tungi.ru

“Parallel Dunyo 2016” 14- qisim. By Rocket.

Hammaga salom! Bu Rocket! Uzoq pauza uchun bir qoshiq qonimda kechasilar digan umiddaman.

Uzb18.ru va XXI asr Skrillex films taqdim etadi.

Prodyusser: Eiburu

G’oya muallifi: Eiburu

Ssenariya muallifi: Rocket

Rejissyor: Rocket

Rollarda: Qayumov, Akcent, Ruslan(adm), Kataleya, Nightboy, Rocket, OMADBEK, Incubus(smd), CARALEVA, weka7777, Simptom(SV) va ilk bor ro’llarda Cassiopeia.

Epizodlarda: RAPMASTER va Bahh-Tee.

Homiy: Ruslan(Adm) va “monacr” coffelari.

“Parallel Dunyo 2016”

14-qisim.

***

Ekipaj a’zolari oshxonada bir stol atrofida nonushta qilgani yig’ilgandi…

Akcent yelkasini qisib: Bu sayohatlar jonimga tegdi.

Weka7777: ha tezroq uyga qaytse bo’lardi.

Qayumov: Uyga? Manimcha hali vohli, chunki bu sayohatlar orqali biz ko’p bilimlarga ega bo’ldik. Man yana o’rganishga qarshi emasman.

Rocket: Qoyil mandan tashqari yana kimdirga bu sayohatla yoqar ekan.

Qayumov: Lekin baribir onajonimni sog’indim.

Kataleya: Sila uyga qaytsela nima bilan shug’ullanasila?

Ruslan: Birinchi o’rinda bu sayohat haqida kitob yozaman “Parallel Dunyo” J.K. Rowling ning “Garry Potter” romaniga albatta yetmasa kerak? Lekin har holda bu haqida kino olishsa “Avatar”dan zo’r chiqadi.

Caraleva: Vayey orzuga ayib yo’q. Avatardan zo’r bo’larmush

Hamma kulib yubordi

Ruslan: O’ziz uyga qaytganizda nima bilan shug’ullanmoqchisiz?

Caraleva: Astronomiya Univarsitetidagi noshud talabalarga koinotdan dars beraman.

NightBoy: E muncha zerikarli bo’lmasela? Maslan man eng tez va eng zo’r avtomobildan sotib olib go’zal oyimchala bilan mazza qilib sayr qilaman.

Caraleva: Axmoq!

NightBoy: Sizni ham taklif qilaman

Caraleva: Boring-e ko’zim uchib turgani yo’q!

Ruslan: Caraleva o’zizchi?

Kataleya: Bilmadim… Bitta narsani aniq bilaman, qaytganimizdan keyin faqat kapitan emas, hammamiz “Roman” yozamiz, bo’lgan voqea haqida sponsorlarga va tepadigilaga tushuntirishimiza kerak ku, hammamiza buni qilishga majburmiz.

Omandbek: Haaa. Bizga ula ishonisharmikan?

Simptom: Nega ishonishmidi? Yerdan uchib ketvotgan paytimizda jamoamizada Rocket, NightBoy, va Incubus yo’q edilarku, qaytganimizada ular biz bilan.

Rocket: Agar qaytganilada silani Harbiy Havo kuchlari urib tushurmasa, ishonishadi!

Weka7777: nega unaqa divos?

Rocket: Unutdilami? (qo’llarini ko’tarib atrofga qarab, bir narsaga shama qildi)

Weka7777 hammani bir ko’zdan kechirib chiqib: Nima?

Rocket Face palm (yuzini qo’li bilan berkitti)

Ruslan: Ha to’g’ri, lekin ekipaj indentifikatsiya kodini etse ular bizga tegishmas?

Akcent: Eee hammamiz bu yerda bir narsani o’tkazib yubordikmi? Bir birilani fikrilani o’qishni bas qilib, bizga ham tushuntiring.

Ruslan: Biz kemamizani almashtirganimiz sababli bizni o’zga sayyoralik dib o’ylashligi mumkin!

