tungi.ru

YOMGIR 2!!!

Sevgi bu

kimnidir özingdan ortiq yaxshi körishing, unga joningni ham berishga

tayyor bölishinga va usiz hayotni

tasavvur qila olmasliging bölsa,

men judayam qattiq sevib qolgandim.

Ular shu qadar katta baxt

berayotgandiki, umrbod tugamaydi bu baxt deb öylardim. Ammo bir yil

ötmay ayrildik. Doimgidek uchrashuv

joyimizda Tohir akamni kutardim. Ular

keldilarda ha yöq, be yöq nafrat bilan yuzimga tarsaki tushirdilar. Holsiz

yerga o'tirib qoldim, labimdan qon oqardi. Shokda edim. Ular esa g'azabdan

yonayotgan ko'zlari bilan sendan

nafratlanaman, seni bunday

deb o'ylamagandim, deb baqirib

yonimdan ketib qoldilar. Aqldan

ozayozdm. Nima bo'lganini, aybim nimaligini bilmasdan, hech

narsaga tushunolmasdim. Telefon

qildim, o'chirilgan. Har kuni kutdim,

kelmasdilar. Necha marotaba ko'chada

ko'rdim, yonlariga borsam,

jerkib berdilar. Nima bo'lganini so'rasam faqat jazavaga tushardilar. Yonlariga

borishga qo'rqib ham qolgandim. Hech

bir nojöya ish qilmagandim. Kimdandir

yomon gaplar eshitgandir deb,

menga ham bu ishlari og'ir botdi. Dilim

og'rirdi. Kunlar o'ta boshladi. Uyimga sovchilar kelishdan to'xtamas,

uyimdagilar bölsa qistovga

olishardi. Nima qilishni bilmay

qolgandim. Oxiri otam sevganing bo'lsa

ayt yoki men aytgan

odamga turmushga chiqasan deb shart qo'ydilar. Yurak yutib yana Toxir

akamni ishxonalariga bordim. Shu

so'zlarni aytmoqchiydim.

Ammo ishxonalarida meni ko'rib

hammani oldida menga baqirib, so'ka

boshladilar. Közlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Azbaroyi sevganimdan,

ularni yöqotishdan qörqqanimdan,

gunohim bölmasa ham yonlariga

kelgandim. Zarracha qadrim yöq ekan.

Yuragimni nayza teshib ötgandek

böldi. Qo'limga tushgan narsani Toxir akamga otdim. Boshlariga tegib o'tirib

qoldilar. Yig'lab baqirdim: -Sizga nima

bo'ldi? Tushuntirsangiz

bo'lmaydimi. Nega haqorat qilasiz?

Aybim nima,- dedim. Ular bo'lsalar

ko'zimga ko'rinma, yo'qol, deb baqirdilar. Alam ustida otamni

shartiga rozi bo'ldim. Bir oyga bormay

turmushga chiqdim. O'zimga men

albatta baxtli bo'laman deb

va'da berdim. Xomiladorligimi

eshitgach, qizlik uyimga xushxabar aytgani bordim. Uyda

o'tirarkanman eshik taqilladi. Onam

yonimga keldilarda qizim, seni

tashqarida bir qizcha sörayapti, dedilar.

Kim ekan deb qiziqib tashqariga

chiqdim. Eshigimiz tashqarisida 12 yoshlar atrofidagi qizaloq ko'zlarida

yosh bilan turardi. -Siz

Dildoramisiz? Qizcha titragan ovoz bilan

söradi mendan... Ha deb, uyga taklif

qildim. U shunday dedi: -Vaqt yo'q.

Iltimos, men bilan yuring. Men Tohir akaning singlisiman, meni ular

yubordilar, sizda gaplari bor ekan. Uyga

yuring,- dedi. Hayron qoldim. Qizaloqqa

men hech qayerga

bormayman, akangga shu gapimni ayt

dedim. U yig'lab yubordi:-Akam o'lmoqchilar... Ösha qizni

olib kelguningcha o'lmay turaman,

dedilar. Sizda gaplari bor ekan. Qiynalib

ketdilar, yonlariga boring. Iltimos

opajon, yuraqoling, sizga

gaplarini aytsinlar... 7-etajdan tushgunimcha beixtiyor ko'zlarim

yoshlandi. Uning xotirasi

yuragimning tub- tubida hamon

yashamoqda edi. Qizchaning aytgan

"Akam ölyapti" degan sözlarini

hazm qilolmasdim. Tög'ri ulardan özimcha nafratlandim, unutaman dedim.

Lekin qölimdan kelmagandi... Shu

hayollar bilan yetib bordik. Ularni

ko'rib tanimay qoldim. Ranglari oqarib

ketgan, bir ahvolda edilar. Meni körib

judayam ojiz ovozda salomlashdilar. Meni yig'layotganimni körib,

meni kechir dedilar. Keyin qölimga

daftar tutqazdilar: - Dildor, seni oldingda

judayam katta gunoh qildim. Lekin sira

istamagandim, bu daftardagi

yozuvlarni öqib özing tushunib olarsan. Xayr, baxtli böl. Közlarini yumib oldilar.

Yuzlariga bilinar- bilinmas yosh sizdi.

Qizcha meni kuzatib qöydi.

Eshikdan chiqqan zahotim, ichkaridan

alamli faryod ovozlari eshitildi. Yuragim

töxtab qoldi göyo. Közlarimni yumib oldim: "Yöq!" Oradan qancha vaqt

ötdi bilmayman. Xiyobondagi öz

"joyimiz"ga qanday kelib qolganimni

ham bilmayman. Juda azobli dard

yuragimni ezardi. Qölimdagi

mahkam siqimlab olgan daftarni ochdim. Satrlar böylab köz

yugurtirarkanman yuzlarimni köz

yoshlar yuvardi: "Uning ismini

bilmayman. Ammo uyining derazasi

yangi uyimiz derazasining qarshisida.

U har tongda shu yerdan köchaga qaraydi. Ayrim vaqtda qöshiq kuylab

raqsga tushadi. Aftidan uni kuzatishimni

bilmasa kerak..." "Uning közlari moviy

ekan. Ovozi ham shirali. Birinchi

marta yaqiniga yöladim. U e'tibor

qilmadi. Ha, aytgancha ismi Dildora ekan. Ajoyiba? Dildora - moviy közli

gözal malika..." "Uyqum

kelmayapti... Uning ham derazasida

chiroq yoniq. Adashmasam, sochlarini

turmaklayapti. Obbo, erkatoy, sochlaring

shundog'am juda chiroyli, menga yoqadi. Ha, bu gaplarni albatta

u eshitmaydi. Hozircha, mashq

qilyapman. Bir kun öziga ham aytaman.

Albatta aytaman..." "Yomg'ir bevaqt

yog'di deb öylagandim. Yöq,

yaxshiyam yog'ibdi. Qizil soyabonga kunim qolganidan xunob edim, lekin

soyabon tufayli u bilan tanishib

oldim. Yashasin, bevaqt yog'gan

yomg'ir..." "Soyabonni borsam olgani,

Bir gap bölar keyin qolgani... Dildor, qara

ishqingda shoir bölib ketyapman!!!

O‘xshash hikoyalar