TJ_MaGiC___Chunki - bu taqdir...
Vokzal. Odam gavjum. Kimdir qayerlargadir shoshgan, kimdir esa yaqinlarini kutib olish niyatida bu yerga chiqqan. Zilola esa betoqat u yerdan-bu yerga yurardi. Uni zimdan bir yigit kuzatib turganini u hatto payqamadi ham. Shu payt qizning qöl telefoni jiringlab qoldi. U göshakni kötarishi hamono narigi tomondan ayol kishining ovozi eshitildi:
-Menga qara, hamma narsangni olib kelyapsanmi? Uyga kelgach, bahona qilma!
-Aya, axir imtihonim borku. Baribir qaytib kelishim shart! - qarshilik körsatdi Zilola.
- Sen imtihonni emas, özingni öyla. Meni öyla. Shuncha yurganing yetadi. Axir salkam 6oy böladi. Haliyam kech emas, avval borib narsalaringni yig'-da, keyin yölga chiq,-qiziga buyruq berdi ona.
- Aya, axir bekorga shuncha payt tayyorlandimmi bu yerga kelib? Imtihonim ötib, javobi chiqsin aya. Agar kirolmasam butunlay qaytib boraman. Axir dadamlar öqishimni xohlagandilarku.
Zilolani zimdan kuzatayotgan yigit yaqinroq kelib qizning telefondagi suhbatiga quloq tutdi.
- Hardoim shunaqa deysan. Odamlardan har xil gap eshitib qon bölib ketdim, - onaning yig'lamsiragan ovozi eshitiladi. - Dadang hayot bölganlaridayam maylidi...Odamlar nimalar demyapti bilasanmi?
Qizning qoshlari chimirildi, ovozi ham biroz balandlashib:
- Nima deyapti ösha "hamma"? Yana qanaqa tuhmat qilishyapti? Ularning gapiga qarab xohiw, istaklarim, orzuimdan voz kechamanmi? Odamlar, odamlar dwyavermang endi...
- Deyman, bildingmi deyman. Agar narsalaring bilan kelmasang, kelib ötirma tushundingmi? - onasining rostmana jahli chiqdi.
- Bormayman, aya, ösha uyingizga bormayman, - ham jahli chiqib, ham yig'lsirab javob berardi Zilola. - Qayerdagi odamlarning gapini deb menga...
Rustam ortiq chida olmadi. Borib qizning qölidan telefonni tortib oldi.
- Onalar bilan bunaqa gaplashilmaydi. Qayerdan örgangansiz bunaqa muomalani?
Zilola biror narsa deyishga ojiz edi. U bu bezlik qilgan yigitga hayron qarab turdi. Gapirmohchi bölib endi og'iz juftlagan ham ediki, yigit unga e'tibor bermay telefonni qulog'iga tutdi.
Assalomu alaykum kennayi! Xavotir olmang, qizingiz poyezdga chiqyapti. Hademay körishasizlar. Tez orada bag'ringizga yetib boradi.
Zilola hali ham talmovsirab qarab turardi.
Göshakning narigi tarafidan biroz taajjublangan ovozda tutilib gapiradi ayol:
Valeykum assalom! S-s-siz...siz kim bölasiz?
- Men...- qizga ayyorona qarab qöyadi va közini uzmay gapiradi - Men vokzal xodimiman. Vokzalda shovqin kötarish mumkin emas. Shuning uchun qizingizga biroz dakki beraman. Aybga buyurmaysiz.
Onaning ovozi darrov özgaradi:
Voy aylanib ketay bolam uzr. Qizim biroz qiziqqonroqda. Özi men aybdorman. Urishmang xop. Rahmat sizga. Mayli uzr - mehribon tovushda xayrlashib telefonni qöyadi.
Yigit qizga telefonni qaytarib bermohchi böladi. Qiz esa og'zi avval boylanib, endi yechib tashlanganday bidillab ketadi:
- Siz kimsiz? Nima haqqingiz bor bunday qilishga? Nimaga unday qildingiz?