Rocket: Ha sizga tegishmidi, lekin o’zga olamlik odam, qornini yorib ichak chavoqlarini o’rganishga olamilani olimlariga zo’r so’vg’a! Yana trigini tutib kelganila uchun “kafey” mukofotini berishadi silaga…

Caraleva kataleyani turtib qulog’iga pichirladi: Kafey mukofoti nima u?

Kataleya: Bizni olamda Nobel mukofotiga o’xshagan sovrin bo’lsa kerak...

Qayumov: Yaxshi fikir man Nobel mukofotini qanaqilib olsammikin dib yurudim o’zi

Ruslan: Havotir olmen sizni ustizda bunaqa tadqiqodlar olib borishga yo’l qo’ymimiz!

Ruslan soatiga qaradi: Bo’ldi tanaffuz tugadi, hamma joy-joyini egallasin keying olamga ketamiza

Hamma: Ho’p bo’ladi kapitan!

Ekipaj a’zolari o’z joy-joylariini egalladi.

Ruslan: Boshqa olamga ketdik

Kema boshqa olamga o’tvotgan paytida Kataleya: Zudlik bilan stels ekranlarni ishga tushuring!

Rocket vaziyatni tushunib ortiqcha savollarsiz stels (ko’rinmas) ekranlarni ishga tushurdi. Boshqa olamga o’tish muvafaqiyatli yakunlandi.

Omadbek: Voy hudoyim!

Ruslan: tinchlikmi?

Rocket: Buni o’zingiz ko’rishingiz kerak kapitan!

Kataleya tasvirni kotta ekranga uzatdi.

Ruslan va qolganlar

Yerni yaqinida kotta urush ketvotti, atrofda kemalar bo’laklari, odamlar jasadlari uchib yurardi ikkala tomonning ham kemalari juda ko’p, lekin hujumchilarda ko’proq edi, ular lazer va plazmali qurollardan to’xtovsiz bir-biriga qarata otishvotgan paytda qahramonlar kelib qolishdi. Ikkala tomonda ham kotta yo’qotishlaga qarami ularni soni kamaymasdi, yer orbitasidan kotta tezlikda bir kema chiqib kelib hujumchilar orasiga kirib ketti va bir necha soniyalardan keyin atrofni kotta masofada bir soniyaga, ko’zni qamashtiradigan yorug’lik qamrab oldi va yorug’lik chaqnash hosil bo’lgan nuqtaga yig’ildi, atrof yana qorong’ilashdi va chaqnash hosil bo’lgan nuqtada singulyarlik paydo bo’lib hujumchilar kemalarini tortishni boshladi. Singulyarlik oldida dvigatellarini bor kuchini ishga solib singulyarlik orbitasidan chiqib ketishga harakat qivotgan kemalar bo’laklarga parchalanib singulyarlikga kirib ketti va ketidan hujumchilarning 60% floti bir-biriga to’qnashib, ichiga kirib singulyarlik bilan birga izsiz g’oyib bo’lishdi. Radio aloqa orqali yerkillarni g’alabaga ishongan hursandchilik qiyqiriqlari eshitilardi. Oydagi kotta kuchlanishga ega bo’lgan og’ir artilleriya o’ti hujumchilarning bosh kemasini kuchli ekran himoya qobig’ini yorib o’tib kemani butunlay ishdan chiqardi. Generalsiz qolgan sarosimaga tushgan hujumchilar kemalariga qarata yerlik kemalar shavqatsiz qirg’in uyushtira boshlashdi.

Kataleya: Biz bo’lishimiz kerak bo’lmagan joyga, bo’lishimiz kerak bo’lmagan paytda kelib qolibmiz!

Ruslan: Biz boshqa olanga o’ta olamizami?

Rocket: Yo’q. Dvigatellarni ishga tushurse oydagi issiqlik sensorlari orqali bizni payqab urib tushurishadi, bu havfli!

Ruslan: tushunarli! Unda kutamiza!

