Shayton qizning muxabbati 1-fasl qismlari (yangi ijodkordan!) (2-bet)
esa uyalgancha pastga qarab oldi. - seni javobingni bilgim keladi, har uchrashganimizda bu gapni yuzinga qarab ming marotaba takrorliman, sen buni eshtmagansan, chunki bu gaplar dilimda qolib ketardi. - qiz xamon yerdan ko'zini uzmas, yigitning quchog'ida bo'lgani uchunmi, yoki ichidagi his tuyg'ular tufaylimi isib ketayotganday edi. - Bugun esa senga bu gaplarni ayra olishga kuch topa oldim. Agar bugun aytmaganinda, balki bu sirligicha qolib ketarmidi, - yigt qizni qo'li bilan boshini teparoq ko'tardi, ikkalasining ko'zlari bir biriga tushdi, shu holatda chamasi yarim daqiqami, yo ozroq bir birlariga termulib qolishdi. Yigit labini qizning labiga olib bordi. Shu onda ikkalovlari xam o'zgacha hissiyotni tuyishdi. Lablari xamon bir birini erkalar, o'zlari esa huddi bu yerda emas, osmonlarda uchib yurishgandek edi. Uzoqdan kelayotgan mashina ovozidan o'zlariga kelishgach, uzoqdagi avtobus chiroqlarini his qilishdi. Avtobus kelib bekatga to'xtadi. Ular endi piyoda yurib bo'lmasligini bilgach avtobusdan joy olishdi. Mashinada deyarli hech kim yo'q edi, orqa o'rindiqdagi qariya va oldiroqda ikki hotin suxbatlashib ketishardi. Avtobuz o'rnidan qo'zgaldi, ular xam yonma yon o'rindiqni egallashdi. Yo'lda ketib borisharkan, qiz boshini yigitning yelkasiga qo'yib oldi. Yigit xam bundan mamnun edi. Chunki qiz endi uni sevishini biladi, qarshilik bildirmadi va u xali xam u bilan. Munosabatlar esa endi ochiq davom etardi...
-yaxshi dam oldingmi? - yigit va qizning erta tongda telefondagi suxbatlari shunday boshlandi.
-xa sevgilim, sizchi? - qizning javobidan yigit quvonib ketdi. Chunki qizdan birinchi bor "sevgilim" degan murojaatini eshtishi edi.
-Men xam Dilnurim - yigit negadir "jonim" yoki "asalim" singari so'zlarni ishlatolmadi. Chunki bunday so'zlarni avval ishlatmagan, qolaversa bunday so'zlar ishlatgan kop do'stlarini bilardi. Ular bunday so'zlar bilan bugun bittasiga, ertaga boshqasiga atab ketavarardilar. Shuning uchun buni sevgilisiga ravo ko'rmadi. Suhabatlari uzoq cho'zilmadi. Sababi ikkalovlari xam o'qishga borishga taraddud ko'rishlari kerak edi.
-mayli erkagina qaysarcham, o'qishlaringa omad. Yaxshi o'qib ol.
-xop, siz xam yaxshi o'qing..
Suxbatlari shu tarzda yakunlangach, Ismail o'zini oynada tomosha qilarkan, sal avva uyqidan turgani uchun faqat ich kiyimlarda turardi. Juda kelishgan bu yigitni tim qora sochlari uncha uzun bo'lmagan, ora -siraga bitta, ikkita oq tushib qolgani sezilib turardi. Ko'zlari sal jigarrang tusda, o'zi esa salgina qorachadan kelgan bola edi. Bo'ylari uzungina bu yigit oynada kuchga to'lgan bilaklarini tomosha qilib biroz turgach kiyinishni boshladi. Bu payt qiz xam pardoz qilish chog'ida o'z go'zalligiga o'zi mahliyo bo'lib tikilib qoldi. Qop qora sochlari uzungina, yelkasidan sal patroqqacha tushardi, kipriklari uzungina, ular kimlarga yuzlanmasin nigoh egasiga asir etardi. Bo'ylari xam o'ziga yarashgan balandgina, ammo Ismailga nisbatan biroz pastroq edi...
Nonushtani qilib bo'lgan Ismail o'qishga otlandi. Uydagilardan duo olgach o'qishiga tomon shoshib ketdi. Dars boshlanishiga yetib kelgan Ismail, yana darsga sho'ng'ib ketdi. Ammo hayoli xamisha sevgilisida bo'ldi. 1-para tugagach do'sti Kamron bilan sihbati paytida, Kamron xam ishga o'z hamkorlarini jalb qilmoqchiligini aytib qoldi. Ular xam bu ishga qiziqayotgani va bu haqda to'liqroq ma'lumot olishni xoxlashlarini aytdi.
