Bilasizmi? Keksayish jarayonini tezlashtiradigan mahsulotlar! ( Copyrighted by Blackstar)
AQShdagi Yuta universiteti Tibbiyot fanlari markazi olimlari insonning keksayish jarayonini tezlashtiradigan mahsulotlarni aniqladi, deb xabar bermoqda "Segodnya”.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazlangan ichimliklar, qayta ishlangan go‘sht (kolbasa, sosiska), qizil go‘sht (steyk, gamburger), alkogol mahsulotlari inson qarishi jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi ma’lum bo‘lgan. Ushbu mahsulotlar DNK to‘qimalarini turli zararlardan asrovchi xromosomalarning yakuniy qismlarini o‘zgartirish orqali inson umri qisqarishiga sabab bo‘lishi aytilgan.