Shu payt urush bo’votgan maydondan sal uzoqroda (koinot hajmida) koinot buklanishi kuzatildi, u yerdan ikkita juda bahaybat og’ir artileriyaga ega tish-tirnog’igachan qurollangan Linkor turkumli korabl, ularning orqasida konussimon, yerni o’qiga nisbatan vertikal turgan, hajmi deyarli oyni hajmiga teng bo’lgan HBBM (Harakatlanovchi Bosh Bo’shqarma Markazi) Citadel, ularni atrofida 4ta himoyalovchi esmines turkumli kemalar va ularning ortidan 100lab yengil va og’ir qurollangan kemalar floti giper tezlikdan chiqib kelishi bilan hujumga o’tishdi. Bu hujumchilarning yordam kuchi flotiliyasi edi. Oydagi artileriya kuchi bilan 2ta esminesni urib ishdan chiqardi. Hujumchilar linkori markaziy zarra tezlashtiruvchi artileriyasiga kotta kuchlanishli quvvatni jamlab plazma qobiqli, kotta kuchlanish bilan zaryadlanga zarrani oy qarata otdi.

Oy: Tezroq himoya ekranlariga bor kuchlanishni uzating! Pshshshshshshshsh

MKS: Yer. Oy bilan aloqa yo’qotildi! Qaytaraman, oy bilan aloqa yo’q!

Soniyalar ichida oydagi koloniyadan kotta yonuvchi krator va kul qoldi. Yerliklar tomonidan yana ikkita singulyar bombali shatllar yuborildi lekin ular yetib bormadi. Yerliklarni ruhiyati oyga o’xshab kulga aylandi. Shu payt Mars floti hujumchilar floti orqasidan yerga yordamga kelishdi. Hujumchilarni ikki tomondan siqib qo’yishgan bo’lsa ham bu samarali foyda keltirmadi. Mars floti floti tomon ikkala linkor ham hamma qurollaridan o’q uzishib Mars flotini qirishvotgan paytda, yerdagi makro artileriya quvvatni to’liq jamlab bo’lgandi. U bilan ikkita esminesdan bo’lakchalar qoldirishdi, bitta linkorga kolosal darajada zarar yetkazishdi. Linkorni hamma qurollari yo’q qilingan edi. Bitta linkor ishdan chiqdi, lekin bu yerliklar uchun vaziyatni o’zgartirmadi. Citadeldan otilgan zaryad yerliklarni butun flotidan temir-tersakli bo’laklar qoldirdi. Yerliklarda flot qolmadi, ular yutqazishdi. Citadelni zaryadi portlashi shunchalik kuchli ediki uni kuchidan, hatto qahramonlarni linkoridagi stels ekranlar kuyib ketti.

Caraleva: Yo’q!!! Biz stel ekranlarsiz qoldik! Dvigatellarimizda qandaydir nosozlik paydo bo’ldi biz qochib ketomimiza.

Rocket: Qo’lga tushdik! Bu olamda bizga eng yaqin qora tuynukni aniqlab bersela.

Qayumov: Aniqlandi! U bizdan 13,5 yorug’lik yili uzoqligida joylashgan.

Rocket: Qutqaruv kapsulasi u yergachan sakray oladimi?

Simptom: Ha! Kapsuladagi energiya zahirasi bilan 30yy masofasigachan sakrasa bo’ladi, kapsulada yana yashash uchun 3 yerlik yilga yetadigan quvvat qoladi. Lekin qora tuynukga sakrab nima qilmoqchisiz!

Rocket anabioz uyqu kamerasiga yo’l olib: zudlik bilan Incubusni uyoqga yuborishimiz kerak!

Kataleya: Esingizni yedizmi? Axir bu qotillikku! Bu bizga qanaqa yordam beradi? Yo’q man qarshiman! Siz uni o’ldirmoqchimisiz?

Kataleya Rocket ni yo’lini to’sdi.

Simptom Rocketni ketidan kelib: Balkim fikringizni izohlab berarsiz?

Rocket: Incubusni anabioz to’shagi bilan kapsulaga joylashtirib bu yerdan uzoqroga yuborish kerak.

Kataleya: Qora tuynuk biz uchun hali o’rganilmagan fan u halok bo’lishi mumkun! Biz buni aniq bilmimiz!