-ular nima ish qilishadi? - so'radi Ismail.
-ee, ishlashmidida. Biz bilan birga o'qishadi, kursdoshlarimizdan.
-ha unda yaxshi. Darsdan so'ng biror bo'sh sinf xona topsak o'sha yerda tushuntirib beraman. Dars ohirida ularni to'plagin...
Darslar yakunlashgach bo'sh honada Kamron ishga taklif qilgan hamkorlari to'planishdi. Anchagina yig'ilishibdi. 20 kishidan ko'proq talabalar xam o'sha Ismail ishlayotgan Porfyumeriya firmasida ishlashni hohlayotgan edilar. Ismail ularga bu firma haqida, uning maqsadi va ishlash taetiblarini birma bir tushuntirib berdi. O'tirganlar esa butun tanalari quloq bo'lib uni tinglashar, orada " yaxshi ekan" , "men bop ekan" so'zlari eshitilib qolardi. Tushuntirib bo'lgach xamma bu ishni "qanday boshlash mumkin" deya savol berishdi. Ismail firma manzilini tushuntirib berdi, va birga borishi mumkinligini aytdi. Bu xammaga ma'qul tushdi va hoziroq borishni takluf qilishdi..
Ishlari juda yaxshi ketib borardi. Firmaga a'zo bo'lganidan va ishlayotganidan afsuslanmasdi. Chunki hamkorlari soni xam ortib qolgan, kompaniya bi'yicha lavozimi xam, obro'si xam ancha ko'tarilgandi. Firmaning o'sha joydagi filiali raxbari xam uni juda hurmat qilardi. Huddi o'z o'g'liday ko'rib qolgandi. Firma raxbari yoshgina ayol edi, ko'rinishi judayam istarali, to'lachadan kelgan, sal qoracharoq opa edi. U birgina qizi borligini aytardi, huddi Ismailni kuyov qilish niyati borday tutardi o'zini. Ammo qizini ofisga deyarli olib kelmasdi. Umuman kelmasdi disayam bo'ladi. Chunki Ismail xali biror marta qizini ko'rmagandi. Laylo opaning (firma filiali raxnarining ismi shunday edi) turmush o'rtog'i ancha yillar avval, qizi tug'ilishidan avval olamdan o'tgan ekan. Ammo undan keyin bowqa turmush qurmagan, odamlarning, qarindosh urug'larning qistovi xam befoyda bo'lgan, qizini o'gay otaning tarbiyasini olishini hohlamagandi..
-alo
-alo, ho'sh men sevgan qiz ninalar qilyapti - yigit va qizning tungi suhbati shunday boshlandi.
-xamma shu paytda nima qilsa ushnaqa qilyapman.
-hamma nima qilarkan bu payt?
-yotadide, nima qilardi boshqa jinnivoy
-xaa, (kulib) lekin sen boshqalardekmassanda
-nimaga?
-chunki sen men bilan gaplashyapsan. Men bilan esa xamma gaplashomidi bu payt. Ana boshqalardan farqin nimada- orada biroz tabassum bo'lgach,
-Ismail aka - qiz biroz ovozini pastlatib, - anu kungi hikoyani davomi qanaqa? Rosa bilgim kelyapti.
-haa, unimi. Qayerida to'xtagandim o'zi?
Yigit bilan qiz qiyofasiga kirgan shayton uzoqlarga ketudi, qiz ufqqa termulib qoludi.
- ha unda eshit, yigit o'sha qiz qiyofasidagi shayton bilan uziq bir joydan qo'nim topishadi. Avvaliga odatiy xayot kechirishadi. Yigit qizni bag'rida his qilib baxtli edi. Ammo qizni o'zgarib qolganini seza boshladi. Bir kun ular kun botar paytida uylari oldidagi katta daraxtning to'nkasida o'tirishardi. Shu payt qiz ichkariga kirib ketmiqchi bo'ldi, ammo yigit qo'vormadi. Chunki xar safar birgalikda ufqni tomosha qilishni yaxshi ko'rishardi. Ammo bu yerga kelishgandan buyon biror marta bunday qilishmagandi. Yigitning bag'ridan chiqolmagan qiz noiloj birga o'tirdi. Ufqdagi qizil nurlar tobora qalinlashar va nurlari ularning yuziga tusha boshladi.
- hosh keyin nima bo'ldi? -qiz xam huddi hikoya ichiga tushib qolgandi.
