tungi.ru

Achchiq qismat II qism. Qaytar dunyo

Achchiq qismat

II qism. Qaytar dunyo

Hali o'g'lining qamoqdaligini ham bilmaydigan

sho'rlik ona uning qamoqda o'lganligini eshitagach

hushidan ketdi va bir necha kundan so'ng

hushiga keldi. Bu paytga kelib Anvar qamoqxona

qabristoniga dafn qilingan edi. Hali uylanmagan

bo'z yigitning qabrini quchoqlab faryod chekkan

ota-onasining almali nolalarini eshitgan Botir

o'zini ham aybdor sanab ko'zlariga yosh oldi

va qo'llari mushtga tuguldi. Hali qalbida

nafrat degan narsa bo'magan yigit yuragida

qasos o'ti yona boshladi.

Anvarning narsalari orasidan chiqqan bir

enlik xat uning vasiyati bo'ldi: "Hayotdagi yagona

sodiq do'stim ota-onamga. Mendek notavon,

zaif va irodasiz farzandingizni kechiring.

Sevikli ukajonim Botir sendan yagona o'tinchim

hech qachon qasos deb yashama - Al Qasosu Minal

Haq, qasos Haqdandur, faqat ota-onamizni

asragin."

Botir Anvar akasi doim o'zi bilan olib yuradigan qora

yondaftarcha qatidan yana bir xatni topib oldi.

Bu o'sha tergovchi Anvarga bergan varoq nusxasi edi.

Xatdagilarni o'qigan Botir nega akasi barcha

tuhmatlarni o'z bo'yniga olganini tushundi.

Qog'ozda quyidagilar yozilgan edi:

"Agar barcha ayblovlarni tab olmasang

ukang ham senga sherik sifatida qamaladi.

Unga sen tergovdaligingda "jabrlanuvchi" -

Mohimga tajovuz qilib arizasini qaytib olishini

talab qilish va tan jarohati yetkazish

aybi qo'yiladi. Agar bu ham kamlik qilsa

qiz zo'rlangan kechada o'g'ilangan qimmat-

baho buyumlar o'g'risi sifatida qamalishi mumkin."

Botirning hayoliga akasining umriga zavol

bo'lgan o'sh kimsalarni topib ming qiynoqlarga

solish deyarli har kecha kelar, lek akasining

bir og'iz vasiyati barchasini unutishga

undardi.

Oradan 5 yil o'tdi. Yolg'iz farzandlari -

Botirning rahmatli akasidan ham ko'rkamroq,

abjirroq, ishbilarmonroq bo'lib yetishganini

ko'rgan chol-kampir juda suyunishardi.

Botir akasi bilan bo'lgan ishlardan

keyin o'qishni tashladi o'zini tijoratga

urdi. Ishlari yurishgandan yurishdi,

yulduzni benarvon uradigan viloyatning oldi

tadbirkoriga aylandi.

Firmasi chet el bilan hamkorlik boshlagandan

so'ng o'zi uchun mash'um xotiralarni yodga

soluvchi Shahar - Toshkentga keldi.

Hamkorlar bilan tuzilgan shartnoma barcha

uchun foydali edi. Botirning hamkorlari uni

o'z mamlakatlariga taklif qildi, Botir ham rozi

bo'lib horijga mehmonga borishini aytdi.

Ota-onasidan oq fotiha olgan o'g'il bir

haftadan so'ng xorijga yo'l oldi. Hamkori tomonidan

mehmon sharafiga berilgan ziyofatda o'sha yurtning

kazo-kazolari kelgan ziyofat avjida bo'ldi.

Shunda bir ajnabiy boyvachcha uni o'z villasiga

taklif qildi. Botir bu yurt odamalarining mehmondo'stligidan

zavqi oshib unga ham rozilik berdi. Yo'lda hamkori uning

qulog'iga shivirlab agar qimor o'ynashni taklif qilsa

zinhor rozi bo'lmasligini takidladi. Yana shuni aytdiki

bu odam shu mamlakatning eng olg'ir qimorbozi ekan.

Bovachcha villasida ham bazm davom etdi.

Bazmdan so'ng Botirni o'zi bilan olib qolgan

qimorboz unga agar xohlasa ko'ngil yozish uchun

asiralaridan berib turishini aytdi va uni bir xonaga

boshladi. Qartayib qolgan xizmatchi

xona eshigini ochganda ichkarida pardoz-

andozi joyiga keltirilgan bir nechta ayol borligi

ma'lum bo'ldi. Ularga bukchayibroq qolgan yuzlariga

ajin oralagan bir ayol xizmat qilardi. Bu ayolni

hali bazmda xizmat qilib yurganda ham ko'rgan

Botirga kimnidir eslatgan ammo tanimagandi, eshik og'asi

ham tanish ko'rindi ammo eslay olmadi.

Hojasi kelgani ko'rgan barcha juvonlar o'rinlaridan

turishdi. Qimorboz cho'g'day yongan ko'zlari bilan

kimnidir qidirardi, biroq u qidirgan inson xonada

yo'q edi. Jahli chiqib "Moh" deya chaqirdi.

Botir uchun shu turtkining o'zi yetarli bo'ldi:

eshikog'asi bu - o'sha Ahad, cho'ri ayol - Lola;

Moh esa o'sha akasi ko'zi oqu qorasi Mohim.

Qo'quvdan qaqshab tilga kirgan cho'ri- Lola

Mohimning uydan qochib ketganligini aytgach,

qimorboz soqchilarini chaqirdi va uni topib kelishni

buyurdi. Oradan o'n daqiqa o'tib sochlari to'zg'igan

bir ayolni sudrab kelishdi. Botir uni akasini

aqldan ozdirgan qalam qoshlari-yu qora ko'zlaridan

tanidi.

Boshqa hikoyalar