tungi.ru

[She`r]Qiz bola

Topshirmang o`zingiz shayton qo`liga,

Aldanmang, niqobdagi nomard so`ziga.

Ravomi sizga, yigitlarni tushmoq yo`liga,

QIZ BOLA TAQDIRI O`YINCHOQ EMAS

Unutmang, otangiz g`ururisiz,

Bilasiz,o`zbegimning qizlarisiz.

Kumush-u, Bibixonim avlodlarisiz,

QIZ BOLA TAQDIRI O`YINCHOQ EMAS

Aybingiz sezishsa, g`iybat qilishar,

G`iybat yetmagandek, tuhmat qilishar.

Iboli ßo`lsangiz hurmat qilishar,

QIZ BOLA TAQDIRI O`YINCHOQ EMAS

O‘xshash hikoyalar