Rocket: Agar u qo’lga tushsa o’lishi 100% muqarrar! Uni uyoqga yuborse, bizga bir narsa bo’lsa u uyg’onganida bizga yordam berishi mumkun, bu bizni hayotimizni sug’urtasi dib hisoblasela bo’ladi.

Akcent: Lekin nega qora tuynuk? Uzoqroga yuborili bo’ldi…

Omadbek: agar u qora tuynukga kirib ketsa uni ketidan borishmidi.

NightBoy: Qora tuynuk ichiga sayohatdan unga zarar yetadi dib o’ylamiman.

Rocket yelka va qo’llarini ko’tarib Kataleyaga uni yo’ldan qochishiga shama qilib qaradi.

Weka7777: Rejela bo’lsa tezroq bajarila! Ula bizni aniqlashdi.

Kataleya boshini egib: Qarshi bo’masela kapsula yo’nalishini o’zim dasturlasam?

Rocket: Buni qilsez yaxshi bo’lardi!

Rocket anabioz bo’limini bo’shqaruv pultidan Incubus yotgan anabioz to’shagini kapsulaga joyladi, va uni kapsula quvvati tugaganida Incubusni uyg’otishga dasturladi (agar u o’zi o’shangachan uyg’onmasa). Kataleya yo’nalishni dasturlab, “evakuvatsiya” tugmasi ustiga qo’lini joyladi va kapsula ichiga nazar soldi, og’ir nafas oldi va ko’zlarini yumib tugmani bosdi. Kapsula germetizatsiyalandi va ochiq koinotga otilib chiqib qora tuynuk tomon giper tezlikda sakradi…

Hujunchilar qahramonlar linkorini Citadel ichiga tortib olishdi.

Rocket endi egzoskeletini ishga tushurmoqchi bo’lganida tezlashib balandlashvotgan ovoz eshitilib (huddi birnarsa portlashdan oldin zaryad jamlavotgande) baland tovushli portlash bo’ldi, bu linkorga uyushtirilgan tovushli shturm edi (kimnidir ortiqcha jarohatsiz qo’lga olishga zo’r uslub) hamma hushidan ketib yiqildi. Ruslan zo’rg’a ko’zini ochib o’ziga kelganida boshqa behush yotgan ekipaj a’zolari bilan HBBM dagi qo’nuvchi palubada, linkordan sal uzoqroda qandaydir odamga o’xshash maxsus skafand kiyib olgan va qurollangan askarlar bilan o’rab olingan joyda yotishardi. Ruslan hechnarsani eshitmasdi u qulog’ini paypaslab ko’rib qo’liga qaradi, barmoqlari qonga belanganidi. Atrofga nazar soldi, hamma ekipaj a’zolari qurolsilantirilgan edi, Rocketni egzoskeletini yechib olishvotgandi.

Ruslanga kimnidir ovozi eshitildi: Ka[shovqin]n! [shovqin]tan!

Kimdir uni yelkasini ushlab siltashni boshladi: [shovqin]tan! O’zingizga keling! Kapitan!

Ruslan uni yelkasini ushlab siltavotgan odam tomon qaradi.

NightBoy: Va nihoyat kapitan! Ular bizni qurolimizni olib qo’yishdi, ularga nima kerak ekan?

Ruslan o’rnidan turib jamoasiga turishga yordamlashdi. Shu payt askarlar rostlanib safga turib olishdi.Skafandiri boshqacharoq bir askar yurib keldi.

Simptom: Bu ularning qo’modoni bo’lsa kerak.

Ularning qo’mondoni tortib olingan qurollarni ko’zdan kechirib jamoa a’zolariga yaqinlashib weka7777ni mushaklarini ko’zdan kechirib chiqdi. U o’zga tilida askarlariga bir narsala dida, askarlari esa qurollarini tepaga ko’tarib xo’r bilan javob qaytarishdi.

Omadbek: bu yaxshilikga emas!

