tungi.ru

:::Mexanik:::

....Sakramento---Portland ""yo'nalishi bo'yicha Portland shaxriga qaytayotgan avtobus yomg'irli havoda oyna artikichlarini uyon buyonga tezlik bilan silkib tekkis qora asfalt yo'lda shiddat bilan ketib borardi.

Avtobus manzilga yaqin qolgan,ichida yigirma chog'li odamlar olis manzildan so'ng uylariga yaqin qolishganini bilib asta sekin yuklarini yuqoridan olishib tayorgarlik ko'risha boshlashdi.

Eng oxirgi o'rindiqda qalin yomg'irpo'shiga kirib ketgudek bo'lib o'tirgan sochlari patak novchagina odam ham eskirib ketgan ryukzagini yelkasiga ilib asta o'rnidan qimirladi.

Turgan vaqti novchaligi yanayam bilinadigan bu odamning ismi Nik Berkhard .

Portland shaxrida xotini Julietta bilan birga naqd olti yildan beri ijara uyda yashashardi..

Nik xotinini juda yaxshi ko'rar va shu barobarida juda ham rashkchi edi.Sababi Julietta rostdanda aqldan ozdiradigan darajada chiroyli edi.Qanchadan qancha boyvachca oshiqlari bo'la turib u Nikni nimasi uchun tanlaganini hali ham ko'pchilik tushinmaydi.

Lekin ta'riflayotgan ayolingiz nega ijara uyda yashovchi ko'rimsiz bu yigitni tanlaganini tushunmayotgandirsiz.

Buning o'ziga yarasha sababi bor.

Nik Berkhard yoshligidan tug'ma mehanik,qo'lida biron narsa kelmaydi degan gap unga begona.Texnikaning barcha turiga tishi o'tadi va juda puxta rejali odam.Shu xislatlari evaziga u Meksikalik narkabaronlar bilan darrov til topisha qoldi.Nik ularga xavo zambaraklarini yasab bergan.Ovozzsiz 10 kilolik yukni bemalol 250-300 metrgacha irg'itib yuboradi.Uning bu ixtirosidan keyin narkobiznezchilar uchun Amerikaga yangi (havo yo'li ) ochildi.Lekin bir tomoni bor ediki Nikning murakkab qurilmalariga meksikalik "yovvoyi" larning tishi o'tmas edi.Shu sabab har yuk o'tkazish uchun Nik Portlanddan Sakramentoga yo'l olib chegaradan o'tgancha pachkadagi og'ularni Amerikaga irg'itardi..Albatta juda yaxshi haq evaziga..

Tejamkor Nik shunaqangi ko'p pul yig'ib qo'ygandiki hatto Julietta uning ko'p puli borligini bilsada aniq summasini bilmasdi.

Mana sizga sabab Juiettaning Nikni tanlagani ,ha Nik o'sha boyvachcha oshiqlardan da o'n chandon boyroq lekin buni hozircha yuzaga chiqarishga shoshilmasdi.

Avtobus bekatga kelib oxista pissillab go'yoki bor yo'l charchog'ini chiqargancha to'xtab eshiklarini lang ochdi

Havo ozgina ochilgan yomg'ir to'xtagandi.

Nik cho'ntagidan oxirgi sigaretini olib burqistratib tutatib o'sib ketgan soqolini silab uyi tomon yo'l oldi.Uyi shundoqqina bulvar ortidagi o'tgan asrda qurilgan klassik uylar dan biri edi Nik eshigi oldi ga kelarkan hayolida bitta o'y sevimli xotinini to'yib to'yib quchib hushyoqar iforidan baxra olish.

Zaxira kaliti bilan ichkariga oxista kirgan Nik xotinini pastki qavatdan topilmadi.Soat kechki o'nga yaqinlashganini hisobga olsa Julietta bu vaqtda yotoqxonada bo'lish extimoli katta.

Balki oldindan qachon qaytishimni aytsam bo'larmidi o'ylab qoldi Nik.Biror qarindoshinikga mehmonga ketgan bo'lsa..

Ikkinchi qavatga ko'tarilarkan qulog'iga eshitilgan shovqindan xotini uydaligidan xursand bo'lib ildamlik bilan eshikni ochib baqadek qotib qoldi.

