tungi.ru

Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi (2-qism)

7. O‘sishimizga halaqit

beradigan insonlar davrasida

bo‘lish. Agar kimningdir yonida

o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz,

u bilan kamroq ko‘rishishga

urining. Bunday odamlar

“energiya so‘ruvchi vampir”ga

o‘xshaydi. U sizning o‘sishingizga emas, pastlashingizga xizmat

qiladi. Uning yonida

yuraversangiz, bir kun albatta

o‘zingizga ishonch tushib ketadi.

Bunday odamlar haqida gap

ketar ekan, ular sizning ustingizdan kuluvchilar,

ishlaringizga bepisand

qarovchilar, yutuqlaringizga

xasad qiluvchilar deyish mumkin.

Bunday og‘aynilar o‘rniga boshqa

– hayotga yaxshi ko‘z bilan qarovchi, o‘z maqsadlariga ega

insonlar davrasida bo‘lganingiz

yaxshi.

8. Telefonga qaramlik.

Tan olamiz, telefon eng yaxshi

ermak vositasi. U bilan hech kim hech qachon zerikmagan. Agar

och qolsa zerikishi mumkin

Umuman telefondan

foydalanmang demaymiz, lekin

ortiqchasi aniq zararligi haqida

o‘zingiz ham bilasiz. Agar zaruru bo‘lmasa, kim bilandir yozishish

o‘rniga boshqa kerakli – oila

davrasida ovqatlanish,

suhbatlashish yoki dars qilish,

nimadir o‘rganish bilan mashg‘ul

bo‘lgan yaxshi. 9. Pulni keraksiz bo‘lgan

narsalarga sarflash.

O‘ylab qarasak, biz uchun eng

muhim narsalar – ovqat, suv,

boshpana va sevgi. Qolgan

barchasi ularga qo‘shimcha bo‘la olishi mumkin va bu

qo‘shimchalarning adog‘i yo‘q.

Lekin pulning adog‘i bor Shu

bois, “zarur” va “xohlayman”

o‘rtasidagi chegarani bilsangiz

kifoya. “Zarur” buyumlarni harid qilib, “xohlayman” uchun

sarflanadigan pulni asrab

qolsangiz, kelajakda nimadir

“zarur” buyumlarga kerak bo‘lib

qoladi.

10. Yetarlicha uxlamaslik. Yetarlicha uxlash bu sog‘lik

uchun foydali. Ishlar, sevimli

mashg‘ulotlar sabab uxlay

olmayman, desangiz, u holda

mshg‘ulotlar vaqtini almashtiring

va o‘z vaqtida uxlab energiya to‘plashga harakat qiling.

11. Tana tuzilishimizga kam

e’tibor berish.

Sog‘ligimiz uchun faqat uxlash

emas, ovqatlanish va

badantarbiya ham o‘ta muhim. Vaqtida ovqalanish, miqdoridan

ko‘p yemaslik va doimiy sport

bilan shug‘ullanib turish million

marta takrorlangan maslahat. Bu

esa shunga yana bir qo‘shimcha

12. O‘zimiz yoqtirmagan hayotda yashash.

Sizga nimadir kovproq yoqadi.

Lekin aynan hozirgisi emas,

masalan ish, uy, qo‘shnilar… Balki

uydagi mebelllar joylashishi ham

yoqmas, yoki ishingiz uzoqdami? Bu kabi muammolarni hal qiling –

yoqmasa, voz keching. Ularni

boshqa yoqadiganiga

almashtirish mumkin. Boshqa

uyga ko‘chib o‘tish, sevimli kasb

bilan shug‘ullanish. Hayotingizda nimadir yoqmayotgan bo‘lsa, uni

almashtirishga urinib ko‘ring.

Bu belgilar o‘zimiz tan olishni

istamaydigan, lekin hayotimizni

bekorga sarflayotgan

narsalarimizdir va ularga men ham qo‘shilaman. Agar sizda

biror qarshi fikr mavjud bo‘lsa

yoki yana nimanidir qo‘shimcha

qilishni istasangiz fikr bildiring :

O‘xshash hikoyalar