Qayumov: Ularni tilidan ozgincha tushundim, ular bizni qandaydir arenaga gladiatorlar jangiga o’xshash o’yinga tashlashadi.

Ruslan: Kataleya linkorni distansiyadan bo’shqarsa bo’ladimi?

Kataleya: afsuski yo’q! ular hammani kompyuterini olib qo’yishdi.

Qo’mondon qandaydir buyruq berib liftga chiqib oldi va tepaga chiqib ketti.

2ta askar tortib olingan qurollarni qutiga joylashdi, 6 askar esa jamoani turtkilab 2 qator qilib safga turg’azishdi va ularni chetlariga turib olishdi, 2ta askar qutini ko’tarib qayergadir yo’l olishdi, ularni ketidan asirlarni yo’naltirishdi.

Rocket: Citadel dronlar bilan bo’shqarilar ekan. Urush bo’votgani sababli Citadelda askar kam.

Caraleva: nimani rejalashtirdingiz?

Rocket: qochib ketishimiz osonroq bo’ladi. Balkim Citadelni o’zimiz bilan olib qocharmiz.

Weka7777: ha tovushli shturm miyyasiga yaxshigina ta’sir qilgan bo’lsa kerak, gapirvotgan gapinichi!

Simptom: manga fikring yoqdi!

Qayumov: lekin Citadelni o’zga olamga qanaqilib olibketamiza?

Omadbek: yetarlicha quvvat bo’lsa linkorimizani Citadel bilan sinxronlashtirsa bo’ladi

Simptom: lekin bunga dvigatellarni qayta kalibrovka qilishga to’ri keladi!

Weka7777: to’dadan oldin chang chiqarmaselachi!

Ular asirlar saqlanadigan bo’limga yetib kelishdi. Uyerga ko’p asirlar to’plangandi. Qaysidir asir qurol berkitib olib kirolgan ekan u bilan bir nechta askarni otib o’ldirdi va birdaniga qo’zg’olon boshlandi. Hamma askarlar qo’zg’olonga chalg’igan paytdan foydalanib Ruslan askarga hujum qilib uni hushsizlantirdi va qurolini qo’lga kiritib, boshqalarni otib tashladi. NightBoy va weka7777 qurollarni ko’tarib askarlarni o’ldira boshlashdi. Kataleya qutiga yugurib borib o’zini kompyuterini oldi. Rocket o’zini egzoskeletini kiyib olgunicha trik askar qolmadi.

Kataleya kompyuterida Citadelni o’rganib chiqdib: Bu bo’limni qancha tez tark etse shuncha yaxshi.

Rocket yopilvotgan shlyuz oldiga borib uni ushlab qoldi: Tezroq, bu shlyuzlar gidravlikali ekan uzoq ushlab turomiman!

Hamma jamoa a’zolari o’tishga ulgurdi. Rocket endi qo’yvormoqchi bo’lganida “iltimos bizni ham kuting” degan ovoz eshtildi, shlyuz tomon 4ta asir yugurib kelardi, Rocketni egzoskeletoga tushayotgan bosim unga sezilishni boshladi 3 tasi o’tdi, 4 chisi yaralangani uchun sekinroq yugurardi, u ancha orqada qolib ketgandi. Yetib kelib qolgan 4chi asir shlyuz tepasida qoqilib tushdi. Qolganlar uni qo’lidan ushlab tortib olishmoqchi bo’ldi, Rocket shlyuzni boshqa ushlab turomasdi, uni qo’yib yubordi, birdaniga kotta zarb bilan yopilgan shlyuz 4chi asirni belidan chopib tashladi, lekin bu asirni o’ldirmadi, chalajon asir og’riqdan bor ovozida baqirardi. Rocket sovuq qonlik bilan to’pponchani o’qlab chalajon asirni boshini nishonga olib Ruslanga qaradi, Ruslan “ha” degan ma’noda boshini qimirlatib qo’ydi. Rocket ko’zlarini yumib tepkini bosdi. Hamma ko’rganidan shok holatda jim turardi. Shu payt Asirlar saqlash bo’limida mikro to’lqinli nurlar bilan hamma qo’zg’olonchilarni kuydirib tashlashdi.