-so'ng qizning ko'zi u nurlardan qamasha boshladi, hayron bo'lgan yigit qizga boqsa quyoshning qizil nurlari ostida shaytonning asl yuzini ko'rib turardi. Bag'ridan shaytonni itarib yuborgach o'zidan nafratlanib ketdi. chunki hozir sevgilisini tashlab ketganini angladi. Shayronning asl yuzini bilgan yigit ortiga qaytadi. Sevglisini o'sha xar doim birga quyosh botishini tomosha qiladigan joylaridan topadi, ular judayam sevinishadi, uzoq hijronli kunlardan so'ng yana birga edilar. O'sha ufqning qizil nurlari xozir xam ularning sevgisi o'lmaganidan dalolat berib turarkan. - hikoyasini tugatgach,
-shayton ularni tinch qo'yibdimi?- qiz yana savol berdi.
-Shayton xam yigitni sevib qolgandi. Chunki faqatgina o'sha yigitni yo'ldan ura olmagandi.
-juda boshqacha hikoya ekan, qayerda o'qigansiz?
-esimda yoo, balki eshitgandirman kimdandir.. shu tariqa suxbatlari uzoq davom etdi.
-tur o'rningdan o'g'lim, o'qishga kech qolasan - honadon bekasining ovozidan uyg'ondi. Kecha telefonda gaplashib uxlab qolibdi.
-ahir bugun dam olish kuniyu hola - Ismail yana o'rniga yotib oldi
-qayoqdan bilay ahir, har kun uyg'otaverib o'rganib qolibmandaa, - biroz aybdirona ohangda - turaqol, dam bo'lsa xam nonushta qilib ol bolam!
Dam olish kuni abedgacha uxlashga odatlangandi, ammo bugun uy bekasi Nazokat opaning gaplarida so'ng turib yuz-qolini yuvgach nonushtaga o'tirdi.
-Mahmud akam ko'rinmidila? - atrofga alanglab olgach so'radi.
-bozorga tushaman deb chiqib ketudila. Bilasizu, dam olish kunlari bozorga chiqmasala ko'nglilari joyiga tushmidii.
-haa, yodimdan ko'tarilibdi. - shubday dediyu bugunga rejalashtirgan ishlari xam esiga tushib ketdi. Bugun Dilnura bilan ko'rishmoqchi edi ular! Uchrashuv abeddan keyin, 15:00 ga belgilangaligi uchun ungacha ofisga o'tib ishlarini bitirib olmoqchi bo'ldi.
-meni bugunga ishim bor edi, kechriq qaytaman! - shunday deya uydan chiqishga chog'landi.
- ertaroq qayt bolam! - uy ichidan Nazokat opaning ovozi eshtildi.
-hop - deya chiqib ketdi..
Ofisga kirarkan, ko'pchilikning kulgan ovozi, mayin musiqa quloqqa tobora balandroq eshtila boshladi. Yodidan chiqibdi, bugun ofisda bayram. Bir necha kun ogohlantirilgandi. Alohida taklif qilingandi. Chamasi 15 kishilar to'planibdi. Xamma bilan salomlashib bo'lgach, oralarida notanish qizni xam uchratdi.
-bu meni qizim - Laylo opa qizini u bilan tanishtirarkan, - Gulima'no, u xaqida senga aytgandim.
-ha, esimda. Tanishganimdan hursandman - qizga tabassum xadya etdi.
Oradan chamasi 10 daqiqalar o'tar- o'tmas ortidan Kamron xam kirib keldi.
-xamnaga salom! Boshlab yuboribsizlarku - honaga kiriboq ovozi yangradi. - do'stim, kelib bo'libsabkuu, telefon qilib tusholmadim - sal norozi kayfiyatda.
-yog'e, telefonim yoniq. Antena chiqmagandir. - ikkovlari quchoqlashib ko'rishdi. - xa, balki. Bo'lishi mumkin...
Bayram ajoyib o'tardi, xammani tilida Ismailni yutuqlari, u xaqidagi ijobiy fikrlar xaqida gapirilardi. Gulima'no unga yonma yon o'tirardi. Ko'zlari bilan Ismailga ko'p qarardi. Ichidan uni yaxshi ko'rib qolgandi. Harakteri ochiq, sho'x shaddod bo'lgabligi uchun Ismailni o'ziga qaratmoqchi bo'lardi. Uni o'ziniki qilmoqchi bo'lardi. O'rtada spirtli ichimlik xam ochilgandi, ba'zi ba'zida ko'ngli tusaganlar quyib ichardi. Kamron xam ulfatlar qatorida edi.
-siz xam ichasmi? - Gulima'noning Ismailga 1- savoli shunday bo'ldii.