Rustam esa xotirjam:
- 2marta onangizga baland ovozda gapirmang xop.
- Siz nimaga begonalarning ishiga aralashasiz? Hechnarsadan bexabar... - shu payt poyezdning jönashi haqida e'lon qilishadi. - Voy poyezdim ketib qoladi hozir, - qiz sumkasini kötargancha shosha-pisha poyezdga yuguradi. Yigit uning ortidan qarab qoladi va qölida telefoni qolib ketgani yodiga tushib:
- Voy esi pastvoy telefoni menda qolib ketdiku, - qizning ketidan poyezdga qarab yuguradi. Vagon ichiga yugurib kirdi. Qiz allaqachon kupelardan biriga kirib ketishga ulgurgan edi. Rustam kupelarning har biriga qarab chiqishni boshladi. Va nihoyat bir kupening eshigini ochishi bilan narsalarini joylayotgan qizga közi tushadi.
Rustam: Xux, xudoga shukr topdim. Yaxshi qiz...
Zilola orqasiga ögirilib chöchib ketdi:
Yana sizmi? Nimaga orqamdan poylab yuripsiz?
Rustam Zilola tarafga bir qadam tashlab:
- Men...
- Yaqinlashmang, - sumkasi bilan ödag'ayladi. - Hoz baqiraman.
Rustam orqaga tisarilar ekan, ikki qölini taslimman deganday kötardi. - Voy men...
Zilola uning gapini bölib:
- Jiming. Kimsiz? Nima kerak mendan sizga?
Yigit bir qöli bilan telefonni körsatadi. Ammo qiz tushunmaydi: - Nima qilyapsiz?
Poyezd sekin joyidan jildi. Bundan xavotir olgan yigit ikki qölini kötarib turgan holatda bir qölidagi telefonni körsatib boshini imlaydi.
- Tilingizni yutvorganmisiz? - hali ham gap nimadaligini tushunmagan Zilola.
- Voy özingiz jiming dedingizku.
- Maynavozchilik qilmang. Nima xohlaysiz mendan? Nimaga orqamdan ergashib yuripsiz?
- Men sizni orqangizdan ergashib yurganim yöq. Telefoningizni menga tashlab özingiz qochib ketdingiz-ku. Olib qöying telefoningizni, - Rustam telefonni uzatib stolga qöydi.
Zilola xavotirlanib telefonni oldi:
Rahmat sizga...Insofli yigit ekansiz, - sumkasini joyiga qöydi.
- Rahmat, - Rustam xafa körinishda ötirib oldi.
Qiz ham uning qarshisiga ötirdi. U biroz xijolat chekardi.
- Sizam Samarqandga ketyapsizmi? Yuklaringiz körinmaydi.
- Yöq, - qörs javob berdi yigit.
- Unda qayergacha borasiz insofli yigit? - qiziqsindi Zilola.
- Men özi hech qayerga borishim kerakmas. Toshkentda qolishim kerak edi. Vokzalda. Sizga tushuntirib telefonni berguncha poyezd yurib ketdiku, - yigitning jahl qilayotgani sezilib turardi.
Zilola yanada noqulay ahvolga tushdi. Axir yigit uni deb shu ahvolga tushib ötiribdi. U biroz gapirib yigitni jahlidan tushirib, chalg'itmohchi böldi.
- Voy meni kechiring notög'ri tushunganim uchun. Meni deb poyezdda qolib ketdingiz insofli yigit. Vokzalga kimnidir kutib olishga chiqqanmidingiz?
- Hech kimni kutib olishga chiqmagan edim. Nimaga meni insofli yigit db yotibsiz? - Rustamning rostmana jahli chiqdi.
- Chunki ismingizni bilmayman-da, - jilmaydi Zilola.
Qizning jilmayishini körgan Rustam biroz jahli tarqadi. U haaa deganday boshini qimirlatib qöydi va qizdan söradi:
- Sizni ismingiz nima?
