tungi.ru

YOMGIR 3 - songi qisim!!!

Tög'ri, hozircha qayeridir she'rga

öxshamayapti. Lekin boshlanishi uchun

yomon emas, shunday emasmi? Xullas

tun-u kun hayolimdasan.

Sehrlab qöyding shekilli. Lekin bu

yoqimli..." "Nomering ham özingga öxshagan, odamni yaqiniga

yölagani yuragi dov bermaydi.

Qöng'iroq qilib senga nima deyman? Özi

shundog'am hayajondan

boshim aylanib ketyapti. Yaxshi, bir,

ikki, uch, birinchi sms ni qabul qilvol malikam..." "Oq köylak, qora shimda...

Lya-lya-lya. Yaxshi qöshiqda.

Bugun malikam, senga sevgi izhor

qilaman. Qarab turgin, rad etolmaydigan

izhor qilaman..." ".................. Nuqtalar,

baxtni yozib bölarmidi? Dildor! Seni judayam, judayam, yana judayam

sevaman..." ".................. Nuqtalar... Dardni

ham yozibbölmas ekan. Dildor, bir qara

taqdir ishiga. Nohaqlik qilyapti u. Nima

ekan, irsiy kasal emishman. Köp ötmay

ölarkanman. Kulguli a? Kulyapmanmi? Yig'layapmanmi? Endi nima farqi bor? Hammasi oydinku. Seni topdim

deganimda, bunday bölmasligi kerak

edi. Eh, malikam, baxtli bölish menga

emas ekan. Nafratlanaman hayotdan..."

"Kechir, senga qöl kötargan öladi degandima? Sözim söz, malikam. U

öladi. Faqat uni deb qiynalmasliklari

kerak. Sen undan nafratlanishing kerak.

Alamzadalik, nafrat, umidsizlik... Dildor,

qara ishqingda aktyor bölib ketyapman.

Umuman men yaxshi odam edim. Kulma, malikam. Hada, sen uchun

shoir, qöshiqchi, aktyor böla oladigan,

jonidan ziyoda seva oladigan tentakni

yana topa olarmikinsan... Afsuski,

ölimga kuchim yetmayapti. Har

tongda ismingni aytib uyg'onaman. Yana necha kun? Bilmayman Dildor,

eshityapsanmi bilmayman. Bilishga

qörqaman ham. Qaniydi yana

bir martagina imkon berishsa..."

"Boshimdan qon oqayapti, sen esa ketib

qolding. Dildor, hech qursa bir marta qayrilib qaramadingga...

Yöq, xafamasman. Shunchaki alam

qilyapti. Mayli, chidayman... Faqat endi

Dildora va "baxt" sözlari doim birgalikda

tilga olinishi kerak..." "Mening malikam

baribir dunyoda bittada. Oq libos faqat sen uchun yaratilgan bölsa kerak.

Yig'ladingmi malikam, köp yig'lading.

Ota-ona uyini tashlab ketayotganing

uchun a? Qara, Dildor, hasta oshig'ing

ham yig'layapti. Uning uchun

derazadan qarab kulib turuvchi moviy közli erkatoy malikani körish yana nasib

qilarmikin..." "Nazarimda, sanoq

oxirlashib qoldi. Oxirgi bor qölimga

qalam olyapman. Malikam, men balki

ölarman, lekin albatta tushlaringga

kiraman. Tushingda biz birga bölamiz. Qasrimiz böladi. Sen unda

malika bölasan. Menmi? Menga shunday

katta qasrda biror kichkina lavozim

topilib qolar. Yozuvlarni öqishingni

istayman. Bevaqt yog'gan yomg'ir bizni

uchrashtirgandi. Ehtimol, seni jondan ortiq sevgan bir tentakning xotirasi

uchun har safar bevaqt yomg'ir

yog'ganida uni bir martagina eslab

jilmayib qöyarsan. Alvido... Seni

ölgunicha sevgan Tohir...." Öshandan

beri 5 yil vaqt ötgan. Tohir akam va'dalarini bajardilar. Tez-teztushimga

kiradilar. Qasrimiz böladi

tushimda... Hozir farzandim bor. Ismi

Tohir... Kichkina hali 4 yoshda. Men esa

har safar bevaqt yog'gan yomg'ir

mahali ularni eslab turaman. TAMOM

Boshqa hikoyalar