tungi.ru

Juvo

U ayol goh-gohida

ishxonamizga kelib

turardi. Balki uni

shunchaki ayol

desam, biroz yoshi

o‘tinqirab

qolgandek taassurot uyg‘otar

sizda. Chunki, ayol deyish nisbiy

tushuncha. O‘n yetti yoshli qizni

ham, yetmish yoshli onaxonni

ham ayol deyish mumkin.

Shuning uchun ham uni ayol

emas, juvon deyish ma’qulday.

Qolaversa, madaniyroq. Ishqilib,

juvon haqida ishxona

xodimlarining birortasida tugal,

aniq fikr yo‘q edi. U kelardi, hazil-

huzul qilardi, ketardi.

Kompyuterda o‘tirib nima ish

qilishini ham hech birimiz

bilmasdik. O‘sha kuni u ancha

vaqt ushlanib qoldi. Tumandan

qatnab ishlagani uchun ishdan

ertaroq chiqib, uyiga qaytishi

kerak.

Aytgancha, uning eri yo‘q edi.

Demak, juvon haqida nimanidir

bilardik. Qolaversa, yuzlari

shevada aytganda biroz

qorashirg‘ay, sochlari esa

jingalakka moyil, doimo yasan-

tusan qiladi, bo‘yi ham kaltaroq.

Juda ko‘p kulardi. Tushunish

qiyin, ko‘p kuladigan odam

haqida har xil xayolga borish

mumkin: u sizdan nimanidir

yashirayapti, siz bilan

qalinlashishni xohlayapti, yolg‘on

gapirayapti, o‘zini o‘ng‘aysiz

sezayapti… va hokazo. Lekin

bizning juvonimizga bu

taxminlarning barchasi to‘g‘ri

kelardi. Yana shu gap – uni

yaxshi bilmasdik!

Ishxonada eng kichigi men va

Aziz. Yoshimiz ham teng, bitta

institutni bitirib, bir joyda

ishlayotgandik. Juvonning

qiliqlari bizga yoqardi. Uning

g‘ashiga teksak, tegajog‘lik qilsak

ham indamasdi. Bizni yosh bola

bilardi… yo ungayam bu yoqardi.

Bizdan uch-to‘rt yosh katta

bo‘lsa-da o‘zimiz tengi ko‘rib

hazillashaverardik. Sochidan

tortib, burniga teginardik. U

soxtaqovoq bilan «hujum»

qilardi. Biqinimizdan «boshqacha

qilib» o‘yib olardi.

Juvon rostdan ham sirli edi.

Xayolimda uning ichida dardi

bordek tuyulardi. U menga

ba’zida «yorilmoqchidek»

bo‘lardi. Aslida kimning ham

dardi yo‘q? Axir eridan ajragan

ayol bo‘ladi-yu dardi

bo‘lmasinmi? Nega ajrashgan,

buning qandaydir sababi bor-ku.

O‘sha qandaydir sabab albatta

uning dardi bo‘lsa kerak. Balki

eriga ko‘ngli bo‘lmagandir yoki

eri urgandir, yoki boshqa narsa,

nima bo‘lsayam, bizning juvon

azob chekkan. Buni sezardim.

Ko‘p qiynalgani shundoqqina

sezilib turardi. Himoyasiz,

suyanchsiz ayolni farqlashdan

osoni bormi? Ular yo ko‘zingizga

tik qarab gapiradi yoki aksincha.

Bu uning tanlagan yo‘liga bog‘liq,

albatta.

Ha, o‘sha kuni ertalab

kelganidayoq uning kayfiyati

yaxshi emasligini sezdim.

Shuning uchunmi, berilib ishladi.

Kun qaytayotgan bo‘lsa-da juvon

qaytishni o‘ylamasdi. Deraza

oynasidan g‘ira-shira bo‘lib

borayotgan osmonga qarab-

qarab qo‘yardi.

– Nima, bugun uyingizga

ketmoqchi emasmisiz? – Aziz

betakallufligiga borib juvonga

savol berdi. Juvon anoyi emas.

Ko‘pni ko‘rgan ayollarday javob

qaytardi:

– Ikki bo‘ydoq meni biror joyga

taklif qilsalaring-chi?

– Bo‘pti, biznikiga boramiz. Osh

qilib berasiz, o‘tiramiz… - Aziz

yana surbetlik qildi.