- Ismim Ismaloq.
Rustam hayrat bilan qaradi. Bu qiz yana ustidan kulmoqchimi?
- Buni qarang-aaa!!!
- Endi otimni sörashingiz kerak, - quvnoqlik bilan gapirdi Zilola.
Qizning samimiyligini körib, yana jahl qilishni boshlayotgan Rustam darrov sovidi.
- A-a-a, otingiz nima?
- Otim Otquloq, - kulib yubordi qiz. Yigit ham uning haziliga kulgisi kelib unga jör böldi.
- Hazillashdiiiim...Zilola, - shunday deb u qöl uzatdi. Unga javoban yigit Rustam deb qöl uzatadi.
- Sizni tushkunlikka tushib qolganingizni körib biroz kayfiyatingizni kötaray dedim-da hazillashib. Hech qayerga ketmasangiz, hech kimni kutib olmasangiz vokzalda nima qilib yurgandizgiz? - qiziqsindi Zilola.
Rustam ham hozirgi hazil-huzildan keyin özini bösh qöydi.
- Men akterlikka öqiyman. Ustozim Jasur aka (bu man) yaxshi akter bölish uchun odamlarni kuzat, obraz örgam deydilar. Obraz örganishga eng yaxshi joy qayer bilasizmi?
Zilola qiziqib ketib:
- Vokzalmi?
Rustam qizga termulib turib:
- Yöq...bozor, - deb kuldi. Qiz ham qöshildi. - 1:1. Bozor, vokzal...shuning uchun men haftada bir kun bozorga borib shunchaki aylanaman. Bir kun kelib vokzalda odamlarni kuzataman. Bilasizmi bu juda qiziq mashg'ulot. Turli xil insonlarni uchratasiz. - Tög'risini aytsam men ham qiziqib qoldim, - Zilolaning telefoni jiringlab qoladi. - Voy oyimlar. Juda xavotir oladilar-da. Men chiqib gaplashib kelay maylimi?
Yigit bosh irg'adi. Qiz chiqib ketdi.
Rustam öziga-özi: Ismaloq, - deb kuldi.
U bir necha daqiqa avval odatiga köra vokzalda odamlarni kuzatayotgan edi. Bu qizni kördi-yu, unga alohida e'tibor berdi. Uning istarali yuzi, öziga yarashib turgan kiyimi qizning ancha odobli qiz ekanini bildirib turardi. Ammo uning telefonda gaplashishini körib Rustam notög'ri öyladim degan hayolga borgandi. Hozir esa samimiyat bilan boshlanga suhbat unga qiz haqida yana iliq taassurotlar uyg'otdi. U qizga qandaydir bog'langanini tushundi. Shu payt kupega böyi past amaki kirib keldi. Tög'rirog'i undan avval uning sumkasi, söng katta qorni kirib keldi. Söngra yaltirab turgan kal kallasi va qaysidir turk seriali qahramonini eslatib turgan möylovi körindi.
Amaki: Axiyri topdim-ey, - Rustam uning kupesini izlayotganini tushundi va kayfiyati tushib ketdi. Ha endi u Zilolani suhbatini ololmaydi.
- Iye kupedosh qalaysan? Xudo xohlasa birga chaqchaqlashiiiiib ketarkanmizade a?, - tomog'iga barmog'i bilan urib qöydi. Va Rustamning yelkasiga qoqib qöydi.
Rustam: Assalomu aleykum.
Amaki ötiraturib: Voleykum assalom, - ötirib, sumkasini ochadi va ichidagi narsalarni birma-bir chiqarib stolni töldirib tashlaydi. Shu bilan bir vaqtda tinmay bidirlab gapirardi:
- Men komandirovkaga ketyapman. Hech xavotir olma, kennaying yarim xolodilnikni joykab bergan sumkamga. Qorin tashvishi yöq, - kuladi. Söng butilka chiqarib stolga qöyadi. Va ikki chetga qarab qöyib pichirlab:
- Mana jonni rohatiyam bor. Faqat provodniklar bilib qomasa böldi. Rustam vaziyatni tushuntirmoqchi böldi:
- Amaki...
