tungi.ru

Mening qismatim 1 (muallif : kamolov)

Hikoya ko`chrilgan

Bir josusning hayoti.

1992 - yil

Men shuncha vaqt qo`rquv va xavf-xatar iskanjasida yashadim. Doim biron nimadan xavfsirab yashadim. Yarim tunda yolg`iz qolganimdan so`ng o`yladim "Xayriyat xammasi ortda qoldi, Endi shoyad zora odamlarga o`xshab yashasam. Biroq endi nima ish qilaman? Menga ish beraman deb kimning ko`zi uchib turibdi? Egamqul akaning yoniga borsamchi, birga cho`ponlik qilardim. Harqalay chetroqda odam kam joyda bir ikki yil yursam. Men xaqimdagi shov shuvlar biroz kamayarmidi. Lekin Egamqul aka singlim Saidaga uylanmoqchi ediku. Mening borishim unga noqulay bo`lmasmikin? Yaxshisi shoshmay turay avval uylansin keyin bir gap bo`lar".... Shunday o`ylar bilan uxlab qolibman. Ertalab tong otmasidan turdim. Anchadan beri badantarbiya qilmagandim. Otam bilan Saida uyg`onguncha hovlida aylanib yugurdim, biroz mashq qildim. Kun yorisha boshladi, ko`rganlar noto`g`ri tushunishmasin deb o`yladim va mashg`ulotni tugatib yuvinib uyga kirdim.

- Anchadan beri bir dasturxon atrofiga yig`ilmagandik, dedi otam nonushta payti.

- Oying bilan Botir bo`lganida yanayam to`liq bo`lardi...

Yutgan nonim bo`g`zimda qoldi. Saidaning ko`zidan yosh sizib chiqdi, boshi egildi. Otam bizni axvolimizni sezib noqulay bo`ldi. Aslida uchalamiz bexavotir jam bo`lganimizni aytmoqchiydi menimcha. O`rtaga og`ir sukut tushdi. Oxiri boshqa gap topolmagach otam jimlikni buzdi.

- Xay shunisiga ham shukur. Qolganlarning boshi omon bo`lsin. Aytgancha Sobir, nima qilmoqchisan endi? Biror instu=itutga kirib o`qisang yaxshi bo`larmidi?

- Bilmadim, Bir ikki kun uyda yuraychi, keyin o`ylab ko`rarman.

- To`g`ri qilasan, uyimizam ancha remonttalab bo`lib qolgan. Yaxshilab bir suvoqdan chiqarib, ohaklash kerak, dedi otam xonaning devorlariga ko`z yugurtirarkan.

- Keyin yangayam olaversak bo`ladi, dedi Saida menga sirli jilmayib.

- To`g`ri uyni sal epaqaga keltirsak darrov akangning boshini ikkita qilib qo`yamiz, dedi otam kulib.

- Unda suvoq ham ikki - uch yilga cho`zilarkanda.

- Nega.

- darrov olaxurjunni osmanglar menam bir ikki yil bemalol yuray. Uylanish bo`lsa qochmas.

- Xo - o o o, ungacha mening dugonamni opketib qolishadi, dei Saida gapga aralashib.

- Opketsa opketar, qiz zoti qurib qolibdimi? Bizga atalganiyam topilib qolar.

- Bekor aytibsiz, agar Barnodan boshqasi uyimizga kelsa, oldimga solib quvaman.

Singlimning rostakamiga jahli chiqdi.

- Xazillashdi akang, sen anavi Abdukarimning qizini aytyabsan menimcha... Oyday qiz, bir ro`zg`orni eplaydigan qiz.

Ko`ngil xiralik bilan boshlangan nonushta shu tariqa xazil xuzil bilan nihoyalanib dasturxonga fotiha o`qildi.

Tushgacha uyimizdan odam arimadi. Kelganlarning ko`pchilig qarindoshlar.

Hartugul, tushdan keluvchilar siyraklashdi. Endi biroz dam olaman deb uyga kirmoqchiydim darvozadan sinfdosh do`stlarim kirib kelishdi.

Saida sho`rlik yelib yugurib slohida xonaga joy tayyorladi. Har qanday sharotida ham bolalikdagi do`stlarning o`rni boshqacha bo`larkan. Nurali ismli sinfdoshim yonidan ikki shisha aroq chiqardi. Yigitlarning aroqni ko`rib ko`zlari chaqnab ketdi.

- Qay go`rdan olding, xozir aroq topish ancha qiyin bo`lib qoldiku, dedi halitdan mo`ylov qo`yib olgan Eshmirza.

- Senga yo`q, lekin menga o`xshaganlarga bor, senam yuribsanda erkakman deb, yo`lini topish kerak, deb gerdayib qo`ydi va aroqni qult qultlatib piyolalarga quya boshladi.

Hech kim qadah so`zi aytmadi, olinglar , olinglar degan gaplar orasida kimningdir "safimiz buzilmasin" degani qulog`imga chalindi.