Taajjub, juvon «yaxshi» deb kulib

qo‘ya qoldi. Avvaliga bu gaplarga

unchalik e’tibor qilmagan bo‘lsak-

da rostdan ham u qaytishni

o‘ylamay qo‘ydi. Ayolning fe’li

g‘alati-da. Yanada berilib ishga

kirishdi. Ishxonada uchovimiz va

qorovul qoldi.

Aziz nimanidir o‘ylab ichi

yonayotgandi. Nima qilarini

bilmay, u yoqdan bu yoqqa borib

kela boshladi. Biroz oldin juvonni

uyga taklif qilib qo‘yganidan

o‘ng‘aysiz ahvolga tushayotgandi.

O‘zi u shunaqa – doim shoshadi.

Men ham atay unga qaramadim.

Tashqariga chiqib ketdi. Yana

qaytib kirdi. Yana chiqib ketdi.

Meniyam chaqirdi.

– Nima qilamiz? – co‘radi.

– O‘zing bilasan, sen taklif qilding,

- bo‘ladigan voqeani o‘ylab

oldindan terga botdim.

– Ov, asabimga tegma, nima

qilamiz, ayt! – sherigim ham nima

qilishni bilmayotgandi. – Balki

hazil qilgandir, biror

tanishinikiga ketsa kerak.

Kiraylik-chi, so‘raymiz. Ketmasa,

tavakkal, xonaga boraveramiz.

Bitta konyak, ozroq kolbasa,

mayda-chuyda olsak bo‘lar…

Cho‘ntagini ushlab qo‘ydi.

Kabinetga kirsak, juvon

kompyuterlarni o‘chirayotgan

ekan. Biz bilan ketishni xohlamas,

deb umid qildik. Fikri

o‘zgargandir. Ikki "go‘dak”ni bir

qo‘rqitib qo‘yay degandir. Yo‘q,

unday emas ekan. "Ketdik,

yigitlar” deb bizni oldiga soldi.

Yo‘l-yo‘lakay biroz oldin

rejalashtirgan narsalarimizni

do‘kondan xarid qildik. Juvon

yonimizda turgani uchun yana

boshqa mayda-chuydalar ham

qo‘shildi. Yaxshigina bozorlik

bo‘ldi. Agar bu narsalarni do‘stim

ikkimiz mayda chaynasak, biror

haftacha yashardik. He…

arzimabdimi.

Podezdga kirib zinadan

ko‘tarilayotganda xonamizning

ahvolini ko‘z oldimga keltirib,

yuragim orqaga tortib ketdi.

Qariyb bir necha oydan buyon

yuvilmagan idishlar uyulib

qolgan. Supurilmaganiga ham

haftalar bo‘lgan. Esimda, yaqinda

bir-ikkita kursdoshlar kelganda

uyni supurgandik. Latta-puttalar,

ko‘rpa-to‘shaklar boshqa jins

vakillari ko‘zi tushadigan holatda

emasdi, albatta. Qo‘polroq qilib

aytganda, uyimizga mog‘or hidi

unnab qolganini o‘shanda

sezdim. Eng yomoni, bu o‘ylarni

zinadan ko‘tarilgunimizcha

o‘yladim. Ilgariroq xayolimga

kelsa bo‘lmasmidi?

Juvon bizning kulbaga kira solib,

burnini jiyirdi. Ochiqdan-ochiq

jirkanganini yashirmadi. Avvaliga

yarmi uzilib yotgan pardalarga,

so‘ng chala yig‘ilgan ko‘rpa-

to‘shakka bir-bir qarab chiqdi.

Oshxona tomondan kelayotgan

noxush hiddan ko‘ngli

ag‘darilgudek bo‘ldi. Hayronman,

xonamizga juvon kirgunicha

bunchalik rasvo uyda

yashashimiz biror marta bo‘lsin

sezilmagan ekan.

– Uzr, bo‘ydoqchilik, aybga

buyurmaysiz, - gapni burmoqchi

bo‘ldim. Hozir eslashga qo‘rqadi,

kishi. Uni shu ahvolda o‘tirishga

taklif qildik.

Juvon bizni uyimizdan chiqarib

yubordi. "Bir aylanib kelinglar”

dedi. Oshnam bilan ko‘cha

muyulishidagi do‘konga qarab

yurdik. Ko‘chada pista chaqib,

o‘zimizcha nimalar qilishimizni

o‘yladik. U menga sen boshla

dedi, men unga avval sen boshla,

dedim. Biror soatcha tashqarida

turdik. Negadir uyga kirishga

unchalik shoshilmasdik. Juvon

bizning xonamizni tartibga

keltirishi odatiy holdek, ko‘chada

aylandik.