Amaki uning gapini bölib bidirlashda davom etdi:
- Jabbor og'a deyaver. Özi ismim Abdujabbor. Anu bir turk seriali bölgandiku, - turib yigitni peshanasiga urib qöyishni boshlaydi, - Jab-bor o-g'a bölib ketganman, - sharaqlab kuladi.
Rustam:
- Jabbor og'a men kupedoshingizmasman. Men adashib chiqib qoldim bu poyezdga. Bir qizni deb.
Amakining közlari yashnab ketdi:
- Ho-o-o-o lubov-lubovmi? E sen bolachi yoqib qolding menga, - yelkasiga qoqib qöydi. - Men ham kennayinga sevib uylanganman. 6yil uydagilari bilan kurashganman bermaymiz deb turib olishganda. Keyin poyezdda olib qochganman. Tu-tut tu-tut tu-tut tu-tuuuut qilib, - kuladi.
- Yö-ö-ö-q!!! Tushunmadingiz. Bir qizni orqasidan chiqgandim poyezd yurib ketdi. Meni biletim ham yöq. Baribir tushib qolaman kelayotgan stansiyada, - dedi Rustam.
- Iye, buyog'i chatoq bölibdi-ku. Kurashmay taslim bölaverasanmi? Biletdan xavotir olma, - chöntaklarini kavlashga tushadi. - Qayerga solgandim-a? A mana, - bilet uzatadi. - Ma meni biletimni ol.
Rustam ikkilanadi olishga.
- Sevgini eshitsam, sevishganlarni körsam ichimda shu bir olov yoqiladi. Muhabbat, muhabbat, muhabbat - sen eng toza, yuraklarni junbushga keltiruvchi tuyg'usan. Ol ukam baxtingga erish, - olishga undadi amaki.
Rustam hamon ikkilanardi. Lekin Zilolaga bölgan qiziqishi ustun chiqdi. U nimagadir qizga bog'lanib borayotgandi.
- Sendachi men özimni köryapman. Ol, - biletni yana uzatdi Jabbor og'a.
- Siz-chi? - Rustam biletni olib söradi.
- E men Jabbor og'angdan xavotir olma. Jabbor og'ang tegirmonga tushsa butun chiqadiganlardan, - narsalarini qaytib sumkasiga joylashni boshladi. - Asosiysi unga erish. Omad. Toki meni eslaganinglarda, - örnidan turib kal boshini silaydi. - Sizlarni birlashtirgan sevgi farishtasi bölib yodingizda qolay.
- Rahmat, rahmat, - ular qöl berib, söng quchoqlashib xayrlashishadi. Amaki chiqib ketayotganda kupe eshigi ochilib qiz kirib keladi. Hayron. Amaki chiqib ketayotib ikki qölini bosh barmog'ini körsatib zör deganday chiqib ketadi. Qiz ötirib kim bu deganday boshini qimirlatadi.
- Adashib qolibdilar. Oyingizni tinchlantirdingizmi? - söradi Rustam.
- Ha tinchlantirdim. A siz ham uyingizdagilarni ogohlantirib qöysangiz bölardi. Har holda xavotir olishadi, - taklif bildirdi Zilola.
- Ha tög'ri aytasiz, - Rustam telefonini chiqarib qöng'iroq qilishni boshladi. - Alo...assalomu alaykum dada...dada men hozir poyezdda edim. Bir joyga ketyapman...yöq shunaqa bölib qoldi...Uyga borganimda sizga hammasini tushuntiraman...Mendan xavotir olmang hammasi yaxshi...yöq yöq hammasi yaxshi deyapmanku...xop...xop...xop dada xayr, - telefonni qöydi.