Sevgilisi Julietta uning to'shagida begona bilan qip yalong'och yotardi.Nik u begonani ham darrov tanidi ularning kvartallaridagi uchastka noziri afroamerikalik Xenk Klisman.

Ular ham Nikning qaytishini bilishmagani aniq.Toshdek qotgan oshiq mashuqlar Nikga qo'rquv va vaxima bilan qarab turishardi.

Nikning qancha jaxli tez chiqqan bo'lsa shuncha tez tushib aqil bilan ish tutishga qaror qildi.

-Kiyinib oling janob Klisman..

Sen ham Julietta..

-Nik ...senga hammasini tushintirib beraman faqat..ketma iltimos..

Julietta o'rnidan tura sola kiyimlarini apil tapil kiyar ekan yalinishni boshladi.

-Nik uzr oshna bu ish boshqa qaytarilmaydi dedi

Xenk prastina bilan belining pastini yoparkan..

-Julietta sendan buni kutmagandim..

-Nik bosiqlik bilan haliam allanimlar deb yalinayotgan xotiniga so'ngi bor boqdiyu alvido degancha uydan chiqib ketdi..

-Nik..to'xta, xayotim..Nik senga hammasini tushintiraman meni kechir..

Julietta Nikning ortidan qichqirgancha

qolaverdi.

Nik esa bariga qo'l siltagancha uydan bosh olib chiqib ketdi.

-Men senga aytgandim Xenk bugun oldimga kelmagin deb ko'nglim sezgandiya...jin ursin..

-Bo'ldi asabiylashma jonim.

Xenk Juliettaning ortidan quchib divanga o'tirgizdi.

-Asabiylashma..?!Senga aytishga osson..bu ablaxning puxtaligini bilasan ajrashsam hech vaqo tegmaydi menga.

Yashirgan pullarini o'zi bilan olib ketadi..Xenk sen g'irt axmoqsan.

-Bo'ldi qil..qichqirdi Xenk..

Menda bir reja bor uni qo'lga tushirish uchun.Ham undan qutilamiz ham pullariga ega bo'lamiz..

Xenk asta Juliettaning yoniga cho'kib moviy ko'zlariga termuldi.

Julietta u tomon o'girilib lablari pirpiragancha so'radi..

-Qanday yo'l ?

-Senga yoqmasligi mumkin afsus shunga majburmiz..

Xenk stol ustida turgan oshxona pichog'iga qo'l uzatdi..

***

Sevgilisidan bunday zarbani kutmagan Nik garangsirab qolgandi.Amallab uydan chiqib oldiyu qayerga borishini bilmay boshi qotdi.

Keyin yo'l charchog'i va asabbuzar bu ishlardan toliqqani bilinib oyoqlari qaltiray boshlagach tunash uchun shaxardagi yaqin mehmonxonalardan biriga yo'l oldi.

Ertalab tong saxardan eshikning qattiq taqillashidan cho'chib uyg'ongan Nik istar istamas egniga futbolkasini kiyib eshikni ochib yo'q kayfiyati battar tushdi.Eshik ortida Portland politsiyasi noziri Xenk Klinsman aniqrog'i xotining o'ynashi yana bir sherigi bilan turardi.

-Nik Berkhard .. Xenk baland ovozda sudyalardek hukm o'qigan tonda gapira boshladi.

Siz xotiningiz Julietta Berkhardning o'limida asosiy gumondor sifatida qamoqqa olinasiz.Sukut saqlashga haqqingiz bor.Hozir aytgan har bir so'zingiz sudda sizga qarshi qo'llanilishi mumkin.Xenk yonidan kishan olib uni Nikning qo'llariga taqishga chog'landi.

Nimalar ro'y berayotganini tushunib anglamagan Nik Xenkni ko'kragidan itardi.

Shuni kutib turgan Xenk og'ir zarba olgan odamdek devorga urilib ixrab inqillab qo'ydi.

Uning o'xshovsiz aktyorlik chiqishidan so'ng nozirning sherigi Nikning qo'llarini qayirgancha kishanlarni taqdi.

-Serjant protokolga politsya noziriga hujum qilganini ham kiritib qo'ying!!!

