tungi.ru

Moxim... Xotima. By Rea1ist

Erta tong... Xavo ochiq, quyosh ilk nurlarini zamin uzra taratishiga pichagina vaqt bor.

Bu vaqtga kelib alg`ov-dalg`ov tushlari sababli tinchgina orom ololmagan Moxichehra tuyqusdan alaxsirab yotgan joyidan ko`zlarini katta-katta ochgancha sapchib turdi. U hansiragancha tez-tez nafas olar, hozirgina bo`lib o`tgan voqealar hamon ko`z oldida gavdalanardi. Bularning barchasi tushi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o`zini-o`zi bir chimdidi. "Og`riyapti, demak tush emas" -deya hayolidan o`tkazdi. Yotgan to`shagi yoniga qarar ekan Sardor akasi bir qo`li bilan yuzini yopganicha mazza qilib uxlab yotardi.

-Allohga shukr, allohga shukr -deganicha tungi ko`ylagining ko`krak qismini ko`tarib bir-ikki tuf-tuflab qo`ydi. Keyin esa yuziga xushkayfiyat uchib kelib qo`ndiyu yonginasida bearmon yotgan Sardorning shirin uxlashiga hasadi kelib uni ham nozik joyidan bir chimdidi.

Bexosdan dumbasidan sezilgan kuchligina og`riqdan ko`zlarini ochgan Sardor og`rigan joyini ushlagancha allaqachon o`rnidan turib olgan xotiniga savolomuz qaradi.

-Tarvuz... Tarvuz yegim kelyapti.

Tungi chiroq yonidan joy olgan soatga qarar ekan Sardorning yuzi beo`xshov bujmaydi.

-Ufff, Moxi... jilla qursa soatga qaragin!

-Nima qil deysiz (yolg`ondan arazlagan kishi bo`lib). O`zim uchun emas...

Do`mboqqina bo`lib bilinib turgan qorniga ishora qilib uni silar edi.

-Bo`pti, bo`pti... Telefonim qani?

-Alo Jasur do`koningda tarvuz bormi? Xa, xa o`sha supermarketingda, kelinoying yana xunarini boshladi. Xozir boraman eng kottasini olib qo`ygin. Raxmat o`rtoq, raxmat.

-Ana bo`ldi.

-Nima bo`ldi..?

-Jasurning anovi supermarketida sotiladigan tarvuzlarning oyog`i bor ekan o`zi uyimizga kelar ekan.

-Hazilingiz qursin.

Ushbu gapdan keyin Sardorning yelkasiga Moxichehra yengilgina shapati tarsaki tushirdi.

-Ularda "dostavka"si ham bor ekan jonim. Kel o`zimni asalim, kelaqol.

Sardor suyukli sevgilisi va shuning bilan birga vafoli yori bo`lmish Moxichehrani avaylabgina bag`riga bosar ekan uning qulog`iga astagina shivirladi:

-Mening bukrisi o`ziga yarashgan Moximmm...

Xulosa o`rnida shuni aytib o`tsam bu qissa sizga biron bir yangilik bermagan bo`lishi mumkin. Chunki bu kabi voqealar, hatto bundan battar voqealarni hayotda uchratib turamiz. Shunday ekan hammamizni allohning o`zi yomon ko`zlardan, qing`ir ishlardan saqlasin, Omin!

Boshqa hikoyalar