tungi.ru

Qastimni oldim

-Zarnigor Qizim, borlig'im mening,

ahvoling yaxshimi?

- Men... buyerda nima qilib yuribsiz oyijon?

- Seni ko'rgani keldim. Yuzinga

nima qildi?

- Meni o'ylamang, bu yerdan

tezroq keting. Endi sizni...

Zarnigor qizingiz yo'q, kechiring meni.

- Bu nima deganing qizim? Seni

tashlab qayerga ham borardim.

- Siz ham mahalladoshlarimiz

singari to'y qilib, kuyov

ko'rishga, nevarali bo'lishga haqli edingiz. Lekin men...

o'zimni hayotim bilan

birgalikda, sizni orzu-

havaslaringizni ham sarobga

aylantirdim...

- Unaqa dema Zarnigor, buyerdan tez orada ozod

bo'lasan, bag'rimizga qaytasan.

Bu ko'rgulik ham bor ekan-da...

Qo'llaring qavarib ketibdi. Sen

azoblansang, meni yuragim

azoblanadi... - Meni deb azob chekishingizni

istamayman. Birdan-bir yo'li,

meni unuting. Men... men

qotilman oyi, ha qotil! Buning

uchun jazoimni olishim kerak.

- Men seni qotil ekaninga ishonmayman. Bularning

hammasi tuhmat. Nega bo'lib

o'tgan voqealarni yashiryapsan

unda?

- ...

- Nega indamaysan qizim? Menga ayt hech bo'lmasa,

onangman axir!

- Eslashni xohlamayman oyi,

men uchun umr daftari zavol

topib bo'ldi...

- Astag'firulloh degin! Biz bilmaganimiz nima, menga

aytgin, buncha umidsiz

bo'lmasang! Hayotda shunaqa

qiyinchiliklar ham bo'ladi-da!

Buning uchun yashashdan

to'xtash emas, kurashish kerak! Axir sen yolg'iz emassan, ota-

onang, ikkita singling bor.

O'zingni o'ylamasang ham

ularni o'yla, sensizlik ularga

oson kechadi deb

hisoblaysanmi? - ... mayli, aytganim bo'lsin. Faqat

meni istaklarimni amalga

oshirishga va'da bering.

- Xo'p.

- Meni hechqachon o'ylab

siqilmang, meni umuman unutib, singillarimni ham bunga

ko'niktiring. Ular hali yosh, katta

bo'lishganda "opasi odam

o'ldirib qamalgan" degan

tamg'a, baxtlarini yarim qilishini

xohlamayman. Shunga va'da bera olasizmi?

- Nimani so'rasang ham faqat

"meni unuting" dema jon qizim.

Qaysi ona o'z farzandini unuta

olardi? Haqiqatda qotil bo'lsang

ham sendan yuz o'girmayman. - Eh oyi...

- Gapir endi, nima bo'lgandi

o'zi?

- Bari xuddi yomon tushdek bir

zumda sodir bo'ldi. Bir o'n

kunlar oldin sinfdoshlar o'tirish tashkil qilgandik, sizdan ruhsat

so'ragandim, esingizdadir...

O'sha kechada sinfdoshim uyiga

Nodir kelib tashqari

chiqishimga undadi. "Hozir

uchrasholmaymiz" desam ham qo'ymadi. "Meni desang chiq,

bo'lmasa meni sevmas ekansan

deb o'ylayman va oramiz ochiq

bo'ladi" dedi. Noiloj

sinfdoshlarim tashkil etgan

tadbirni tashlab ko'chaga chiqdim. Meni hechkim yo'q

uyiga olib bordi, "kechki ovqatni

birga tanovvul qilishni istagan

edim" deb dasturxon tayorlabdi.

- Nodir aka, boshqa safar

ovqatlanardik. Nega aynan bugun buni xohlab qoldingiz?

Axir sinfdoshlarim nima deb

o'ylaydi?! Keyin, vaqtliroq uyga

ketishim kerak.

- E qo'ysangchi, borasan-da

uyga. To'g'risi, sinfdoshlaring orasida yigitlar ham bor,

shulardan rashk qildim seni.

Bundan xursand bo'lishing

kerak. Sen uchun qadah so'zim

bor, qani ol, - ming lanat shu

qadah so'zlariga. Davomi bo

O‘xshash hikoyalar