Xirillagancha qichqirdi Xenk.

Nimalar ro'y berayotganini anglab ulgurmagan Nik bir zumda o'zini tergov honasida Xenk bilan yolg'iz ko'rdi.

-Sen o'ldirgansan rashk tufayli Juliettani..

Vishillagancha Xenk stolga bir taxlam sur'atlarni tashladi.Unda Nikning uyidan olingan suratlar aks etgandi.

Devorlar qonga bo'yalgan,oshxona tomonda xotini Julietta moviy ko'zlarini shiftga tikkancha ko'ksiga sanchilgan pichoq bilan chalqancha yotibdi.

Garchi kechagina ko'rishga ko'zi bo'lmay turgan bo'ldada Nikning qalbi vayron bo'ldi.Shuncha yillik rafiqasi bilan bu tarzda ayrilish uning yetti uxlab tushiga ham kirmagandi.

-Eshit Nik pichoqda sening barmoq izlaring . .Endi to'g'ri elektr kursiga o'tirasan qasddan qilgan qotilliging uchun!!

-Nimaa..o'limga hukm qilinaman!!Axir..axir..men o'ldirmaganmanku uni..??!

-Afsuski ekspertiza aksini aytayabdi!

-Men hammasini aytaman kecha meni uyimda bo'lganingni ham..

-Bemalol, bu sening jazoingni yengillatmaydi aksincha qotillik uchun ajoyib baxona..

-Sen ishingdan ayrilasan!!

-Sen hayotingdan..!

Ko'rdingmi Nik ikkimiz ham nimalardandir ayrilamiz lekin buni oldini olish ham mumkin hali vaqt borida ish sudga ko'chmasidan.

-Qanday yo'li bor.?

-Eshit Nik bu ishlarda mening ham aybim bor.Ha men sening xotining bilan don olishganman.Shu sabab oldingda o'zimni aybdor sezayabman.Istasang ekspertlarni va guvoxlarni sotib olishni imkoni bor!

-Qancha kerak!

-Bir million dollar!

-Esingni yedingmi oddiy santexnikda bir million pul nima qiladi?

-Santexnik emas mexanik desak to'g'ri bo'lar-a?

Bilasanmi Nik men Julietta bilan shunchalar yaqin edimki u menga ba'zida sen haqingda juda ajoyib ma'lumotlarni berardi.Sen kontrabandistsan va qancha puling borligini ham bilaman ..

-Bu ishlarni sen uyushtirgansan ablax ..Nik o'rnidan turib Xenkka yana tashlanmoqchi edi kishanlangan qo'llari xalaqit qildi,boz ustiga Xenkning yuziga musht tushirishidan keyin xovuri tushib stulga o'tirib qoldi.

-Senga uch kun muxlat Nik keyin ishing sudga ko'chadi u yog'iga puling ham yordam bera olmaydi.O'ylab ko'r.

***

Qorong'u zax kamera.Nik yakka o'zi shundoqqina tepasidagi tirqishdan tushayotgan oy shulasiga termulib tuni bilan mijja qoqmay chiqdi.Tashqaridan kelayotgan sovuq shamol yuziga urilarkan hayot arzimas tuyulsada naqadar qadirli ekanini birinchi bor his qildi.

Ertasiga Xenk Nik allaqachon pulini berishga shay deb uning oldiga keldi ammo Nik hamon jim bir nuqtaga termulgancha kiprik qoqmay o'tirardi..

Ertasiga ham shu xol..

Uchinchi kuni Xenk so'z ochdi..

-Ertaga senga pullaring ham yordam beropmaydi Nik!!

-Ux...Nik og'ir xo'rsinib qo'ydi.

Demak men bir million dollar bersam hayotimni qutqarib qolgan umrimni mana shu to'rt devor ichida o'tqazamanmi?!

-Bu o'lib ketganingdan yaxshiroq emasmi Nik!..

-Ha..men roziman...

-Aa..rozisan juda yaxshi ayt endi pullar qayerda??

-Faqat bir shartim bor aniqrog'i shunga majbursan!

-Nima shart e majburlik ekan ?

-Pullar solingan seyfni mening barmoq izim va yuz nazorati orqali ochsa bo'ladi..

