"Orolda 17 kun" yoxud "Orolda 7 kun"
Avvalam bor sayt ahlidan ming bora uzr so'rayman bu qism juda cho'zilib ketti. To'g'risi o'qish bilan bo'lib vaqtim bo'madi yozishga. Keyin yana bir e'lon, hikoya nomi "Orolda 17 kun" edi, O'zi hikoyani 17 qismda chiqarmoqchi edim ammo boya aytganimdek bo'sh vaqtim juda qisqarib ketti. Shu sababli hikoya endi, saytda "Orolda 7 kun" nomi ostida chop etiladi. Bundan ko'rinib turibdiki hikoya 7 qismda iborat bo'ladi! "Universal Nightboy Studios" noqulayliklar uchun barchadan uzr so'raydi
"Orolda 7 kun"
"Universal Nightboy Studio" mahsuloti.
Bosh rollarda: Boyfrend24, Skrillex, LacosTe.
Rollarda: Malika, Kataleya, UgoChaves.
G'oya muallifi: Nightboy.
Rejissiyor: Black_Death.
O'tgan qismdan:
Lacos: Kataleya qayerda?
Ugo: u qirg'oqda Malika bilan qoldi!
Skrillex: umid qilamanki Kataleya maxluq emas!
Malika va Kataleyaning "yordam bering!" degan baqiriqlari eshitila boshladi.
Malika: ey hudo bu nima edi?
Kataleya: meni o'ldirib qo'yishiga sal qoldi!
Malika: nima edi o'zi bu?
Boyfrend: nimaligini bilmaganlaring ma'qul...
5-qism.
Maxluq hujumiga uchragan Kataleya boshini jangallab yig'lay boshladi.
Lacos: yig'lama azizam hammasi o'tib ketti!
Boyfrend: jin ursin! hamma sergak bo'lsin bu maxluq yana hujum qilishi mumkin.
Ugo: navbatchilik ham rasvo bo'ldi
Skrillex: UgoChaves men ham sen bilan birga navbatchilik qilaman tunda.
Lacos: men ham? yo'q bu kechasi hech kimni ko'ziga uyqu kelmaydi.
Boyfrend: do'stlar menimcha endi bu maxluq bilan qanday kurashish haqida o'ylash kerak! nimalarimiz bor zahirada?
Skrillex: pichoq, suv qaynatadigan idish va... ayyy
Ugo: nima bo'ldi? Skrillex gapirmoqchi bo'ldi va ovoz chiqarmay ingrab qo'ydi.
Lacos: hey seniyam mabodo biror nima chaqmadimi? Skrillex barmog'i bilan og'zini ko'rsatdi.
Lacos: ey hudo qonku
Boyfrend: qon?... qani bir ko'raychi. Boyfrend Skrillex ni labiga nazar tashladi.
Boyfrend: tuz...
Ugo: qanaqa tuz?
Bofrend: tuz yetishmasligidan lablari qurib yirtilgan.
Lacos: ana bo'lmasam
Boyfrend: kulma yaqinda biz ham shu ko'yga tushamiz!
Skrillex qonni yuvib gulxan yoniga kelib yotib oldi.
Ugo: ha... Boyfrend "indama" degan ma'noda qo'lini ko'tardi.
Ugo: ha mayli...
6-kun.
Tong otdi. Ko'ziga tushgan quyosh nurlari Skrillex ni uyg'otdi. Atrofga nazar soldi. Hamma uxlayotgan edi. Skrillex hammani uyg'otgach gap boshladi.
Skrillex: nima kechasi bilan uxlab navbatchilik qildingizmi? Hamma bir biriga savol nazari bilan qaradi.
Lacos: juda charchagandik, shunga bo'lsa kerak.
Boyfrend:
Skrillex boshini sarak sarak qilib qo'ydi.
Lacos: hey nima labing tuzaldimi?
Skrillex: ha ancha yaxshi bo'ldi.
Ugo: kechasi yulduz ko'rib chiqqanda
Malika: biror nima yeb olsak yaxshi bo'lardi.
