tungi.ru

Qastimni oldim davomi

Xunob bo'lib ichganimdan keyin hushimni

yo'qotdim. Uyqu dori qo'shgan

ekan, qanday qilib bunga qo'li

borganini aqlimga

sig'dirolmayman... Ko'zimni

ochganimda tong otgan edi. O'sha paytdagi holatimni hozir

tasavvur ham etolmayman.

O'zimni yig'lashdan

to'xtatolmadim...

- Nodir aka-a! Nima qilib

qo'ydingiz?! Qaysi gunohim uchun?!

- Tinchlan Zarin. Men ham

bunaqa bo'ladi deb

o'ylamagandim, ko'p ichib

yuboribman, - bilasizmi oyi,

hayotim ostun-ustun bo'lib ketganini anglasamda unga

bo'lgan muhabbatim meni dadil

bo'lishga undardi. "Bir haftadan

keyin sovchi qo'yaman,

uylanaman senga" degan

gaplariga ishonib, indamay qo'ya qoldim. Keyin bilsam, u

meni gaplashganimizdan buyon

aldab kelar ekan. Oradan uch

kun o'tib, uni boshqa bir qiz

bilan sevishganini, 20-

sentyabrga Moskvaga ikkita chipta xarid qilibdi. Bu sana,

menga "bir hafta" deganini

beshinchi kuniga to'g'ri kelardi.

Ikkalovi meni hayotimni barbod

qilib, osongina qochib

ketishmoqchi edi... - Kechirasiz opa, ushbu

bo'linmaga ajratilgan vaqt

tugadi, - qamoqxona qo'riqchi

militsiyasi kelib.

- Yana biroz qolishimga ruhsat

beringlar, iltimos. Qizim bilan yana ozroq gaplashsam

degandim.

- Uzr, ilojimiz yo'q. Ertaga keling

opa, yana ruhsat beramiz.

- Qizim, men ertaga kelaman

xo'p-mi? Hammasi yaxshi bo'ladi hali...

(Ikkinchi kun)

- Bu voqea sodir bo'lganidan

keyin, Nodir menga telefon

qilmay qo'ygandi. Haqiqatdan

xabar topganimdan so'ng undan qattiq nafratlandim.

Unga telefon qilib, hechkim yo'q

joyga uchrashishni so'radim,

ikkilanib rozi bo'ldi. "Ozgina

ishlarim ko'payib ketdi, o'zim

telefon qilaman deb turgandim, senga sovg'am bor" dedi. Meni

ko'zlarimga nafratdan boshqa

hechnarsa ko'rinmasdi.

Bokiraligimni tobtagani

yetmagandek, boshqasi bilan

gaplashishini o'ylayverib tobora jahlim kuchayardi. Nafratim, stol

ustida turgan pichoqga qarab

yetakladi. Xayolimda uning

ko'ksiga pichoq sanchish,

qastdek tuyulib ketdi. "Sendan

qastdimni olaman, meni aldaganingdek boshqalarni ham

hayotini barbod qilishinga yo'l

qo'ymayman", birga tushgan

rasmlarimizni yirtib tashlayotib

xayolan gapirardim. Bir soatlar

vaqt o'tib uchrashuvga bordim, u ham hechnarsa bo'lmagandek

kulib oldimga keldi...

- Zarnigor, qandaysan? Nechuk

bu yerda uchrashishni

xohlading? ... Nimaga jimsan?

Kayfiyating yo'qdek, meni ko'rganingdan xursand

emasmisan? Qara, senga nima

olib keldim, sen yoqtirgan

shokolad, - shu topda ikki

qo'lim bilan yashirib turgan

pichoqni ko'ksiga sanchish uchun mahkam tutdim.

- Nodir aka, meni tashlab

ketmaysiz-a? Menga uylanasiz-

a?

- Bu nima deganing?

Yig'layapsanmi? - Avvallari sevgiga ishonmasdim,

uni shunchaki havas deb

o'ylardim. Ammo bu tuyg'u

davomiy bor ekan. Siz

hayotimda paydo bo'lganizdan

so'ng, butun borlig'im bilan sizni sevdim, ishondim va

hayotimni bag'ishladim.

- Bilaman, bu gaplarni ko'p bor

aytgansan-u. Yana bir bor meni

sodiqligimga amin bo'lish

uchun chaqirdingmi? - Sizga xuddi akamdek

hurmatim, otamdek mehrim bor

edi...davomi bo

O‘xshash hikoyalar