tungi.ru

Aldangan QiZ

Joyni begona qilib bosiriqdim, shekilli, yoki chalqa yotib qoldimmi? Ayam o‘ng tarafga burilib

yot, derdilar. Yana bemaza tush ko‘ra boshladim. Bahrom aka ikkalamiz yo‘lning ikki girdidamiz. Mashinalar tirbandligidan na u kishi o‘toladi, na men. Sal o‘tib dadam ham qo‘llari bilan imlagancha yonlariga chaqirdilar. Ammo men yo‘ldan o‘tolmayapman. Uyg‘onib qarasam, og‘zim

qurib, terlab ketibman. Endi uxlamaslikka harakat qildim. Bahrom akadan qo‘rqib, sotkamni o‘chirib qo‘ygandim. Sekin qo‘shdim.

Kalkulyatorda ayam bergan pullarni nimalarga sarf qilishni taxminan hisoblab chiqa boshladim. Bu payt tong ota boshlagandi. Yozda

tunlar qisqaligi ham yaxshi. Shu payt "sotka”mga xabar keldi. Bu o‘sha adashib tushgan yigit edi. "Qachon Toshkentga kelasiz? YO men

Qarshiga boraymi? Uydagilar uylantirishmoqchi. Sizni bir ko‘rib, gaplashib olmasdan, uylangan nomard! Qachon kelsangiz ham Ulug‘bek

parkida kutaman sizni. Ertalabdan kechgacha. Egnimda yengsiz oq aralash qora ko‘ylak bo‘ladi. Xayr, sevgilim”.

Folbinmi bu? Toshkentdaligimni qayerdan bildi? Pottidan shubhalanib asta qo‘l telefonini tekshira boshladim.

Ne ko‘z bilan ko‘rayki, Pottiga kun davomida yigirma bitta xabar kelgan. Uning to‘rttasi menga xabar jo‘natgan yigitning raqami. Birbir ochib o‘qimoqchi bo‘lib, ovozini o‘chirdim. Ha, mening sezgilarim aldamagan ekan. Potti ikkimizni bir yigit laqillatmoqchi bo‘lgan. Ulug‘bek

nomli xiyobonga kelishi, qanday kiyimda bo‘lishi xuddi menga kelgan xabar bilan bir xil. Pottini javoblarini ochdim. Yuragim tez-tez urib,

dugonamni yotgan joyida bo‘g‘ib o‘ldirgim kelib ketdi. Axir u uchalamiz Toshkentni aylanishga kelayotganimizni, biroq qo‘riqchilarimiz

borligini, ularni chalg‘itib, birpasgina uchrashishi mumkinligini yozib yuboribdi.

Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q deganlaridek, Bahrom akamni mensimay, bir bor ko‘rmagan yigitga ko‘ngil qo‘yishimga,

aldanishimga bir bahya qolibdi-ku. Oy yorug‘ida pishillab uxla yotgan Pottiga qaradim. Uni hali terilmagan qop-qora qoshlari, oq-sariqqa

moyil yuzi beg‘ubor va sodda edi. O‘sha aldamchi yigitdan Pottini qizg‘onib ketdim. Yoz fasli emasmi, tomog‘im quruqshab, yuragim kuydi.

Endi o‘rinda cho‘zilib yotishdan foyda yo‘q. Tong otib qoldi. Toza havoga yuz tutib, bir necha oydan beri fikrimni bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar va

xabarlarni miyamdan quvib yuborishim lozim, deb o‘yladim. Yuz-qo‘limni yuvib, oshxona tomon bordim. Shu tarafdan choy olib kelishgandi

shekilli, kichikroq xonaga kirdim. Gazga choy qo‘yib, satilga suv to‘ldirdim. Uncha shaloplatmaslikka harakat qilib, hovliga suv sepa

boshladim. Tovuq katagi ustida turgan supurgiga ko‘zim tushib, bir boshdan hovlini supura boshladim. Biror yumush

bilan shug‘ullanayotganda fikrni jamlash oson bo‘ladi. SHe’rni ham hovli supurayotib, saharlab ichimda takrorlasam, tez yodimda qolardi.

Suv mo‘l-ko‘l bo‘lganidanmi, darvozaxonaning ikki girdi biram chiroyli gullar bilan qoplangan ekan. Yo‘l-yo‘lakay shlankani bosib olgandim.

Tashqaridagi kranga shlangni tiqib, gullarga suv sepa boshladim. Mana, Toshkent ko‘chalari. Mashinalar allaqachon harakatga kelgan.

Chiroyli parallon xalat kiygan kelinchak narigi tomonni supuryapti. Men tomonga har zamon tikiladi. Sal qorni do‘ppayib turganligidan

farzand kutayotganini ilg‘adim. Damba-dam tik turib, belini ushlab qo‘yadi. Unga havasim keldi. Homilador ayolni ko‘rsam,doim boshqalarga

o‘xshamagan bir nurmi, ilohiylikmi ko‘rgandek bo‘laman. Unga ko‘ksi ostida urib turgan yana bir jajji yurak shunchalik dilbarlik baxsh

etarmikan? Ko‘cha tomonni supurib qaytsam, yangam nonushta tayyorlayotgan ekan. Unga yordam berish uchun oshxonaga bordim.

-Yo‘l yurib charchab kelganding, hali uxlayversang bo‘lardi, -dedi piyolalarni yuvayotgan yangam. -Odamni xijolatga qo‘yding.

Mehmonniyam ishlatamizmi, sen ham onangga tortibsan. Kelin qayerga mehmonga borsa, darhol etak bog‘lab, oshxona ishlariga yor-ya

damlashib ketardi, -dedilar piyolalarni qo‘limga tutarkan. Yaxshiyam yumushlarga tutinibman, ayajonimni uyaltirib qo‘ymabman. Endi

dugonalarimni uyg‘otmasam bo‘lmasdi. Nonushtaga chaqirishsa, shoshib qolishadi.

-Turinglar, qizlar, -dedim sekingina.

-Yo‘qoley, erta turib sigir sog‘armidik, pichi uxlaylik, bo‘lmasa kuni bo‘yi kallam garang bo‘ladi, -deb ters o‘girildi Sitti ko‘zlarini ochib.

Potti indamay turib, sochlarini taray boshladi. So‘ng deraza yoniga borib, qayerga yuz yuvamiz, deb atrofga alangladi. Sitti ham begona

joydaligi esiga tushdimi, ilkis turib:

-Aytgancha, Toshkentdamiz-a, -dedi xursand bo‘lib,qarsak chalib bir-ikki sakrab. Dugonalarim ham o‘n yil ichida hayotimning bir

bo‘lagiga aylanib qolganligini, ularsiz bir zayldagi hayot zerikarli o‘tishini shu lahza anglab yetdim. Toshkentga ilgariyam kelgan bo‘lsam-da

bu gal yonimda ular borligi uchun hammasi boshqachadek edi. Pottiyam Sittini qo‘llaridan tutib sakrardi.

-Iye,bas qilinglar. Bog‘cha bolalariga o‘xshab buncha sakradinglar,-dedim o‘zim ham beixtiyor ularga qo‘shilib.

Nonushtadan so‘ng "Ippodrom”ga oshiqdik

Boshqa hikoyalar