-yo'g'eee, ichmaganman, xoxishim xam yo'q. - qisqagina javob berdi.
-yoki chekasizmi? - qiziqib so'radi.
-yo'q. - yanada qisqalik bilan.
-nahotki ichmaydigan, chekmaydigan yigitlar xam bo'lsa? Sizdakalar kam! -ozgina maqtov orqali eritmoqchi bo'ldi, va buni qizman uddaladi xam. Suxbatlari qizg'in tus ola boshladi.
-balki so'k icharsiz?
-mayli.
Gulima'no sokni atay piyoladagi spirtli ichimlik ustidan quyib berdi, so'k ko'proq bo'lganligi uchun unchalik sezilmadi. Bir ko'tarishda deyarli xamnasini ichib yuborgach,
-biroz boshqacha ekan. Ta'mi o'zgarib qobti, - deya uncha sezmadi. Biroz vaqt o'tgach bayram ishtirokchilari uylariga qaytadigan bo'lishdi, hamma o'rnidan qo'zg'aldi. Ismail o'rnidan turib yana joyiga o'tirib qoldi. Spirtli ichinlik ta'siri endi o'z kuchini ko'rsatardi. Boshi aylanishni boshladi. Kamron:
-men xamnangizni kuzatib qo'yaman. -biroz ichgan bo'lsada hushyor edi.
-men ofisni tartibga keltirgach uyga boraman, - Gulima'no oyisiga yuzlandi. Oyisi:
-hop, mayli. Men uyga boraman. Tezroq borgin!
-hop, Ismail akamni zam o'zim kuzatib qo'yaman. Biroz o'tirsalar bosh og'riqlariyam qolar..
Xamma rozi, xamna uy uyiga tarqalishadigan bo'ldi, soat allaqachon 16:35. Dilnura bilan ko'rishishlari yodidan xam ko'tarilgan Ismail, ko'zini yumib boshini osmon qilib divanga suyangancha o'tirardi. Bu orada xonani tartibga kektirib ulgurgan Gulima'no Ismailning oldiga o'tirdi. Honada ulardan boshqa hech kim yo'q.
-boshingiz og'rimayaptimi? -past ovozda savol berdi qiz.
-birozgina - yigit javobi shunday bo'ldi.
Honada vals bop musiqa yangrardi.
-keling raqs tushamuz, balki bo'sh og'rig'i yozilar. - qiz yigitni yelkasidan turtib.
-yo'q, men bilmayman xam.
-turing, o'rganib olasiz baxonada, - endi qiz o'rnidan turib yigitni qo'llarida tortib turgazdi.
Yigit xam istamaygina qizning belidan ushladi, raqsga tusha boshlashdi. Raqsga tushisharkan qiz yigitga o'zini yaqinroq tutishga xarakat qilar, yigit esa undan o'zini olib qochardi. Ammo alkagol o'z ta'sirini ko'rsatdi. Endi yigit xam o'zida emasdi. Qizga qaradi. Huddi u Dilnurani quchib turganday tuyildi, ki'zlariga huddi Dilnura bo'lib ki'ribayotgan Gulima'noni qattiqroq quchib oldi. Musiqa og'ushida raqs tushisharkan yigit endi qizdan bo'sa olayotganda, kunbotar tomondagi derazadan quyoshning ufqdagi so'ngi qizil nurlari ko'zini qamashtira boshladi. Shunda yigit raqs tushayotgan odami asli Dilnura emasligini bildi va, Dilnura uni uchrashuv joyida kutayotganini esladi. Gulima'noni bag'ridan itarib yuborgach, "uzr" deya honani tark etdi.
Yuz qo'lini yuvgach sevgilisi tomon shosharkan, ketib qolmaganidan umidvor edi. Endi alkagol ta'siri xam yo'q, boshi esa faqat savollar girdobida aylanardi.
Uchrashuv joyiga yetib kelgach, ular xar doim birga ko'rishadigan, suxbatlashib o'tiradigan skameykada boshqa ikki sevishgan bir birini quchgancha o'tirishardi. "Nahot ketib qilgan bo'lsa?" "kutmabdida" "men xam ketib yuborardim" kabi fikrlar xayolida tinmay aylanardi. Ketmoqchi bo'lib ortiga o'girilganda esa sevgilisi qarshisida turardi. Biroz xomush, ammo sevgan insoni kelgani uchun yuzida mamnunlik ifodasi bilan boqib turgan Dilnurani maxkam quchib oldi, "meni kechir, kechir meni" u faqat shu so'zlarni aytardi! E'tiborlaring uchun raxmat! Bu mani 1-hikoyam! Yoqqan bo'lsa davomi bo'ladi!