- Tög'ri...bu mening ishimmasku...lekin bunaqa vaziyatlarda birinchi onalar tinchlantirilardi xavotir olmasliklari uchun, - qiziqsinib söradi Zilola.
- Tög'ri. Men ham shunday qilardim...agar onam hayot bölganlarida. Afsuski ular ikki yil avval kasallik tufayli olamdan ötganlar, - xörsindi Rustam.
Zilola xijolat bölib:
- Meni kechiring, men bilmabman, - uzr söradi.
- Uzr söramang. Boya telefonda oyingiz bilan qöpol gaplashganingizda shuning uchun chidolmay borib qölingizdan telefonni tortib oldim, - Rustamning gapidan qiz uyalib yerga qaradi. - Menga bir va'da bering...
Zilola yigitga qaradi:
- Qanaqa?
Rustam Ziloladan közini uzmay gapirdi:
- Oyingizga boshqa unaqa qöpol gapirmang xop?
Zilola poyezdning oynasi tarafga qaradi. Poyezd yelib borardi. U oynadan közini uzmay gapirishni boshladi:
- Men bu yil institutga hujjat topshirdim. Pedagogikaga. Imtihongacha uyimga borib kelishni rejalashtirgandim. Ötgan yili dadam olamdan ötgandiar. Shunga oyim odamlarning har xil gap-söz qilishlaridan qörqib bunga qarshilik qilyaptilar. Mening öqishga kirishim dadamning eng katta orzulari edi. Men dadamning orzularini amalga oshirmoqchiman. Boya siz körganingizda shu masalada bahslashayotgandik.
Rustam qizga termulib turardi.
- Meni kechiring, men boshqacha tushunibman.
- Hammasi joyida, - Zilola Rustamga qaradi va uning tikilib qolganini körib, uyalib közini olib qochdi.
Rustamning vokzalda eshitgan telefon suhbatidan keyin paydo bölgan qiz tög'risidagi yomon taassurot bir zumda yöqoldi. Shu payt kupening eshigi ochilib provodnik ayol kirib keldi. U anchagina baquvvat ayol bölib, yuzlari dum-dumaloq, lablarini esa pomada bilan qip-qizil böyab olgan, yuzining öng tarafida katta qora xoli bor edi. Qoshlari chimirilib, bir-biriga qöshilib ketgandi. Qiz ham, yigit ham salomlashishdi.
- Valeykum assalom, - ensasini qotirib alik oldi provodnik ayol. - Qani biletlaringni körsatib qöyinglar-chi. Aytib qöyay mening vagonimda quyonlar bölmaydi. Biletsizlarni qattiq jazolayman. Ushlab militsiyaga topshiraman, - ödag'ayladi.
Zilola biletini körsatdi va provodnik uning biletini tekshirayotganda, yigitda bilet borligidan bexabar provodnikka qörqa-pisa vaziyatni tushuntirmoqchi böldi:
- Bilasizmi bularda...bular, - tutilib qolardi Zilola. - Menga...mening...telefonim bularda qolib ketgandi. Menga yordam beraman deb...bularni jazolamang...bularda ayb yöq...men sababchiman.
- Qizcha bular kim sizga? - jahl bilan öqrayib söradi provodnik ayol.
- Hech kim, - Zilola uyalib ketdi.
Provodnik:
- Hamma öz-öziga javob bersin. Qani yigitcha biletingiz?
Zilola xijolat chekib qarab turadi, Rustam esa xotirjam biletni uzatdi. Zilola hayron qarab qoldi.
- Mana joyida ekanku hammasi, nimaga jazolayman? - biletni tekshirib provodnik ayol. - Manzilinglarga yaxshi yetib olinglar, - biletni qaytarib chiqib ketdi.
Zilola darrov Rustamga xömrayib qaradi:
- Aldoqchi biletingiz bor ekanku. Nimaga meni aldadingiz?
- Siz yana notög'ri tushunyapsiz, - özini oqlamoqchi böldi Rustam.
