salbiy tomon o'zgarganini sezsa,

uning holatlarini va turlarini o'rganmasdan er-

xotinning o'zaro bo'lgan ruhiy munosabatlariga

ahamiyat berishlari lozim..

Xotini kuni bilan charchamoqdami, demak uning

ham dam olishi uchun imkoniyati bo'lishi kerak.

Erkak kishi ko'chada moliyaviy muammolarni hal

qilib kelayotgan bo'lsa, uni uy muammolari bilan

qiynamaslik maqsadga muvofiq bo'ladi. Oilada

bog'cha yoshidagi bolalar bo'lsa, ba'zida ularni

buvilariga qoldirib eri-xotin yolg'iz qolishi juda

kerak bo'ladi. Lekin bu yo'llar jinsiy munosabat

uchun emas, balki er-xotin bir-biriga boshqa

nazar bilan, charchovsiz holatda mehr va

tushunish bilan qaray olishi uchun mo'ljallangan.

Muhimi, er-xotin ruhan bir-biriga yaqinlashishidir.

Erning xotiniga yordami, xotinining eriga bo'lgan

mehri va parvarishi, oilada tinchlik va hotirjamlik

bo'lishi, bollarning salomatligi hammasi juftlikni

bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. Lekin uyda har

kuni biron muammo yuz bergan, erkakning ishida

qiyinchiliklar, uyda bolaning salomatligi tufayli

ona charchagan, qarindoshlar tufayli er-xotin

janjallashgan va boshqa shu kabi muammolar er-

xotinni bevosita ruhan uzoqlashtira boshlaydi.

Sevgan inson har doim o'z minnatdorchiligini,

sevgisini jinsiy aloqada namoyon qilishni istaydi.

Uning shakli, holati qanday bo'lmasin, agar u

sevgi va minnatdorchilikka to'la bo'lsa, u holda

erkak ham ayol ham undan butunlay qoniqa

oladi. Aks holda, u qanday holatda bo'lmasin, ayol

qanchalik go'zal bo'lmasin, ruhiy munosabatlar

singan bo'lsa, jinsiy munosabatlarni hech narsa

tuzata olmaydi. Albatta erkakning tabiatidan kelib

chiqqan holda uning jismoniy ehtiyojini qondirish

uchun aloqa muntazam ravishda bo'lib turadi.

Lekin undan na erkak, na ayol ruhan qoniqa

olmaydilar. Ruhiy qoniqmaslik esa hech qachon

jismoniy qoniqishni bermaydi.

Ikki hafta er-xotin ko'rishmay bir-birini qanchalik

so'ginadi? Juda qattiq sog'inadi. Nafaqat

jismonan, balki ruhan kuchli qumsash seziladi.

Shunda diydorlashgach ilk jinsiy aloqa ro'y

berganda uning turi yoki shaklining ahamiyati

bormi? Yo'q, hech qachon! Chunki bu aloqa

sog'inch va mehrga to'lgan bo'ladi..

Bir-biridan zerikkan va sovugan er-xotinda esa

jinsiy munosabatlar so'na boshlaydi, shunda ular

aloqaning har xil holat va shakllarni izlashga

tushadilar. Negadur ruhiy munosabatlar singaniga

ba'zida ishongimiz kelmaydi yoki bu narsa

hayolimizda bo'lmaydi....

Shuning uchun jinsiy aloqa yo'llarini, turlarini,

shakllarini izlagandan ko'ra o'z turmush o'rtog'iga

qanday qilib mehr va minnatdorchilikni ko'rsata

olish yo'llarini izlash kerak. Shunda tabiiy

ravishda er-xotinning hoxish va imkoniyatlaridan

kelib chiqqan holda jinsiy aloqa shakli, turi va

ko'rinishi takomillashib boraveradi.

Boshqa hikoyalar