tungi.ru

Yigit va Qab

- YIGIT va QABR -

Hayotdan lazzatlanib, umrim ötardi

shodon.

Oxiratim öylamay, yashar edim men

nodon.

Foniylikka aldandim, lazzatlardan

töyindim.

Qabrni-mas qizlarni, öylab rosa

kuyindim.

Ölimni unitibman, dunyoga

berildim.

Boy bolasiman deya, el oldida

kerildim.

Otamning boyliklari, xalq oldida zör

qildi.

Qizlar, pullar, moshina, közlarimni

kör qildi.

Aroq, qizlar, sigaret, hech birini

qöymadim.

Maishatu zinodan, lazzatlanib

töymadim.

Foniylik lazzatini, haqiqat deb

bilibman.

Qabrni eslatganni, mayna qilib

kulibman.

Allohning qahri keldi, meni baloga

soldi.

Halokatga uchradim, Alloh jonim tez

oldi.

Mastlikda moshinamda, urilib

böldim nobut.

Chimildiqni körmadim, lekin kutardi

tobut.

Meni yuvib kafanlab, jag'imni

boyladilar.

Qabristonga oborib, qabrga

joyladilar.

Haloyiq tez tarqaldi, qabrda qoldim

özim.

Tanam birdan jonlandi, öchilib ketdi

közim.

Birdan qabr yorishdi, farishtalar

kelishdi.

Savollarga tutishib, Robbing kim

deb sörashdi.

Javobini bilaman, tilim aylanmay

qoldi.

Ming urinmay baribir, savol javobsiz

qoldi.

Farishtalar qahrda, dining nima

aytdilar.

Javob ololmay yana, ular ortga

qaytdilar.

Nega bunday böldiya, javob

berolmay qoldim.

Qabrda zulmatlarda, ötmishim esga

oldim.

Namoz öqi desalar, qariy öqirman

dedim.

Taqdirning zarbasidan, mana endi

pand yedim.

Qurondan sura tugul, bir oyatni

bilmadim.

Har hafta Jumalarning, sajdasini

qilmadim.

Ramazon kunlarini, aysh-ishratda

ötqazdim.

Zakotni yetimga-mas, fohishaga

tutqazdim.

Umrim juda qisqa ekan, ibodatni

bilmadim.

Foniylikni lazzat bilib, oxiratda

yutqazdim.

Gunohlarim sanoqsiz, savoblardan

yöq darak.

Azoblarim boshlandi,

qocholmayman jonsarak.

Qabrim olovga tölib, borardi asta-

sekin.

Og'riqlardan dod deyman, ovozim

chiqmas lekin.

Daxshatli azoblarning, oxiri

körinmaydi.

Dözaxning farishtasi, hecham tinim

bilmaydi.

Qabrimga ilon kirsa, zir-zir titrab

ketaman.

Bu azoblar oxiriga, bilmam qachon

yetaman.

Sizga bir yosh yigitning, hayotin

qildim qissa.

Har bir öquvchim döstim, qissadan

qiling hissa.

Boshqa hikoyalar