Uyga kirganimizda, xonamizni

o‘zimiz tanimay qoldik. Juvon

shuncha idish-tovoqni qanday

yuvib ulgurgani-yu, cho‘ltoq

supurgi bilan xonani chinnidek

qilib supurib qo‘yganiga

ishonmadik. Oshxonadan ham

yoqimli hid kelayotgandi. Osh!

Dasturxon ham o‘ziga xos

bezalgan. Xonani ayol isi tutib

ketgan. Fikrimcha,

sumkachasidagi atirdan olib

sepgan edi. Ochig‘i, uni bunchalik

orasta, deb o‘ylamagandim. Unga

mehrim iyib ketdi. U o‘zini shu

uyning bekasidek tuta

boshlagandi. Biz esa rostdan

ham uning uyiga kelgandek,

begonasirab uyga kirdik.

– Yaxshiyam, "xozayn”laring chet

elga ketgan ekan, bo‘lmasa

ikkalangizni ham quvib

chiqararmidi? – juvonning biroz

oldingi horg‘in, tushkun

kayfiyatidan asar ham

qolmagandi. – Sal tozalab

o‘tirsalaring bo‘ladi-ku. Endi u

o‘zini opamizday tuta boshladi.

Azizni bilmadim-u lekin men uni

uyimizga olib kelganimizdan

afsus qila boshladim. Aniqrog‘i,

uyaldim. Ishqilib, xayolimizdan

o‘tgan narsalarni sezib

qolmadimikan. U o‘z xonadonida

erishmagan bekaligini bizning

g‘arib kulbada qilishga

intilayotgandi. Bir kungina bo‘lsa-

da erli uyning erkasi bo‘lishni

qumsayotgani sezilib turardi.

Shunday beozor sho‘xlik qila

boshladiki, fikrimcha bu "egri

ayol”ning qilig‘iga sira

o‘xshamas, aksincha, rafiqaning,

jufti-halolning nozini eslatardi. U

juda baxtli edi.

Palovxonto‘rani suzib keldi.

Oshnam ovqatdan oldin yaxshi

ketadi, deb unga konyak

quygandi, qat’iy rad javobini oldi.

Ichiga shayton suvi kirmagani

uchunmi, Aziz o‘zini mendan ham

battar o‘ng‘aysiz his qila boshladi.

Rostdan mehmonda o‘tirganday,

gapirmay qo‘ydi. Faqat juvon

gapirdi, biz eshitdik. Kayfi

bo‘lmasa-da ko‘pchilik baxtsiz

ayollar singari dardini aytishga

tushib ketdi. Lekin yig‘lab-

siqtamadi, shunchaki, birovning

taqdirini gapirgandek hissiz

gapirib berdi. Noshud eri, orsiz

qayinog‘alari, oqibati yo‘q aka-

ukalari haqida xiyol jilmayib

gapirib so‘zladi. Biz ham bu

gaplarga jiddiy qiziqmadik, hissiz

tingladik.

Uyimiz bir xona-yu torgina

oshxonadan iborat edi. Shunday

bo‘lsada, biz oshxonaga chiqib

yotmoqchi bo‘ldik. Juvon rozi

bo‘lmadi. Bitta xonada yotamiz

dedi. O‘ziga, menga va Azizga

yonma-yon qilib joy soldi.

Shaytonni qarang, yana ishini

qildi: ichimizga oraladi. Fikrimiz

bo‘lindi. Chiroqni

o‘chirganimizdan so‘ng, oshnam

biqinimga turtdi. "Qo‘lingni uzat,

indamaydi” dedi. Ichim muzlab

ketdi. Bir xayolim qo‘limni

uzatsammi, dedim. Qo‘rqdim.

"O‘zing o‘t!” dedim. "Yo‘q, sen

boshla” dedi.

– Aynimanglar, qaerda

ko‘rgansizlar uka opaga yomon

ko‘z bilan qaraganini? –

gaplarimizni eshitib turgan ekan.

– Tinch uxlanglar, qani. - Yer

yorilmadi, yerga kirib ketmadik.

Hamma gapimizni eshitibdi. Rosa

izza bo‘ldik-da o‘ziyam. Uning bu

gapidan keyin boshqa narsaga

o‘rin qolarmidi?

Shayton xo‘mraydi… xo‘mraydi.

Keyin derazadan chiqib ketdi.

Nima bo‘lsa bo‘lar, o‘sha

oqibatsiz ukalarining o‘rniga biz

uka bo‘lsak, nima bo‘pti…j

Boshqa hikoyalar