tungi.ru

Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi (1-qism)

Bolaligingzida fazogir yoki

mashhur yulduz bo‘lishni

istaganmisiz? Va bugun

orzularingizdagi hayotda

yashayapsizmi? Unda siz –

baxtlisiz Agar, quyidagi 12ta belgidan

birortasi sizda mavjud bo‘lsa, uni

o‘zgartirishga harakat qilishingiz

kerak, deydi Lifehack sayti.

1. Juda ko‘p vaqtni o‘zimizga

kerak bo‘lmagan narsalar uchun sarflash.

Masalan video-o‘yinlar, televizor

qarshisida, internetda va

hakozolar. To‘g‘i bulardan

foydalanish kerak, lekin haddan

ziyod emas. Balki juda ko‘p vaqtingiz ovqatlanishga ketar

yoki ichkilik ta’sirida ko‘p vaqt

yo‘qotarsiz. Agar sizda bularning

bari meyorda bo‘lsa, u holda

o‘ylab ko‘ring, sizga zarur

bo‘lmagan, lekin siz uning ustida ko‘p vaqt sarflayotgan narsa

nima? Suni aniqlasagiz va

bartaraf eta olsangiz, umringiz

bekorga sarflanmayotgan bo‘ladi.

2. Juda ko‘p nolish.

Hayotdan, ishdan, boshliq, oylik, qo‘shnilar va yana nimalardandir

nolib yashaydiganlarni har

birimiz uchratganmiz. Ba’zan

o‘zimiz ham shunday bo‘lib

qolamiz. Lekin bu xato, chunki

negativ, yomon fikrlar bilan hech qachon ishimiz yaxshi bo‘lib

qolmaydi. Doim pozitiv, yaxshi

hayollar bilan yurish kerak

3. Miyamizni rivojlantirmaymiz.

Inson har yoshida rivojlanishdan

to‘xtamaydi. Uning miyasi yangi ma’lumotlarni talab qilaveradi.

Agar biz uni o‘zimizga kerakli

narsalar bilan boyitmasak,

g‘iybatlar, boshqalarning keraksiz

gap-so‘zlari unga o‘rnashib oladi.

Shuning uchun miyangizni doimiy ravishda kerakli va foydali

ishlarni o‘rganish bilan

“oziqlantirib” boring.

4. O‘zimizni o‘zimiz juda ko‘p

yomonlaymiz.

O‘zimiz-o‘zimiz bilan hayolimizda suhbatlashamiz va o‘zimizga

baho beramiz. Bu esa bizni

yuksalishimiz yoki paslashimizga

sabab bo‘ladi. Masalan Genri Ford

aytganidek – “Siz qila olaman

desangiz ham, qila olmayman desangiz ham – har ikki holatda

ham siz haq bo‘lasiz”. Agar biror

ish qilmoqchi bo‘lsangiz-u, yo‘q

eplay olmayman desangiz, albatta

eplay olmaysiz. Qila olishingizga,

kuchingiz yetishiga ishonsangiz, aniq eplay olasiz.

5. Ruhiy tushkunlik.

Nimagadir mukkasidan

ketganmisiz? Bu savolga

ko‘pchilik yo‘q deb javob beradi.

U holda nimaga ko‘proq qiziqishingizni yana bir bor

o‘ylab ko‘ring va qiziqishlaringiz

orasida ma’qul ko‘rganlaringiz

bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lishga,

unga mukkasidan ketishga

urining. Chunki qiziqqan ishingizni qilish sizni yanada

ruhlantiradi.

6. Kelajak rejasining yo‘qligi.

Ko‘pchiligimiz faqat bugunni

yashash kerak deb hisoblaymiz

va kelajak haqida o‘ylamaymiz. Lekin hayot faqat bugundan

iborat emas, sizning kelajakka

umidingiz bor bo‘lsa va unda

yashashni istayotgan bo‘lsangiz,

u haqida o‘ylashingiz kerak

bo‘ladi. Maqsadsiz inson okean o‘rtasidagi qayiqqa o‘xshaydi, u

hech qayerga suzmaydi va kimdir

uni qutqarishiga ishonadi. Lekin

har doim ham kimdir qutqargani

kelavermaydi. Inson o‘z oldiga

maqsad qo‘yishi va unga tomon intilishi kerak bo‘ladi. Olg‘a

intilishda o‘sha maqsad sizga

ko‘makchi bo‘ladi.

O‘xshash hikoyalar