Oq bulut, oppoq bulut (2-bet)
paytdan buyon payqamay kelgan tuyg'ularni endi aniq sezib turardim. Faqat... faqat endi kech bo'lgandi. Ajab, sendek "olim", sendek "zukko" erkakning bir ayol qalbini tushunishi uchun o'n sakkiz yil kerak bo'libdi! O'shandayam tasodifan, to'satdan... Demak, shuncha yillardan beri bejiz tushlaringga kirmagan ekan-da?
Sen bo'lsa... Sen galvars bo'lsa...
Dilafro'z hamon boshini quyi solib, nariyoqqa qarab o'tirar, nazarimda u yana o'sha oq, oppoq bulutlar orasida uchib yuradigan malakka aylanib qolgandi...
Muallif: O'tkir Hoshimov