Asir: Polkovnik Rapmaster 27-yer eskodriliyasi. Bular zobitlarim leytenant Cassiopeia va Bahh-tee!

Askarcha salom berishdi.

Rapmaster: Silarni maxsus kiyimila hechqaysi bo’linmanikiga, va hech qaysi shaxsiy tarkiblarnikiga o’xshamidi. Sila maxfiy bo’linmadanmisila?

Ruslan oldinga chiqib: Tadqiqodchilar jamoasi ikkinchi kapitani Ruslan! Bular esa jamoa a’zolari. Hammasini tushuntirishni xoxlar edim, lekin hozir, boshqa muammoyimiz bor!

Bahh-tee: nimani taklif qilasilar?

Qayumov: Linkorimiz qo’nuvchi palubada turibti, o’shanda ketse bo’ladi.

Kataleya: Afsuski hammasi bunchalik oson emas. Linkor ularning bo’shqaruvida, boshqaruvni qayta qo’lga kiritish uchun Citadelni bo’qaruv markaziga borishim kerak.

Ruslan: boshqaruvni sizni kompyuterizdan qaytarsa bo’midimi?

Kataleya: yo’q ularni fayrvoli (firewall yoki брандмауер vzlomdan himoya) kuchli ekan, kira olmadim.

Ruslan: u qayerda joylashgan?

Kataleya: bizdan taxminan 3 chaqrim tepada joylashgan

Caraleva: Nima uch chaqrim tepada? U yerga qachon yetib boramiz?

Kataleya: shoshma u yerga olib chiqadigan lift bor, faqat… U liftga qo’nuvchi palubadan chiqiladi.

Simptom yo’lakni bir chetida qandaydir qutini payqadi va hechkimni ogohlantirmasdan uni oldiga bordi.

Cassiopeia: Hech narsa onson bo’midi bu olamda!

Rocket: Ishonavering boshqa olamda ham huddi shunday!

Ruslan: Nima dvuding? Uxlatamiz divotudingmi?

Rocket: Ha! Faqat bizda ko’proq qurol va o’q bo’lganida edi…

Simptom: Bundan muammo yo’q!

Ruslan va Rocket Simptomni oldiga kelib, qurollar solingan qutiga qarashdi.

Ruslan: Ha!

Rocket: Ularga ko’rsatib qo’yamiza!

Simptom hammaga qurol va o’q tarqatti

Ruslan: qaysi tomonga yurishimiz kerak edi yo’lboshchi Kataleya? ()

Kataleya: Shu yo’lakni ohirigachan yurishimiz kerak.

Caraleva: to’xtela, rostdan ham u yerga borasizlarmi? Bu havfli ku…

Bahh-tee: Boshqa yo’limiz yo’q, agar sizda variant bo’lsa eting kech bo’lmasidan!

Weka7777: hammasi yaxshi bo’ladi Caraleva havotir olma

Ular yo’lakni oxiridagi shlyuz oldiga borishdi

Ruslan: hamma panaga

Shlyuzni ikki chetiga devorga suyanib taxlanib olishdi Ruslanni ishorasi bilan NightBoy tugmani bosib shlyuzni ochdi, Ruslan mo’ralab qaradi to’g’ridagi yo’lakda hechkim yo’q edi, lekin, shlyuzda 1 metr narida o’nga va chapga yo’laklar bor edi, ularni ham tekshirish kerak. Ruslan ishora bilan Rocketni o’nga Weka7777 na esa chap tomonga yubordi. Ular oldinga chiqib tekshirib ko’rishdi, hechkim yo’q.

Kataleya: Chap tomonga

Weka7777 chap yo’lakdan to’ridagi yo’lakga qo’riqlagani o’tdi. Ruslan bilan Rapmaster yonma-yon oldinga chiqib chap tomonga otishga shay holatda yurib ketishdi. Kataleya va qolganlar ularning orqaligisidan. Rocket bilan Weka7777 orqani qo’riqlagan holda jamoani ketidan qolishmadi

Kataleya: Hozir o’nga!