- Siz aktermas...aferistakansiz, - xömrayib yuzini chetga burib oldi Zilola.
Rustam boyagi amaki bilan bölgan suhbatni aytib berdi.
Qiziqib eshitgan Zilola:
- Nimaga shuni darrov aytmadingiz?, - dedi.
Rustam:
- Meni kechiring, -deb uzr söradi.
Poyezd tinmay yölida davom etardi. Qahramonlarimiz esa judayam qizg'in suhbatlashishardi. Yigit öqishida bölgan qiziq voqealarni rolga kirishib gapirib berar, qiz esa undan közini uzmay eshitardi. Közlar töqnashib qolganda esa u uyalgancha yerga qarardi. Rustam borgan sari Zilolaga bog'lanib borayotgandi. Qiz ham yigitga nisbatan bee'tibor emasdi. Oradan qanchadir vaqt ötib poyezd bir siltanib töxtaydi. Rustam va Zilola bir-biriga hayron qarashdi. Tashqarida biroz g'ala-g'ovur eshitiladi. Shu on kupe eshigi ochilib, unga Jabbor og'a tirmashadi. Uning orqasidan kimdir tortyapti.
- Haaaa, biletsiz bemalol ketaman deb öylaganmiding?, - tortayotgan boyagi baquvvat provodnik ayol edi. - Ogohlantirmaganmidim mening vagonimda quyonlar bölmaydi deb. Stop-kranni bekorga tortdimmi? Qani yur...
- Yordam beringlar, - deya oldi xolos Jabbor og'a. Provodnik ayol uni vagondan tashqariga sudrardi.
- Ular meni deb shu köyga tushdilar. Borib vaziyatni tushuntiray, - dedi Rustam.
- Xop. Faqat ehtiyot böling, - xavotir oldi Zilola.
Rustam chiqib ketdi. Tashqarida yana g'ala-g'ovur eshitildi. Birozdan söng provodnik ayol ikki kaftini bir-biriga ishqalab qaytib kupega kirdi. Kupening ichiga qarab:
- Ana biletsizlarning jazosi shu, - qilgan ishidan mamnun. - Bu yerda quyonlar yöqmi? - qizga qaradi. - Sizning biletingiz bormi? - qiz shoshib biletini chiqardi. - Ha aytgancha bu yerdagi yigit sizning tanishingizmidi? - qiz qörqib bosh silkitadi. - Uniyam biletsizning yonini olgani uchun tushirib yubordim, - poyezd bir silkinib yurishni boshlaydi. - Ana endi bemalol ketamiz, - shunday deb chiqib ketadi.
Tashqaridan Rustamning Zilola deb chaqirgani eshitildi. Zilola shoshib oynadan qaradi. Poyezd esa tezlashdi. Rustam baqirganicha poyezdning orqasidan yugurardi:
- Zilola men albatta sizni topaman. Meni kuting. Albatta topaman, - Rustamning ovozi, ham özi tobora uzoqlashardi. U yugurayotganda telefon raqami baqirib aytdi. Lekin shovqin tufayli faqat boshidagi 3ta raqamini eshitdi Zilola. Rustam közdan g'oyib bölguncha oynadan qarab turardi Zilola.
Rustam esa poyezdning orqasidan yugurgancha qolib ketdi. Poyezd özi bilan uning yuragida ochilayotgan ishq g'unchasini qöshib olib ketdi. U bunday bölishini hayoliga ham keltirmagandi.
Oradan 2 oy ötdi. U shu 2oy davomida har kuni vokzalga kelar, Zilolani qidirardi. Bu orada öqish mavsumi boshlandi. U hatto öqishiga ham qiziqishi söndi., bormay qöydi. U hatto birnecha bor poyezdda Samarqandga borib keldi. Poyezdda Zilolani uchratishi umida edi. Ammo Zilolani topa olmasdi. Bir kuni doyimgidek vokzalda uni kutib ötirgandi oldidan Jabbor og'a chiqib qoldi.
