tungi.ru

Xoin 6-qism

Birgalikda sönggi

marta shahar aylanib

xursandchilik qildik. Esdalik uchun

rasmga tushdik. Kun böyi Irodani

qölini qöyib yubormadim.

Kechqurun qizlarni xonasiga

kuzatib Sardorbekga telefon

qildim. U meni kutib turganini

aytdi. Yana forma kiydim, bu

menga juda yoqdi. Fohishaxona

shaharni chetrog'ida edi birga

bordik Sardorbek hujjatlarini

körsatganda qorovul kiritib

yubordi. Ichkarida bizni uy bekasi

sovuq kutib oldi.

- Iltimos, janjal qilmang bir-ikkita

mijozlar bor. Sizlar ham dam

oling, -deb közini qisdi.

- Jim böling! Yöqsa özingiz

qamoqda dam olasiz! Özbek

qizlari qani? -dedi Sardorbek.

Javobni kutmay xonalarga qaray

boshladik. Ortimizdan beka yalinib

kelardi. Bir payt bir ayol

choyshabga öralib chiqib qoldi.

Bizni körib baqirib qölini

kötargandi choyshab egnidan

tushib yalang'och bölib qoldi. Hech

bunaqasini körmagandim, og'zim

ochilib karaxt bölib qoldim.

Fursatdan foydalangan beka

belimdan töpponchani olib menga

tiradi.

- Tez chiqib ketinglar bölmasa

otaman. -deya baqirdi. Hushimni

önglab töpponchani tortib oldim.

Ayol tepkini bosishga urinar, lekin

otilmasdi. Chunki men uni

saqlagich murvatini burab

qöygandim. Ayolni oyog'iga tepib

yiqitdim. Yugurib chiqqan uchta

erkak bizlarni formada körib

taslim böldi. Hovlidagi hammani

bir joyga yig'dik.

- Qaysi biring özbek? dedim

özbekchalab.

Bir qiz "men" dedi.

- Iltimos, akalar meni bu yerdan

olib keting? deb yig'lay boshladi.

Özimni juda noqulay va aybdor

his qildim. Qizga rahmim kelardi.

- Yana kim Özbekistonlik? dedi

Sardorbek bekaga.

- Boshqa özbek qiz yöq. -dedi

beka. Qolgan qizlar ham olib

keting deb inglizcha ruscha

chuvillashib qoldi.

- Siz hibsga olindingiz, ism-

familiyani ayting? dedi

Sardorbek. Yarim soatlik

tortishuvdan söng uy bekasi

qolishni xoxlagan qizlarni qoldirib,

5 ta qizni hujjatlarini olib köchaga

chiqdik. Sardor 4 ta qizga 700

USDdan berib istagan joylaringa

ketaveringlar dedi. Qizlar qayta-

qayta rahmat aytib uzoqlashdi.

- Meni sotib yubormaysizlarmi?

dedi qiz. Qiz iltijoli qarab turardi. Uchovlon

taksiga ötirib dökonga

borguncha qizni bu yerlarga

aldov bilan olib kelinganini bildik.

Enagalik qilish uchun kelganini,

lekin bu yoqda boshqa ish ekanini

aytib yig'ladi.

- Isming nima? -dedi Sardor

taksidan tushganda.

- Gulyuz. -dedi qiz. Rostdanam uni

yetarlicha husni bor edi.

- Bor özinga kiyim tanla, kutib

turamiz. -dedi Sardor.

Gulyuz nari ketgach,

- Endi bu qizni nima qilasan? -

dedim.

- Buni sen hal qilasan.

- Nima???

- Sen bu qizni özing bilan olib ket.

Chipta olib beraman. Ota-onasini

yonigacha eltib qöysang

hurmating oshadi. Men esa

xotirjam bölardim?

Bu gap menga ma'qul böldi. Qiz bir

necha kunga mehmonxonada

joylashdi. Universitetni

bitirganimiz uchun biz ham ösha

mehmonxonadan joy olgandik...

2012-yil 7-iyun. Bugun jonajon

Özbekistonimizga qaytamiz!

"Biznes"dan topganimni sanadim,

83.000 USD ishlabman. Bu

xoinligimni bahosi edi... Pullarni

sumkaga joyladim. Samarqandga

qaytganimizda töy qilamiz...!

Tong sahardan shodon

kayfiyatda Irodani xonasiga

bordim. Zilola qaygadir chiqqan

ekan 5 minutcha gaplashib

turgach ketish oldidan bitta bösa

söradim. Hech könmadi.

- Bilasanmi Iroda, biz bilan birga

bir qiz ham Ö zb.gaqaytadi.

- Kim u?

- Shu yerga ishlashga kelgan qiz.

Qaytishda bizga sherik böladi.

- E hali tanishib oldizmi? Yoqib

qoldimi sizga? dedi Iroda qizishib.

- Hozir özi bilan gaplashasan... deb

Gulyuzni yetaklab keldim. Bir

soatlik bosh og'rig'idan söng

Iroda rozi böldi-yu, samolyotga

minguncha arazlab yurdi. Gulyuz

Irodadan uzr sörab omadingiz

bor ekan dedi. Keyin Zilolani

yoniga ötirdi. Samolyotda Iroda

bilan yonma-yon ötirib

Özbekistonga yetguncha

indamay keldik. Toshkent Xalqaro

Aeroportiga qönganimizda

murosani boshladim. Bizni akam,

Irodani dadasi, Zilola toshkentlik

bölgani uchun oilaviy kutib olgani

chiqdi. Yurtim havosi bunchalar

totli! Juda sog'ingandim

vatanimizni. 4 yil böldi shu yerdan

uchib ketganimizga. Zilola bilan

xayrlashib Irodani dadasini

mashinasida Samarqandga

qaytdik. Yölda Gulyuz haqida

qisqacha aytib berdim. Gulistonda

töxtab Gulyuzni uylariga tashlab

ötdik. Ota-onasi rahmatlar aytdi.

Shoshib turibmiz deb yölga chiqib

serquyosh Samarqandimizga

kirib kelganimizda kun

botayotgandi...

...

Kelganimizga bir hafta bölganda

onamni Irodalarnikiga jönatdim.

Ular rozi bölishibdi! Quvonchim

ichimga sig'may Sardorbekga

telefon qildim.

- Töying kuni yetib boraman yigit!

dedi u.

- Töyimiz avgustda. Albatta kel.

dedim.

O‘xshash hikoyalar