tungi.ru

Aldangan QiZ

Bu bozor sahar payti boshlanishini yaxshi bilardim. Bahrom akam -"Yaxshi

uxladingmi,hovli supurish senga yarasharkan”,- dedi mamnun boqib.

-Iye, hovlilarni sen supurdingmi, o‘zingni ko‘rsatmoqchi bo‘libsan-da. He o‘l, bizziyam uyg‘otsang yordamlashardik, -dedi Potti labini

cho‘chchaytirib. Biz kamida besh-olti soat bozor kezdik. Charchab kelib, tayyor ovqatni yeb, boyagi xonaga kirib, o‘zimizni tappa

tashladik. Sitti olgan narsalarini kiyib ko‘ra boshladi. Potti ikkimiz ochib ko‘rishgayam holimiz bo‘lmay, uxlab qoldik.

Uch-to‘rtlarda "qo‘riqchi”larimiz aylanib kelishimiz mumkinligini, kechki salqinda Qarshiga qaytish kerakligini aytib qolishdi. Potti

"Ulug‘bek parkigayam boraylik” -dedi. Avval Mustaqillik maydoniga, so‘ng parkka boradigan bo‘ldik.

Pottiga boyagi gaplarimni qanday aytishni bilmasdim. Uning hayajonlanayotgani, ikki yuzi qizarib turganidan bilinib turardi. Men ham

Bahrom akaning yonida ketayotib, hayajonlanardim. Muloyim qarashlari meni bir umr ardoqlab yashashini aytib turardi. Har zamon qo‘llari

tegib ketganda yuragim shuvillab ketardi. Dadamdan xursand bo‘lib ketdim. Meni ko‘nglimdagi yigitni topibdilar. Men muammo chiqarib,

ularni qiynab o‘tiribman. Beixtiyor boyagi kelinchakning holati yodimga tushib, miyamga to‘y bo‘ladigan kun keldi. Ularning eshigini

supurayotganim, men ham farzand kutishim mumkinligi... Yalt etib, Bahrom akaga qaradim. Xuddi meni hozirgina surgan xayolimni sezib qolgandek, uyalib ketdim. Bahrom aka kulimsirab, quyuq qora qoshlarini kerib, nima gap, degandek imo qildilar.

Men favvoralarni ko‘rsatib, chiroyli ekan-a, deb uni chalg‘itdim. Biz bittadan muzqaymoq yeb, xiyobonga yo‘l oldik. Pottini

kuzatdim. U bezovta. Bahrom akaga norozi qarab, uf tortib qo‘yardi.

Bu aniq, u reja tuzayotgandir. Sekin yoniga yetib borib, qo‘llaridan ushlab keta boshladim.

-Hm, reja tuzyapsanmi, yigiting bilan uchrashishga. Umringda ko‘rmagan yigit seni aldab ketishi mumkin.

-Sotkamga qaradingmi? Qaydan bilding? Shpiyon bo‘lib ketibsanmi?-u battar qizarib , tumshayib nari ketdi. Men unga yetib olib,

uni unutishi kerakligini, menga ham xuddi shunday xabar kelganligini,ular bir kishi ekanligini aytdim. Potti jahl bilan to‘xtadi:

-Agar u bitta yigit bo‘lsayam, to‘ying haqida bilib, seni tinch qo‘yadi. Meni tushun, ikki opam aqlli, odobli bo‘lib eshikka qarab, sovchi

kutib o‘tiribdi. Vaqt esa ularning umriga har yili bir yil qo‘shib ketyapti. Qarabsanki, yigirma beshdan oshib, "o‘tirib” qolganga chiqyapti.

Hademay sovchi kelsayam beva erkaklardan keladi. Gulijon, meniyam tushungin. Ayam folbinga borgandilar. "Avval uchinchi qiz erga

tegib ketadi. Keyin kattalariniyam yo‘li ochilib, tengini topadi” -deb aytibdi. Balki shu yigit meni baxtimdir, xalaqit berma. Sen ularni chalg‘itib

turasan,men borib gaplashaman. Hojatga borib, kelishsin, -deysan, Sitti bilan boraman. Bildingmi, endi mendan uzoqroq yur, kuyov

bo‘lmishning yoniga bor. Ular telefon qilishi kerak. Agar u bilan ko‘rishmay, Toshkentdan ketsam, seni dugonam emas, dushmanim

deyman. Opamlardek "o‘tirib qolsam” seni qarg‘ab o‘taman. Agar aldamchi bo‘lsa, aloqani uzib, boshga tushganini ko‘raveraman.

-O‘zing bilasan. Men seni ogohlantirdim.

Undan ortda qoldim. Bahrom akam yetib kelib, tinchlikmi, nimani bo‘lisholmayapsilar, -dedilar.

Nima deyishimni bilmay qoldim. -Pottini sal ko‘ngli behuzur bo‘lyapti, shekilli, -deb qo‘ya qoldim.

-Qadamlari ildam-ku.

-Bir narsadan quruq qolayotgandek buncha hovliqadi, dugonang? O‘g‘riga o‘xshab atrofga olazarak bo‘lgani-nichi? -dedi Shavkat

aka gapga aralashib. Biz ko‘l bo‘yiga biroz to‘xtadik. Kun issiq, soat to‘rtdan o‘tayotgan bo‘lsayam, oftob avjidan tushgani yo‘q. Hamma

yoqda cho‘milayotgan erkaklar. Ayollar ham yo‘q emas. Uris momolar bemalol cho‘milib,dam olib o‘tiribdi. Maza. Men ham bir kalla tashlab

chiqsaydim. Ammo ochiq joylarda hech suzmaganman. Shavkat aka "Bahrom, bir cho‘milib chiqmaymizmi?. Odam suv terga tushib ketdiku” -dedilar.

-Biz hojatxonaga borib kelamiz,-dedim Pottiga rahmim kelib.

-Burchakka qarab boringlar, ana, strelka bilan ko‘rsatilgan, -dedilar Bahrom akam atrofga alanglab. So‘ng biz o‘sha yoqqa yo‘l

tortdik.

Birdan Pottiga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Potti borayotgan joyimizni aytdi. Men ham o‘sha yigitni bir ko‘rib, yuziga tarsaki tortsammi, hali u

ikkimizgayam o‘yin qilayotganini sezib qolganimizni bilmaydi. Bir boplasammi, degan xayolda ularga ergashdim. Bir o‘zim qolib, erkaklarni

cho‘milishiga qarab o‘tiramanmi, degan istihola ham meni ularning ortidan ergashtirdi. Endi men ham hayajonlana boshladim. Mutlaqo

tanimaydigan yigit bilan gaplashish qiyin-da. Biz imillab, bir-bir qadam tashlab yetib borgunimizcha xiyobonning chap tomonidan ikki yigit

tez-tez yurib, yo‘l boshiga keldi. Oramizda masofa yuz qadamlar chamasi qolganida ikkalasi ham bizga yozgan kiyimda ekanligini bildim.

Ikkalasi ham qorako‘zoynak taqqan. Demak ular ikkita. Potti "ko‘rdingmi” degandek istehzo bilan qaradi.

-Guli, agar shular bo‘lsa bizga uylanmaydi.

Boshqa hikoyalar