Rapmaster o’tirib to’ridagi yo’lakni qo’riqlashga qoldi Ruslan bilan qolganlar o’nga ketishdi. Weka7777 Rapmasterni yelkasini qoqib qo’yib o’tib ketti. Rapmaster o’rnidan turib jamoani ketidan bordi. Yo’lakni chap tomonida tepaga zina bor edi. Unga Ruslan nazar solib to’ridagi shlyuz tomon o’tib ketti.

Kataleya: shlyuzni orqasida yuk saralovchi bo’lim undan keyin qo’nuvchi paluba.

Ruslan: Unda yaxshi. Rocket issiqlik skannerin bormi?

Rocket: Tekshirib ko’rishga ulgurdim, u yerda aniq kimdir bor!

Kataleya: Tepadan ham o’tsa bo’ladi.

Rocket “hamelion” uskunasini ishga tushurib ko’zdan g’oyib bo’ldi

Rocket: sila tepaga borila…

Birdaniga o’zidan o’zi shlyuz ochildi va askarlar o’q uzishni boshladi, jamoa shlyuzni ikki chetiga panaga o’tib qarshi o’q uzishdi.

Ruslan: Akcent shlyuzni yop! Yop!

Akcent tugmani ikki marta bosib: bloklangan!

Simptom shlyuz bo’shqaruv panelini ochib ichini titkiladi va simini o’zini kompyuteriga ulab shlyuzni kompyuteri orqali yopti. Hamma o’rnidan turdi.

Ruslan: Hechkim jarohat olmadimi?

Weka7777 Caralevaga qarab: Jarohat olmadingmi?

Caraleva: Hammasi joyida

Qayumov: Kapitan! Leytenant Bahh-tee…

Ruslan jamoa a’zolari orasidan o’tib, atrofi va o’zi qonga belangan tanasida 5-6ta o’q izlari bo’lgan Bahh-tee ni bo’ynidan ushladi va og’ir nafas olib boshini egdi.

Rapmaster Bahh-teeni ko’zini yumib: Birodarlarimizga salom et oshna! Ko’rishguncha hayir do’stim!

Cassiopeia: Polkovnik yelkangizga o’q tegibti ku.

Rapmaster: Hammasi joyida, bundan battari ham bo’lgan!

Ruslan: Aniqmi?

Rapmaster: Ha!

Ruslan: Unda tepadan kiramiza kettik!

Cassiopeia: To’xtela sila kimnidir unutmadilami? Anu ismi nima edi? Anu hamelionchi… A! Raketa! O’sha kaltakesak qatga g’oyib bo’ldi?

Omadbek: U o’zi shunaqa g’alatiro… Odamlani qora doiraga tiqvoradimi-e, Citadelni uxlataman didimi-e…

Simptom: u saralovchi bo’limda bo’lsa kerak

Ruslan: U hammamizga o’xshab nima qivotganini yaxshi biladi! Kettik!

Ular tepaga chiqishdi, yo’lak tor bo’lgani uchun shlyuzni chetida pana joy yo’q edi, shu sababli ular shlyuzni to’risiga qator o’tirib va turib taxlanib olishdi, hammasi barmog’ini tepkiga qo’yib otishga shaylandi.

Ruslan: weka7777!

Weka7777 tugmani bosib shlyuzni ochdi, uni orqasida bitta qonga belangan jonsiz askar va uchta to’siq ortida berkinib shlyuznga ahamiyat bermi pastga qarata o’q uzayotgan askarlar boridi, ularga qahramonlarni hammasi o’q uzib o’ldirishdi va Ruslan, Nightboy, Simptom tez to’siq ildiga borib pastga qarashdi. Hamma yoqda jonsiz jasadlar, ochiqroq joyda bitta askar o’ldirmaslikni iltimos qilgande qo’llarini ko’tarib yotardi, uni ko’kragidan oyog’I bilan bosib turgan Rocket, askarni peshonasiga to’pponchasidan bir nechta qo’rg’oshindan joyladi va ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Simptom: bizga ham

O‘xshash hikoyalar