-Jin ursin Nik meni seni bu yerdan olib chiqishimni so'rayabsanku..?

-Boshqa iloji yo'q..

-Jin ursin Nik mayli men ilojini topaman kechqurun chiqib ketamiz!

Nik yana chuqur xo'rsinib yotoq atalmish sovuq matrasiga bosh qo'ydi.

Ko'chada oy to'lishgan,k uzning salqin havosi odamni junjiktiradi.

Xenk Nikni mahkamadan kishanlangan holda qamoqxonaning furgonli mashinasining orqa tarafiga joylab olib chiqib ketdi.

Nik tushuntirgan manzil bo'yicha ketib borisharkan xaydovchi kabinasida ikki kishi borligi sezilardi.

Nik kabina tomon yaqinroq surilib chuqur nafas tortdida miyig'ida kulib pichirlab qo'ydi -Julietta..

Nixoyat soxilga yaqin joydagi eski omborxonaga yetishgach mashin silkinib to'xtadi..

Biroz muddatdan keyin Xenk orqa eshikni ochdi.

-Tush pastga Nik yetib keldik.

Nik pastga tushib tabiatning musaffo havosidan yutoqib chuqur nafas oldida omborxona tomon yurib ketdi.

Eng zamonaviy seyfning qulflarini ocharkan ko'z qiri bilan Xenkka qarab qo'ydi.

Xenk undan ikki qadam narida to'pponchasini mahkam tutgancha indamay uning ishini ko'rsatib turardi.

-Nik..xotining bilan mening o'rtamda bo'lgan ishlar uchun kechir.

Oldingda aybdorman shuning uchun seni o'lim jazosidan olib qolishga ahd qildim..Shu bilan oldingdagi gunohimni yuvdim deb hisoblayman..

-Sen qilgan gunohlaring uchun jaxannamda yonasan Xenk!

-Hammamiz do'zaximiz Nik!.

Nik ishini tugatib sharaq etib kattagina seyfning og'ir eshigini ochdi.

-Mana senga bir million dollar..

Nik seyf ichida turgan qalingina portfelga ishora qildi.

-Nik..

Xenk endigina gap ochgandiki ortidan kelga qadam tovushlaridan o'girilib jaxli chiqdi..

-Julietta senga mashinada qol degandimku!!

-Endi nima farqi bor Xenk ..baribir uni o'ldirasanku!!

Salom Nik ..

-Salom Julietta...

-Meni tirikligimni ko'rib hayrondirsan..?

-Yo'q seni birinchi kuni bilib turganim yo'q -ku..

-Mayli ..Xenk pullarni olaylikda ertaroq juftakni rostlaylik otib tashla uni..

-Uzr oshna hayot beshavqat!

Xenk yonidan to'pponchasini chiqarib Nikka qaratdi..

Ombor ichida jaranglagan o'q ovozidan song ko'kragidan qon sizayotgan Xenk yeega quladi..

-Xenk..Xenk..Julietta qichgirgancha Xenkning murdasini ko'rdiyu qochmoqqa shaylandi.Ikkinchi bor jaranglagan o'q ayolni ham yerga topshirdi..

-Hayot beshavqat Xenk jaxannamda ko'rishguncha..

Nik seyfdan chamadonni oldi,uni olib kelgan mashina ortidan esa qo'lida to'pponcha bilan mehmonhonada Nikni hibsga olgan serjant u tomon yurib keldi.

-Nazarimda vaqtida keldim janob Berkhard!

-Huddi shunday serjant!

-Vadaga vafo mana sizning yangi hujjatlaringiz endi siz Virjinyalik Eddi Tomassiz !

-Mana bu esa sizning hizmat haqqingiz bir million dollar!

Serjant bilan Nik chamadonlarni alishtirib ochib ko'rishdi ikkisi ham mamnun!

-Oq yo'l sizga janob Berkhard!

-Sizga ham serjant!...

Nik Berkhard yangi hujjatlari bilan yana bir pul yashirgan joyga ketib borarkan hademay serjantning qo'lidagi pul to'la chamadon ostiga yshirilgan bomba portlashini esga olib qadamini tezlatdi..

Boshqa hikoyalar