Sinfdoshlar allamahalgacha o`tirishdi, yana ikki shishani bo`shatishdi. Ularni kuzatib xonaga kirsam, Saida boshini egganicha qaltirab o`tiribdi.

- Tinchlikmi senga nima bo`ldi?

U boshini ko`tardi, ikki yuzi anorday qizarib ketgan.

- Biron joying og`riyabdimi, dedim tashvishlanib.

- Aka, bilmayman nima bo`layotganin. Boshim aylanib, qaltirab ketyabman, suyaklarim qaqshayabdi.

- Do`xtir chaqiraymi?

- Yo`q, do`xtir kelsa xamma bilib qoladi.

Uning birgina "bilib qoladi" degan xavotiri ortida: "Nashaga o`rganib qolganimni, bokira emasligimni..." degan achchiq xaqiqat yotardi.

Boshim qotib qoldi. Nima qilishga ham hayronman. Balkim aroq ichirsam o`ziga kelib qolar degan o`yda eshikka qarab yurdim.

- Akaaa, qayerga ketyabsiz?

- ozgina ichsang, balki...

- Bo`lmaydi aka o`shaning o`zi kerak. Oldingi safar ham aroq ichgandim. Baribir bosilmadi. O`lib qolay dedim.

- O`zingni mahkam tut, o`tib ketadi.

- Aka chidolmayman, topib bering. Aqldan ozib qolaman. Sizning qo`lingizdan keladiku.

- Xozir ozgina chidab tur. Topaman. Topib kelaman.

Tashqariga o`qday otildim, Niyatim Nuralidan aroq olib kelib singlimga ichirish. Ichim o`t bo`lib yonar, alamimdan ko`zimga hechnarsa ko`rinmasdi: axir o`zim, o`z qo`lim bilan singlimga zaxri qotilni ichiraman. Yo xudo boshqa ilojim yo`q.

Nurali uyiga kirmagan ekan. Meni ko`rib hayron bo`ldi:

- Nima gap jo`ra?

- Jo`ra aroq kerak bo`lib qoldi.

- Shunga shunchami, Nechta kerak?

- Bitta bo`lsa yetadi.

- Mehmon keldimi?

- xa

- Bitta nima bo`ladi? deyta uyiga kirib ikkita shisha olib chiqib berdi.

- Qancha bo`ladi?

- Qiziqmisan? Bir tiyining ham kerakmas. Mehmoningni xursand qilsang mening rozi bo`lganim shu.

Men uyga kirib borganimda Saida devorga yelkasini tirab o`tirgancha yuzini berkitib tinimsiz qaltirardi. Shoshgancha aroq shishalarning birini ochdimda stol ustidagi piyolani to`ldirib quydim.

- Manavini ichib yubor, bosiladi.

- Akajooooooon, bo`lmaydi dedimku. Menga anavindan topib bering. Xozir o`lib qolaman.

- O`lmaysan. O`lishingga yo`l qo`ymayman. Ich. Otam sezmasin bo`l tez.

Saiada piyolada bir tomchi ham qoldirmay aroqni ichganidan keyin titrog`i biroz bosildi.

- Yaxshimisan endi?

U yo`q degandek bosh chayqadi.

- Hechqisi yo`q xozir biroz vaqt o`tsin, birdan ta`sir qilmaydida.

- Aka, o`rnini bosolmaydi...

- Bo`ldi qil!!!

- Aka yana bering.

Vujudim olov bo`lib yonar, peshonamdan ter, ko`zimdan yosh oqardi. Men piyolani yana osha zaxri qotilga to`ldirdim. Ey xudo bu kunimdan o`lganim yaxshi edi. Saida uch kosa ichgach boshini ko`tarolmaydiga darajada mast bo`lib qoldi.

Tashqariga chiqdim. "Saida o`ziga kelganidan keyin yana huruji boshlanadi. Egamqul akaning yoniga borishim kerak. Shugina uning dardiga davo topa oladi" deya o`y surdim. Uyga qaytub kirdim. Singlimning ustiga ko`rpani yopib, o`zim devorga suyanganib ko`zimni yumdim. Tezda uyquga ketib qolibman....

Egamqul akaning uyini bilmasdim. Faqat qo`y boqadiga yerini bilardim. Abdukarim akanikiga borishga to`g`ri keldi. Shu odamni eslashim bilan hayolimga Barno keladi. Ko`rmaganimga ikki kun bo`ldiyu sog`inib qoldim.

Otamga Saidaning axvoli haqida aytishga majbur bo`ldim. Agar aytmaydiga bo`lsam, otam bir joyga chiqib ketsa bechora singlim o`zini birbalo qilib qo`yishi mumkin.

- Ota Egamqul aka bunaqa kasallikning davosini biladi. Shuning uchun ko`p kuyinmang.

- Mayli opke keyin boshqa narsalarni gaplashib olamiz.

(davomi bor)

O‘xshash hikoyalar