- Iye Rustamjon qalaysan? Ishlaring yaxshimi? - quchoqlashib körishishdi.
- Rahmat yaxshi. Özingiz qanaqasiz? Yana komandirovkami? - söradi Rustam.
- Ha. Bu safar ikkita bilet oldim, - biletlarni körsatdi Jabbor og'a. - Har ehtimolga qarshi, - kuldi. - Sen nima qilyapsan bu yerda? - söradi-yu, Rustamning bosh egganini körib tushunadi. - Hmmm haliyam u qizni topmadingmi? Meni kechir ukam. Hammasi meni deb böldi. Öshanda...
- Nimaga uzr söraysiz? - uning gapini böldi Rustam. - Aslida men uzr sörashim kerak sizdan. Öshanda biletingizni menga berib yubormaganingizda shu ahvolga tushmasdingiz-ku.
Jabbor og'a yana quvnoq holatiga kirib:
- E siqilma ukam. Mana meni aytdi dersan. Sevganingni shu bugun uchratasan. Mana körasan, yuragim sezib turipti.
Shu payt Rustamning telefoni jiringladi.
Rustam telefoniga qarab:
- Jabbor og'a uzr dadam telefon qilyaptilar, - Jabbor og'a bosh irg'idi. Rustam chetroqqa ötib:
- Alo assalomu alaykum dada.
Göshakning narigi tarafidan Rustamning dadasini ovozi chiqdi:
- Volekum assalom ög'lim. Ög'lim haliyam vokzaldamisan? Qachon uyga qaytasan?
- Dada men u qizni topishim kerak. Topmaguncha qaytolmayman, - dedi Rustam. Jabbor og'a uni chetdan kuzatib turardi.
Dadasi: - Bolam shuncha boshqa qizlar borku. Uni ismidan boshqa hechnarsani bilmaysan. Uni topishingga umid yöq. Qaytaqol bolam.
- Dada men uni sevib qolganman. Uni topaman deb söz berganman, - kuyib-pishib gapirdi Rustam.
- Nega tushunmaysan? - dadasi qattiqroq gapirdi. - U qiz tush, sarobday ötib ketdi. Uyga tez qayt. Öqishingni öyla. Axir nima niyatlarda kirgansan öqishga?
Rustam jahl bilan gapirishni boshladi:
- Qaytmayman, dada, qaytmayman. Uni topmaguncha qaytmayman... - gapirayotganda kimdir uning qölidan telefonni tortib oldi.
Otalar bilan bunaqa gaplashilmaydi, - dedi telefonni tortib olgan odam. Rustam qarab köziga ishonmadi. Ha bu Zilola edi. 6oy davomida qidirgan insoni. Tunlarini bedor ötishiga sababchi bölgan ösha qiz.
- Qayerdan örgangansiz bunaqa muomalani? - 2oy avval özi aytgan gapini qaytardi qiz. Rustam gapirolmay qoldi. Qiz qulog'iga telefonni tutdi:
- Assalomu alaykum, amaki. Xavotir olmang, ög'lingiz uyga qaytyapti. Hademay körishasizlar.
Rustamning dadasi biroz tutilib:
- Volekum assalom bolam. Siz...kim bölasiz?
- Men... - Zilola Rustamga bir qarab oldi. - Men vokzal xodimiman. Vokzalda shovqin kötarish mumkin emas. Shunga ög'lingizga biroz dakki beraman. Aybga buyurmaysiz.
Dadasi:
- Ög'lim uchun uzr sörayman. Rahmat qizim, - xijolat bölib uzr söradi.
Zilola Rustamga telefonni uzatib:
- Va'dangizni bajarmaysizmi?
Rustam qizdan közini uzmay, telefonni qulog'iga tutadi:
- Dada qöpol gapirganim uchun meni kechiring. Men hozir uyga qaytaman.
- Kutaman ög'lim, - dadasi telefonni qöydi.
-