Lion_02dan OQSOQ QIZNING KUNDALIGIDAN BITIKLAR (2-bet)
bexabar haydovchi tepadagi oynakdan muloyim köz tashladi. Yuragimdagi qo'rquv birmuncha tarqagandek böldiÖtgan kunlarim, menda odamlarga nisbatan bölgan ishonchni butkul söndirganday edi. - Shaharga, amaki… - Ha-a… Yölimiz bir ekan! Nega xafasiz singlim? Közlariz qizaribdi? - Özim… - Xafa bölmang, hali hammasi yaxshi böladi! Amakining tasallisidan ko'nglim buzilib ketdi… Tungi azoblardan charchagan ekanman közim ilinibdi. - Singlim, shaharga keldik! Haydovchi amakining ovozidan chöchib uyg'ondim. - Amaki, uzr, yonimda pulim… - E-e, singlim, nimalar deyapsiz? Savob ham kerak! Yaxshi boring, sog' bo'ling! Mashinadan tushdim-u, yuragim hapriqib ketdi. Tanish yo'llar, avtobuslar… Odamlarning yuzida, közida kulgu… Qaerga borishimni bilmay bir zum ikkilanib qoldim. Avtobus! Ösha avtobus! Shavkatni ilk marta uchratgandim unda! Oqsoqlanib borib, avtobusga chiqib oldim. Tanish o'rindiq tomon yurar ekanman, qulog'imga tanish ovoz ham eshitilganday böldi… Tanish ovoz… Zulmatga chulg'anga kunlarimda ham menga taskin bergan nur bölib chorlagan ovoz… Ey, Xudoyim, bu ösha, mening hayotimga quvonch olib kirgan ösha Shavkat. Qanday baxt! Hozir meni körib sevinganidan yiqlab tushsa kerak tentakkinam! Sekingina borib közlarini berkitish u-n qöl chözgandim ham-ki, yonidagi örindiqda ötirgan qiz gapirib qoldi. - Buncha tikilasiz? - Kechirasiz…- dedi Shavkat qizarib,-sizni bir odamga öxshatib yubordim. - Kim ekan u? - Sevgan qizim edi…. - Nima uchun "edi"? - U ölgan… Men göyo haykal bölib qotib qolgandim… - Mening ismim Robiya,- dedi qiz - Rostdanmi? Hatto ismlariz ham bir xil ekan. Shunchalik öxshashlik ham böladimi? Xuddi ikki tomchi suvdek! - Rostmi? Shunda birdan qotib qolgan tilimga jon kirgandek böldi. - Endi, keyingi bekatdagi xiyobonda tushib qolasizlar! Axir u yerda bu yigit sevgilisi b-n köp uchrashardi! Malika… Yög'e, Robiya b-n! Shundaymi? Bechora Shavkat… Meni qaerdan paydo bölib qolganimga tushunmay hadeb "Yöq, yöq" derdi. Men uning makkor yuziga tarsaki tortib yubordim. - Hoy, ch-cho'loq!!! - baqirdi u ko'zlari kosasidan chiqquday bölib,- nima qivossan? Men "Suf senga!" dedim-u, keyingi bekatda tushib qoldim. Ey Allohim, bu dard ham bormidi menga? Xudojon, nega bandalaring bu qadar tubanlashib ketgan? Nega insonni, uning his tuy'gularini o'yinchoq qilishadi, toptashadi! Qani or? qani nomus? Qani vijdon, qani mehr? Qani muqabbat! Nahotki… Nahotki mehr o'tmishda qolib ketgan, Muhabbat esa Tohirning sandig'ida oqib ketgan, Farhodning qabriga ko'milib ketgan bo'lsa? Shavkat… Meni o'z otam qimorga tikib yubordi, chidadim… Qandaydir yerda, qandaydir odamlar meni tahqirlashdi, zo'rlashdi… Dosh berdim! Otam deb ishonganim, bir insondan ko'nglim qoldi… Ko'nikdim! Ammo… Ammo bugun sen menga hadya etgan dard, meni butkul ado qildi! Men taqdirning achchiq sinovlaridan, faqat sen uchungina omon chiqqandim. Har on, har nafas seni o'ylab yashadim! Ming la'nat! Ming la'nat seni deb o'tkazgan kunlarimga! Kundalikjon, men endi uyga qaytmayman. Uyga qaytsam otam bor… Uni ko'rishni istamayman… Bir sengina, mening yaxshi kunlarimda ham, yomon kunlarimda ham hamrohim, sirdoshim bo'lding… Endi bas! Bu yog'iga o'zim ketaman. Sen shu yerda, shu hiyobonda qol… Meni huv anavi, ko'cha yuzidagi anhor o'ziga chorlayapti… Sendan iltimos, sen bilan bir qancha vaqt birga bo'lgan, dardu-dunyosini bo'lishgan oqsoq qizni unutma! Hech bo'lmasa… Sen unutma…. Alvido…" Kundalik daftarning ohirgi sahifasini yopdim-u, ko'zlarimdan oqqan yoshni shundagina his qildim… Oh, falak! Yoshgina qizning, kichikkina qalbiga shuncha dardni berdingmi?! qani u? qani endi oqsoq qiz?! U yo'q… Yo'q!!! U insonlardan, dunyolardan yuz o'girib ketdi… Kundalik daftarni o'rindiq chekkasida qoldirdim. Undagi satrlarni boshqalar ham o'qishini, to'rt muchasi sog' bo'la turib shukr neligini bilmay yashayotgan insonlarga saboq bo'lishini istadim. Ko'zlarimdagi yoshni artib, atrofga nazar soldim. Atrof ancha qorong'ulashib qolgan, shafaqning bir chekkasida, zolim kimsalarning qilmishlaridan xazar qilganday yuzlariga bulutlardan parda tortib, bag'ri qon quyosh botib borardi… Itiboringiz uchun raxmat!!!