Kataleya: ha meni ham qornim tatalab ketdi
Boyfrend: yaxshi, hozir UgoChaves bilan biror nima tayyorlaymiz. Lacos, Skrillex sizlar atrofni nazorat qilib turing, maxluq kelib qolmasin...
Ovqatlanib bo'lgach hech kimni qo'li ishga bormasdi, hamma bir biriga xavotir bilan termulib turardi.
Ugo: ufff, qistalib kettim bo'shashib kelay. deya harsang tosh orqasiga o'tib ketti.
Boyfrend: ko'p qolib ketma!
Oradan bir necha daqiqa o'tdi ammo UgoChavesdan darak yo'q edi.
Lacos: Ugo nima balo qumga cho'kib kettingmi? jimlik...
Skrillex: ahvoling yaxshimi Ugo? jimlik...
Lacos: qumdan tortib olay. deya u tarafga qarab ketti.
Lacos: aaaaaaaaaaaaa Ugooo, yo'q jin ursin Ugoooo ey hudoyim... deya chinqirdi. O'rinida sapchib turib Lacos tomon yugurgan Boyfrend va Skrillex ko'zi bo'yni singan yarim tanasi g'achib tashlangan UgoChaves ga tushdi. Ularni yoniga kelgan Malika va Kataleya ayanchli o'lim topgan UgoChavesni ko'rib ko'zlarini olib qochishdi va yig'lay boshlashdi.
Malika: ey hudo hammamiz o'lib ketamiz, hammamiz!...
Kataleya: yo'q, yo'q bo'lishi mumkinmas yo'q... axir... ey hudoyim
Boyfrend: o'zingizni bosing!
Skrillex: uni tezroq ko'mish kerak! yo'qsa yana qon istab maxluq qaytishi mumkin! LacosTe shok holatida edi.
Skrillex: Lacos uni ko'tarishga yordam berib yubor! LacosTe UgoChaves ga qarab qotib turaverardi.
Boyfrend: qo'y o'zim qarashaman! u o'ziga kelib olsin!
UgoChavesni ko'mib bo'lishgach kuchli yomg'ir turdi, qumdagi qon izlari ham yuvilib ketdi.
Lacos: ha... endi chakalakzorga kira olmaymiz.
Skrillex: to'g'ri.
Kataleya: umid qilamanki qirg'oqqa to'fon urilmaydi!
Malika:
Yomg'ir tobora kuchayib bordi, ammo baxtlariga to'fon ko'taradigan darajada yomg'ir yog'madi. LacosTe homush gap boshladi.
Lacos: haa... UgoChaves yaxshi inson edi
Malika: nima?
Lacos: Ugo yaxshi odam edi deyapman
Skrillex: gaping to'g'ri... ammo endi u oramizda yo'q.
Kataleya: nima endi hammamizni taqdirimizga shu bitilganmi?, nahotki... nahotki barchamiz shu tarzda o'lim topsak?... ey hudo qaysi gunohlarimiz uchun bizni bu kuyga solding parvardigor?
Boyfrend: yo'q, yo'q... hecham unday hayolga bormang... biz... biz albatta bu yerdan eson omon uyga qaytamiz!... hech kim o'lmaydi!... o'lganda ham bunday vaqtda emas, bu yerda emas... o'zining issiqqina to'shagida, qariib churiib jon beradi!... ey hudo nimalar deyapman
Ha, bunday qiyinchiliklarda keyin qolganlarga dalda berib turgan Boyfrend24 ning ham ruhi singandi. U endi har kuni uyidagidek ertalabki nonushtaga xoddok yemaslikni emas ertalabga yeyishga nima topishni, kechga yaqin ishdan qaytayotganda xotini uyda bo'lmasligini emas kech tushguncha xotini tirik qolishini yoki qolmasligini o'ylardi. Hullas bir so'z bilan aytganda hamma umidni uzib bo'lgandi. Qirg'oq yaqinida davra qurib o'tirisharkan yomg'ir tingan, gulxan yoqay deyishsa hamma yoq nam edi. Buning ustiga sharq oqarib tong ham ota boshlagandi. Hamma ochlikdan sillasi quridi, qarmoq singan, yangisini yasaylik deyishsa chakalakzorga kirish kerak.
Skrillex: bilasizmi menimcha... bizni maxluq emas ochlik o'ldiradi. jinnisifat kuldi.
Lacos: jim...
Skrillex: nima?
Lacos: jimmm...
Boyfrend: tinchlikmi?
Lacos: eshitdingizmi orqamizdagi butazor shivirladi.
Skrillex: nahotki yana o'sha maxluq bo'lsa? Boyfrend ortga o'girilib butazor tomonga qaradi va yonida turgan tayoqni maxkam qo'li bilan qisdi.
Boyfrend: u yerda nimadir borga o'xshaydi.
Lacos: haaa nimaligini bilmadimu, lekin maymun emasligi aniq! To'satdan butalar ichidan sapchib maxluq chiqdi. Malika va Kataleya qo'rquvdan qichqira boshladi.
Boyfrend: Skrillex, LacosTe yonimga kelinglar, qizlar sizlar esa orqamizga o'tib turinglar...
Skrillex: jin ursin muncha katta qo'limizdagi bu tayoqlar unga bas kela olarmikan?
Boyfrend: bilmadim...
Maxluq ular tarafga yaqinlasha boshladi va Lacos ga qarab hamla qila boshladi Lacos esa bor kuchi bilan unga qarshilik qilardi ammo maxluq ustunlik qilardi. Shunda Skrillex to'satdan maxluqni boshiga katta tosh bilan zarba berdi, maxluq esa og'riq kuchliligidan g'azab bilan ortga o'girildi va qo'lida tosh ushlab turgan Skrillexni ko'rdi. Maxluq Skrillexni yelkasidan qattiq zarba berdi, Skrillex esa 2 3 metrga otilib ketdi. Maxluq Skrillexni yoniga kelarkan Skrillexni tinmay do'pposlay boshladi (maxluqda ham ozma oz ong bor edi). Skrillex va Boyfrend qanchalik maxluqqa qarshi kurashishmasin ammo foydasi yo'q edi. Yon tarafda turgan Boyfrendni tayoq bilan urayotgan zarbalari hatto unga ta'sir ham qilmasdi. Nariroqda sal o'ziga kelgan LacosTe birdan o'rnidan turdi va chaqmoq tosh yoniga yugurdi. O'sha yerda yerda yotgan qalin shoxlarni to'pladi va tagiga xas qo'yib shoxlarni yoqishga harakat qila boshladi. Kechasi bilan yomg'ir tinmagan, shu sababli hamma narsa nam edi, qancha urinmasin ammo udallay olmayotgandi. To'gri yoqsa bo'lardi, ammo shox va xas xus qizishi uchun vaqt kerak edi. Boshqa tarafda esa Skrillex va Boyfrend hali hamon maxluq bilan olishish bilan band edi. Maxluq Skrillexni kaltaklashni bas qilib uni bo'g'ishga o'tdi.
Skrillex bo'g'iq ovozda: yordammmm... beringlarrrr. Boyfrend qo'lidagi (adab cho'pi) bilan maxluqning boshiga qattiq qattiq zarba bera boshladi. Maxluq esa yonga burilib Boyfrendni shunday tushurdiki, naqt 4 metrga uchib ketgan Boyfrend xushidan ketdi. Maxluq esa yana Skrillexni bo'g'a boshladi, shu payt qayerdan qo'lida olov bilan yugurib kelgan LacosTe beso'naqay ovozlar bilan chinqirib maxluqni xayday boshladi.
Lacos: cha cha cha cha chaaaaa, jaga jagaaaa, aaaaaaaaa, yo'qol bu yerdan yo'qoll...
Ha haqiqatdan ham maxluq olovdan juda qo'rqardi. Alanga yorqini ko'zini olgan maxluq yana chakalakzor ichiga kirib ketdi...
(5-qism tugadi).
"Universal Nightboy Studios" Авторский Права Защищен! Copyright 2015 ©